™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
—Maxrga nima so'raysiz
Vafo
Sizchi ?
Qodir qilganini

@Taskinnn
4👍2
#Xavf

🔘 Zarari yetmasa timsox siz uchun eng bexatar jonivor, qasd qilsa hatto chivin chaqishi sizni nobud qilishi mumkin. Sizga qarshi hujum qilmaguncha hech kimsaning asl kuchiga baho bera olmaysiz!

P/S: Qaytar dunyoda hushyor boʻling, eng zaifi bilan eng ogʻir jazoni berib qoʻyishi mumkin. Albatta amalingiz qadar ajri bilan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Tursunov_Ramziddin
@Taskinnn
👍1
#Maqsad

.......maqsadni aniq qoʻymas ekansiz, hayotingiz tagi yoʻq chelakda suv tashish bilan oʻtaveradi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Tursunov_Ramziddin
@Taskinnn
👍2
Jabirlanuvchi esa o'lgan ko'ngillar..🥀

@Taskinnn
2👍1
Forwarded from Arxiv baza 1
#Dõst

🚭 Gʻulomning bir doʻsti bor, sharif oʻlkadan kelib u bilan bir maskanda taʼlim oladi, samimiy yigit. Har gal ikkovi biror yumush bilan yoʻlga chiqar ekan, Gʻulom qoʻliga tamaki olishi bilan doʻsti bisotidagi jamiki "iliq" soʻzlar bilan uni soʻka boshlaydi........ Mana toʻrt yil hamki oʻtdi, hali ham doʻsti soʻkishlarni, Gʻulom esa tamakini toʻxtatmadi.

P/S: Bu befaxm Gʻulom nelarni koʻzlagani menga qorongʻu, lekin bir doʻst boʻlsa shunchalik boʻlarda! Biriga sabr, ikkinchisiga esa insof bersin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Tursunov_Ramziddin
@Taskinnn
👍2
#Baxt

Chinakam baxtga koʻpchilik munosib boʻlishi mumkin, lekin baʼzan haqiqiy insonlar uchun baxt munosib emas, ular oldida baxt ham ojiz, bir halovat, bir taskin...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Sovuq

🔘 Bahor oxirlab yoz ham kelmoqda, lekin munosabatlar sovuq, oqibat sovuq, koʻngillar sovuq... Iliq qishni sogʻindik. Issiq kunlardagi sovuq munosabatdan koʻra, sovuq kundagi iliqlik, samimiylikka muhtojmiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Suhbat

📞 Gʻulom akasining toʻyi yaqin ekanligi haqidagi habarni eshitib, bayroq qoʻlga tegdi deya hursand boʻldi. Koʻnglidagi inson bilan suhbat qurar ekan undan shirinliklarni yaxshi koʻrish koʻrmasligini soʻradi, shunda u yaxshi koʻrishini aytdi. Soʻng Gʻulom, har kuni uyga qaytishida unga shokolad va oʻziga yoqtirgan Kent 8 sigaretini olishini aytishi bilan, javob qildi:
- men bugundan boshlab shokolad yemayman!

P/S: yana kimgadur sabr, kimgadur insof bersin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1
#Qarz

Ey birodar, yashayotgan umringni haqqini toʻlab qoʻy. Lekin choʻntagingdagi puling bilan emas, qaqshagan qalbing va qodir qilgan amaling bilan!

P/S: qarz olgan insoningdan hijolatmisan, omonatga berilgan jon qarzidanchi?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Sabr

Darveshga «Hamma narsamdan ayrilayotgandek his qilyapman oʻzimni. Yuragim xotirjam emas», dedi bir kishi...

Darvesh javob berdi:
- Daraxtlarga qara, har yili yaproqlarini yoʻqotadilar, lekin hamon tik oyoqda turishibdi.
Sen sabr qil, shukr qil va duo qil...

@Taskinnn
Forwarded from Arxiv baza 1
#Taskinim

Bugungi kunimni halovat bilan oʻtqazmoqchiman, hayr va taskin bilan, balki bugun oxirgi kunimdur, yetolmagan manzillarim hali bisyor edi, dilini ogʻritgan insonlarim, aytolmagan rahmatlarim, soʻray olmagan uzirlarim, holidan xabar olmagan jigarlarim, bir bora sizni yaxshi koʻraman deya olmagan jannatim va davlatim, qarzini uzolmagan ustozlarim, omonatini topshirmagan qiyomatlilarim, bitilmagan qismatim, yetolmaganim, taqdirimning armoni - ®2....!

P/S: Qadrdonim, Siz ham gʻanimatsiz, hamma hammasiga bugun ulgurib qoling, ertangi kuningiz kafolatlanmagan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍1
#Qaytilgan_yöl

Eng katta orzusi koinotga chiqish boʻlgan Gʻulom, va nihoyat orzusiga yetib kosmosga chiqqani hamon u yerdagi astranaftlar bilan suhbat quribdi. Astranaftlar bilan suhbat jarayonidagai birgina soʻz qahramonimizni butun umrlik hafsalasini barbod qildi va ortiga qaytdi. Gʻulom u soʻzni faqat oxirgi onlarida bir bor yodga oldi:

"Yerliklarga oʻxshab fikrlama"

Vafotidan soʻng Gʻulom bino boʻlgani oʻsha yerga, oʻsh tuproqqa dafn qilindi!
❗️ Koinotdagilar esa cheksiz boʻshliqqa chiqarib yuborildi!

