™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Kel

G'arib dillarni obod qilmoq uchun yetib kel,
Sahrolarda bog'larni bunyod qilmoq uchun kel,
Kel dunyoga qaraylik quvonchli ko'zlar bilan,
Qurilgan daraxtlarni gullatmoqlik uchun kel.


#Ket

G'arib dillarni abgor, harob qilmay turib ket,
Sahrolarni bog'lardan ayro qilmay turib ket,
Ket dunyoga qaraylik, haqiqat ko'zi bilan,
Qurigan daraxtlarga olov sochmay turib ket.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1👏1
Oshiq bo’l (Official Music Video)
Botir Qodirov
#tavsiya

◼️ Botir Qodirov - Oshiq boʻl

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍1
#shukr

Uyg'onmagan qancha, bilmaydi hech kim,
Saharda uyg‘onib, ko‘z ochdik shukr.
Qora mayiz bilan, novvot, bol bilan,
Tinch nonushta qilmoq, qanchalar huzur.

Ko‘rdik charaqlagan bobo quyoshni,
Goh yozda qiziymiz, goh yashnar bahor.
Kapalak raqsini, maysa rangini,
Umrida bir bora ko‘rmaganlar bor.

Yurib charchadingiz, toliqdingizmi?!
Noshukurlik qilmang, ozgina o‘ylang.
Oyoq kiyimi bor, ammo kiyishga
Oyog‘i yo‘qlarning holini so‘rang.

Libosingiz yoqmay jig‘ibiyronsiz,
Kiyim ko‘pligidan yotar qalashib.
Do‘ppi topilar deb, jon qayg‘usida,
Tentiydi qashshoqlar ushoq talashib.

Bolalar uyida g‘arib go‘daklar,
Zor yurar, bir marta Ona deyishga.
Ikkita issiq non oling-da, darrov,
Boring onangizni ko‘rib kelishga.

Sizni bugun ishdan bo‘shatishdimi?!
Shumi tashvishingiz, shumi muammo?!
Qarang, o‘z uyini bo‘shatib qo‘yib,
Muhojirlar yig‘lar vatandan judo.

Orzu-havas ko‘rmay o‘tayapman deb,
Noliyapsiz, balki og‘rinyapsizmi?
Qaydadir ochlikdan qirilyapti xalq,
Suv deb yig‘layapti, eshityapsizmi?

O‘g‘lingiz shifokor bo‘ladi bugun,
Uni quchoqlaysiz g‘ururga to‘lib.
Qaydadir bir ayol o‘ksib, dod solar,
Bola yo‘q beshikka boshini qo‘yib.

Oxirgi pulni ham ishlatdingizmi?
Xudo yetkazadi banda rizqini.
Umr tilang xasta bemorlarga siz.
Bugun kimlarningdir oxirgi kuni.

Boriga shukur deng, yo‘g‘iga sabr,
Choyxonaga chiqing, kutar ulfatlar.
To‘ylarga borasiz, chiroyli bo‘lib,
Qo‘lingizga to‘lib ketdi to‘yxatlar.

Tog‘ desangiz tog‘ bor, bog‘ desangiz bog‘,
Daryolar mavj urar, har tomon yashnar.
To‘lib-toshib yotar to‘kin bozorlar,
Kim nima izlasa o‘shani topar.

Doim sergak turing va ahil bo‘ling,
Vatanni avaylang to‘rtta tomonda.
Yana bir chiroyli kun o‘tmoqda tinch,
Baxtiyorlar yurti O‘zbekistonda!


©️ Rislig‘oy Hotamova

™️ https://t.me/Taskinnn
👍41🔥1
#iqtibos

Daromadni har qanday shaklini to’g’ri deb biladiganlar tarbiyada boy berilgan insonlar ekani, ularni taqiq to’xtatmasligi, ular uchun qadr yoki qadriyat bo’lmasligini yana bir bor tushundik.

©️ Alisher Qodirov

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#manzil

Safarga chiqar ekansiz imkon qadar manzilni aniq qiling, aks holda teskari tomonga harakat qilib, ham umringiz, ham mehnatingizdan ayrilishingiz mumkin!

📌 Ma'lumot uchun: Titanik halokati (1912-yili 14-aprel)


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#retro

📹 Bahodir Mamajonov - 18 Yoshimda edi

™️ https://t.me/Taskinnn
👍32
#qarash

G'ulom hech bir kimsaga yaxshilik qilmasa va yaxshi so'z ham aytmasada, hammadan yaxshilik kutishni, xiyonat qilsada sadoqatni, yolg'on gapirsada rost javob olishni juda hush ko'radi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41👍1👏1
#______

Eshigi ochildi bebaxt ko'ngilning,
Kim keldi bu g'arib, vayron maskanga,
Mehmon kutmay qo'ygan, o'sha sho'rlikning,
Ilinji porlarmi?, unsiz nayrangga.


