™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#______

To'g'ri, peshonada bori - muqarrar,
Alqissa, samar yo'q yoqa yirtishdan.
Faqat or qilaman, qilaman hazar
Ularga tenglashib sarqit titishdan.

O'ksitma, ruhimni cho'ktirma, Egam,
Yo'limni tilagim qadar oq qilgin.
Yuksak-yuksaklarga arzimasam ham,
Shularning oldida balandroq qilgin.


© Behzod Fazliddin


™️ https://t.me/Taskinnn
🔥1🌚1
#fotolavha

📸 Balki haqiqat bordir!

™️
https://t.me/Taskinnn
💯2🔥1🌚1
#____

Osmon jim-jit, depsinadi yer,
Biri cho'kar, biri yuksalar.
Yoshlar tezroq vaqt o'tsaydi der,
Vaqt o'tmasa, deydi keksalar.


© Botirjon Ergashev

™️ https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🌚1💯1
#farq

Sabrli va yalqov insonni farqi bor, biri mehnat qilib yaxshi kunni kutadi, ikkinchi esa faqat kutadi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🌚1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Arxiv

07.10.2021

Uchqoʻrgʻondan Namangan shahriga saylov targʻibotidan qaytish.

Oʻtgan, oʻtayotgan umr!
👍3🌚1💯1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Soʻqir inson zulmatdan qoʻrqib koʻzini yumdi, moviy osmon va porlagan quyosh...!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
🔥2👍1🌚1
#paradoks

Birinchi martta senga it ekansan deyishsa bu haqorat uchun aytgan odamni tazirini ber, ikkinchi martta it ekansan deyishsa o'z yurish-turishing va insonlar bilan munosabatingni yaxshilab tahlil qil va o'zingni isloh qil, mobodo uchinchi martta ham eshitsang, menimcha ular to'g'ri aytishyapti...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🌚1
#fikr

Eshakka qo'lingni ko'ksingga qo'yib salom berishing va indamay ketishingni ahamiyati yo'q, faqat undan alamingni olmasang bas!

P\S: Hurmatni munosibga qil, jabrni esa hech kimga qilma):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1🌚1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
Jamiyat

Koʻngillar kabi nozik boʻlgan bu jamiyat na mukofotni va na jazoni koʻtara oladi. Biri kibr, ikkinchisi jabr.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🌚1💯1
#or

Haqiqiy muhtoj insonning birinchi belgisi - u hech qachon o'zini muhtoj qilib ko'rsatmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯2🔥1🙏1🌚1
Forwarded from Mayiz
Bolg‘adan boshqa narsaga ega bo‘lmaganingdan keyin, senga hamma muammolar mixga aloqadorday tuyulaveradi.
🔥2❤‍🔥1👍1🥰1😁1🌚1
#eslatma

O'zgalarni muhokama qilib o'tayotgan umr aslida bizniki edi):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1😢1🌚1
#biz

👉 Haqqimiz yoʻq, harom ishlarni ortigʻi bilan qilib, bosh devorga tekkanda qaysi aybim uchun deyishga;

👉 Haqqimiz yoʻq, yiqilgan doʻstimizni tepkilab oʻtib, oʻzimiz yiqilganda odamlar oqibatsiz deyishga;

👉 Haqqimiz yoʻq, ota-onamizga shirin soʻz aytmay, koʻchadagi qaysidir avliyoga hushomad qilishga;

👉 Haqqimiz yoʻq, kunduzi hammaga vaʼz qilib, tunni faxsh va aysh-ishratda oʻtkazishga;

👉 Haqqimiz yoʻq, yovvoyi hayvondek munosabatda boʻlib, tarbiyali insondek javob kutishga;

👉 Haqqimiz yoʻq, kirar eshigimizni qattiq yopib, yuziga tupurgan insonlarni qaytadi deb umid qilishga;

Haqqimiz haddimiz bilan oʻlchanadi, qadrimizni esa oʻzimiz yaratamiz, Gʻulom!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1🌚1
#firk

Mo'rt tuyg'ularga suyanish, devorga boshni ongli tarzda urishga o'xshaydi, agar tasodif yuz bermasa jarohat olishingiz aniq!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🤔1😢1🌚1
#qarash

Odatda bizni harom yoʻlga boshlagan inson doʻst, nafs yoʻlidan qaytarganlar esa dushman kabi koʻrinadi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🌚1💯1
#fikr

