™️ TASKIN (T.R.A.)
163 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Izzat

❗️ Kutilmagan (kutishmagan) joyga borish huddiki beruhsat mevali bogʻga kirib borishga oʻxshaydi, agar meva emas balki bogʻbon qadri va oldingdagi mirob hurmatli bilan qadam qoʻymagan boʻlsang.

🕯 Har doim hammadan hursand boʻling: ular sizga oʻrningiz va joyingizni soʻramasingizdan koʻrsatib qoʻyishadi. Biri ibrat, boshqasi hikmat!

P/S: bogʻlarimiz quriy boshlabdi, hayri bordir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Eng_yaqin

☎️ Sizni shunchaki, har kuni hech qanday sabablar va majburiyatlarsiz, bir qatra halovat ilinjida eslaydigan insonlar sizning eng yaqin insonlaringizdir. Borida qadriga yeting, ular ham gʻanimat!

P/S: bugun yerga qadagan niholingiz balki qabringiz ustiga soya berib turar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
1
#Hulq

Jahl va hazil ustida kimningdir tarbiyasi haqida gap ketar ekan, sukut saqlaganingiz maʼqul, yoʻqsa oʻz tarbiyangizni oshkor qilib qoʻyishingiz mumkin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Millatim

Balki oʻz millati va oʻzligiga yelka oʻgirgan, milliy harakteridan voz kechgan insondan millat ham voz kechishi kerakdur. Boshidan doʻppisi va roʻmoli tushgan, farzandi tili manqurt va chirkin jamiyat soxiblari tili bilan chiqqan, boshi koʻkdan, oyogʻi yerdan uzilgan va aqalli salomni minnat qilgan buguni bor millatimni ertasini qayerlardan izlay.
Biz millat ustidan keragidan ortiq ham kuldik, tahqirladik, unutdik, unga hiyonat qildik, vaholangki u oʻzimizniki edi. Lekin bir kun kelib millatimiz bizga hiyonat qilsa, biz chiday olamizmi...(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Gumon

Soat 23:54, tungi shahar, yoshi 55-60 lar atrofidagi bir insonning "hoy uka, bir daqiqaga mumkinmi..." degan soʻzini eshitib yurishdan toʻxtab, u insonga qaradim, "bir lahza tin oldim". Salom alikdan soʻng yoʻl soʻradi, tushuntirdim. Ketayotib chiroyli duo qilib rahmatini aytdi va koʻrsatgan yoʻlim tomonga qarab ketdi. Qishloq odami, samimiy, ozgina gʻaliz....

❗️Oʻsha bir lahza hayolimdan oʻtgan gumonlardan uyaldim, kimdandir emas, oʻzimdan....!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir ish qilmay lavozimi oshaveradi, oshaveradi, oshaveradi.......😂😂😂

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
😁6👏1
#Qismat

Besabr, betoqat insonlar uchun,
Shu tuproq, shu yerlar misoli ibrat.
Tepkilab oʻtganing qaro yer bilan,
Bir kun qorishasan, shu senga qismat!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Tilak

- tilak tilagim keldi!
- qanday tilak?
- yoqimli mutolaa boʻlsin!

🕯 Kitoblaringning har sahifasini ochganingda meni esla gulim, qismat ekan, senga goʻzal sabr bersin, menga insof!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1
Shu halovat, shu taskin....!

@Taskinnn
1👍1🥰1
#___ajr!

🕯 "Onangga bildirmagan har darding uchun munosib ajr bor" deyishadi!

❗️Afsuski, koʻpincha ota-onalarimiz bizni shu ajrdan mahrum qilishadi 😅

Borlariga shukur!

Bor boʻlsa qadriga yeting;
🤲 Yoʻq boʻlsa haqqiga duo qiling;
📞 Ulardan uzoqda boʻlsangiz habar oling;
🫖 Yaqinda boʻlsangiz har ishni qoʻyib, xizmatida boʻling!


⌛️ Ular ham gʻanimat!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1🔥1🥰1
#Xulosa

Bundan bir yarim - ikki oylar avval qadrdonim Abdulloh joylagan ushbu postni koʻrib biz oz jahlim chiqqandi, qaydam, sababini topa olmadim. Tushunish, hazm qilish uchun esa anchayin vaqt kerak boʻldi, xulosa mahzun, balki hayrlidir!

