™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
3👍3🥰1💯1
#taskin

Oddiygina yurayotgan yoʻlimiz ham hatto burilishlarsiz boʻlishiga kafolat bera olmaymiz, unda ham past-baland, boshi va oxiri, oʻng va chap tomonlari bor.

Hayot deb atalgan safarning hayrli boʻlishi hamrohga ham bogʻliq, siz bilan burilishlarda tura oluvchi va siz uchun oʻzini bagʻishlay olishi lozim. Agarki aksi boʻlsa yoʻlda davom eting va ortga qaramang...

Gʻulom uchun anchagina oʻylash uchun vaqt berildi, oʻylashdan boshqa hamma narsa taqiqlangan):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31🕊1
#fikr

Gʻulom, ortga, oʻtmishga qarab nima deya olasan?
- baʼzi narsalarni unutishni va baʼzilarini mutlaqo eslashni hohlamayman):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41👍1
#niyat

Bugunimiz kechadan yaxshiroq va ertangi kundan yomonroq boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥3🕊1
#kasb

Kasbingizga faqat tirikchilik manbayi sifatida qarar ekansiz, u ham sizga shunchaki ishchi sifatida qaraydi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏1
#qadr

📌 Eslatma: Salomatlikni qadriga yeting birodar, tekinga berilgan narsani ikkinchi martta millionlarga ham qaytarib ola olmasligingiz mumkin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2👏1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiyos

Boshginamga ag’anagan, katta tog’lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog’lar alvido!
Bu dunyoning shoʻr ishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog’boni yoʻq, qoldi bog’lar alvido!


* * *
Beor tashlab ketmoqdaman, orli togʻlar alvido,
Qaddim hasta qilmoqdaman, koʻngli chogʻlar alvido,
Dardli dunyo hazillari, nihollarni quritdi,
Moʻrt dunyoni abgor qilgan, "aqli sog'lar" alvido
...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
Tibbiyot haqida ikki ogʻiz

Shifoxona qushxona boʻlmagani kabi, jarroh ham qassob emas 😁

Hamshira agar tomiringizni topa olsa, hohlagan yeridan ukol qilishi mumkin😅

Kayfiyati va ruhiyati sogʻlom odam, oddiy kasaldan ikki kun, tushkunlikdagi bemordan esa bir hafta avval tuzaladi🙃

Qayeringizdan kasal chiqishini bilmasangiz, hamma yeringizni asrang😂


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🤓3👍2😁1
Forwarded from Begona fikr
#umid

Ishiga masʼuliyat bilan yondashadigan jallod har safar umid qilar edi, balki bu safar u omon qolar!

®️ Ramziddin Abdikhalil

🔘 https://t.me/begona_fikr
🔥5💯2🌚1
#qarash

Bugungi kun uchun haqiqatni dadil va yolgʻonsiz ayta oluvchi til va uni eshita oluvchi adolatli quloq lozim.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2💯2👍1
#ishq

Ishq bir tana, sadoqat uning ruhi, vafo koʻzlari, mehr tili, ishonch qulogʻi, sabr esa uning pok libosidir!

Baʼzisida libos, baʼzilarida ruh va baʼzisida tana yoʻq):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4🕊1
#fikr

Bir halol doʻstimiz oʻn ikkinchi martta bozordan sotuvchining buyumlarini berkitib olib chiqib ketdi, ketayotib oʻylab qoldi, yaqinda oʻgʻriga aylanib ketmasaydim...):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4😢1
#Prinsipial_tarbiya
#drabl

Gʻulom - gʻarib, beva, noshud, qoʻrqoq, ojiz va beburd. Hayotida na mazmun, na ishonch, na maqsad va na ilm bor. Tongdan boshlab tunni, tundan boshlab esa tongni kutish bilan umir oʻtadi. Birgina farzandi bor, hali yosh, unga tarbiya berishi lozim.

Oʻzi qiyin hayotni battar ogʻirlashtirishni hohlamagan Gʻulom uni uydan uzoqqa chiqarishni hohlamadi, ilm oldirmadi, dunyoni koʻrsatmadi, yaxshilarga ergashtirmadi, oʻzida boʻlmagan tarbiyani unga ham bera olmadi va angladiki, oʻz taʼsirini oʻtkaza oladigan yagona inson bor edi. Bu zavq edi, johillik zavqi.

Kunlar kelib oʻgʻil ham ulgʻaydi, qalbida faqatgina otasiga mehr berish, unga eng yaxshi kunlarni koʻrsatish edi va Gʻulomga oʻz rejalarini aytdi. Afsus, Gʻulom uchun bu rejalar safsata, oshib boʻlmas bir togʻdek koʻrindi, balki oʻzi hech narsa qila olmaganligi uchun bir oz hasadi kelgandir. Soʻnggi soʻzi, "agar meni farzandim boʻlsang, aytganimni qilasan" boʻldi. Qatʼiy ohangdagi magʻrur otaning qarori, oʻrnak olsa arziydi...

Vaqtlar oʻtdi, Gʻulom bu yorugʻ olamni tark etdi, oʻsha eski kulbada uning farzandi, noshud, qoʻrqoq, beburd, bir soʻz bilan aytganda haqiqiy otasining oʻgʻli qoldi, qarangki, uni ham bir kichik zurriyodi bor. Endi, bu bolaga ham tarbiya berish kerak....

Hikoyani toʻgʻridan toʻgri qabul qilmang, bir oz tafakkur va mushohada uchun joylandi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1😢1🌚1💯1👀1
Forwarded from Begona fikr
#iqtibos

Oʻz ahmoqligiga iqror boʻlgan ahmoq ortiq ahmoq emas!

© F.Dostoyevskiy

🔘 https://t.me/begona_fikr
🔥2👏2😁2👍1
#poyga

Raqiblarsiz bir oʻzinggiz bellashuvda ishtirok etsangiz ham, yutqazib qoʻyishingiz mumkin, beparvo boʻlmang!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2👍2🔥2👏1
#tarozi

Bizning oʻzimizga bilinmas tarozimiz bor, u hammaning yaxshi va yomon tomonlarini hisoblab boradi, faqat oʻzimiznikini hisoblay olmaydi halos):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍32🔥2💯2😢1
#fikr

Kimga yoki nimaga boʻyin egsangiz ham unutmangki, albatta u sizni boshqaradi, shuning uchun har kim va har narsalarga egilavermang.

Boʻyinga qoʻshib boshni ham qayerga egishni esa biz juda yaxshi bilamiz!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥3
#____

Osmonlarga uzatdik qo'lni,
Yuraklarga qo'ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo'lni,
Oxir bizni o'ldirdi g'urur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog'ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.


©️ Xayrulla Hamidov

™️ https://t.me/Taskinnn
👏3👍1