Kimdurni hayotiga kirganda muammo ustiga muammo emas, balki dardga malham boʻlib kiring yoki qolganlar kabi jim kuzating!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1🌚1💯1
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Sal katta bo’ldimu dunyoga boqdim
Ko’nglimni qurshadi turfa hayollar
G’arblik honimlarning ko’zidan uqtim
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Nazokat bog’ida buloqday tiniq
Ovropa hammadan farqlik ayollar
G’arblik yigitning ham tastig’i aniq
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Gallivud ko’rsatar har bir yo’lakda
Ming bir rameolar bo’lmish uvollar
Gjuletta topilmas boshqa o’lkada
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Sharqqa safar qilib ne muarrixlar
Mushtipar nigohdan so’rmish savollar
Javob yo’q bu holni ilojsiz sharhlar
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Huquqshinos honim aylaydi taftish
Va o’z hulosasin uyalmay yo’llar
Nega xo’rlanmasin axir oddiy ish
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Anjile jule ham topibti birga
O’zi ko’rsa hamki turli visollar
Kundoshi bo’lsa ham indamas sabab
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Ne zotlar faranji ishq otashida
Kuyib yonmishdirlar ko’ptir misollar
Ne bois qarang qiz zidan qoshida
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

Ha bundoq misollar ko’ptir ehtimol
Ehtimol go’zaldir g’arblik ayollar
Shu sabab aytarsiz balkim bemalol
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar

To’g’ri sharq ayoli aytmas sevgisin
Bir umr sir tutar yostiqdoshidan
Qattiq rashq qilganin bila olmaysiz
Sezib qolmasangiz ko’zida yoshidan

O’sha sharq ayoli qattiq suygandan
Muhabbat bog’iga hayolan kirar
Hayosi beqiyos kuchli bo’lgandan
Tushini ham zo’rg’a uyalib ko’rar

Jimgina qimtinim kulib oldimlar
Samo ham tinglayur buyuk hayol bu
Qaniydi bilishsa g’arblik honimlar
Sevishda beqiyos sharqlik ayol bu

Birovga sochmayin ko’ngil sirini
Qo’lini jimgina tutgan ham u dir
Jangda o’lib ketgan sodiq erini
O’lguncha indamay kutgan ham u dir

Sadoqat bobida cheksizdir didi
Tunlari yostiqqa to’kar ko’z yoshin
Musibat chog’ida ko’rsangiz edi
Sharqlik ayollarning temir bardoshin

Momom bor edi 43-yili qora xat olganin
Kuchaygan dardi
Sovchilar 3 yilcha qo’yishmagan tinch
Farzandi yo’q edi ketsa bo’lardi

Erga tegsa koyimas sira
Lokin momom sharqlik edida
Birovning qo’yniga kirishdan ko’ra
Yoqardi yonishlik hijron dardida

Kutdi kutaverdi hayol to’rida
Shod bo’lib yashardi ishq taskinidan
Birdan 46-yili oxirida
Bobom qaytib keldi fin zaminidan

Qora xat ne bo’ldi dersiz aslida
Bunga sabab jangda ko’p ofat edi
Bobomning qaytishi sirsiz aslida
Momonning sabriga mukofot edi

Urushgacha 10 yil yashab be farzand
Ularning qalbiga sanchilardi o’q
Taqdirni qarang shu kundan keyin
Farzandlar tug’ildi birin ketin sho’x

Mana sizga sevgi mana sizga g’am
Ko’ring dunyodagi eng yuksak farqni
Insofdan bo’lurmi shundan keyin ham
Sevishdan be habar deyishlik sharqni

Men g’arblik ayolning shaniga zinxor
Yomon sifatlarni tirkalamasman
Ammo o’z momomning shanin beg’ubor
Himoya qilmasam farzand emasman

Ey g’arblik do’stlarim bilmasangiz gar
Haqiqiy sevgini buyuk hayolni
Tilingizni tiying qiyomat qadar
Tinch qo’ying tinch qo’ying sharqlik ayolni


© Hayrulla Hamidov

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🌚1
#fikr

Bergan chigal savolinggiz uchun aniq javob kutmang!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1🌚1
#vaqt

Sadoqat ham, hiyonat ham isbot talab qilmaydi, faqat vaqt talab qiladi halos, oddiygina vaqt!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2💯2❤‍🔥1👍1🌚1
#fikr

Shifokorning mehri bemorni davolash, kosibni mehri poyabzal yamash, bog’bonning mehri niholni o’stirish, o’qituvchi mehri ta’lim berishdan quvvat oladi, go’rkovda mehrmi, qismatmi, g’urbatmi….

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🌚1😘1
#fikr

Agar maqsadlaringizni alifbo ketma-ketligida joylab, navbati kelishini kutsangiz, faqat umrni yutqazasiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2❤‍🔥1👏1🙏1🌚1💯1😘1