™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#fikr

Ilmli insonning qilgan harom va gunoh ishlarini kechirish mushkul, chunki u nima qilayotganini juda yaxshi anglab turadi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#iqtibos

Ba'zi insonlarning ustida libos va ba'zi liboslarning ichida inson yo'q!


™️ https://t.me/Taskinnn
👍5🤔1
#fikr

Hayot davomida erishgan muvaffaqiyatlarimiz huddi aysbergga oʻxshaydi, suv yuzasidan koʻrinib turgan qismi bizning mehnatimiz va mashaqqatimiz boʻlsa, suv ostidagi qismi ota-onamizning duosi va bergan goʻzal tarbiyasi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
8🔥2
#fikr

So’zlagan yolg’on va qilgan gunoh ishlarimiz umrimiz yakuniga qadar bizni ta’qib qiladi, shuning uchun har bir qadamni tafakkur bilan bosish lozim!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2💯1
#fikr

Shunday halol g’alaba qilginki, u raqiblaringni harom yo’ldan qaytarsin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥2🤝1
#fikr

Bir turdagi ayb uchun qayta qayta tavba qilmaslikka harakat qil!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍1😐1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
#xotira

Talabalik yillarimda Buxorolik kursdoshim Davlat aka bir so’zni ko’p aytardi: esingdan chiqarma, Eynshteynni bir gapi bor, “bu dunyoda koinot va ahmoqlikni chegarasi bo’lmaydi, lekin birinchisiga shubham bor…..”

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍1
#ibrat

Bugun koʻrgan eng taʼsirli voqeam, yoshi yetmushlar atrofidagi bir keksa inson taroveh paytidagi oromda yon atrofidagi yoshi ulugʻ insonlar uchun issiq saqlovchi idishda olib kelgan suvini asta asta to ketguniga qadar ulashib turdi, yaxshilik joy, qiymat va yosh tanlamas ekan!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥52👍1
#fikr

Haromdan hazar qilmagan kimsa, halolga ihlos qila olmaydi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥8👏1
#qarash
#adolat

Agar bir muammo ustida sen qozi bo'lsang, yakunda g'olib uchun hech kim emassan, u avvaldan haq edi va mag'lub uchun adolatsiz xoinsan, hamma ayb senda):


Natijaning adolatli yoki aksi ekanligi ahamiyatsiz, afsuski.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2
#fikr

Sodir etilgan aybga ko'z yumish mumkin, lekin u etilayotgan bo'lsa bu boshqa masala!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#fikr

Har hayrli amalingiz uchun ortig'i bilan savob olish mumkin bo'lgan bu muborak oyda, qilgan qilmishlar uchun ham kam gunoh to'plamaysiz!

So'nggi tong va tamom.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
Iyd Ramazon Hayiti muborak boʻlsin

Qadrdon gʻanimatlar, kirib kelgan yana bir muborak kunlar, sabr toqatning mukofoti, birdamlik va poklik sharofati barchangizga muborak boʻlsin.

Yaratgannig oʻzi kelgusi yilning shunday kunlariga yorugʻ yuz bilan, ilmimiz va iymonimiz mustahkam holda, hayrli va halol yoʻldan adashmasdan yetib kelishni barchamizga nasib qilsin!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🕊4👍1
Siqilma
Mashhur Muhammad
#tavsiya

🎙 Mashhurbek - Siqilma

™️ https://t.me/Taskinnn
❤‍🔥2
HAMMASI UCHUN RAHMAT, MILLIY TIKLANISH!

2022-yildan 2025-yilga qadar faoliyat olib borganim, men uchun g'oyasi va mafkurasi qadrli bo'lgan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashidagi faoliyatimni rasman yakunladim. Ko'pgina yaxshi insonlar bilan tanishdik, fikr almashdik, ishladik.

Shu vaqt mobaynida akalarim, doʻstlarim, shogirdlar, ukalarim va singillarim juda katta qoʻllab-quvvatlab turishdi, barchangizni boringizga shukur.

Tursunoy opa Musabekova, Bekzod aka Abdullayev, Doniyor aka Yusufjonov, Azizbek aka Abduvaliyev, Farxod aka Nuriddinov, O'g'iloy opa Rahmatullayeva, Dilshod aka Sultonov, Isroil aka Yusupov, Saida opa Ismoilova va Jahongir Maxsutaliyev ukam, sizlar bilan birga ishlash faxr bo'ldi!


Har ne bo'lgan taqdirda ham hammasi yaxshilikka, kam bo'lmadik, sof holda kirib kelgan maskanimizdan yana pok vijdon bilan chiqib ketyapmiz, shu vaqt mobaynidagi bir safda bo'lgan barcha qadrdonlar va qadrlilar bilan yaxshi kunlarda, yorug' yuz bilan diydor ko'rishish nasib qilsin.

Kelgusi faoliyatimni esa, Namangan davlat pedagogika institutida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i sifatida davom ettiraman.
🔥10👍1
#yuk

Gunohi og'ir insonning ajali chumoli og'zida ham hatarli ko'rinadi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥42👍2
#Malham

Og'ir dardga har doim ham dori darmon bo'lavermaydi, ba'zan ikki og'iz shirin so'z, bir oz e'tibor va mehr, har qanday malhamdan afzal.

Qalbida hidoyat bor insonning malhami esa doimo o'zi bilan!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6
#hukm

Kimsalarning ehtiyoji nimaga ko'p bo'lsa, istaklar nimani ko'proq hohlasa - huddu shu narsaning yo'qligi bilan albatta sinaladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2
#dunyo

Koʻngli oʻksik yetimlarning, qoʻllarini qayirgan,
Bebaxtlarni oʻzi yarim, baxtidan ham ayirgan,
Mardni oyoq osti qilib, nomard boʻlib hayqirgan,
Boshidan to soʻngigacha, nomi qaro dunyo bu.

Ayirib qalbi koʻrlarni, oʻz ahdi, hayosidan,
Qaytarib mazlumlarni, qilmagan vafosidan,
Yanchib barcha yaxshilikni, qoʻrqmagan balosidan,
Haromga tashna qilgan, halol rizqli dunyo bu.

Yaxshilikka boʻyin bermas, kibriyu-jafosidan,
Yomonlikni koʻzi qiymas, mehriyu-taqvosidan,
Yana aybli shu boʻlar, rostiyu-rasvosidan,
Beayb aybdor boʻlgan, nomi badnom dunyo bu.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6👏2
#iqtibos

Hayot biror kishiga tekin dars bermaydi. "Hayot menga shunday ta'lim berdi" degan paytingda, aniq qimmat narx to'lagan bo'lasan.


© Najib Mahfuz

™️ https://t.me/Taskinnn
5🔥1
#fikr

Ba'zan o'taketgan ahmoqlik ham kimsalarga berilgan qismatlik jazomi deb o'ylab qolasan kishi, ularning bu holiga kulish hayf, yig'lash uvol):


Biz ham kimlar uchundir hayf va uvol orasidadirmiz balki!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1