#Kechikkan_post
⏱ 3 daqiqada yozilib, uch kundan beri joylanmagan drabl):
📿Shom. Soat, taqvimlar, smartfondagi turli dasturlar ishora qildi, azon ham eshitildi....
🪔Yoshligimda eshitganim, vaqt aniqlash uchun hozirgidek qurilmalar boʻlmagan oʻsha vaqtlarda, shom vaqtini aniqlash uchun oddiy bir kesakni olib otishgan, gʻira shira vaqti otilgan joyida koʻrinmay qolsa, shom vaqti hisoblangan ekan.
❕Imkoniyatlar koʻp, har tomonlama, ehtiyoj ham. Lekin oʻsha hokisor kesak otilgan vaqtlarni qadri oʻtyapti(!
®Ramziddin Abdikhalil
06.03.2022
@Taskinnn

👍1
Barcha qizlar va ayollarimiz bayramingiz muborak boʻlsin. Kun nuqtayi nazaridan emas, sizlar har vaqt va har doim biz uchun berilgan eng katta mukofotsiz. Ilm va iymonda, halollik va amalda doim sobit qadam, qalbingizda halovat boʻlsin. Shodlik va quvonch doimo hamrohingiz, samimiy tabassumlar yuzingizni tark qilmasin.
Hayrli kunlarda yorugʻ yuz bilan diydor nasib qilsin, Alloh panohida asrasin!
Hurmat bilan:
Ramziddin Tursunov

#drabl
#bugun
🏭Bugun, Namangan shahri, Sardoba bozori atrofi, ayni vaqtdan bir oz avval.
🔊Mashinalar shovqini juda kuchli, insonni tin olishga qoʻymaydi. Maʼnosiz shovqinlar.
🔕Yoʻl chetida, hech narsaga chalgʻimay kelayotgan, yoshi 70 lar atrofidagi, qip qizil gul koʻtargan otaxonni koʻrdim. Gul sohibiga havas qildim. Shovqin bezovta qilmayotgan yagona insondek tuyuldi menga. Alloh shunday goʻzal hayot bersin!
❕Mashinalar hamon shovqin solyapti, tin bermaydi kishiga......(!
® Ramziddin Abdikhalil

👍2🔥1
#drabl
#qõnğiroq
📞U yaqin doʻstidan qoʻngʻiroq kelayotganini koʻrdi va u nima sabab va yoki yumush bilan qoʻngʻiroq qilayotganini oʻyladi, koʻtardi, gaplashdi, goʻshakni qoʻydi......
🕯Vaholangki qoʻngʻiroq qilganda sabab qidirmaydigan va soʻramaydigan insongina haqiqiy doʻstdir!
❕

Siz hech oʻylaysizmi?® Ramziddin Abdikhalil
@Taskinnn
🔥3👍2
#Xavotir_olma
Alloh shunday chevar zotki, yo muhabbat qo'yganingni nasib qiladi, yoki nasib qilganiga muhabbatli qilib qo'yadi...

👍4
#Taskin
#Beğubor_yakun
🧱Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani 2020-yil avgust. Qurilish maydoni.
🏗Toʻrtinchi qavatdaman, bitmagan bino. Pastdan gʻisht chiqarishyapti. Chiqarayotganlarning hammasi oltmishga yaqinlashgan kishilar. Gʻishtni kranga yuklab qoʻyib, qariyalar shagʻal ustida yonboshlab, biroz tin olishmoqda, yuzlarida allanechuk tabassum, osmonga qarab turishar, qoʻllarini dam ba-dam peshonalari ustiga qoʻyishar edi. Ularni koʻrib, qora mehnat va hayot tashvishlari shu yoshda ham halovat bermagan, lekin bir onga hammasini unutgan begʻubor keksalikni his qildim.
⏳Ikki kundan keyin qulogʻimga chalindi, qariyalardan biri nabirasining toʻyi uchun ishlayotgan ekan......!

#halovat
Gʻulom, mehnati bilan shu kunga keldi, umrini va bor budini shu ishga balishladi, oʻzinida bir chetga surib qoʻydi. Vaholangki oxir oqibat sariq chaqa narxiga baholashdi. Qadrini va mehnatini emas, jasadini.
Sabr qildi(qilmoqda) va barini Alloh kifoyasiga qoldirdi!
P/S: Hech qachon bor kuchingiz va mehnagingizni bir yerga va yoki kishiga emas, balki amalingiz va oʻz ustingizda ishlashga qarating. Yangi davr talabi, yangi davr sharti!
Halovat shunda, #taskin ham!

Ҳар бир киши ибрат олиши мумкин бўлган бўрилар карвони...
Олиндан кетаётган 3 бўри- ёши ўтган, касал бўрилар.
Кейинги 5 бўри - энг кучли бўлганлари. Тўдасини олдиндан келган ҳар қандай ҳавфдан ҳимоя қилишади.
Ўртадагилари- ҳимояга муҳтож бўлган, аёллари ва болалари бўлса керак.
Орқадан келаётган 5 таси ҳам, энг кучли бўлганлари. Орқадан келган хатарни бартараф этади.
Энг орқадан келаётган 1 таси - тўданинг лидери «тўда боши».
Ҳеч қайсиси орқада қолиб кетмаганлигига ишонч ҳосил қилиб, ҳаммасини кўриб, кузатиб кета олади ва хатар келган вақтда, ҳаммасига етиша олади.
Хулоса: Лидерлик, бир жамоатга бош бўлиш, олдиндан фақат ўзига маҳлиё бўлиб юриш эмас. Ўз тўдасига соҳиблик қилиб, уларни ҳавсизлигини таъминлай олишдир.
Ҳайвонлар қандай ақлли жонзотлар экан... Ҳатто энг ақлли бўлган инсон зотига ибрат бўла оладиган даражада!
Facebookdan olindi, toza mahsulot😁

#Drabl
#Umr
🕯Halollik bilan faqat halovat va haqoratdan boshqasiga erishmagan Gʻulom oxirgi paytlarda mashgʻuloti sichon-mushuklaru hamda qoʻyiq-suyuq oʻtinlarni kavlash boʻlib qolgan doʻsti Abdullohga qarab:
- sen oʻzingni ishingni qilaversang, men oʻzimni ishimni qilaversam, bizni ishimizni kim qiladi!
⌛️deb turgan mahali bahona otiga mingan hafsalasizlik allaqachon ulardan oʻzib ketgani va yoshlari bir joyga borib qolganini sezdi!
❔Sizni yoshingiz nechchida. Oʻylangchi, shuncha yilda nozik nihollar allaqachon oʻnlab qabrlar ustiga soya bermoqda...
❕Balki #taskin ham berayotgandir!