™️ TASKIN (T.R.A.)
163 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Kalit

⚠️ Muvaffaqiyat va gʻalaba kaliti bexato va qismat yoʻllarida yiqilishlarsiz manzilga yetish emas.

Balki har yiqilganda qayta tura olish va yiqilishlar sonining koʻpligida
!

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
#Qadr

🕯 Yoqimli va quvonchli onlarni qanchalar sevib, unga mehring tushgani kabi, mashaqqatli va sinovli kunlarni ham shunchalik qadrlagan kuning haqiqiy insonga aylanasan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1
Forwarded from Arxiv baza 1
#Skut

Skut..... inson har nafasi uning qil ustidan qulashi va yoki undan omon qolishini hal qilishini bilganida edi, balki umrini gung odam singari hech un chiqarmay oʻtkazgan boʻlar edi.

📿 Agar har chiqargan sadosi unga ajr berishini bilganida edi, umri zikrda oʻtgan boʻlardi.

🔘 Qadrdon doʻstim Z.K.ning kuni kecha aytgan bir soʻzi juda qattiq taʼsir qildi:
"har soʻzning oʻz oʻrni bor, har nuqtaning makoni"

® Ramziddin Abdikhalil

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Arxiv baza 1
#Dard

"Tushkunlikka tushganning iymonidan shubxa qilaman!"

Qachon bir dunyoviy dard sizni iztirobga solsa, Rabbingizga yuzlanib:
"Mening buyuk dardim bor!" demang, aksincha, dardingizga qarab: "Mening buyuk Rabbim bor deng!"

© Said Chamlija
📚 Iymon va huzun

Telegram | Instagram | Facebook
👍2
#raqobat

💰 Nima deysan Gʻulom, yangi davrda insonlar ochiq tarzdagi boyligini koʻz koʻz qilgandan koʻra, insonlarga qilgan yaxshiliklarini sir saqlash borasida yopiq raqobat qilsalar natijasi hayrli boʻlarmidi!

P/S: Hech kim bilmagani sari ajri ham ortib boraveradi. Kun kelib undan ungan nihollarning mevasi totli va ildizi chuqur boʻladi. Taskin topaverasan kishi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1
Ovqatlanishdan avval "Bismillah" deb, undan soʻng "Alhamdulillah" degan kishining dasturxondan turmasdan avval gunohlari magʻfirat qilinadi.

"Qur'oni karimdan ayrim suralar" kitobidan

@Taskinnn
👍3
#Barg

Sen-u men uchun bir oddiy hodisa,
Yaproqlar daraxtdan toʻkilgan lahza.
Bilmaysan, balki u qilar-ki faryod,
Bandidan ajrab qolgan har soniya.

Ming gʻurbat, ming afsus bilan toʻkilar,
Shu kunga yetkazgan aziz tanidan.
Qaqshagan koʻnglida zarra quvonchsiz,
Novda uzib otar mayus bagʻridan.

Osonmas tirnoqni etlardan yulmoq,
Osonmas butunni tilkalar qilmoq.
Osonmas qatrani ummonga sochmoq,
Osonmas jon olib, jonlarni bermoq.

Yerga toʻkilganda oʻrniga boqib,
Oʻylaydi eng baxtli yoshlik chogʻlarin,
Gullab yashnab turgan oʻshal bandining,
Qurib sovib qolgan, yalongʻoch tanin.

Qaytib kela olmas oʻshal manzilga,
Sekin asta berar hasta jonini.
Joni uzulguncha qumsab oʻtarkan,
Yashnatgan shafaqning dili zorini.

Oddiy daraxt dersan, oddiygina barg,
Shu bargda dunyoning mazmuni bordir.
Yoʻqdan bor boʻlasan, unib oʻsasan,
Va yana yoʻqlikka tomon yurganday.

Oʻshal kun uchun u laʼnatlar aytar,
Har kunda, har tunda, har bir soniyada.
Sen koʻrmagan payting faryodlar tortar,
Iymonidan kechgan Orif misoli.....

® Ramziddin Tursunov (ZKSH uchun)

22.04.2022

@Taskinnn
👍2
#Õrin

⚠️ Dunyolarga qoʻl siltab, oʻz yoʻli tomon harakat qila olgan insongina halovatga erishadi. Vaqti bilan kechasan, vaqtli bilan sendan kechishadi, demak sening yoʻling emas, shu kungacha qilgan xatoyingni oʻz vaqtida toʻxtat, bugun, hozir...

Eng muhimini keyinga surgan holda, oʻlim kelsa kechiktirmaysan, hastalikni ham, dardni ham, musibatni ham, hatto "zaruratni" ham...... ha inson!

🪞Nimaga qanday munosabatda boʻlsang, koʻzgu aksni beradi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Yana oʻshal yoʻllar, kutmoqda, nurli yoʻllar!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Hayot

Ey Gʻulom, oʻzingdan yoshi ulugʻlar hurmatini oʻz oʻrniga qoʻygin. Balki u nochor, sen boydirsan, balki uning yuzlariga ajin tushgan, seni esa Alloh husn bilan siylagandur, balki uning ilmga qunti kam, seniki ziyodadur, balki u madorsiz, sen kuch quvvatda barkamoldirsan, balki u tajang va qoʻrs, seni ahloqing va amaling toʻkisdir......Lekin unutma uning bir onlik koʻngil talofati seni najosatdan ham quyiroqqa oʻtqazib qoʻyishi mumkin!

P/S: Aytgancha, unda senda yoʻq birgina sifat, hayotning goʻzal sinovi va achchiq tajribasi bor!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Yurakni aldama.. 🙂

@Taskinnn 🍃
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari.pdf
255 KB
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida
bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu
nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib:
-Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni
bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob
berdilar:
-Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa,
sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat
tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?!

© Imom Zarnujiy
📚 Ilm olish sirlari

@Taskinnn
👍2
Forwarded from Drabble book 🇺🇿
#drabble

Masofalar

Sabrimiz sinovi masofalar chekiga tushgan boʻlsa ham "Qadr kechasi"ni joynamoz ustida kutib olishga kelishib oldik.

©️ Shaxboz Ubaydullayev


@drabble_book
👍2
#Kechagi_kun_hikmati

Gʻulom boshidan oʻtkazgan oʻsha ishlarni eslab shunday fikrga kelibdi, shoxida qushlar oʻtirgan daraxt ostidan oʻtma!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
😁3👍1🔥1
#Manalog🎙
Yarim yoʻlda qoldirmadim..🥀

@Taskinnn
#Yaxshilik

Qoyillatib qoʻyilgan boʻlsa ham, taʼna bilan qilingan yaxshilikdan koʻra begʻaraz yomonlik qilgan afzal. Kun kelib oriyatni yerga urgandan koʻra bugun yiqilib tajriba olgani hayrliroq!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4🔥1
Assalomu alaykum hurmatli qadrdonlar

Bugungi muborak Iyd Ramazon hayiti barchangizga muborak boʻlsin, kelgusi yilning shu kunlariga qadar sihat-salomatlikda yetib olish nasib qilsin, oila aʼzolaringiz va barcha yaqinlaringiz baxtiga doimo sogʻ salomat boʻling, har doim va har yerda Alloh yuzingizni yorugʻ qilsin, hayrli yoʻllarda Alloh kuch quvvat bersin!

Hurmat bilan:
Ramziddin Tursunov
👍2
#Nur

Har kimning oʻz taqdiri, oʻz yoʻli, oʻz nuri bor. Kimningdir qismatini oʻzgartiraman deb, bilaks nurning soʻnishiga sabab boʻlib qolmang!

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn