™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#time

G'ulomning shu maskanida halovat bor!


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2😁2🤗2😢1🌚1
#FIKR

Sizning o'rningizga reja tuzuvchi va hamisha rejasi amalga oshadigan narsa bu qismatdir!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👏2👍1🌚1
#____

Igna aytar emish insonga,
Qadrimga yet, ko'zni och, dermish.
Kiyim tikdim jumla jahonga,
O'zim esa - yalang'och dermish.

Asli unga libos nima g'am,
Bu hasratning sabog'i bordir.
Shu beminnat ignachaning ham
Rahmatga zor qulog'i bordir.

©️Erkin Vohidov

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3🥰2👍1🌚1
#niyat

Gʻulom yaxshi niyat qilib, katta pul topish, nochorlarga ehson qilish, kimsalarga yaxshilik ulashish uchun harakat qilgandi, afsus, yana qimorda yutqazdi....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4😢1🌚1
#fikr

Sahifasi koʻp kitob va dangasa kitobxon hech ham chiqisha olishmaydi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2😁1🌚1💯1🤣1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
BUYUK QARGʻISH

📝 Ustoz shunday insonki, oʻz bilimini, mehnatini, salohiyatini va vaqtini imkon qadar boshqalarga ulashishga, hayrli yoʻlda yaxshilik qilishga intiladi, haqiqiy inson, chin jasorat sohibi, Alloh rozi boʻlsin....

Faqat bir, buyuk qargʻishi bor..
Shogirdlaridan.
Beminnat xizmatlari va kalta qoʻllari uchun..!


® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
💯2🔥1😢1🙏1🌚1
Choʻli iroq
Ixtiyor Tojiyev
#Tafsiya

Balki bu kuy sizni kayfiyatingizni koʻtara olmas, balki u siz uchun zerikarlidir, lekin uni bir oz tinglash sizni fikr qilishga, hayotning ovozini eshitishingizga, oʻzingizni his etishingizga yordam beradi!

™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1👏1
#____

Bir qop pulim bo'lsa nima qilardim,
Bir qop pulim bo'lsa o'zim bilardim.
Eng so'ngi nusxada mashina minib
Ko'nglimga ne kelsa qilardim.

Extimol boylardek boylarga boqib,
Kambag'al g'aribni ko'nglin tilardim.
Koshona xovlida kerilib yurib,
Qo'shnimni xolidan mag'rur kulardim.

Mansabga alishar edim do'stimni,
Otamni eslamas edim extimol.
Turfa xil gullarga o'rnini berib,
Kesilib ketardi otam ekkan tol.

Onamga oldin zar libos kiydirib,
So'ng esa otardim tana toshini.
Yetimga bir burda non berib,
So'ng urib yorardim sho'rlik boshini.

Mexr tilab kelgan shirin, og'limni,
Yuziga shapaloq tortardi qo'lim.
Dunyoni mexriga to'ydim bas desam,
Yuz burib ketardi xattoki o'lim.

Bir qop pulim bo'lsa nima qilardim,
Qo'y bunday balodan asragin Olloh.
Iymonim but qilgin sabr berginu,
Shayton changalidan asragin yiroq.


© (Muallifni aniqlay olmadim)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏2
O'zganing haqqi

Talabalik yillarimda ustozim aytgan hikmatni aytishni lozim deb bildim:

Erta tongda mashinada shoshilib ketayotgan shogird svitaforda qizil chiroqqa to'g'ri kelib qoldi, na piyoda bor, na kamera, na nazoratchi, shoshilgani uchun to'xtamadi, yo'lda davom etar ekan ustozi unga qarab, norozi ohangda, shu so'zlarni aytdi: "To'g'ri biz shoshayotgan edik, to'g'ri hech kim yo'q edi, nazoratchi ham, lekin biz bosib o'tgan fursat piyodalarning haqqi edi, biz ularni haqqini yedik...."

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3💯2🔥1
#fikr

O'zing hammaga faqat ish yuzasidan telefon qilsang, kimningdir sendan hol-ahvol so'rab qo'ng'iroq qilishiga ishonmaysan!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯4👍2🔥1
#fikr

Agar boshingizni oʻylashga majbur qila olsangiz, uni devorga urishga majbur boʻlmaysiz):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1👏1😎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suhbat

Zulmatdagi osmonni andishasi boʻlib turgan toʻlin oy Gʻulomning oʻychan holatini koʻrib, uning yuzidagi ajinlari soni ortishini aytdi va "unday boʻlmaydi, yangi ajinlarga joy yoʻq, hamma yoʻq band" degan javob oldi....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2
#choy

Damlanib qolmaydi o'z-o'zidan choy,
Bu holga yetguncha ko'rar qancha hol.
Orzu-armonlari bo'lar, hoynahoy -
Nozik iltifotlar kutar, ehtimol.

Holbuki, kishilar almashib joyni -
Ketarlar, qoldirib nazardan pana
Va qaytib kelganda - bechora choyni
"Sovibdi" deb ta'na qilurlar yana...


©️Bobur Bobomurod


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥4👍21👏1💯1
#fikr

Agar qaror qabul qilishdagi ishonchning darajasi tovushning balandligida bo'lsa, og'ir qarorlarning tovushi past chiqadi, ba'zan mutlaqo chiqmaydi ham!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4💯1
#______

Bir farmon taraldi: "Ey dunyodagi
Jamiki yomonlar, to'planing tezda!"
Aniqki, bironta odam bolasi
Ishtirok etmadi ushbu majlisda.

So'ng farmon taraldi: "Ey dunyodagi
Jamiki yaxshilar, to'planing qani..."
Bu gal ham natija hayratli edi -
Jur'at qilmas edi hech kim borgani...


© Xayrulla Hamidov

™️ https://t.me/Taskinnn
👍6😢1
#aks

Qo'rqib ketdim bu nafsni ko'rib, oyinadagi aks o'zimniki ekan, hayriyat!

Agar illatlarimizni bir bora ko'ra olsak edi, butun umrga yetkulik hadik bilan yashardik!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2💯1
#iqtibos

Kambag'allik jazo emas, huddi boylik mukofot bo'lmagani kabi...

© Sanjar Shams

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2💯1
#taskin

Taskin bu - agar ijod deyishga arzisa ijodiy kanal, ilm deyishga esa arzimaydi...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2
#fikr

Sayoz suvlarning oqqanda shovqini kuchli va jarangdor bo'ladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4😢1🐳1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
#ovchi

Suzishdan toliqqan baliq va yugurishdan charchagan quyonning qismati omadsiz ovchining oʻljasi boʻlish.

Kuchsiz raqib ustidan gʻalaba qozonilmaydi, u gʻalaba ham boʻlmaydi aslida.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn | kun taassurotlari
👍4🔥2
#qarash

Qattiq mehnat bilan amalga, go'zal tarbiya bilan esa martabaga erishasiz!


Har ikkisining ham dushmani nafs va harom yo'l!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏2💯2