#Prinsipial_tarbiya
#drabl
Gʻulom - gʻarib, beva, noshud, qoʻrqoq, ojiz va beburd. Hayotida na mazmun, na ishonch, na maqsad va na ilm bor. Tongdan boshlab tunni, tundan boshlab esa tongni kutish bilan umir oʻtadi. Birgina farzandi bor, hali yosh, unga tarbiya berishi lozim.
Oʻzi qiyin hayotni battar ogʻirlashtirishni hohlamagan Gʻulom uni uydan uzoqqa chiqarishni hohlamadi, ilm oldirmadi, dunyoni koʻrsatmadi, yaxshilarga ergashtirmadi, oʻzida boʻlmagan tarbiyani unga ham bera olmadi va angladiki, oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan yagona inson bor edi. Bu zavq edi, johillik zavqi.
Kunlar kelib oʻgʻil ham ulgʻaydi, qalbida faqatgina otasiga mehr berish, unga eng yaxshi kunlarni koʻrsatish edi va Gʻulomga oʻz rejalarini aytdi. Afsus, Gʻulom uchun bu rejalar safsata, oshib boʻlmas bir togʻdek koʻrindi, balki oʻzi hech narsa qila olmaganligi uchun bir oz hasadi kelgandir. Soʻnggi soʻzi, "agar meni farzandim boʻlsang, aytganimni qilasan" boʻldi. Qatʼiy ohangdagi magʻrur otaning qarori, oʻrnak olsa arziydi...
Vaqtlar oʻtdi, Gʻulom bu yorugʻ olamni tark etdi, oʻsha eski kulbada uning farzandi, noshud, qoʻrqoq, beburd, bir soʻz bilan aytganda haqiqiy otasining oʻgʻli qoldi, qarangki, uni ham bir kichik zurriyodi bor. Endi, bu bolaga ham tarbiya berish kerak....
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn

Hikoyani toʻgʻridan toʻgri qabul qilmang, bir oz tafakkur va mushohada uchun joylandi.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Telegram
™️ TASKIN (T.R.A.)
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!
Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi
®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin

🔥2👍1😢1🌚1💯1👀1
👍2✍1😐1
Forwarded from Begona fikr
#iqtibos
Oʻz ahmoqligiga iqror boʻlgan ahmoq ortiq ahmoq emas!
© F.Dostoyevskiy
🔘 https://t.me/begona_fikr

🔥2👏2😁2👍1
#poyga
Raqiblarsiz bir oʻzinggiz bellashuvda ishtirok etsangiz ham, yutqazib qoʻyishingiz mumkin, beparvo boʻlmang!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Raqiblarsiz bir oʻzinggiz bellashuvda ishtirok etsangiz ham, yutqazib qoʻyishingiz mumkin, beparvo boʻlmang!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
⚡2👍2🔥2👏1
#tarozi
Bizning oʻzimizga bilinmas tarozimiz bor, u hammaning yaxshi va yomon tomonlarini hisoblab boradi, faqat oʻzimiznikini hisoblay olmaydi halos):

👍3⚡2🔥2💯2😢1
#fikr
Kimga yoki nimaga boʻyin egsangiz ham unutmangki, albatta u sizni boshqaradi, shuning uchun har kim va har narsalarga egilavermang.

Boʻyinga qoʻshib boshni ham qayerga egishni esa biz juda yaxshi bilamiz!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍4🔥3
#____
Osmonlarga uzatdik qo'lni,
Yuraklarga qo'ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo'lni,
Oxir bizni o'ldirdi g'urur.
Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog'ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
©️ Xayrulla Hamidov
™️ https://t.me/Taskinnn
Osmonlarga uzatdik qo'lni,
Yuraklarga qo'ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo'lni,
Oxir bizni o'ldirdi g'urur.
Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog'ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
©️ Xayrulla Hamidov
™️ https://t.me/Taskinnn
👏3👍1
#fikr
Kimsalarga qilgan yaxshi va hayrli ishing uchun har doim ham rahmat eshitmasliging mumkin, lekin qilgan kamchilik va xatoying uchun albatta shikoyat eshitasan, balki jazo ham olarsan):

👍4🔥3👏1
#Nasihat
Otangga jahl ustida uloqtirgan buyumlaring va onangga zarda qilib sindirgan piyolalaringni asrab qoʻy, keksayganingda farzandlaringga kerak boʻladi!

