™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Xulosa

Bundan bir yarim - ikki oylar avval qadrdonim Abdulloh joylagan ushbu postni koʻrib biz oz jahlim chiqqandi, qaydam, sababini topa olmadim. Tushunish, hazm qilish uchun esa anchayin vaqt kerak boʻldi, xulosa mahzun, balki hayrlidir!

⭕️ Kimdir sizdan nima hohlayotganini bilmoqchi boʻlsangiz, gapining xulosa qismini kuting, asl yuzlar xulosada oshkor boʻladi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
animation.gif
12.7 KB
#Suhbat

Komissiya aʼzolari:
- sizni har tomonlama oʻrganib chiqdik, salohiyatingizga qoyil qoldik, faqat rahbariyatimiz ozgina qarshi turishibdi...!

Hodim:
- tushunaman, oʻzi ...... bilan oramiz yaxshi emasdi!

P/S: qachongacha kimgadur qarab nihollarni tepkilaymiz, gʻaribmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2🔥1
#Muomala

👶 Bolaga bolalarcha muomalada boʻling, u sizning chirkin dunyoyingizni koʻtarmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
#Meʼyor

💦 Qarangki, suv boʻlmasa kuni kelib nobud boʻlamiz, uning ozligidan. Ummonga tashlab yuborishsa suza-suza bir kun choʻkib, yana nobud boʻlamiz, bu safar uning koʻpligidan. Meʼyor yaxshi a birodarlar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👏3👍1
#Saviya

Afsus, har baloni qilgan biz, laʼnatlar tarbiya bergan yana oʻsha insonlarga ataladi. Har qanday soʻz va tushunchalar oʻz oʻrnida jarangdor boʻladi, bu oʻrinda "kuch" soʻziga oʻrin yoʻq, bu yerda faqat qashshoqlik bor!

Kimligingizni bilmoqchimisiz, Hech kimsasiz, yolgʻiz va skunatda qolgan paytda hayolingiz nima bilan band boʻlishiga eʼtibor qarating, siz huddi shunday insonsiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
#Yoʻl

Hayotda kimningdir oʻrnini egallashga intilib yashagandan koʻra, oʻz oʻrnini mustahkam qilgan maʼqul. Nima boʻlganda ham siz oʻz yoʻlingizda qolasz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1👏1
Kim uchundir birinchi
Kim uchundir oxirgi
📿 Qalb uchun taskin va halovat kuni

Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
#Skut

🔘 Har qaysiki kuchli va irodali inson vaziyatga nisbatan ogʻir va bosiq holda munosabat bildiradi. Bu uning ojizligidan emas, balki tafakkur va tajriba xulosasidan.

Zero, sayoz suvlardan sharqiragan ovoz chiqadi, chuqur va zalvorli daryolar esa sokin. Oʻzingizni toping!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👏2🔥1
#Saviya_2

⭕️ Avvallarini bilmadm, lekin bugun uchun uyga mehmon chaqirib, soʻng mezbonning masxarabozligini hamma odatiy qabul qilishini nima deb atash mumkin!

❗️ Biz oʻz saviyamizni koʻrsatishni davom ettiryapmiz! Oʻyinda qozonilgan gʻalaba uchun oʻyinchilarga rahmat, qashshoqlik va badfellik uchun qolganlarga.

🔘 Qozogʻistonda 52 nafar musofir jigarlarimiz, bu yerda 47 ta "qahramon"lar..........

Andijon safarida bir inson aytgandi, millatni buzgan yoshlar emas, shu jamiyatning yoshi ulugʻlari, chunki yoshlar ularga qarab oʻrnak olishadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3🔥1👏1
#Tarbiya

👀 Oilada bolaga minglab oʻgitlar va nasihatlar qilamiz, vaqti kelsa dakki va jazo ham, balandparvoz soʻzlarni-ku aytmasa ham boʻladi. Afsuski, bola oilada qulogʻi bilan emas, koʻzi bilan tarbiyalanadi.

Oliy dargohda ilm bergan ustozlarimdan mingdan ming roziman, xizmatlari katta, Alloh panohida asrasin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍5🔥1👏1
#Tabassum

Hech kimning hayot yoʻlini oson koʻrmang. Har kimning oʻzi qodir qilganicha dardi, oʻz sinovi va mashaqqati bor. Eng kuchli tabassum qilgan inson eng kuchli dard sohibi, koʻp kulgu oʻz oʻzidan kelmaydi, u darddan, bir alamdan, bir vijdon azobidan...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1👏1
#Gʻanimat

🔘 Bu yolgʻon va nisbiy dunyoda har insonning bir buyuk armoni, hech kimga aytmagan siri, jondan ortiq mehr qoʻygan insoni va toʻkilmagan koʻz yoshlari bor!

