™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Drabl
#Omonat

Hayotidan noligan, shukr va qanoatni unutgan, goʻyo buyuk omonatni oʻziniki qilib olgan mardlar, foniy sinov va mashaqqatda chiday olmay oʻz joniga qasd qilganlar, siz kim edingizki eng ulugʻ zot qilgan tortigʻiga daxl qiladigan........
Aytgancha, oxirgi soniyalarda yashashga harakat qilasz, natija "."

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Ustozimdan
#Pozitive

Faylasuf Suqrot yoshlik paytlarida bir oz dangasaroq va uyquchiroq ekan.

Ustozi unga nasihat qilib, dangasalik va tanballikdan uzoq turishni uqdirib aytibdi:
- ikkita chumchuq boʻlgan ekan, har tongda sahar turgan chumchuq chumolilar bilan oziqlanar, qorni toʻyar ekan, kech turgani esa och qolib ketar ekan. Shundan xulosa qilchi?

😇Shunda Suqrot hotirjamlik bilan javob beribdi:
- demak, erta turgan chumolilarni chumchuq yeb ketar ekan🐜

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1
Ҳеч қачон ноумид бўлманг..

Шау Линг Ли АҚШ визасини қўлга киритиш учун шу даражада кўп уринган-ки, у ҳатто элчихона вакиллари учун энг таниқли инсонга айланган. Аммо унинг талаби рад этилган.

Шунда ҳам таслим бўлмади..

Муҳожир сифатида Канадага кетишга киришди. 15 марта уринишига қарамай, бу истаги ҳам амалга ошмади.

Хитой денгиз кучлари сафида хизмат қилмоқчи бўлди, аммо уни қабул қилишмади.

Электироника соҳасини тушунгани боис катта бир ширкатга ҳужжат топширди. 124 кишидан 122 таси қабул қилинди. У рад этилган икки кишининг бири эди.

Хитой армиясида хизмат қилишга 21 киши ичидан ҳам айнан у қабул қилинмади.

Муваффақиятсизлик кетидан муваффақиятсизлик келишига қарамай у таслим бўлмади. Курашишда давом этди. Ўзини, бор кучи билан электироника соҳасига уришга қарор қилди. Тўғрироғи электрон бозорига эга бўлиш учун режа тузди. Аммо ҳеч қандай маблағи йўқ эди уни. Курашишда давом этди ва мақсад сари олғалаб, аёлининг тақинчоқларини сотди ва бир яқин дўстидан қарз олиб ишини бошлади. Узоқ йиллик уринишлар ва меҳнат натижасида ширкати инқирозга юз тутди. Ҳозирда у қамоқда.

П.с Пост ўғирланган, тоза маҳсулот.

© Abdusattor Abdurahimov
Davomiiiii
👍1
#Drabl
#Avom

Qoziga arz qildimki, undan haq so'rab, - dediki bizlarmiz gunohkor banda, odamiylik qil.

🚬Vaqt o'tib arz qildim bizlar gunohkor, - dediki haq degin va u bardavom

- kim eding oʻzi?
- bandasidan kutib adashgan avom...):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🎉2
Nega yaratilgan inson

@Taskinnn
Yomgʻirli kunlar, ajib oʻzgacha, gʻuborlarni oladi, zamin skunat uzra bir oz tin olganday boʻladi, koʻngillar yorishadi.
U oʻyga tolib qoldi, oyogʻidan suv oʻtajagi hayolini tark etmasdi(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Chumolixõr

Hududiki insonlar oʻz qilmishlarini bilmaganday taajjub va hayrat bilan yashaydilar. Hech kim koʻrmadi - bu faqat siz kabilar uchun!

P/S: Chumolixoʻr chumoliga ham ozor bermaydi, yeyishini hisobga olmaganda):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Drabl
#Sharf

🧱Musofir yurtlar, tirikchilik vajidan ishdaman, haloli rizq.

🏫Bir mexmonxona oldida ishladik, chamasi 18 yoshlar tenggi qiz mexmonxonaga joylashdi, boʻynida sharf, husni bor.

🚬Birinchi kuni bir inson bilan mashinada .....koʻzim tushdi, ertasi kuni tushlik vaqti hovlida, qoʻlida sigaret, kim bilandir allanimalar haqida gaplashdi.

⚫️Kech, yana bir boshqa inson, boshqa mashina, holat yana oʻsha...

Achindim, baʼzan insonlar qilayotgan ishlardan osmonu falak darz ketmagani, yer hayqirmaganiga hayrat qilasan kishi. Qismati bitilganmi yoki nafsi ila mast. Taajjub.

🧣U ketdi, balki koʻplarning yodidan ham koʻtarildi. Koʻchada bir mushtipar onaning 8 yoshlar atrofidagi qizalogʻini qoʻlidan tutib ketayotganiga koʻzim tushdi. Ona yupun, qizaloq horgʻin, boʻynida sharf...]:

Yomgʻir yogʻishini juda hohladim, juda...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Farosat nima deb savol berishdi!

Mashinada yursangiz piyodalarda, piyoda yursangiz haydovchilarda yoʻqdek tuyulgan narsa...]:

Har doim uchun emas!
Har kim uchun emas!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Tek turgan nafs ila qoʻrqoqlik emas,
Asli halol luqma yutmoq oson mas.
Qoʻl kalta kelgani tubanlik emas,
Yetgan qoʻlni chopmoq asil qosidlik...]:

® Ramziddin Abdikhalil

15.02.2022

@Taskinnn
Yiqilgan kurashga toʻymas deydilar,
Yilqilmay kurashga toʻyganni koʻrdik.
Rizq emas, bil taqdir deya bariga,
Qismatga tavakkal qoʻyganni koʻrdik...]:

® Ramziddin Abdikhalil

Yiqilmay kurashga toʻyganki gʻolib,
Asli magʻlub, gʻalaba qilganin koʻrdik.
Taqdir deya, taskin deya bariga,
Koʻnikkan koʻngilning koʻnganin koʻrdik.

© Shaxboz Karim

@Taskinnn
Ma Shaa Alloh

@Taskinnn
#Facebook
#Kõrdik

Yiqilgan kurashga toʻymas deydilar,
Yilqilmay kurashga toʻyganni koʻrdik.
Rizq emas, bil taqdir deya bariga,
Qismatga tavakkal qoʻyganni koʻrdik...

©️ Ramziddin Tursunov

Yiqilmay kurashga toʻyganki gʻolib,
Asli magʻlub, gʻalaba qilganin koʻrdik.
Taqdir deya, taskin deya bariga,
Koʻnikkan koʻngilning koʻnganin koʻrdik.

©️ Shaxboz Ubaydullayev

Sabrla kurashib borib mardona,
Manzilin izlabon topganni ko'rdik.
Topibla shukr deb sajdaga nogoh,
Boshini pinhona qo'yganni ko'rdik!

©️ Dostonbek Sobirov

Nagahon kichik bir murg'ak jussada ,
Dunyoni yukuni ortganni ko'rdik.
Patdek yengil g'amni ko'tarolmasdan,
Zaminla cho'kallab qolganin ko'rdik.

©️ Zoxidjon Komilxojayev

Zaminga choʻkkalab yiqilgan gʻarib,
Koʻnglida hatto gard yoʻqligin koʻrdik.
Hayrlisi uchun, hech un chiqarmay,
Eshiklarni yopib, ketganin koʻrdik...]:

® Ramziddin Tursunov

Ko'rdik yiqilganin hatto mardlarni,
Ko'tarolmay qalbi ulkan dardlarni,
Zabt etib mayuslik murg'ak qalbini,
Dardlarga shukrlar qilganni ko'rdik...

© Dostonbek Sobirov

Qodir ekanliging uchun dard bergan,
Asli dard, quvonchdir, Allohdan nazar.
Qorning uchun emas, qadring uchun oʻl,
Haybatli togʻlarning singanin koʻrdik...]:

® Ramziddin Tursunov

T.me/Taskinnn
👍2
Vaqtincha koʻrinmay turishga harakat qilgan paytingda):
❗️Qayerdadir yiqildim, mehnatlar zoye ketdi, achinasan kishi....

📞 Juma, soat 11:30 lar chamasi doʻstim qoʻngʻiroq qildi, imtixon boshlandi, koʻtardim:
- doʻstim imtixonim boshlanyapti!
- hatto tanang oʻzingniki boʻlmagan hayotda yoʻqotadigan narsang qoldimi, bu yerdachi?

Qoʻngʻiroqni uzib hammasini bir chetga surib chiqib ketdim. Yoʻqotadigan narsa qolmadi!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn