Ramazon oyi ham tugadi
🍛Taomdan oʻzini tiygan sabrlilarning ham kuni oʻtdi;
😴 Saharlik va iftorlikni qilib, kunni uyqu bilan oʻtkazganlarning ham kuni oʻtdi;
👀 Ovqat yegan, vaholangki koʻzini zinodan saqlaganlarning ham kuni oʻtdi;
📿 Taomlangan, lekin farzini qazo qilmaganlarning ham kuni oʻtdi;
👥 Shu oyda yolgʻon va taʼnadan holi insonlar ham rizqdan toʻxtashmadi;
🕯Gʻiybat qilmagan insonlar ham oʻz yoʻllarida edilar;
❕Toʻkis amal qilganlardan Alloh rozi boʻlsin!
® Ramziddin Abdikhalil
@Taskinnn

👍2🔥1
#Bekat
📍Haqiqatda, inson hayoti bekatlardan iborat, qismatning bizga bergan shirin va ibratli bekatlari. Har bekatda bir tuhfa, ular oraligʻida esa ajib sinovlar bor. Bu yoʻllarda uchragan insonlarga yaxshilik qil, lekin qaytishini kutma, ayniqsa oʻsha insonlardan. Barini koʻrguvchi zot maʼqul va oʻrinli kunda senga ortigʻi bilan qaytaradi.
P/S: Insonlar ham bekatlar kabi, biridan ketsang, ikkinchisi keladi. Bu sening qismating, undan nolima. Oʻzingni top, sen bekatmi yoki yoʻlovchi?

👍3
#Birodar
📿 Ey birodar, kibr bilan osmonlarga uchma, balki sen bu foniy dunyoda taqvo bilan sinalgandursan. Va alal oqibat hamma qatori oʻshal qora tuproqdan oʻrin egallaysan. Berganini mukofot emas, sinov deb bilgin!
📄 Ey birodar, ishxonada senga maʼsuliyat bilan topshiriq yuklatilsa, ishonchni oqlashga harakat qilasan, umr atalmish topshiriqda yorugʻ yuz bilan oʻtish yukini ham his qilgin!
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Taskinnn

Парво қилма, бўлмаганни бўлдирамиз,
Паймонаси тўлмаганни тўлдирамиз.
Бир замонлар отар эдик, осар эдик,
Энди эса мажлис қилиб ўлдирамиз.
© Абдулла Орипов
Manba: https://www.facebook.com/groups/allopresident.uz/permalink/2467394036725123/?app=fbl

👍2
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Taskin
#Drabl
Yoz faslining oxirlari, avgust oyi edi adashmasam, asrdan keyin doʻstim bilan Chorsu bozoriga qandaydir yumush bilan chiqdik. Bozorda haridorlar siyrak, issiq ancha arigan edi. Bozorga kirgan payt odatda juda koʻplab qismat egalari, hayot oʻy tashvishi bilan yurgan insonlarni, hayot oqimining qatrasi kabi oʻz hayotida yashayotgan turli taqdirlarni kuzatish mumkin. Baʼzan havas, baxtli oilalar farzandlari bilan yuzlarida quvonch, roʻzgʻor qilishadi, baʼzan mahzun nigohlar, sotuvchilar har oʻtkinchiga umid nazari bilan qarashadi. Rizq..
Bozorni orqa eshik tomondan chiqib ketayotib doʻstim bilan suhbatlasha turib koʻzim orqa eshik oldida bir insonga tushdi. Yoshi saksonlar atrofidagi, yuziga ajin tushgan va koʻzida qandaydir maʼyuslik bor onaxon (Namanganda acha deyishadi). Oldida kichik dastroʻmol, ustida....ustida ikkita koʻm koʻk olma, ikki dona bodring, bitta pomidor va bir bogʻ koʻkat...
Doʻstim bilan suhbat oʻz oʻrnini skunatga, qalbdagi sokinlik gʻalayonga almashdi.
Hayot ekan, qismat ekan... Lekin nimaga, nima uchun, bu jazomi yoki mukofot, bu qismatni( koʻrish nasibi meni qismatim va yoki shu holat onaxonning qismatimi).
Nahot kimdur kutayapti, kimningdur koʻzlari yoʻlda.
Allanechuk boʻgʻzimga nimadur tiqildi, koʻzimga yosh keldi, karaxt edim, bardoshim shu onda yiqildi..
Uzoq oʻyladim, doʻstim ham jim edi. Uni qalbida nima oʻtdi, bilmayman. Lekin men oʻsha kundan buyon #taskin topolmadim (!
✍ Ramziddin Tursunov

👍5
#Drabl
#Halovat
🕌 Gʻulom jumʼa namozini oʻqish uchun masjidga qadam qoʻydiyu, bir oz hijolat bilan ust boshiga qaradi, ichkarida oʻtirgan insonlarning ust boshlari anchayin raso, har qaysilarining yonlarida qimmatbaho ulovlarining kaliti-yu soʻnggi rusumli smartfon, liboslariga gard yuqmagan, havas qilasan kishi. Gʻulomda esa oʻsha eski yamoq kiyimlar, 4G nimaligini bilmagan telefon, hayolini zikrdan chalgʻitgan tirikchilik vajida gangib, mingʻirlagancha yurib borardi, nima uchundir koʻngliga urilgan birinchi fikr ichkariroqqa, imomga yaqinroqqa joylashish boʻldi.
📿 Hushuga yetolmadi, hayol hamon tirikchilik, yashash uchun kurash vaji bilan band edi. Qaytib chiqa turib oʻsha havas qilgan insonlaridan birining koʻzida yosh bilan qilayotgan iltijosi qulogʻiga qaqshab eshitildi, "Ey Allohim, birgina ilinjim, halovat bergin....."
❕ Masjid eshigiga yetganida ortiga oʻgirilgan Gʻulom, havas qilgan insonlarining birortasida bosh kiyim yoʻqligi koʻrdi, hayol oʻz joyida...
® Ramziddin Abdikhalil
📚 "Taskin uchun yashalgan yillar"
🗓 07.05.2022

👍4
#Hayol
Ey birodar, hayoldan hushyor boʻling, har manzilga olib borib qoʻyishi mumkin, qaltis hayol ....!
® Ramziddin Abdikhalil
https://t.me/Taskinnn

#Osmon
🦅 Aytishlaricha, baland uchgan qushlarga yer hira koʻrinar ekan, agarki u uchqur burgut va yoki oʻlaksaxoʻr kalxat boʻlmasa. Mitti qushchalar oʻzi bilib bilmay balandga uchib chiqib qolishsa na osmonga intila oladi, na yerni koʻra olar ekan!
P/S: bu moviy osmon ne-ne kalxat-u quzgʻunlarni koʻrmadi deysiz, qarangki u hamon oʻz oʻrni va skutda!

Kimning gʻami Islom boʻlmasa, uning oʻzi Islom uchun gʻamdir......
© Said Chamlija
📚 Iymon va huzun
™ @Taskinnn
© Said Chamlija
📚 Iymon va huzun
™ @Taskinnn
👍3
- Meni yaxshi ko‘rgan hech kimsa qolmadi - dedim....
- Men hali o‘lmadim - dedilar Onam...
©Jamol Surayo
@Taskinnn
- Men hali o‘lmadim - dedilar Onam...
©Jamol Surayo
@Taskinnn
🔥4😢2
Forwarded from Arxiv baza 1
#Qadr
Qadriga yeting, hamma hammasini. Nimaiki boʻlsa barini. Bir soatda 100 000 dollar yoki undan ham koʻp pul topadigan insonlar bor. Lekin unutmangki, oʻsha pulga bir soat vaqt sotib ola olishmaydi!
P/S: qadrlamaydigan darajada vaqtingiz koʻpmi?
® Ramziddin Abdikhalil
™ @Tursunov_Ramziddin