™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Alhamdulilloh

Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Xusanov Bahodir Ergashevich ilmiy rahbarligida "Ijtimoiy ong va maʼnaviyatining uygʻunlik va ziddiyatli jihatlari" mavzusidagi magistrlik akademik darajasini olish uchun yozilgan Dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildim.

Yana bir qadam, yana bir masʼuliyat va yana bir muvaffaqiyat faqat va faqat hayrli ishlarga xizmat qilsin!
👍4👏4🎉21🔥1😘1
#__________

Kelgin, qismatimiz kelishdir asli,
Ikkimiz bir hisga bo'laylik asir.
Hadikni qo'y endi, ey Havvo nasli,
Men ta'qiq mevasi emasman axir.

U qizda ishqim bor, ko'nglimda u qiz,
Ey Xudo, bu yuking bunchalar og'ir.
Kundan kun ketyapman osmonga cho'kib,
Men Nuhning kemasi emasman axir.


© Najmiddin Ermatov

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1👏1🕊1💘1
#fikr

Yaratganga dushmaningni qanchalik kuchli ekanligini emas, balki dushmaningga yaratganning qanchalik buyuk ekanligini ayt!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍211🕊1🤗1
#parhez

Parhez vaqti yaqinlashmoqda - g’iybat, yolg’on, fisqu-fasod, kibr, tuhmat, nafs, manmanlik, minnat va yana bir oz ovqat.

Aytgancha, bu muborak kunlarning parhezi tavba va ilmga tegishli emas!


Pok va yorug’ yuz bilan yakunlash hammamizga ham nasib qilsin.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🕊2🙏1
#jamiyat

Kecha jamiyat uchun eng buyuk faxr boʻlgan inson, ertaga u uchun eng iflos isnod boʻlishi ham mumkin. Bu insonga emas, balki jamiyatga xos belgi, biz yashayotgan jamiyat, ham maqtab, ham yerga urayotgan, ham suyanib, ham ortidan pichoq urayotgan, ham yordam olib, minnat qilayotgan.....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🕊1💯1
#tark

Tark etmoq hayrli, beor yurgandan...

Orsiz tuygʻularning, hasta asiri,
Sharafsiz yashamoq, ogʻir oʻlgandan,
Koʻzni shartta yumib, bariga suf deb,
Tark etmoq hayrli, beor yurgandan.

Na qadr, na mehr va na matonat,
Tahqir, azob, gʻurbat va uff tortgandan,
Erta-indin emas, bugun va darhol,
Tark etmoq hayrli, beor yurgandan.

Beburd qancha yurgan, beyuz, behayo,
Kurrayi zamin ham, to'ydi baridan
Bu davra ichida, shoh bo'lmay do'stim,
Tark etmoq hayrli, beor yurgandan.

Ori yo'q kimsaga hech kelmas davr,
Foyda yo'q navbatda, uzoq turgandan,
Hayr, hikmat uchun, halovat uchun
Tark etmoq hayrli, beor yurgandan.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👏21👍1🕊1🌚1
#tashabbus

Qaysidir sohada katta maqsad va yaxshi niyat bilan bir ishni boshlashdan koʻra, uni davom ettirib keta olish mashaqqati ogʻirroq va buni masʼuliyat deyishadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🕊2
#namuna

Katta maqsadlar uchun harakat qilganda o’zingizdan yuqori va shukr qilish uchun o’zingizdan pastga qarang.

Eslatma, ikkisini o’rni almashib qolsa baraka topmaysiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯3👍1🕊1
#iqtibos

Juda ko'p foydali narsalarni ishlab chiqarish, juda ko'p foydasiz odamlarning paydo bo'lishiga olib keladi.


©️Karl Marks

™️ https://t.me/Taskinnn
💯2🔥1🕊1
#minnatdorchilik

Katta muvaffaqiyatlaringizda ba'zan dushmaningizni hissasi katta bo'ladi, chunki shu harakatni qilishingizga u halal bermay turgan bo'lishi mumkin):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4🕊1😐1
#fikr

Bugungi kunda kimdir boshqalarga shunchaki zerikkanidan yomonlik qilsa, yana kimdir istamay, majburligidan yaxshilik qiladi):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
4😢2🕊2🔥1
#iqtibos

“Gʻalabaning otasi ko‘p, mag‘lubiyat esa hamisha yetim”


©️ AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedi

™️ https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2🕊2
#safar

Hamma safarning ham albatta bir yakuni bor!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4🕊2👍1
👍3😢1🕊1💔1😭1
#tabassum

Insonlar bilan koʻrishganda va kuzatib qoʻyayotgan paytda ularga tabassum qiling, chunki u tushkun kayfiyatda kelayotgan va oldingizdan noqulay holatda ketayotgan boʻlishi mumkin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🕊2🔥1
#iqtibos

Ikki narsaning aynishi muqarrardir: Tuzlanmagan go'sht va tarbiyalanmagan bola.

© Ikrom Sharif

™️ https://t.me/Taskinnn
🕊41👍1🔥1🤝1
#ufq

Nafsingiz sizni qanchalik baland va yuksakliklarga olib chiqsa, qulashingiz shunchalik daxshatli va ayanchli bo'ladi!


📌 Ma'lumot uchun, nafs aviokompaniyasida parashut berilmaydi):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯2👍1🔥1🕊1