⭕️ Kimdir sizdan nima hohlayotganini bilmoqchi boʻlsangiz, gapining xulosa qismini kuting, asl yuzlar xulosada oshkor boʻladi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
animation.gif
12.7 KB
#Suhbat

Komissiya aʼzolari:
- sizni har tomonlama oʻrganib chiqdik, salohiyatingizga qoyil qoldik, faqat rahbariyatimiz ozgina qarshi turishibdi...!

Hodim:
- tushunaman, oʻzi ...... bilan oramiz yaxshi emasdi!

P/S: qachongacha kimgadur qarab nihollarni tepkilaymiz, gʻaribmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2🔥1
#Muomala

👶 Bolaga bolalarcha muomalada boʻling, u sizning chirkin dunyoyingizni koʻtarmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
#Meʼyor

💦 Qarangki, suv boʻlmasa kuni kelib nobud boʻlamiz, uning ozligidan. Ummonga tashlab yuborishsa suza-suza bir kun choʻkib, yana nobud boʻlamiz, bu safar uning koʻpligidan. Meʼyor yaxshi a birodarlar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👏3👍1
#Saviya

Afsus, har baloni qilgan biz, laʼnatlar tarbiya bergan yana oʻsha insonlarga ataladi. Har qanday soʻz va tushunchalar oʻz oʻrnida jarangdor boʻladi, bu oʻrinda "kuch" soʻziga oʻrin yoʻq, bu yerda faqat qashshoqlik bor!

Kimligingizni bilmoqchimisiz, Hech kimsasiz, yolgʻiz va skunatda qolgan paytda hayolingiz nima bilan band boʻlishiga eʼtibor qarating, siz huddi shunday insonsiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2👏1
#Yoʻl

Hayotda kimningdir oʻrnini egallashga intilib yashagandan koʻra, oʻz oʻrnini mustahkam qilgan maʼqul. Nima boʻlganda ham siz oʻz yoʻlingizda qolasz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1👏1
Kim uchundir birinchi
Kim uchundir oxirgi
📿 Qalb uchun taskin va halovat kuni

Jumʼa ayyomingiz muborak boʻlsin!

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
#Skut

🔘 Har qaysiki kuchli va irodali inson vaziyatga nisbatan ogʻir va bosiq holda munosabat bildiradi. Bu uning ojizligidan emas, balki tafakkur va tajriba xulosasidan.

Zero, sayoz suvlardan sharqiragan ovoz chiqadi, chuqur va zalvorli daryolar esa sokin. Oʻzingizni toping!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👏2🔥1
#Saviya_2

⭕️ Avvallarini bilmadm, lekin bugun uchun uyga mehmon chaqirib, soʻng mezbonning masxarabozligini hamma odatiy qabul qilishini nima deb atash mumkin!

❗️ Biz oʻz saviyamizni koʻrsatishni davom ettiryapmiz! Oʻyinda qozonilgan gʻalaba uchun oʻyinchilarga rahmat, qashshoqlik va badfellik uchun qolganlarga.

🔘 Qozogʻistonda 52 nafar musofir jigarlarimiz, bu yerda 47 ta "qahramon"lar..........

Andijon safarida bir inson aytgandi, millatni buzgan yoshlar emas, shu jamiyatning yoshi ulugʻlari, chunki yoshlar ularga qarab oʻrnak olishadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍3🔥1👏1
#Tarbiya

👀 Oilada bolaga minglab oʻgitlar va nasihatlar qilamiz, vaqti kelsa dakki va jazo ham, balandparvoz soʻzlarni-ku aytmasa ham boʻladi. Afsuski, bola oilada qulogʻi bilan emas, koʻzi bilan tarbiyalanadi.

Oliy dargohda ilm bergan ustozlarimdan mingdan ming roziman, xizmatlari katta, Alloh panohida asrasin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍5🔥1👏1
#Tabassum

Hech kimning hayot yoʻlini oson koʻrmang. Har kimning oʻzi qodir qilganicha dardi, oʻz sinovi va mashaqqati bor. Eng kuchli tabassum qilgan inson eng kuchli dard sohibi, koʻp kulgu oʻz oʻzidan kelmaydi, u darddan, bir alamdan, bir vijdon azobidan...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1👏1