™️ TASKIN (T.R.A.)
165 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
Qayg'urma ey ko'ngil

@Taskinnn📿
Nelarni orzu qilmaylik biz uchun atalgani beriladi va bu esa doim hayrlı bo'lgan.
Biz orzu qilgan tuproq usti
Nasib aslida tuproq osti..

Ozgina yurarmiz tuproq ustida, Va lek yotarmiz ko‘proq ostida...

@Taskinnn📿
👍2
#Alhamdulillah

Boriga bariga shukur...

Cho'kib ketsam gunohlarga men
Yana sendan so'rayman najot

@Taskinnn 📿
#Taskin
#Diplom


📘Har qaysi ish uchun diplom keragligi va mutaxassis sifatidagi faoliyat uchun abituriyent jiddu jahd bilan oliy taʼlim (.....) ga qadam qoʻyadi.

☹️Toʻrtinchi yilda esa diplom bir tiyinga qimmat ekanligini bilish uchun 4 yil sarflaganini biladi.

🌱Yantoqlar orasida nish urgan maysalar zamin uzra bosh koʻtarmoqda, hali ular yuksak emanlardanda yuksak boʻladi!

®Ramziddin Abdikhalil

01.03.2022.

@Taskinnn
👍1🔥1
#____

Baʼzan, taskin uchun, drabl uchun surat qidirgan vaqtimda Google ilovasi skutga ketgandek boʻladi, koʻngilga tushadigan surat topilmaydi, yoki topa olmayman.
Menimcha dasturni yartaganlar ham biz kabi inson boʻlgani uchundir!

#____

T.me/Taskinnn
👍1
#taskin
#ğassol

🪚Namangan shahri, mehnat bozori(nabrejni)dan bir yerga ishga bordim, 2021-yil, bahor.

🕯Yoshi ulugʻ inson, 60 lar atrofida, tetik.
Tushlik mahali gʻamgin holatda hasratini, eng buyuk armonini aytdi.

💧Yosh boʻlgan ekanman, esim yoʻq ekan. Otam bu olamni tark qilganlarida...tark qilganlarida uni gʻassolga yuvdirdik, haligacha oʻylasam ichim eziladi.

😔Otam bizni butun umir gʻing degan un chiqarmay, oʻzi zax va sovuqda, och nahor, yirtiq yamoq kiyimda, oʻzim emas farzandim deb, kimningdir qoʻliga oʻzi qarsa ham bizni qaratmay, hasta boʻlsa ham birgina koʻngil maylimiz uchun oʻz davolanishdan kechgan insonni oxirgi manzildan avval, farzand boʻlib, bir shu ishni qilishga ham yaramadim, qanday farzandman. Hozir bir soniya koʻrish uchun umrimni berishga tayyorman, koʻrish uchun....

Gʻassol.... shu insonlarga rahmat, yaqinlarida qila olmagan ishni qilishadi!
🤲Alloh rozi boʻlsin!

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍4😢1
Shuni unutmaslik darkor
Biz uchun muammolar ko'p
Yechim doim bitta !

Taskın:]

@Taskinnn📿
👍21
Dilim xufton...
Menga shunday xabar aytginki ko'nglim taskin topsin.....
#Taskin

Ramazonga oz qoldi...

@Taskinnn📿
5😢2🤩2😁1
#drabl
#taxi

🚕Uzoqni yaqin qiluvchi taxsilar, xususan vodiydan poytaxtga, va yana boshqa joylarga boruvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda oʻz guruhlari bor.

📲Ushbu guruhlar doim faol, ishingiz tez bitadi. Lekin oʻzi qilmaydigan ishlarni tarqatish uchun bir haftada bir martta qimirlab qoʻymaydi.

Har kim emas, har vaqt emas.

📿Jumʼa muborak!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#drabl
#XXI_asr

Hodim:
- oʻrtoq boshliq, bu ketishda yaqinda men insult boʻlaman, uzoqqa borishimga koʻzim yetmayapti....

Boss:
- hijolat boʻlmang, dasturimizda bor!

®Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
#Drabl
#Xotira

Biz o'sha kundan so'ng to'liq Baxtni his eta olmagan edik.
Akam va men ota-onamizni shu bilan birga ko'rmadik..
Onamning bir gapi hali ham qulog'im ostida jaranglaydi
Ketay desam sizlarni ko'zim qiymas

( Osmon uzoqlik qilyapti)

Baxtni yarımga aylantirib
#ajrashma.

@Taskinnn
😢5
Men keldim, ya Rasulullah... (muslimat_uz)
t.me/al_harara
1. Tinch joyga kiring...
2. O'zingizni bo'sh qo'ying qulay holda o'tiring...
3. Ko'zlaringizni yuming...
4. O'pkangizni to'ldirib 3 marta chuqur nafas oling...
5. Va "Bismillah" deb "Play" ni bosing...
6. Dunyodan uzilib Audio ohangiga g'arq bo'ling...

Har bir Jumlani Tasavur qilishga urining..


@Taskinnn 📿
😢1🎉1
#Drabl
#Qalbim
Mening qalbim,singanida buning singani meni hech ajablantirmadi.
Shunaqa-biz odamlar o'zimizning holatmiz ila taqqoslashga odatlanganmiz!

Zeroki sinish,bu tugadi degani emas.
Yanada kuchli bo'lish degani.
Yutmoq mukofot, yiqilmoq ikki karra....

@Taskinnn📿
👍2
#Kechikkan_post

3 daqiqada yozilib, uch kundan beri joylanmagan drabl):

📿Shom. Soat, taqvimlar, smartfondagi turli dasturlar ishora qildi, azon ham eshitildi....

🪔Yoshligimda eshitganim, vaqt aniqlash uchun hozirgidek qurilmalar boʻlmagan oʻsha vaqtlarda, shom vaqtini aniqlash uchun oddiy bir kesakni olib otishgan, gʻira shira vaqti otilgan joyida koʻrinmay qolsa, shom vaqti hisoblangan ekan.

Imkoniyatlar koʻp, har tomonlama, ehtiyoj ham. Lekin oʻsha hokisor kesak otilgan vaqtlarni qadri oʻtyapti(!

®Ramziddin Abdikhalil

06.03.2022

@Taskinnn
👍1
Barcha qizlar va ayollarimiz bayramingiz muborak boʻlsin. Kun nuqtayi nazaridan emas, sizlar har vaqt va har doim biz uchun berilgan eng katta mukofotsiz. Ilm va iymonda, halollik va amalda doim sobit qadam, qalbingizda halovat boʻlsin. Shodlik va quvonch doimo hamrohingiz, samimiy tabassumlar yuzingizni tark qilmasin.
Hayrli kunlarda yorugʻ yuz bilan diydor nasib qilsin, Alloh panohida asrasin!


Hurmat bilan:
Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
👍1
#drabl
#bugun

🏭Bugun, Namangan shahri, Sardoba bozori atrofi, ayni vaqtdan bir oz avval.

🔊Mashinalar shovqini juda kuchli, insonni tin olishga qoʻymaydi. Maʼnosiz shovqinlar.

🔕Yoʻl chetida, hech narsaga chalgʻimay kelayotgan, yoshi 70 lar atrofidagi, qip qizil gul koʻtargan otaxonni koʻrdim. Gul sohibiga havas qildim. Shovqin bezovta qilmayotgan yagona insondek tuyuldi menga. Alloh shunday goʻzal hayot bersin!

Mashinalar hamon shovqin solyapti, tin bermaydi kishiga......(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2🔥1
#drabl
#qõnğiroq

📞U yaqin doʻstidan qoʻngʻiroq kelayotganini koʻrdi va u nima sabab va yoki yumush bilan qoʻngʻiroq qilayotganini oʻyladi, koʻtardi, gaplashdi, goʻshakni qoʻydi......

🕯Vaholangki qoʻngʻiroq qilganda sabab qidirmaydigan va soʻramaydigan insongina haqiqiy doʻstdir!

Siz hech oʻylaysizmi?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🔥3👍2
Qadrlamoq - yo'qotganingda ortidan yig'lamoq emas, balki yoningda ekanida avaylamoqdir...!


@Taskinnn
👍4
#Biroz_muhabbat_ila

Sen kutasan...

Ko'rish...nasib bo'lsa o'ylamasang ham ko'rar ekansan

@Taskinnn.