™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Drabl
#Qadr

🔅Baʼzan toʻqlik qadri uchun och qolish ham kerak ekan.

💡Bugun svet oʻchib qoldi, hamma yoʻq zimiston, zulmat, qorongʻu... Gʻalati boʻlarkan.

- svetga oʻrganib qolgan ekanmiz, bir kunda qadri bilindiya, yonsa hursand boʻlardik juda.
- sham yoqib yurgan vaqtlarda ham nafas, vaqt va tiriklik qadri oʻsha edi, hali ham....

📿Svet yonishini kutgan vaqt zikr bilan boʻlsa qanday goʻzal, yonmasa ham mayli edi ......(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Ikkovidan qaysi biri hali yashab koʻrmagan boʻlsa, qaysi biri yorugʻ dunyoda qilinayotgan yovuz ishlardan bexabar boʻlsa, oʻshanisi saodatmanddir.

© Yekklesiast

@Taskinnn
👍1
#Kõngil

Yaxshilik yoʻlida ish boshlasangiz, toʻsiq va gʻovlar qarshisida unutmangki, ikkilangan vaqtda yaratgan koʻngilga birinchi boʻlib solgani haq, hayrlisi oʻsha...
Oʻzboshimchalik qilmang!

Bu mukofot(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍1
#Ko'pincha
Fikrlar iz qoldirmaydigan yerlarda aytilsa, siz aytayotgan gaplar qalblarga botmasa va siz hech kimga ozor bermasangiz ko'ngliz ancha #taskin topadi.

@Taskinnn
1👍1
Baʼzan shunday vaziyatlar ham boʻladi(!
#Drabl
#Orzular

2021-yil, Yoz kunlari, ...... tumanidaman, ayrim sabablar bilan oʻzim hohlab hohlamay borib qoldim.

Bir inson bilan tanishdim, juda samimiy, juda begʻubor, sodda, siniq koʻngil, haqiqiy inson.

Haloldan rizq qilgan, umri zahmat va mashaqqat bilan oʻtgan, oʻtayapti):

Oʻtmishi, boshidan oʻtganlari haqida gaplashib qoldik, yoshlik paytlari, katta hayotga qadamlar, oldilarida ikki yoʻl bor:

🟢Biri oʻqish, ilm ortidan yoʻl, orzular,maqsadlar, rejalar....

🔴Ikkinchisi oilani tebratish, ularga yordam qilish, masʼuliyatni boʻyniga olish, roʻzgʻor.....

🔘Tanlov hammaning oʻzida, hech qachon kimdur sizni majburlamaydi, lekin shunday holat boʻladiki, qalbingiz qaqshaydi, oʻzingiz uchun ogʻir va adoqsiz yoʻllarni tanlaysiz, bilasz u yoʻlning ne ekanin.

Yoʻl ogʻirligini bilib turib, oʻz uchun emas, oila uchun, kimningdir, kimlarningdir halovati uchun oʻz taqdirini, orzularini qurbon qilish, kechish....

👥Oʻsha akamning farzandlari bor, orzular shundan, rohatini koʻrsin!

........... akam oʻqishga kirmay turib orzularidan vos kechdi, qora mehnat bilan halol rizqlandi!
Unda imkoniyat boʻlganida edi...
Men esa oʻqib turib koʻp narsani koʻmyapman, ilmdan ham, amaldan ham tarkdaman, birgina halol rizq bilan):
Sizchi....?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Taskin

Ajabo):


Oilani buzishga qodir;
Insonlarni yoʻldan uradi;
Faxshni har qanday turi uchun vosita;
Gʻiybat bogʻlovchisi;
Vaqt oʻgʻrisi;

...........
Qoʻrqib qolasan kishi, baʼzan, usiz yashay olmaganing va ergashayotganing oʻsha telefonda ham bittagina koʻz (selfi kamera) bor...

Astagʻfirulloh!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🔥1
Hayotda qachon va kim boʻlsang ham, seni boqqan qoʻllarni unutma....):

@Taskinnn
#Drabl
#Tabrik

📍Oqibati va mazmunini yoʻqotgan guruhlar oʻzlari bormaydigan tabrikchilar bilan bir haftada bir martta qimirlab qoʻyarkan):

Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal.

Bogʻlaylik bir biriga(!