P/S: har doim ham orzular bizni halovatga olib bormaydi, vaqtida qayta olishda ham bir hayr bor!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Kayfiyat_uchun

Odamni oʻylantirib qoʻyadigan ba’zi faktlar(hazil-mutoyiba tariqasida)

1. Yugurish yoʻlagini ixtirochisi 54 yoshida vafot etgan;
2. Gimnastika ixtirochisi 57 yoshida vafot etgan;
3. Bodibilding boʻyicha jahon chempioni 41 yoshida vafot etgan;
4. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi Maradona 60 yoshida vafot etgan;
5. Yugurish sportini ommalashtirib, Аmerika fitnes inqilobini boshlashga yordam bergan Jeyms Fuller Fix 52 yoshida yugurish paytida yurak xurujidan vafot etgan;
Biroq:
1. KFC ixtirochisi 94 yoshida vafot etgan.
2. Nutella brendi ixtirochisi 88 yoshida vafot etgan
3. Uinston sigareti ishlab chiqaruvchisi 102 yoshida vafot etgan
4. Koʻknori ixtirochisi 116 yoshida zilzila paytida vafot etgan

Qanday qilib shifokorlar jismoniy mashqlar hayotni uzaytiradi degan xulosaga kelishdi?
Quyon har doim tepa-pastga sakraydi, lekin u atigi 2-yil yashaydi va umuman sport bilan shugʻullanmaydigan toshbaqa 400-yil yashaydi.
Shunday qilib, ozgina dam oling, dam oling, tinchlaning, yaxshi taomlar tanavvul qiling va hayotingizdan zavqlaning!

™️ t.me/Taskinnn
👍21
#Taqvim

🗓 Insonlar qalbining bir chetida oʻz kalendarlari, taqvimlari bor. Unda kishining hayotida oʻziga xos iz qoldirgan kunlari boʻladi, biri qalbini qaqshatsa, ikkinchisi unga taskin beradi, baʼzilari alamli gʻalabalar boʻlsa, baʼzisi baxtli dardlar, har neki boʻlsa ham hayrli va hikmatli boʻlsin.

2018-yil 5-avgust, 2019-yil 25-may, 2020-yil 11-dekabr, 2021-yil 28-yanvar, 2022-yil 15-fevral va 16-may.....

P/S: oʻz taqvimingizni yozib qoʻying, gʻurbatli kunlarda oz boʻlsada halovat beradi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Rizq

Halovat, rizq, taskin, qismat, taqdir va yana allambalolar deb yuravergan Gʻulomning yuzlaridan nur yogʻilib turgan begona kimsalardan ikkitagina musht nasibasi borligi yetti uhlab tushiga ham kirmagan ekan. Na chora, bu ham rizq, qochib boʻlmas ekan.

P/S: Musofirlikda yurgan jigarlarimni Alloh panohida asrasin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
#Halovat

Halovat nimada bilaszmi?
🕯 Halovat oʻzingiz yordamga muhtoj boʻla turib kimgadur madad berishda, oʻzingiz qaygʻu va gʻurbat darvozasida tursangizda qaysidir mahzum koʻngillarga dalda, taskin bera olishda!

P/S: yordam qoʻlini choʻzishdan hech qachon oʻzingizni tiymang, shunga qodir qilganiga shukr qiling, bu sizning missiyangiz, sizdan boshqa emas.....agar hayrli boʻlsa!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
1
#Ajal

Kelishini sezib turganing oʻsha ajaldan qanchalik qochganing sari unga tomon yaqinlashar ekansan. Rizqing bitgani uchun kimdur yoki nimadur vosita boʻlib qolar ekan. Istasa tigʻ ustidan omon saqlab, ikki qatra suv bilan ado qiladi.
Balki begunoh vaqtida bu yorugʻ olamni tark etgani hayrlidir, ertangi kun bemakon.

P/S: u bugun oxirgi kunim deb uyidan chiqmagan edi, balki ertangi kunda nimalarnidir boshlamoqchi boʻlgandur, gʻanimat umir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
😢1
#Biz

🔘 Ey qadrdonim Gʻulom, bu foniy va chirkin dunyoda hamma begʻubor va saodatmand insonlar, bir ularni koʻtarib turgan yer qaro va hudbin, bagʻridan yaratib, qaytganida takror minnadasiz joy bergani uchun......

Ey Alloh, mustahkam iymon va hidoyat bergin! Sabrda esa yerdan oʻrnak olsa arziydi, zil ketmaganiga shukur(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
. 人 ★* 。 • ˚* ˚ 🌙.
(____) * * ★.
┃口┃ * *.
┃口┃★ * *. . *˛•.
┃口┃★ * •★ 。•˛˚˛* .
┃口┃ •˛˚˛* 人 •˛˚ * .
┃口┃ .-:'''"''''"''.-. .
┃口┃ (_(_(_()_)_)_)
┃口 | _┃∩∩∩∩┃┃口 |.
三_||三三三三三三三三||

Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh!

Jumaning fayzi va barokati sizlarga ham muborak bo'lsin

@Taskinnn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qarz

Doʻstimiz va yoki biror kimsadan qarzimizni Alloh kuch quvvat va baraka berib tursa bir kun albatta uzamiz. Lekin beminnat yaxshilik va mehr bergan bir inson bor, u insondan bu oʻtkinchi dunyolarda dunyolarcha qarzimiz bor!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin
👍2
#AJR

Birodarim, ibodatni minnat uchun emas, ibrat uchun qilgan insonning qismati hayr bilan toblanadi! Amallar bir xil, maqsadlar boʻlak, vaholangki sizni begʻaraz niyatlarga tayangan amallar manzilga olib boradi, hayr bilan, ajr bilan va albatta kifoyasi bilan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
@Tursunov_Ramziddin