™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Skut

🔕Baʼzan baʼzi insonlarning skut saqlaganlari maʼqul, hurmati va unga boʻlgan munosabatning oʻzgarmasligi uchun.

🔇Baʼzan oʻzimiz ham payti bilan tilni tiyganimiz afzal, bizga boʻlgan munosabatlarning ham oʻzgarmasligi uchun!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
2👍2
Qashshoqlik qalbda boʻladi, choʻntakda emas!
👍4
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!

Yangilanish va yasharish, shukronalik bayrami Navroʻz barchangizga qutlugʻ boʻlsin. Shu kunlarga yetkazganiga shukurlar boʻlsin. Kelgusi yilning shu kuniga qadar sogʻ salomat va tinchlik hotirjamlikda yetib kelish nasib qilsin. Boshlagan ishlaringiz va ezgu maqsadlaringizni Alloh hayrli qilsin! Har doim va har yerda yuzingiz yorugʻ boʻlsin!

® Ramziddin Tursunov
👍41🔥1
#NARX

🍳Bugun ishdan qaytayotib Chorsu bozoriga kirdim, har doim savdo qiladigan, tuxum sotadigan bir acha borlar.

U kishini oldiga keldim, har doim koʻp olardim, bu safar ikki dona soʻradim, idishga solayotib, Allohdan soʻrayveraylik, yengilligi bordir deb qoʻydilar (balki talabaligim uchun, balki bozor yurmagani), ichim zir ketdi, Alloh hayrlisini bersin-da deb savdoyimni qilib, acha bilan hayrlashib bozordan chiqib ketdim.

🕯Kela kelguncha oʻyladim, acha menga hech kim emas, men ham unga...
Yoʻl boʻyi kimlargadur malomat oʻqimadim, ammo achani haqlariga duo qildim!

💲Narx
Bugun: 1100, 1200, 1300,.....
Ikki hafta avval: 600, 700, 800,.....

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍7
Ҳар бир киши ибрат олиши мумкин бўлган бўрилар карвони...

Олиндан кетаётган 3 бўри- ёши ўтган, касал бўрилар.

Кейинги 5 бўри - энг кучли бўлганлари. Тўдасини олдиндан келган ҳар қандай ҳавфдан ҳимоя қилишади.

Ўртадагилари- ҳимояга муҳтож бўлган, аёллари ва болалари бўлса керак.

Орқадан келаётган 5 таси ҳам, энг кучли бўлганлари. Орқадан келган хатарни бартараф этади.

Энг орқадан келаётган 1 таси - тўданинг лидери «тўда боши».
Ҳеч қайсиси орқада қолиб кетмаганлигига ишонч ҳосил қилиб, ҳаммасини кўриб, кузатиб кета олади ва хатар келган вақтда, ҳаммасига етиша олади.

Хулоса: Лидерлик, бир жамоатга бош бўлиш, олдиндан фақат ўзига маҳлиё бўлиб юриш эмас. Ўз тўдасига соҳиблик қилиб, уларни ҳавсизлигини таъминлай олишдир.
Ҳайвонлар қандай ақлли жонзотлар экан... Ҳатто энг ақлли бўлган инсон зотига ибрат бўла оладиган даражада!

"Taskinnn."каналидан олинди.


https://t.me/qurbon_ota
#Drabl
#Piyola

🕯Yoshligimda bir hikoya eshitgandim, qiziq, yodimda qolgan ekan.

🪔Bir zamonlar yoshi 80 lar atrofidagi bir onaxon nabiralarini oldiga chaqirib, uzoq yillar bergan tarbiyasining va oʻgitlarining korini bilish istagi bilan ularga yuzlanibdi.

Bir piyola suv olib kelishlarini aytibdi, suv olib kelingach, nabiralariga qarata savol beribdi:

Piyolaning avvali hamda oxirida nima borligini toping?

- suv....
- piyolaning oʻzi.....
- qoʻlingiz......

Xato javoblar ortidan jimgina oʻtirgan bir nabirasi un chiqardi:

Avvalida Bismillah va oxirida Allohga Shukr bor....

