™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#o'lim

O'limga baribir: gulday dudoqlar,
Halol yurganlar-u harom tomoqlar.
Ust-boshi butlardan choponni yechgay,
Kovush kiyib ketmas yalangoyoqlar.
..

© Sirojiddin Sayyid

™️ https://t.me/Taskinnn
1👍1
#qarash

Dunyoga kelgan paytdagi ismimizni chaqaloq va go'dak, ketgan paytda esa jasad yoki murda deb atashadi...

Na boy va na kambag'alda farqli emas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#qarash

Bugungi loqayd va be'etibor kimsalar, o'z vaqtida haddan ortiq e'tibori va mehri uchun beqadr bo'lgan beg'uborlardir!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#iqtibos

Hayotning qonuni shu - qiyshiq mixni hech kim qoqmaydi. Qancha to'g'ri bo'lsang, boshingga bolg'a kelib tushaveradi...

©️Mirach Chag'ri Oqtosh


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
#iqtibos

Biz o'zlaridan boshqani to'g'ri yo'lda emas, deb o'ylaydigan kishilar bilan sinaldik.


© Abu Ali ibn Sino

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2👏1
#iqtibos

Inson yetisha olmagan hamma narsaning jinnisi, yetisha olganining esa nonko'ridir.

© Pablo Neruda

™️ https://t.me/Taskinnn
💯31🔥1
#________

Axlat qutisiga ega chiqqan it
Shu joyni muqaddas makon biladi.
O'tgan-ketganlarga tish irshaytirib,
Yolg'ondakam hurib, suron qiladi.

Zoti pastga amal tekkandan keyin,
Ko'rasan har qancha tantiqlik bo'lsa.
Nima ham der eding ota betayin,
Onasining kasbi qanjiqlik bo'lsa...

Muallif aniqlanmadi

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3💯2👍1
#qarash

Dangasa va yalqov odam uchun berilgan eng katta ne'mat: hech bir ish qilmay, hamon nafas olayotganidir!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1🔥1
#fikr

Shubhasiz, yakuni hayrli bo'lgan ishning ertaroq hal bo'lgani va aksi bo'lsa ertaroq yakunlangani ma'qul.


Bo'ladiganidan qochishni va bo'lmaydiganiga yugurishni bir o'ylab ko'ring!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#qarash

Ko'p hollarda, o'sha kurashayotganlaring sababchisi bo'lgan insonlaring qo'lida jon berasan!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#iqtibos

O'g'lidan yegan tarsakidan o'ziga kelgan chol yuzidagi qonni qo'li bilan artarkan, uni kuzatib turgan 12 yoshlardagi nabirasiga qarab o'g'li uchun pichirladi:
- Senga ham oz qoldi.


© Savlatbek


™️ https://t.me/Taskinnn
😢3👍1🔥1👏1
#fikr

Bir noqis va noshud do'stimizni bilmay qilgan kichik xatosi uchun yillab undan gina saqladik, ikki kun avval qilgan chirkin gunohlarimiz uchun esa ko'zni yumib tavba qildik, albatta yaratgan kechiruvchi zod, lekin biz hech kimni kechirmaymiz.
....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1🤔1
#iqtibos

So'z qo'llash san'ati:

"Butun mamlakatda ishsizlik semirmoqda.
Pul topish bepusht ayolni tug'dirishday qiyin.
..."

© Javlon Jovliyev - "Qo'rqma"

™️ https://t.me/Taskinnn
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

📜 Gabriel Garsia Markesning insoniyatga so‘nggi maktubi


📌 Ma'lumot uchun: Markes "Yolg'izlikning yuz yili" asari muallifi


™️ https://t.me/Taskinnn
👍1
#mutolaa

Ta'sirli va g'amgin kitoblarni o'qib yig'laysiz, ko'nglingiz bo'shaydi, yengillaysiz, kulguli kitoblar esa sizning yuzingizga tabassum hadya etadi, jilmayasiz, tasavvur qilasiz.... ularning turlari ko'p va yana shundaylari borki, ular buyuk kitoblardir, ularni o'qib bo'g'zingizga nafas tiqiladi, ko'zingizdan yosh emas - g'aflat va qismat oqadi, karaxt bo'lasiz, ana o'sha haqiqiy kitob, siz uchun yozilgan!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#qarash

Juft tanlaganda "o'ziga to'q" insonni tanlang, qorni emas - tarbiyasi to'q bo'lsin!
Qolganiga qodir qilsa ortig'i bilan topasiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🔥1
#asar

Yuz yillab yozish uchun tayyorlangan buyuk asarning sarlavhasi nuqta qo'yish bilan boshlandi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥21
#fikr

Qoʻrquv ulgʻaysa nafratga, ihlos esa ulgʻayganida muhabbatga aylanadi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏1
#kibr

Eng uchqur ohu ham eng noshud qashqirning o'ljasi bo'lib qolishi mumkin!


Qismatning sinovini tanlay olmaysiz, eng yomon ko'rgan va aksi bo'lganlari bilan sinalasiz albatta!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#fikr

O'ylamay qilgan ishingiz o'z vaqtida sizni qanchalik yuksaklarga ko'targan bo'lsa, vaqt o'tib eng chuqur jarga shu qadar qattiq uloqtiradi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3
#kurash

Biz "hazrati insonlar" qadim davrlarda tirik qolish uchun, ochlik va yirtqichlardan himoyalanish uchun kurashdik, ular xavfli edi, oson bo'lmadi;

Anchayin taraqqiyotga erishgandan so'ng boyliklar va maydonlarga egalik uchun kurashdik, tabiiyki dushmanlarimiz ham hazrati insonlar edi;

Keyin insonlarni o'zimizga mu'te qilish uchun kurashga bel bog'ladik, inson insonga qul bo'ldi, insonni inson hor qildi, bir turdagi mavjudod edik;

Dunyoga hukmdorlik uchun kurashdik, kurash arzimagan millionlab insonlarning o'limi, onalarning farzandsiz, bolalarning otasiz qolishi hisobiga bo'ldi;

Ong talashib kurashdik, insonlar ongida ustun bo'lgan mafkuraga erishish uchun harakat qildik, har ishga qo'l urdik, shunchaki ong uchun;

- Yana bir kurash qoldi, buyuk kurash, yana kurashamiz hali, "inson" bo'lish uchun....!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3