™️ TASKIN (T.R.A.)
163 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Barg

Sen-u men uchun bir oddiy hodisa,
Yaproqlar daraxtdan toʻkilgan lahza.
Bilmaysan, balki u qilar-ki faryod,
Bandidan ajrab qolgan har soniya.

Ming gʻurbat, ming afsus bilan toʻkilar,
Shu kunga yetkazgan aziz tanidan.
Qaqshagan koʻnglida zarra quvonchsiz,
Novda uzib otar mayus bagʻridan.

Osonmas tirnoqni etlardan yulmoq,
Osonmas butunni tilkalar qilmoq.
Osonmas qatrani ummonga sochmoq,
Osonmas jon olib, jonlarni bermoq.

Yerga toʻkilganda oʻrniga boqib,
Oʻylaydi eng baxtli yoshlik chogʻlarin,
Gullab yashnab turgan oʻshal bandining,
Qurib sovib qolgan, yalongʻoch tanin.

Qaytib kela olmas oʻshal manzilga,
Sekin asta berar hasta jonini.
Joni uzulguncha qumsab oʻtarkan,
Yashnatgan shafaqning dili zorini.

Oddiy daraxt dersan, oddiygina barg,
Shu bargda dunyoning mazmuni bordir.
Yoʻqdan bor boʻlasan, unib oʻsasan,
Va yana yoʻqlikka tomon yurganday.

Oʻshal kun uchun u laʼnatlar aytar,
Har kunda, har tunda, har bir soniyada.
Sen koʻrmagan payting faryodlar tortar,
Iymonidan kechgan Orif misoli.....

® Ramziddin Tursunov (ZKSH uchun)

22.04.2022

@Taskinnn
👍2
#Õrin

⚠️ Dunyolarga qoʻl siltab, oʻz yoʻli tomon harakat qila olgan insongina halovatga erishadi. Vaqti bilan kechasan, vaqtli bilan sendan kechishadi, demak sening yoʻling emas, shu kungacha qilgan xatoyingni oʻz vaqtida toʻxtat, bugun, hozir...

Eng muhimini keyinga surgan holda, oʻlim kelsa kechiktirmaysan, hastalikni ham, dardni ham, musibatni ham, hatto "zaruratni" ham...... ha inson!

🪞Nimaga qanday munosabatda boʻlsang, koʻzgu aksni beradi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Yana oʻshal yoʻllar, kutmoqda, nurli yoʻllar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Hayot

Ey Gʻulom, oʻzingdan yoshi ulugʻlar hurmatini oʻz oʻrniga qoʻygin. Balki u nochor, sen boydirsan, balki uning yuzlariga ajin tushgan, seni esa Alloh husn bilan siylagandur, balki uning ilmga qunti kam, seniki ziyodadur, balki u madorsiz, sen kuch quvvatda barkamoldirsan, balki u tajang va qoʻrs, seni ahloqing va amaling toʻkisdir......Lekin unutma uning bir onlik koʻngil talofati seni najosatdan ham quyiroqqa oʻtqazib qoʻyishi mumkin!

P/S: Aytgancha, unda senda yoʻq birgina sifat, hayotning goʻzal sinovi va achchiq tajribasi bor!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Yurakni aldama.. 🙂

@Taskinnn 🍃
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari.pdf
255 KB
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida
bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu
nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib:
-Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni
bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob
berdilar:
-Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa,
sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat
tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?!

© Imom Zarnujiy
📚 Ilm olish sirlari

@Taskinnn
👍2
Forwarded from Drabble book 🇺🇿
#drabble

Masofalar

Sabrimiz sinovi masofalar chekiga tushgan boʻlsa ham "Qadr kechasi"ni joynamoz ustida kutib olishga kelishib oldik.

©️ Shaxboz Ubaydullayev


@drabble_book
👍2
#Kechagi_kun_hikmati

Gʻulom boshidan oʻtkazgan oʻsha ishlarni eslab shunday fikrga kelibdi, shoxida qushlar oʻtirgan daraxt ostidan oʻtma!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
😁3👍1🔥1
#Manalog🎙
Yarim yoʻlda qoldirmadim..🥀

@Taskinnn
#Yaxshilik

Qoyillatib qoʻyilgan boʻlsa ham, taʼna bilan qilingan yaxshilikdan koʻra begʻaraz yomonlik qilgan afzal. Kun kelib oriyatni yerga urgandan koʻra bugun yiqilib tajriba olgani hayrliroq!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4🔥1
Assalomu alaykum hurmatli qadrdonlar

Bugungi muborak Iyd Ramazon hayiti barchangizga muborak boʻlsin, kelgusi yilning shu kunlariga qadar sihat-salomatlikda yetib olish nasib qilsin, oila aʼzolaringiz va barcha yaqinlaringiz baxtiga doimo sogʻ salomat boʻling, har doim va har yerda Alloh yuzingizni yorugʻ qilsin, hayrli yoʻllarda Alloh kuch quvvat bersin!

Hurmat bilan:
Ramziddin Tursunov
👍2
#Nur

Har kimning oʻz taqdiri, oʻz yoʻli, oʻz nuri bor. Kimningdir qismatini oʻzgartiraman deb, bilaks nurning soʻnishiga sabab boʻlib qolmang!