Bilarmidingiz(?

® Ramziddin Tursunov

"Taskinnn
."каналидан олинди.


https://t.me/qurbon_ota
👍1
#kitobdan ت︎︎︎

Mo'minga kelgan har musibat tufayli Alloh Taolo uning yaxshiligini ortiradi.Yoki yomonliklaridan birini o'chiradi.
Garchi bu musibat oyog'iga tosh botishi yo tikan kirishi bo'lsa ham.

(Rasululloh (ﷺ))

"Taskinnn."каналидан олинди.


https://t.me/qurbon_ota
#Davr

Koʻchaga chiqayotib Gʻulom ust-boshiga qarab oʻylandi, zum hoʻrsindi va yaxshiyam moʻda deganlari bor, yoʻqsa choponi yamoq ekanidan oʻzgalar kulishardi deya borar manzili tomon yoʻlida davom etdi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
#Dunya

Albatta mehnat bozorida ish qilishni hohlaganing emas, balki ishlaganing uchun haq olasan! Dunyo bozoridachi?

Qiyos oʻzingdan!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Nafs

Baʼzi narsalardan nafsni muhofaza qilish mashaqqati nafsni qondirish hissidan koʻra yoqimliroqdir!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
Forwarded from Arxiv baza 1
#Kema

🌧Yomgʻirlar, davomli va yoqimli! Huzur va halovat bor unda, mayuslik ham.

🌊Hamon bizlar Nuh alayhissalom kemasida ekanmiz, insonlar yana ham kamaygan, hayvonlar soni ziyoda boʻlgan davrda suzmoqdamiz(mi)?

® Ramziddin Abdikhalil

Telegram | Instagram | Facebook
1👎1
#Millat

🚐 Damasda ketayotsangiz yoʻlda birgina ayol qoʻlini koʻtarishi bilan mashinaning oʻrta qatorini boʻshatadigan erkaklari bor millat meni millatmidir deb oʻylab qoldi Gʻulom mashinaning orqa oʻrindigʻida oʻtirganicha!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
Hayot faqatgina yashashdan iborat emas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Forwarded from Arxiv baza 1
#Kurash

❗️Tanazzul arafasida hukmdor yechim izlab xalqiga yuzlandi:

🃏Ahli dunyo dedi:

- hozirda biz qoʻlimizdagi minglab kuchlarni ishga solib jinoyatchilik, xoinlik, ichki nizolar, poraxoʻrlik, qimorbozlik, ahloqsizlik, firibgarlik,.........larga qarshi kurashyapmiz!

🕯Bir chetdagi oʻqituvchi yelkasini qisganicha gapirdi:

- birgina vijdonim bilan ilmsizlikka qarshi kurashyapman!

®Ramziddin Abdikhalil

Telegram | Instagram | Facebook
👍3
Forwarded from Arxiv baza 1
Qoʻylar umr boʻyi boʻridan qoʻrqib yashaydi, ammo ularni choʻpon soʻyib yeydi!

©Mubashshir Ahmad
📚Olim, Odam va Olam

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from LIDERLAR
Якшанба кайфияти

Файласуф Суқрот ёшлик пайтларида бир оз дангасароқ ва уйқучироқ экан.

☝️Устози унга насиҳат қилиб, дангасалик ва танбалликдан узоқ туришни уқтириб айтибди:
- иккита чумчуқ бўлган экан, ҳар тонгда саҳар турган чумчуқ чумолилар билан озиқланар, қорни тўяр экан, кеч тургани эса оч қолиб кетар экан. Шундан хулоса қилчи?

😊Шунда Суқрот ҳотиржамлик билан жавоб берибди:
- демак, эрта турган чумолиларни чумчуқ еб кетар экан🐜

Наманган вилояти “Келажак лидерлари” клуби

Каналга аъзо бўлиш:👇
https://t.me/liderlar1
😁1😢1
Оилада ҳазил бўлиб тургани ҳам яхши😁
#Hayot

Siyosatdonning yuksak minbardagi jarangdor nutqidan koʻra gung odamning hammollikdagi umri balki saodatliroqdir.

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn