™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🤨2🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ҒАЛАТИ

Нима десалар ҳам ажаб бу замон,
Кўп нарса ғалати, ахир, бегумон.
Масалан — қарзини ололган ёмон,
Қарзини қайтарган гўё қаҳрамон...

✍️Бобур Бобомурод

28.2.2026. 08:35. Бўстонлиқ.

™️
https://t.me/Taskinnn
5👏2🕊1💯1🍓1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Jamiyat

Koʻngillar kabi nozik boʻlgan bu jamiyat na mukofotni va na jazoni koʻtara oladi. Biri kibr, ikkinchisi jabr.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯4🔥32
#shukr

4 yil deganda Respublika "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zoligiga qabul qilindim, rizq shu fursatga nasib qilgan ekan, yana bir mas'uliyatni Alloh hayrli qilsin!

1️⃣ https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍52👏1
#fikrat

Qatl qilinayotgan odamdan ko'ra, jallodning qismati og'irroq, chunki u yashashda davom etadi, g'urbat bilan!


® Ramziddin Abdikhalil

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#___________

To'g'ri, peshonada bori - muqarrar,
Alqissa, samar yo'q yoqa yirtishdan.
Faqat or qilaman, qilaman hazar
Ularga tenglashib sarqit titishdan.

O'ksitma, ruhimni cho'ktirma, Egam,
Yo'limni tilagim qadar oq qilgin.
Yuksak-yuksaklarga arzimasam ham,
Shularning oldida balandroq qilgin.


© Behzod Fazliddin

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏2
#bayram_muborak

Otalar va mard erkaklar, akalar va ukalarning gʻururi, ori va nomusi boʻlgan sadoqat, poklik va halollik timsollari, yer yuzasidagi aziz farishtalar, er yigitlarning ishonch bilan kutgan, omonatini sof saqlagan nozik hilqat vakillari, moʻtabar onalar va aziz opa-singillar, barchangizga bayram muborak boʻlsin, har doim va har yerda yorugʻ yuzli boʻling, qadringiz qaddingizdan baland boʻlsin!

Unutmangki, siz suyangan insonlar uchun qudrat manbayi, koʻzga koʻrinmas tayanch va hayot mazmunisiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
4👍3🥰3👏1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
OILA EVOLUTSIYASI

🌬 Muzlik davridagi oilalar sovuqdan nobud bo'lishdi. afsus;

🌊 Yana bir qavmni butkul suv oldi, oilalar yana yo'qoldi;

🔥 Ko'p oilalar asrlar davomida bo'lgan urushlarda zavol ketishdi, yo beki, yoki bekasi;

🦠 Vabo va o'latlar, turli xildagi epidemiya va hastaliklar ham oilalarni chetlab o'tmadi, yana qanchasi tuproqqa qorishdi, essiz.

💧 Dunyo ochlik, qurg'oqchilik va yana allaqancha dardni ham yelkasida ko'tardi, sabr qildi, ayrildi.

😢 Bugun, minglab oilalar yo'q bo'lib ketyapti, inqiroz har qaysi davrdan ham ortiq va daxshatli. Sabab: "ko'nglim bo'lmadi!"

❗️Yetim haqqi, ota nomusi, millat umidi. ming afsus, ko'ngil ekanda.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#N1

Buzilmagan asablarni buzish vositasi! (narkoz holati tahminan shunday)


🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯1
#iqtibos

Kundan kunga yosharar o'lim...


✍️ Sanjar Shams

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#fikrat

Qulogʻing koʻtara olmaydigan gapni ogʻzingdan chiqishiga yoʻl qoʻyma!


® Ramziddin Abdikhalil

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1👏1
#iqtibos

Juda ko'p foydali narsalarni ishlab chiqarish, juda ko'p foydasiz odamlarning paydo bo'lishiga olib keladi.


©️Karl Marks

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
#fikrat

Oyogʻi yerdan uzilganlar, osmonga ham kerak emas!


® Ramziddin Abdikhalil

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍1
#fikrat

Asl qiyofamizga qaytishimizga ham qisqa fursatlar qoldi...


19.03.2026/Arafa

® Ramziddin Abdikhalil

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢52💯2
Iyd Ramazon Hayiti muborak boʻlsin

Kirib kelgan yana bir muborak kun, sabr toqatning mukofoti, birdamlik va poklik sharofati barchangizga muborak boʻlsin.

Doimo yorugʻ yuz bilan, ilmimiz va iymonimiz mustahkam holda, hayrli va halol yoʻldan adashmasdan - halovatli yashash nasib qilsin!


® Ramziddin Abdikhalil

🌐 https://t.me/Taskinnn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
#fikrat

Oʻgʻillar doim oʻz otalariga oʻxshashga harakat qilishadi, va oʻz oʻgʻillarining oʻzlariga oʻxshamasligiga umid qilishadi, qiziq.. balki onalarning qizlarida boshqacharoqdir):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
5🔥31🥰1💯1
#iqtibos

Tunning eng qorong'u onlari - tongga yaqin onlari.


© Nurali Qobul

™️ https://t.me/Taskinnn
52
#xotira

Kattalik masʼuliyati nima ekanligini bilganimizda edi, oʻshanda ota-onamizga men endi yosh bola emasman demagan boʻlardik!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢52🔥2🥰2
#iqtibos

Erkak kishi uylangunicha, keyinchalik tug'ilajak qiz farzandining taqdirini yozadi...


©️ Sanjar Shams

™️ https://t.me/Taskinnn
5🔥5👍2💯2👏1🤗1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#mehnat

G'ulom davrada mag'rur turar ekan, bor ovozi bilan dedi:
- men hammasiga o'z kuchim bilan erishganman!

Uyda esa, mehnatdan hali ham to'xtamagan keksa va hasta ota, farzandini kiyimlarini yuvib qo'llari qavargan ona, ukasining o'qishi uchun o'z orzularidan kechgan aka jim turishardi, ovozlari chiqmaydi. Hali ustozlar bu gapni eshitishmadi...


Yozib bo'lganimdan keyin nafas olishim og'irlashdi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6😢32👏21👍1