Vaqtingizni qadrlang, siz ham gʻanimatsiz birodarim. Mashhur insonlar bir soatda millionlab pul topishadi, lekin milliardlarga ham aqalli oʻn daqiqa vaqtlarini qayta topa olishmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#XXI_asr

Yangi asr, yangi davr, fan texnika va ilm fan rivojlanishda har qachongidan ham yuksak marraga yetib kelgan. Ajabo, insonlar ham chakana emas.
XXI asrning buyuklaridan biri oʻz nutqida
:
- biz har qachon va har qanday vaziyatda, vulqon otiladimi yoki zilzila, suv toshqini yoki sunami-tarnadolar, hatto oʻzga sayyoraliklar hujumi paytida ham oʻz vaqti va joyida majlis qila olamiz!

Ha, bu yangi davr, yangi zamon, biz kuchlimiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1😁1
Deydilar it hurar oʻtadi karvon,
Ranj-u malomatda yonmasin joning.
Alam qilar ekan bir umir giryon,
Itlar orasidan oʻtsa karvoning....!

© Abdulla Oripov

T.me/Taskinnn
🔥1
Bugun Oliy dargohda bakalavriatning soʻnggi kunlaridan biri, bir ozdan soʻng diplom himoyam.

Alloh hayrli qilsin, yorugʻ yuz bilan chiqish nasib etsin!

Diplom himoya mavzusi: Mafkuraviy kurashda obyekt va subyekt munosabatlari

Ilmiy rahbar: f.f.n. dotsent Mamatov O.V.
👍3
Forwarded from NAMDU | Yoshlar ittifoqi (Aziza Nuriddinova [204]BT)
#Qadrdon_NamDU

Mana, toʻrt yil ham koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi. Namangan davlat universitetiga ilk qadam qoʻygan paytimiz hali hayotdan maqsadimiz nima ekanligini ham bilmas edik.

Shu oliygohda ilmli va izlanuvchan, oʻz vaqtida qattiqqoʻl ustozlardan taʼlim-tarbiya oldik. Hayot yoʻli, chin insonning fitratini bizga oʻrgatishdi. Shu dargohda jonkuyar ustozlarimiz boshchiligida qadrdon jamoaga birlashdik, hayrli ishlarga qoʻl urdik, shu yerda halovat topdik!

Kun kelib mendan dunyodagi eng yaxshi oliygoh qaysi deyishsa, men hech ikkilanmay Garvard yoki Oksford emas, balki menga ilm bergan, yoshligimning eng yorqin kunlarini menga hadya etgan Namangan davlat universiteti deb gʻurur va iftixor bilan ayta olaman. Universitetda oʻtgan toʻrt yilimning hatto bir lahzasidan ham afsuslanmayman!

Hamma hammasi uchun sendan minnatdorman qadrdon NamDU!

Ramziddin Tursunov

Namangan davlat universiteti Yoshlar Kengashi aʼzosi,
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi bitiruvchisi

@yi_namdu
Forwarded from NamDU Registrator Ofis
#Qadrdon_NamDU

Mana, toʻrt yil ham koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi. Namangan davlat universitetiga ilk qadam qoʻygan paytimiz hali hayotdan maqsadimiz nima ekanligini ham bilmas edik.

Shu oliygohda ilmli va izlanuvchan, oʻz vaqtida qattiqqoʻl ustozlardan taʼlim-tarbiya oldik. Hayot yoʻli, chin insonning fitratini bizga oʻrgatishdi. Shu dargohda jonkuyar ustozlarimiz boshchiligida qadrdon jamoaga birlashdik, hayrli ishlarga qoʻl urdik, shu yerda halovat topdik!

Kun kelib mendan dunyodagi eng yaxshi oliygoh qaysi deyishsa, men hech ikkilanmay Garvard yoki Oksford emas, balki menga ilm bergan, yoshligimning eng yorqin kunlarini menga hadya etgan Namangan davlat universiteti deb gʻurur va iftixor bilan ayta olaman. Universitetda oʻtgan toʻrt yilimning hatto bir lahzasidan ham afsuslanmayman! Hamma hammasi uchun sendan minnatdorman qadrdon NamDU!

Ramziddin Tursunov Namangan davlat universiteti Yoshlar Kengashi aʼzosi, Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi bitiruvchisi

http://t.me/NAMDU309
Diplomimni aʼlo bahoga himoya qildim!

Ustozlarimdan Alloh rozi boʻlsin, oldilarida qarzim katta!
👍6🔥1👏1
#Gʻarib

Hayot tashvishlari bilan oʻralashib yurgan Gʻulom, shu kunda haftaning qaysi kuni ekanligini ham unutdi, lekin u doʻstlari bilan oʻyin kulguni, oʻsha qurgʻur tamakisini chekishni, kelgan tilaklarga javob berishni va peshin mahali tushlik qilishni yodidan chiqarmadi!


Afsus, kunlik amalini qila olmagan bu gʻarib, shu hafta ajridan ham quruq qoldi. Ey Rabbim, hammaga ham mustahkam iymon va hidoyat bergin!

® Ramziddin Abdikhalil

📌 2022.06.24 (jumʼa)

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
🔥2😢1