™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#hukm

Kimsalarning ehtiyoji nimaga ko'p bo'lsa, istaklar nimani ko'proq hohlasa - huddu shu narsaning yo'qligi bilan albatta sinaladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2
#dunyo

Koʻngli oʻksik yetimlarning, qoʻllarini qayirgan,
Bebaxtlarni oʻzi yarim, baxtidan ham ayirgan,
Mardni oyoq osti qilib, nomard boʻlib hayqirgan,
Boshidan to soʻngigacha, nomi qaro dunyo bu.

Ayirib qalbi koʻrlarni, oʻz ahdi, hayosidan,
Qaytarib mazlumlarni, qilmagan vafosidan,
Yanchib barcha yaxshilikni, qoʻrqmagan balosidan,
Haromga tashna qilgan, halol rizqli dunyo bu.

Yaxshilikka boʻyin bermas, kibriyu-jafosidan,
Yomonlikni koʻzi qiymas, mehriyu-taqvosidan,
Yana aybli shu boʻlar, rostiyu-rasvosidan,
Beayb aybdor boʻlgan, nomi badnom dunyo bu.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6👏2
#iqtibos

Hayot biror kishiga tekin dars bermaydi. "Hayot menga shunday ta'lim berdi" degan paytingda, aniq qimmat narx to'lagan bo'lasan.


© Najib Mahfuz

™️ https://t.me/Taskinnn
5🔥1
#fikr

Ba'zan o'taketgan ahmoqlik ham kimsalarga berilgan qismatlik jazomi deb o'ylab qolasan kishi, ularning bu holiga kulish hayf, yig'lash uvol):


Biz ham kimlar uchundir hayf va uvol orasidadirmiz balki!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#tenglik

Eshak bilan teng bo'lmoq uchun hangrashni o'zi kifoya qilmaydi, eshakday fikrlash ham lozim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥5👍1💯1
#qarash

Erkak kishi erkaklar qanday ekanligini va ayollar ayollarning makri kuchini bilgani uchun ham rashk qiladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#fikr

Keyinchalik afsus qilmaslik uchun bir emas, ikki kun o'ylashing mumkin, lekin uchinchi kun ham o'ylash ortiqcha bo'ladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥32
#fikr

Dard uchun malham deb bilganimiz dardning sababi bo'lishi ham mumkin ba'zida, huddi majlisbozlikni oldini olishga qaratilgan majlis kabi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5😁2
#fikr

Odatda, uyda yo'q tuyg'ular ko'chadan qidiriladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31👏1
#iqtibos

Non beradigan qo'lni tishlaydigan it odatda o'zini tepadigan etikni ham astoydil yalaydi.


© Nurali Qobul - "Sukut suiqasdi yohud Stalindan Saddamgacha"

™️ https://t.me/Taskinnn
1👍1🔥1👏1
#fikr

Gumon yirtqich hayvon kabi ishonchni bo'g'zidan tutgan paytda hushyor bo'ling, har qanday natijada ham jabr ko'rgan siz bo'lasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3💯1
#fikr

E'tiqodi buzuq insondan sog'lom fikr va qaror kutish xato!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🔥1🌚1👀1
#qarash

Yaxshilarning tobora kamayib borishi yomonlarning ko'payishi emas, balki befarqlarning ortishi hisobiga bo'lmoqdadir, balki!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2💯21🔥1😐1👀1
#qarash

To'liq bo'lmagan ishonch butkul ishonmaslikdan ko'ra xavfliroq, har holda ikkinchi holatda siz hech narsa yo'qotmaysiz


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢21👍1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Kim nimani qidirsa, albatta bir kuni unga yetadi. Halolmi, harommi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥21
#fikr

Agar siz jang maydonida bo'lmagan bo'lsangiz, jangdan qochgan qo'rqoq va noshud kimsaning qaxramonligi haqidagi cho'pchakka ishonishga majbur bo'lasiz!


[Balkim]


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31
#qadr

Albatta, daraxtlar mehribon bog'bon qadrini boltasi bilan o'tinchi kelganda anglaydilar!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21
#fikr

Odatda, tanlovlarda e'tiroz qilmaydigan jamoalar g'olib bo'lishadi!

Balki ko'ngilni kengroq qilish hayrlidir!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥311
#Vaqt

Vaqt - agar ihlos qilsangiz har qanday dardga malham, be'etibor qoldirsangiz yaraning gazak olishi uchun yaxshi imkoniyatdir!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2🥰1
#qarash

Kutilgan paytda ha deganda yaqinlarimizdan bizga yordam kelavermaydi, so'ramagunigacha biz ham ularga yordam bermay turganimiz(kutganimiz) kabi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
5😐1
#iqtibos

Oqilona savollar berish qobiliyati aql va idrokning belgisidir.

©️ Immaunil Kant


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥311👍1