Aytgancha, yoshligimizda shunaqa samalyot yasardik daftarni oʻrtasini yirtib):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Shunchaki yoqdiki, taskinlar topdim,
Ozor va gʻurbatlari bilan yashagan.
Oʻz yoʻlimni oʻzim eshigin yopdim,
Koʻngillar singanu, qalblar qaqshagan....!

05.02.2022

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🔥1
#

Dardim aytmay bugun dunyoga
Kechmishlarim qog'ozga sotdim..))
06.02.2022
@Taskinnn
#Drabl
#Omonat

Hayotidan noligan, shukr va qanoatni unutgan, goʻyo buyuk omonatni oʻziniki qilib olgan mardlar, foniy sinov va mashaqqatda chiday olmay oʻz joniga qasd qilganlar, siz kim edingizki eng ulugʻ zot qilgan tortigʻiga daxl qiladigan........
Aytgancha, oxirgi soniyalarda yashashga harakat qilasz, natija "."

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Ustozimdan
#Pozitive

Faylasuf Suqrot yoshlik paytlarida bir oz dangasaroq va uyquchiroq ekan.

Ustozi unga nasihat qilib, dangasalik va tanballikdan uzoq turishni uqdirib aytibdi:
- ikkita chumchuq boʻlgan ekan, har tongda sahar turgan chumchuq chumolilar bilan oziqlanar, qorni toʻyar ekan, kech turgani esa och qolib ketar ekan. Shundan xulosa qilchi?

😇Shunda Suqrot hotirjamlik bilan javob beribdi:
- demak, erta turgan chumolilarni chumchuq yeb ketar ekan🐜

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
1
Ҳеч қачон ноумид бўлманг..

Шау Линг Ли АҚШ визасини қўлга киритиш учун шу даражада кўп уринган-ки, у ҳатто элчихона вакиллари учун энг таниқли инсонга айланган. Аммо унинг талаби рад этилган.

Шунда ҳам таслим бўлмади..

Муҳожир сифатида Канадага кетишга киришди. 15 марта уринишига қарамай, бу истаги ҳам амалга ошмади.

Хитой денгиз кучлари сафида хизмат қилмоқчи бўлди, аммо уни қабул қилишмади.

Электироника соҳасини тушунгани боис катта бир ширкатга ҳужжат топширди. 124 кишидан 122 таси қабул қилинди. У рад этилган икки кишининг бири эди.

Хитой армиясида хизмат қилишга 21 киши ичидан ҳам айнан у қабул қилинмади.

Муваффақиятсизлик кетидан муваффақиятсизлик келишига қарамай у таслим бўлмади. Курашишда давом этди. Ўзини, бор кучи билан электироника соҳасига уришга қарор қилди. Тўғрироғи электрон бозорига эга бўлиш учун режа тузди. Аммо ҳеч қандай маблағи йўқ эди уни. Курашишда давом этди ва мақсад сари олғалаб, аёлининг тақинчоқларини сотди ва бир яқин дўстидан қарз олиб ишини бошлади. Узоқ йиллик уринишлар ва меҳнат натижасида ширкати инқирозга юз тутди. Ҳозирда у қамоқда.

П.с Пост ўғирланган, тоза маҳсулот.

© Abdusattor Abdurahimov
Davomiiiii
👍1
#Drabl
#Avom

Qoziga arz qildimki, undan haq so'rab, - dediki bizlarmiz gunohkor banda, odamiylik qil.

🚬Vaqt o'tib arz qildim bizlar gunohkor, - dediki haq degin va u bardavom

- kim eding oʻzi?
- bandasidan kutib adashgan avom...):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🎉2
Nega yaratilgan inson

@Taskinnn
Yomgʻirli kunlar, ajib oʻzgacha, gʻuborlarni oladi, zamin skunat uzra bir oz tin olganday boʻladi, koʻngillar yorishadi.
U oʻyga tolib qoldi, oyogʻidan suv oʻtajagi hayolini tark etmasdi(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Chumolixõr

Hududiki insonlar oʻz qilmishlarini bilmaganday taajjub va hayrat bilan yashaydilar. Hech kim koʻrmadi - bu faqat siz kabilar uchun!

P/S: Chumolixoʻr chumoliga ham ozor bermaydi, yeyishini hisobga olmaganda):

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn