™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#iqtibos

Oqilona savollar berish qobiliyati aql va idrokning belgisidir.

©️ Immaunil Kant


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥311👍1
#iqtibos

Elchi o'z manfaati yo'lida boshqa davlatga yolg'on gapirish uchun yuborilgan rostgo'y insondir.


© Genri Uotton

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1🥰1
#qarash

Eshiklarimiz doim hamma uchun ochiq bo'lgan, kim uchundir ichkariga va yana kimlar uchundir tashqariga!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
#bolta

Chuqur ildiziga urilib bolta,
Bahaybat daraxtlar yiqilar oni,
Der ekan borliqqa dod solgan holda:
Sopi oʻzimizdan chiqqan haromi!


© Vafo Moʻmin

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
OILA EVOLUTSIYASI

🌬 Muzlik davridagi oilalar sovuqdan nobud bo'lishdi. afsus;

🌊 Yana bir qavmni butkul suv oldi, oilalar yana yo'qoldi;

🔥 Ko'p oilalar asrlar davomida bo'lgan urushlarda zavol ketishdi, yo beki, yoki bekasi;

🦠 Vabo va o'latlar, turli xildagi epidemiya va hastaliklar ham oilalarni chetlab o'tmadi, yana qanchasi tuproqqa qorishdi, essiz.

💧 Dunyo ochlik, qurg'oqchilik va yana allaqancha dardni ham yelkasida ko'tardi, sabr qildi, ayrildi.

😢 Bugun, minglab oilalar yo'q bo'lib ketyapti, inqiroz har qaysi davrdan ham ortiq va daxshatli. Sabab: "ko'nglim bo'lmadi!"

❗️Yetim haqqi, ota nomusi, millat umidi. ming afsus, ko'ngil ekanda.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1😢1
#fikr

Agar ko'ngil shisha idish bo'lganida edi, ihlosga hafsalasiz va fitnaga g'ayratli insonlar dastidan u yamaydigan emas, balki qayta quyadigan darajada parchalanib ketgan bo'lar edi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥21
#fikr

Shogird va it tarbiyasi juda mushkul ish boʻlib qolmoqda, baʼzan qay biri hayvon ekanligini bilmay qolasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1🤣1
#qiymat

Arzimaydigan darajadagi, qismatning masxarabozlari bilan mantiqsiz sichqon-mushuk oʻynash uchun hayotimiz juda va juda qadrlilik hamda ozlik qiladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3💯1
#iqtibos

Ko'chadan biror itni topib olib, uni ovqatlantirsangiz, u sizni hech qachon tishlamaydi. Bu it va odam o'rtasidagi farqdir.


©️ Mark Tven

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2
#iqtibos

Sizlaydigan odamingizning ortidan sensirab gapirishingiz g'iybatdir.


©️ Sanjar Shams

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥5
#qarash

🌶 Umrida qalampir chaynamagan va uning azobini chekmagan G'ulom, qalampirni qanchalik shirin va totli ekanligi haqidagi cho'pchaklarga ishonishga majbur, balki bir bora yeyish u uchun orzu ham bo'lar!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1🔥1👏1🤔1
#rakurs

Arosatda qolgan farosat,
Amalidan ilmi bexabar,
Yaxshilikka topmas jasorat,
Gʻurur qadri, oyoq barobar...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👏1
#juft

Qismat biz insonlarga juft tanlagan paytda, bir aqilliga bir ahmoqni ro'para qilar ekan va har qaysisi ikkinchisining ahmoq ekanligidan shikoyat qilib yashaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😁10🔥3👍2🍓21👏1🤨1
#fikr

Gʻulom unga qattiq gapirmaydi, hafa boʻlib qolishi mumkin, koʻngli yarim.
- nega koʻngli yarim, yaqinlari yoʻqmi uni?
- farosati yoʻq.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🤣5🔥3😁2
#o'lim

O'limga baribir: gulday dudoqlar,
Halol yurganlar-u harom tomoqlar.
Ust-boshi butlardan choponni yechgay,
Kovush kiyib ketmas yalangoyoqlar.
..

© Sirojiddin Sayyid

™️ https://t.me/Taskinnn
1👍1
#qarash

Dunyoga kelgan paytdagi ismimizni chaqaloq va go'dak, ketgan paytda esa jasad yoki murda deb atashadi...

Na boy va na kambag'alda farqli emas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#qarash

Bugungi loqayd va be'etibor kimsalar, o'z vaqtida haddan ortiq e'tibori va mehri uchun beqadr bo'lgan beg'uborlardir!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#iqtibos

Hayotning qonuni shu - qiyshiq mixni hech kim qoqmaydi. Qancha to'g'ri bo'lsang, boshingga bolg'a kelib tushaveradi...

©️Mirach Chag'ri Oqtosh


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
#iqtibos

Biz o'zlaridan boshqani to'g'ri yo'lda emas, deb o'ylaydigan kishilar bilan sinaldik.


© Abu Ali ibn Sino

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2👏1
#iqtibos

Inson yetisha olmagan hamma narsaning jinnisi, yetisha olganining esa nonko'ridir.

© Pablo Neruda

™️ https://t.me/Taskinnn
💯31🔥1
#________

Axlat qutisiga ega chiqqan it
Shu joyni muqaddas makon biladi.
O'tgan-ketganlarga tish irshaytirib,
Yolg'ondakam hurib, suron qiladi.

Zoti pastga amal tekkandan keyin,
Ko'rasan har qancha tantiqlik bo'lsa.
Nima ham der eding ota betayin,
Onasining kasbi qanjiqlik bo'lsa...

Muallif aniqlanmadi

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3💯2👍1