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Qabr

Uy, hammaning oʻz uyi, oʻz manzili bor, qarangki adolat izlaganlar: vafotidan soʻng kimdur oltin tuproqqa va yoki boylik toʻla handaqqa dafn qilinmaydi. Miskin qanday tuproqqa qorishgan boʻlsa, Orif ham oʻsha tuproqda.
Muhabbatni dunyoga emas, qabrga qoʻygan inson manzilni uzoq qoʻyadi.
Gʻurbatlardan qochib, oʻzingdan oʻzga najot topmaysan, halovatni ham! Bas, hatto kafani kiydirilib, ohirgi manzili uchun gʻassol bilan yuzlashadigan inson, dunyoda nima sarobu nima haqiqatligini bilish uchun yana qanday isbot kerak!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Ramazon oyi ham tugadi

🍛Taomdan oʻzini tiygan sabrlilarning ham kuni oʻtdi;

😴 Saharlik va iftorlikni qilib, kunni uyqu bilan oʻtkazganlarning ham kuni oʻtdi;

👀 Ovqat yegan, vaholangki koʻzini zinodan saqlaganlarning ham kuni oʻtdi;

📿 Taomlangan, lekin farzini qazo qilmaganlarning ham kuni oʻtdi;

👥 Shu oyda yolgʻon va taʼnadan holi insonlar ham rizqdan toʻxtashmadi;

🕯Gʻiybat qilmagan insonlar ham oʻz yoʻllarida edilar;

Toʻkis amal qilganlardan Alloh rozi boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2🔥1
#Bekat

📍Haqiqatda, inson hayoti bekatlardan iborat, qismatning bizga bergan shirin va ibratli bekatlari. Har bekatda bir tuhfa, ular oraligʻida esa ajib sinovlar bor. Bu yoʻllarda uchragan insonlarga yaxshilik qil, lekin qaytishini kutma, ayniqsa oʻsha insonlardan. Barini koʻrguvchi zot maʼqul va oʻrinli kunda senga ortigʻi bilan qaytaradi.

P/S: Insonlar ham bekatlar kabi, biridan ketsang, ikkinchisi keladi. Bu sening qismating, undan nolima. Oʻzingni top, sen bekatmi yoki yoʻlovchi?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3
#Gõdak

🕯 Inson qalbi mudom taskinga, halovatga muhtoj. Dunyo gʻurbati va tubanliklarini oldindan sezgandek, tugʻilgan zamon oh urib yigʻlaydi. Tugʻilgan onida yigʻlamagan chaqaloqning qismatida balki hayr bordir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3
#Közlar

Bugungi kun yalmogʻizlariga yorqin libos kiydirishsa u hamma uchun goʻzal va suluvroqdur. Zero insonlar qalb tugul, yuzlarga qiyo boqmay qoʻyishganiga koʻp davrlar boʻlgan!

P/S: boʻydoqlarga tegishli emas😅

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
#Birodar

📿 Ey birodar, kibr bilan osmonlarga uchma, balki sen bu foniy dunyoda taqvo bilan sinalgandursan. Va alal oqibat hamma qatori oʻshal qora tuproqdan oʻrin egallaysan. Berganini mukofot emas, sinov deb bilgin!

📄 Ey birodar, ishxonada senga maʼsuliyat bilan topshiriq yuklatilsa, ishonchni oqlashga harakat qilasan, umr atalmish topshiriqda yorugʻ yuz bilan oʻtish yukini ham his qilgin!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3
Парво қилма, бўлмаганни бўлдирамиз,
Паймонаси тўлмаганни тўлдирамиз.
Бир замонлар отар эдик, осар эдик,
Энди эса мажлис қилиб ўлдирамиз.

© Абдулла Орипов

Manba: https://www.facebook.com/groups/allopresident.uz/permalink/2467394036725123/?app=fbl

@Taskinnn
👍2
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Taskin
#Drabl

Yoz faslining oxirlari, avgust oyi edi adashmasam, asrdan keyin doʻstim bilan Chorsu bozoriga qandaydir yumush bilan chiqdik. Bozorda haridorlar siyrak, issiq ancha arigan edi. Bozorga kirgan payt odatda juda koʻplab qismat egalari, hayot oʻy tashvishi bilan yurgan insonlarni, hayot oqimining qatrasi kabi oʻz hayotida yashayotgan turli taqdirlarni kuzatish mumkin. Baʼzan havas, baxtli oilalar farzandlari bilan yuzlarida quvonch, roʻzgʻor qilishadi, baʼzan mahzun nigohlar, sotuvchilar har oʻtkinchiga umid nazari bilan qarashadi. Rizq..
Bozorni orqa eshik tomondan chiqib ketayotib doʻstim bilan suhbatlasha turib koʻzim orqa eshik oldida bir insonga tushdi. Yoshi saksonlar atrofidagi, yuziga ajin tushgan va koʻzida qandaydir maʼyuslik bor onaxon (Namanganda acha deyishadi). Oldida kichik dastroʻmol, ustida....ustida ikkita koʻm koʻk olma, ikki dona bodring, bitta pomidor va bir bogʻ koʻkat...
Doʻstim bilan suhbat oʻz oʻrnini skunatga, qalbdagi sokinlik gʻalayonga almashdi.
Hayot ekan, qismat ekan... Lekin nimaga, nima uchun, bu jazomi yoki mukofot, bu qismatni( koʻrish nasibi meni qismatim va yoki shu holat onaxonning qismatimi).
Nahot kimdur kutayapti, kimningdur koʻzlari yoʻlda.
Allanechuk boʻgʻzimga nimadur tiqildi, koʻzimga yosh keldi, karaxt edim, bardoshim shu onda yiqildi..
Uzoq oʻyladim, doʻstim ham jim edi. Uni qalbida nima oʻtdi, bilmayman. Lekin men oʻsha kundan buyon #taskin topolmadim (!

Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
👍5