Kutilmagan quyosh, to'lmagan yog'du,
O'zi kabi hasta, hamdard, hamsuhbat,
Balki ortda qolgan, bemazmun qayg'u
Umid qila boshlar, tugarmi g'urbat
.

So'zida, ko'zida bir quvonchi bor,
Baxt bera olarmish dardmand noqisga.
Ishonch beray dedi, noumid shayton,
O'zi kabi miskin, ko'ngli ojizga.


Vaqt o'tib angladi, hayratda qoldi,
Nahot tanimadi, eski dardini.
Aqldan ozgan shu G'ulomgina eh,
Kecha sindirgandi, shu gul qadrini
.

Qaytdi deya hursand, osmonda boshi,
Ikki kunga bormay, yana g'ashlandi,
Yara bitmay turib, oldiku gazak,
Toshni ham, gulni ham ko'zi yoshlandi
.

Nifoq urug'ini ekdi u gumon,
Orasini buzdi, chidolmay baxtga.
Yana sevgi sarson, yana qalb sarson,
Vafo qilolmadi, ikkisi ahdga.


Yana ajraldi, mavhum muhlatga,
Yo u kelolmaydi, yoki bu bormas,
Yuz yilki takrordir, shu qismat charhi
Taqdir bitigidan qochib ham bo'lmas.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1
#tavsiya

Hech boʻlmasa vaqtida uhlang, vaqtida turmaganga yarasha):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3😁211👍1
5❤‍🔥1🕊1
3👍3🥰1💯1
#taskin

Oddiygina yurayotgan yoʻlimiz ham hatto burilishlarsiz boʻlishiga kafolat bera olmaymiz, unda ham past-baland, boshi va oxiri, oʻng va chap tomonlari bor.

Hayot deb atalgan safarning hayrli boʻlishi hamrohga ham bogʻliq, siz bilan burilishlarda tura oluvchi va siz uchun oʻzini bagʻishlay olishi lozim. Agarki aksi boʻlsa yoʻlda davom eting va ortga qaramang...

Gʻulom uchun anchagina oʻylash uchun vaqt berildi, oʻylashdan boshqa hamma narsa taqiqlangan):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31🕊1
#fikr

Gʻulom, ortga, oʻtmishga qarab nima deya olasan?
- baʼzi narsalarni unutishni va baʼzilarini mutlaqo eslashni hohlamayman):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41👍1
#niyat

Bugunimiz kechadan yaxshiroq va ertangi kundan yomonroq boʻlsin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥3🕊1
#kasb

Kasbingizga faqat tirikchilik manbayi sifatida qarar ekansiz, u ham sizga shunchaki ishchi sifatida qaraydi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏1
#qadr

📌 Eslatma: Salomatlikni qadriga yeting birodar, tekinga berilgan narsani ikkinchi martta millionlarga ham qaytarib ola olmasligingiz mumkin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2👏1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.) (Tursunov Ramziddin Abdixalilovich)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiyos

Boshginamga ag’anagan, katta tog’lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog’lar alvido!
Bu dunyoning shoʻr ishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog’boni yoʻq, qoldi bog’lar alvido!


* * *
Beor tashlab ketmoqdaman, orli togʻlar alvido,
Qaddim hasta qilmoqdaman, koʻngli chogʻlar alvido,
Dardli dunyo hazillari, nihollarni quritdi,
Moʻrt dunyoni abgor qilgan, "aqli sog'lar" alvido
...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
Tibbiyot haqida ikki ogʻiz

Shifoxona qushxona boʻlmagani kabi, jarroh ham qassob emas 😁

Hamshira agar tomiringizni topa olsa, hohlagan yeridan ukol qilishi mumkin😅

Kayfiyati va ruhiyati sogʻlom odam, oddiy kasaldan ikki kun, tushkunlikdagi bemordan esa bir hafta avval tuzaladi🙃

Qayeringizdan kasal chiqishini bilmasangiz, hamma yeringizni asrang😂


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🤓3👍2😁1
Forwarded from Begona fikr
#umid

Ishiga masʼuliyat bilan yondashadigan jallod har safar umid qilar edi, balki bu safar u omon qolar!

®️ Ramziddin Abdikhalil

🔘 https://t.me/begona_fikr
🔥5💯2🌚1
#qarash

Bugungi kun uchun haqiqatni dadil va yolgʻonsiz ayta oluvchi til va uni eshita oluvchi adolatli quloq lozim.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2💯2👍1