™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Amallar_Kitobi

Har bir inson yozuvchi:
Qalami qismat, daftari esa taqdir
Hayot yo'li, izlari bilan toʻlib boradi
Kuz hazonlari rangi uradi
Kimdadur sahifalar ko'p,kimdadur oz....
Kitob toʻlgan kuni ,qatra ummonga qoʻshiladi(!
Rizq bilan(....!

@Taskinnn
#Facebook
#Qoqonjonim_guruhidan

Йигит тўйи куни хашаматли машиналарда мискинлар тўла кўчалардан ўтди. Юргани сари сабри тўлиб борарди. Тўйхонага кириб нозу неъматларни кўрдию, бояги мискинлар хаққини кўргандек бўлди..
Ортичқа ўйлаб ўтирмай, шартта тўй бўлмаслигини эълон қилди.. Дастурхондаги хамма нарсани халталарга солиб, келинни олиб ортга қайтди. Тўйга аталган пулларни қўшиб мискинларга бўлиб берди...
Мен постни таржима қилаётиб йигитни қайси мамлакатдан эканини билолмадим, лекин уни хақиқий МЎЪМИН эканини билдим...

Ҳикматилла Хотамов (С).

@Taskinnn
#Facebook
#Umid_qizidan

– Ўшанда жуда чиройли кетдинг… – деди эркак. – Йигирма йилки кетишингни унутолмайман.

– Раҳмат, – деди аёл.

– На жанжал, на зуғум, на бир оғир сўз….

Фақат эсимда,
кетаётганингда елканг бетўхтов силкинди…

Йиғлаган эдингми?

– Йиғлаган эдим.
Ёшим тўхтагани йўқ
ҳали-ҳануз ҳам…

Сукунат.

Эркак бош эгди.

Қанча уринмасин кўтаролмади бошини.

Елкаси эса
силкингани-силкинган…

Усмон Азим
5.10.2020
#Rizq

Baʻzi insonlarning qismati ogʻir, azob uqubatda, ajal yoqasida taqdirga tavakkal rizq beradi, shundan luqmasi halol....
Shunday insonlarni koʻrganda unga achinamiz, shukr deymiz...
Uning shu ogʻir mashaqqati ortida hayri va ajri bor...
Bizning yengil kunimiz ortida ham...
Sinovini foniyda bersinda...(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ular meni nega yoqtirishmaydi deb oʻylashdan avval, nega men buni oʻylashim kerak deb oʻzingizga savol bering...!
O'limni kutavermasdan avval yashang.
Yaratgan Egam dard bersa kuyinmang sabab sizning dard ila bo'lsa ham yo'qlanganligi yodingizda bo'lsin
Har ishda hayr bor....

@Taskinnn
👍3
No comment🙃
#Drabl
#Safar

- ertaga qoʻshni viloyatga safarimiz bor, tayyorgarlik koʻrib qoʻyish lozim, narsalarni yigʻishtirib tongga tayyor boʻling!
- hop boʻladi, kerak boʻladigan hamma narsalarni tayyorlab qoʻyaman, siz ham boqiy safarga tayyor boʻling....!

P/S: qayergadur xizmat safari yoki sayohat uchun kechasi bilan tayyorgarlik koʻramiz....... Erta tong uygʻonmaslik mumkinligi qadar ham tayyorgarlik qilasizmi, safar boʻladi albatta, faqat manzil oʻzgarishi mumkin, tayyor boʻling (!

#Taskin bilan yakunlang kuningizni!

® Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Musofir yurtlarda yurgan, oilasi, farzandlari, mushtipar onalari va nuroniy otalari yodini bir on hayolidan qoʻymagan birodarlarim, jigarlarim, sizlarni Alloh oʻz panohida asrasin, sizlar uchun doim duodamiz!

@Taskinnn
* * *

Taqdir siylamadi, bor yo'g'i bizni,
Shunchaki bu dardlar qozondi zafar...
Lek qalbda so'nmadi, umidlar cho'g'i,
Biz baxtga yetamiz kelasi safar!
Bezabon biz emas, yurak tilsizdir,
Biz baxtsiz emasmiz, baxtlar bizsizdir.

@Taskinnn
#Umrbod_qoling

Shunday go'zal qalblar borki... Qalblari yaxshiliklar ila mujassam..! Bunday qalblardan aslo chiqmasang...
Tark etmang
#Taskin shu yerda

@Taskinnn
#hikmat

Faqat qalbida oxirat tushunchasi bo‘lgan kimsagina yomonliklardan uzoq tura oladi.

Abu Sulaymon Doroniy
Taskın ham shu yerda balki...

@Taskinnn

#mujdalar
#Taskin
#Qoʻrquv

- qiziqib qoldim, bu hayotda siz nimalardan qochasiz? nimalardan qoʻrqasiz?
- hayotim joyida, qornim toʻq, ishimni yaxshi koʻraman, oilam, farzandlarim...
Lekin hayolimdan hech ketmaydi, kechalari qabriston oldidan oʻtayotib ketishga shoshilaman, qabr, jasadlar, oʻsib yotgan qamishlar, zulmat..... Oʻlib qolishdan juda qoʻrqaman.
- ajoyib, mozordagi mayitlardan qochib, oʻlimdan qoʻrqar ekansz, agar siz gunohdan har dam qochib, undan qoʻrqqaningizda edi, yuqoridagi ikkisidan qoʻrqmas edingiz!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
#Kutish
Umrning anchagina qismi kutish ila o'tar ekan ba'zan shodlikda ba'zan qayg'uda
Siz ham kutyapsizmi?

@Taskinnn
No comment..(!