Aytgan yolgʻonlaringni ham roʻyhat qilib qoʻy, navbat bilan u ham takrorlanadi!
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
💯4🔥2👍1
#ijod
Yarim tunda yozuvchi katta zavq va ishtiyoq bilan hikoya yozishga kirishdi, bu uning shoh asari boʻlishi kerak edi, ikkita soʻz yozishga ulgurmay qalami sindi, boshqa qalam yoʻq, olib kelishga esa imkon. Tongda oʻnlab qalamlar olib keldi, lekin aynan shu hikoya yozuvchi umrining ohiriga qadar bitmadi.

Qanchadan qancha buyuk ishlar bir oz jurʼat yetmasligi yoki qandaydir arzimas kamchilik sababli amalga oshmay qolmoqda, balki hozir ham kimningdir qalami singandir.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍3😢2
#____
Juda zoʻr bilsam-da o'z sohamni men,
Devona yuragim bir o'git dedi:
"Havaskor yasagan Nuh kemasini...
"Titanik" - ustalar mahsuli edi!"
© Xayrulla Hamidov
™️ https://t.me/Taskinnn
Juda zoʻr bilsam-da o'z sohamni men,
Devona yuragim bir o'git dedi:
"Havaskor yasagan Nuh kemasini...
"Titanik" - ustalar mahsuli edi!"
© Xayrulla Hamidov
™️ https://t.me/Taskinnn
🔥5👍2😎1
#iqtibos
Agar asarning birinchi bobida devorga qurol osilgan deb aytilsa, ikkinchi yoki uchunchi bobida u albatta otiladi.
©️Anton Chexov

👍3👏1
#shukr
G'ulom noshukur bo'lgan paytlarida, so'qir ko'z ko'rishi mumkin bo'lgan go'zallik, soqov insonning tilidan chiqqan samimiy so'zlar va kar insonning qulog'iga shivirlagan tabiat sasini o'ylab, bir ho'rsinib qo'yardi.

Yana o'zini qorni to'q va usti but ekanligi, tongni halovat bilan qarshi olishi ham yodiga keldi):
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
Mahmud Nomozov - Qishlog`im | Махмуд Номозов - Кишлогим
#tavsiya
Mahmud Namozov - Qishlog'im!
™️ https://t.me/Taskinnn
Mahmud Namozov - Qishlog'im!
P\S: Qo'shiqda qishloq siymosida juda ko'p tuyg'ular o'z ifodasini topgan.
™️ https://t.me/Taskinnn
👍2❤1😢1💔1
#toifa
Insonlar ikki toifaga bo'linishadi: sizga doim energiya beruvchi hamda bor energiyangizni so'rib oluvchi, neytral insonlarni esa bor yoki yo'qligi sizga ta'sir qilmaydi.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
Insonlar ikki toifaga bo'linishadi: sizga doim energiya beruvchi hamda bor energiyangizni so'rib oluvchi, neytral insonlarni esa bor yoki yo'qligi sizga ta'sir qilmaydi.
® Ramziddin Abdikhalil
™️ https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
#iqtibos
Insonlar o'zlari xohlagan narsaga erishishdan ko'ra, qo'rqqan narsalaridan qochish uchun ko'proq harakat qilishadi.
©️ Den Braun ("Da Vinchi siri" kitobidan)

🔥5
#______
Qaqroq ko'zlaringga ko'zlarimdan, oh,
Sharros ko'zyoshlarni to'kkim kelyapti.
Seni "Baxtsiz bo'l" deb qarg'ashim gunoh,
Seni "Baxtli bo'l" deb so'kkim kelyapti...
©️Rustam Mirvohid

👍2🔥2
#fikr
Ko'pincha qilingan ishning zavqi yakuniy natijada emas, balki mashaqqatli jarayonda bo'ladi.