™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#fikr

Haromdan hazar qilmagan kimsa, halolga ihlos qila olmaydi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥8👏1
#qarash
#adolat

Agar bir muammo ustida sen qozi bo'lsang, yakunda g'olib uchun hech kim emassan, u avvaldan haq edi va mag'lub uchun adolatsiz xoinsan, hamma ayb senda):


Natijaning adolatli yoki aksi ekanligi ahamiyatsiz, afsuski.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2
#fikr

Sodir etilgan aybga ko'z yumish mumkin, lekin u etilayotgan bo'lsa bu boshqa masala!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#fikr

Har hayrli amalingiz uchun ortig'i bilan savob olish mumkin bo'lgan bu muborak oyda, qilgan qilmishlar uchun ham kam gunoh to'plamaysiz!

So'nggi tong va tamom.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
Iyd Ramazon Hayiti muborak boʻlsin

Qadrdon gʻanimatlar, kirib kelgan yana bir muborak kunlar, sabr toqatning mukofoti, birdamlik va poklik sharofati barchangizga muborak boʻlsin.

Yaratgannig oʻzi kelgusi yilning shunday kunlariga yorugʻ yuz bilan, ilmimiz va iymonimiz mustahkam holda, hayrli va halol yoʻldan adashmasdan yetib kelishni barchamizga nasib qilsin!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊4👍1
Siqilma
Mashhur Muhammad
#tavsiya

🎙 Mashhurbek - Siqilma

™️ https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥2
HAMMASI UCHUN RAHMAT, MILLIY TIKLANISH!

2022-yildan 2025-yilga qadar faoliyat olib borganim, men uchun g'oyasi va mafkurasi qadrli bo'lgan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashidagi faoliyatimni rasman yakunladim. Ko'pgina yaxshi insonlar bilan tanishdik, fikr almashdik, ishladik.

Shu vaqt mobaynida akalarim, doʻstlarim, shogirdlar, ukalarim va singillarim juda katta qoʻllab-quvvatlab turishdi, barchangizni boringizga shukur.

Tursunoy opa Musabekova, Bekzod aka Abdullayev, Doniyor aka Yusufjonov, Azizbek aka Abduvaliyev, Farxod aka Nuriddinov, O'g'iloy opa Rahmatullayeva, Dilshod aka Sultonov, Isroil aka Yusupov, Saida opa Ismoilova va Jahongir Maxsutaliyev ukam, sizlar bilan birga ishlash faxr bo'ldi!


Har ne bo'lgan taqdirda ham hammasi yaxshilikka, kam bo'lmadik, sof holda kirib kelgan maskanimizdan yana pok vijdon bilan chiqib ketyapmiz, shu vaqt mobaynidagi bir safda bo'lgan barcha qadrdonlar va qadrlilar bilan yaxshi kunlarda, yorug' yuz bilan diydor ko'rishish nasib qilsin.

Kelgusi faoliyatimni esa, Namangan davlat pedagogika institutida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i sifatida davom ettiraman.
🔥10👍1
#yuk

Gunohi og'ir insonning ajali chumoli og'zida ham hatarli ko'rinadi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥42👍2
#Malham

Og'ir dardga har doim ham dori darmon bo'lavermaydi, ba'zan ikki og'iz shirin so'z, bir oz e'tibor va mehr, har qanday malhamdan afzal.

Qalbida hidoyat bor insonning malhami esa doimo o'zi bilan!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6
#hukm

Kimsalarning ehtiyoji nimaga ko'p bo'lsa, istaklar nimani ko'proq hohlasa - huddu shu narsaning yo'qligi bilan albatta sinaladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2
#dunyo

Koʻngli oʻksik yetimlarning, qoʻllarini qayirgan,
Bebaxtlarni oʻzi yarim, baxtidan ham ayirgan,
Mardni oyoq osti qilib, nomard boʻlib hayqirgan,
Boshidan to soʻngigacha, nomi qaro dunyo bu.

Ayirib qalbi koʻrlarni, oʻz ahdi, hayosidan,
Qaytarib mazlumlarni, qilmagan vafosidan,
Yanchib barcha yaxshilikni, qoʻrqmagan balosidan,
Haromga tashna qilgan, halol rizqli dunyo bu.

Yaxshilikka boʻyin bermas, kibriyu-jafosidan,
Yomonlikni koʻzi qiymas, mehriyu-taqvosidan,
Yana aybli shu boʻlar, rostiyu-rasvosidan,
Beayb aybdor boʻlgan, nomi badnom dunyo bu.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6👏2
#iqtibos

Hayot biror kishiga tekin dars bermaydi. "Hayot menga shunday ta'lim berdi" degan paytingda, aniq qimmat narx to'lagan bo'lasan.


© Najib Mahfuz

™️ https://t.me/Taskinnn
5🔥1
#fikr

Ba'zan o'taketgan ahmoqlik ham kimsalarga berilgan qismatlik jazomi deb o'ylab qolasan kishi, ularning bu holiga kulish hayf, yig'lash uvol):


Biz ham kimlar uchundir hayf va uvol orasidadirmiz balki!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#tenglik

Eshak bilan teng bo'lmoq uchun hangrashni o'zi kifoya qilmaydi, eshakday fikrlash ham lozim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥5👍1💯1
#qarash

Erkak kishi erkaklar qanday ekanligini va ayollar ayollarning makri kuchini bilgani uchun ham rashk qiladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#fikr

Keyinchalik afsus qilmaslik uchun bir emas, ikki kun o'ylashing mumkin, lekin uchinchi kun ham o'ylash ortiqcha bo'ladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥32
#fikr

Dard uchun malham deb bilganimiz dardning sababi bo'lishi ham mumkin ba'zida, huddi majlisbozlikni oldini olishga qaratilgan majlis kabi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5😁2
#fikr

Odatda, uyda yo'q tuyg'ular ko'chadan qidiriladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31👏1
#iqtibos

Non beradigan qo'lni tishlaydigan it odatda o'zini tepadigan etikni ham astoydil yalaydi.


© Nurali Qobul - "Sukut suiqasdi yohud Stalindan Saddamgacha"

™️ https://t.me/Taskinnn
1👍1🔥1👏1
#fikr

Gumon yirtqich hayvon kabi ishonchni bo'g'zidan tutgan paytda hushyor bo'ling, har qanday natijada ham jabr ko'rgan siz bo'lasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3💯1
#fikr

E'tiqodi buzuq insondan sog'lom fikr va qaror kutish xato!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🔥1🌚1👀1