™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#iqtibos

Bu dunyoda har doim har kimga nimadir yetmaydi. Kimnidir yeyishga noni yo'q, kimnidir brillianti kichkina.


© Sanjar Shams

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥71
#formula

Shaxmat oʻyinida oʻyin yakuniga qadar shoxni himoya qilasiz, avval piyodalar, keyin undan yuqori donalar qurbon beriladi, yakunda esa, oʻyindan soʻng hammasi bir qutiga berkitiladi, qismat tengligi, borar joyi, borar joyimiz bir....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥42😢2
#fikr

Yaxshilikni siz ham, u ham unutishi mumkin, yomonlikni esa ikki tomon va bunga guvohlar ham unutmaydi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#rizq

Bizni soyada ham tark etmaydigan hamrohimiz bu rizqimizdir, toki tirik ekanmiz u doim biz bilan!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥1
#choy

Damlanib qolmaydi o'z-o'zidan choy,
Bu holga yetguncha ko'rar qancha hol.
Orzu-armonlari bo'lar, hoynahoy -
Nozik iltifotlar kutar, ehtimol.

Holbuki, kishilar almashib joyni -
Ketarlar, qoldirib nazardan pana
Va qaytib kelganda - bechora choyni
"Sovibdi" deb ta'na qilurlar yana...

©️Bobur Bobomurod

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥4
#choy

Yaxshi suhbatdosh bilan hayrli suhbat qursang choying sovib qoladi, g'iybat qilsang ham!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥7🐳1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#fikr

Yoʻqotgan narsalaring koʻpaygani sayın qoʻrqadigan narsalaring kamayib boradi!

(Hammasini yoʻqotsang, hech narsadan qoʻrqmaysan)


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4🕊21👍1🐳1🌚1💘1
#hadis

"Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va Allohga mahbubroqdir..."


©️ Imom Muslim, Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati

™️ https://t.me/Taskinnn
41🐳1💯1
#fikr

Hayotning sinovlarida biron martta sinalmagan inson eng ojiz va kuchsiz insondir!


❗️omadli emas

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3
#fikr

“O‘zingiz kabilar uchrasin" - kim uchundir eng katta baxt, kim uchundir eng og'ir la'nat!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4💯3👏1
#fikr

Shunday boy insonlar borki, ularda puldan boshqa hech narsa yo'q va yana shunday boy insonlar borki, ularda faqat pul yo'q halos!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2
#iqtibos

Qabul bo‘lmagan duoga vaqti kelib, qabul bo‘lmagani uchun shukr qilasiz. Chunki Alloh bizga nima yaxshi-yu nima yomonligini bilguvchidir.


©️ Abdukarim Mirzayev

™️ https://t.me/Taskinnn
5🔥2
#fikr

Tanimagan insonlarimizga hurmatimiz taniganlarimizdan koʻra ancha yaxshiroq boʻladi odatda!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥5👏2👍1
#iqtibos

Chorasizlik Allohdan eng goʻzal ishoradir. U duo qilish vaqti yetganini koʻrsatadi.


©️ Jaloliddin Rumiy

™️ https://t.me/Taskinnn
👍3💯1
#fikr

Umr yo'limiz bir kitob, yakunda barchasini qayta o'qiymiz. Balki kulib, balki yig'lab!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2
#iqtibos

​Oxirgi so'zni erkak aytadi.
Oxirgidan keyingisini ayol.


©️Ayman Yogʻiy

™️ https://t.me/Taskinnn
😁4🔥32
#Alhamdulillah

🍂 Yigirma oltinchi kuz tongiga yorug' yuz va sihat salomatlikda yetkazgan Yaratganga behisob shukrlar bo'lsin.


Hayot yo'limni yaxshi va halol insonlar bilan tutashtirgan, eng katta boyligim - ota-onamni salomat, jigarlarimni ahil, ustozlarimni qadrli va do'stlarimni sadoqatli qilgan taqdirdan cheksiz minnatdorman.

O'tgan so'nggi bir yil, hayot maktabining eng murakkab darslari bilan o'tdi, qaysidir o'rinlarda toʻgʻrilik bilan muvaffaqiyatga yetgan bo'lsak, qaysidirlarida nafs yo'lidan yurib achchiq dars oldik, xulosa chiqardik, va shu qismatimga bitilgan har soniya uchun mingdan ming roziman, hech qaysisi behikmat emas.

Alloh hech birimizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin, har doim va har yerda yuzimizni yorug' qilsin, mustahkam ihlos bilan hayrli, hikmatli va halovatli umr bersin!

™️ https://t.me/Taskinnn
👍8🔥4🥰31😢1
#iqtibos

Alloh ko'rib turib, insonning aybini berkitadi.
Inson ko'rmagan narsasini olamga doston qiladi...


©𝑺𝒉𝒂𝒎𝒔 𝑻𝒂𝒃𝒓𝒊𝒛𝒊

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3
#fikr

Hech kim hech kimni yo'qotmaydigan bu hayotda, ketgan boshqasini va qolgan o'zini topadi. Demak yolg'iz bo'lmaysiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍21
#fikr

Albatta biz kichik gunohlar qilishni katta gunohlardan afzal bilamiz, gunoh qilmaslikni emas!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥5🥰1👏1
#fikr

"It hurar, karvon o'tar" - hikmatidagi karvon emasdirmiz balki, bir oz tafakkur qiling!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3😁3🥰1