™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#robot

Fan-texnika taraqqiyoti bilan robotlarni mehr berishga o'rgatdik, afsus, lekin insonlar buni suiste'mol qilishdi, ularga halollikni o'rgatdik, ammo kimsalar haromdan o'zlari qaytishmadi, va yana vafoni o'rgatdik, biroq do'stlarimiz hiyonatni ham kanda qilishmadi.

Natijasida esa robotlar tuyg'usiz, bemehr va sovuqqon ekanligi uchun, undan vos kechdik, adolat qildik, insonmizku ahir):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1
Forwarded from Begona fikr
#____

Go'yo ko'cha tinchin saqlayapman deb,
Bu it halal berar ko'cha tinchiga.
Kecha-yu kunduz u o'z jag'ini yeb,
Tinimsiz huradi har o'tkinchiga.

Undan xafa bo'lmang, ne qilsin sho'rlik,
O'zicha boshida katta bir yumush,
Martaba tuyular unga bu xo'rlik:
Har kuni hammaga tinimsiz hurish.


© Eshqobil Shukur

🔘 https://t.me/begona_fikr
1🔥1🥰1
#mehr

Ko'ngil kulbadir, har kim ham uni obod qila olmaydi, vayron qilish esa uni yemirayotgan qurtning ham qo'lidan keladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯32👍21🔥1
#poklik

Tarbiya bizning libosimizdir, libosni pokiza holatga keltirish uchun anchagina vaqt va mehnat lozim, unga dog' yoki qusur yetkazish uchun esa lahzalar yetarli!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3🔥2🕊1🌚1
#fikr

Xulq husndan, kamtarlik boylikdan, sabr g'ayratdan, ihlos esa ishonchdan afzalroq!

Barokatli kunlarimizga ham oz qoldi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍3👏31
#fikr

Ruh betarbiya bo'lsa jabrini jismingiz ko'raveradi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2👍2🔥2👏1
Forwarded from Begona fikr
#uy

O'zingiz betartib va qarovsiz kulbaga kirishga jirkanasizu, lekin g'urbatga to'la va nafratdan libos kiygan ko'nglingiz eshigini hech kim ochmasligidan doim noliysiz, nomutanosiblik bor a?

®️ Ramziddin Abdikhalil

🔘 https://t.me/begona_fikr
👍32🔥1
#fikr

Qaysidir vahshiy va qo'rqinchli yirtqich ovchi, kim uchundir muloyim va beozor o'lja!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍32🔥2
#vosita

Ba'zan shunday hursand bo'lamizki, uni so'z bilan ifoda etib bo'lmaydi, ba'zi dardlarni aytish uchun esa nutqlar ojiz va yana neytral holatimizni bildirish uchun ham vosita yo'q.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31👍1
#ilinj

Jarlikka qulayotib qaysidir mo'rt shoxga ilinib turgan paytingda, undan ulkan daraxtning matonatiga umid qilasan. Agarki ihlos bo'lsa, albatta natija ham bo'ladi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍21
Sog'lom tan va ruh uchun turmush tarzi

Alkogol emas - choy;
Sigaret emas - mevalar;
Bo'kkuncha emas - bir miskinga yarasha;
Nolish emas - shukr;
So'kish emas - shirin so'z;
G'azab emas - skunat;
Kibr emas - kamtarlik;
Shunchaki emas - chin dildan;
G'urbat emas - halovat;


(hohlasangiz ro'yhatni davom ettiring)

Bu toshi og'ir va bag'ri keng dunyo avvalgilardan ham qolgan, bizdan ham qoladi, hech narsa jahl va johillik uchun arzirli emas!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2👍2🔥2🕊2👏1
#fikr

Hech bir holat va vaziyatda yolg'on gapirishga majbur emasmiz, agar bir martta majbur bo'lsak u boshqa majburiyatlar uchun eshik bo'lib qolishi mumkin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🔥42👎2
#umid

Qani endi, tashvish kelganda hamma devorga boshni urib boʻlgach, soʻngra Allohga tavakkal demay, avvalo undan soʻrasak edi....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥51
#umr

Tashqari g'ira shira, shom vaqti bo'ldi, G'ulom nimagadir taraddud ko'rdi, uyqusizlikdan ko'zlari qizarib ketgan, negadir telefoniga uzoq tikilb qoldi, megabayti bor ekan, hayriyat, hotirjam tortdi, yana qayta uhlasa ham bo'ladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍1
#fikr

O'ylamay qilgan bitta ishingiz uchun butun umr o'ylashga majbur bo'lasiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#kun

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni. Yurt sarhadlarida tinim bilmagan, yigitlik burchini bajargan va bajarayotgan mardlar bilan birga oila deb atalmish muqaddas qoʻrgʻon, uning gʻururi va orini butun saqlovchi, uning shaʼni va qadri uchun peshonasidan qora ter oqqan har bir ota, har bir er yigit va tarbiyasi halollik bilan sugʻorilayotgan farzandlar kuni.

Mardlik jismida, soʻzi va ahdida sobir turgan oʻgʻlonlar, chin erkak nomiga munosib boʻlgan matonat va subtli insonlar kuni barchangizga muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#Kel

G'arib dillarni obod qilmoq uchun yetib kel,
Sahrolarda bog'larni bunyod qilmoq uchun kel,
Kel dunyoga qaraylik quvonchli ko'zlar bilan,
Qurilgan daraxtlarni gullatmoqlik uchun kel.


#Ket

G'arib dillarni abgor, harob qilmay turib ket,
Sahrolarni bog'lardan ayro qilmay turib ket,
Ket dunyoga qaraylik, haqiqat ko'zi bilan,
Qurigan daraxtlarga olov sochmay turib ket.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1👏1
Oshiq bo’l (Official Music Video)
Botir Qodirov
#tavsiya

◼️ Botir Qodirov - Oshiq boʻl

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍1
#shukr

Uyg'onmagan qancha, bilmaydi hech kim,
Saharda uyg‘onib, ko‘z ochdik shukr.
Qora mayiz bilan, novvot, bol bilan,
Tinch nonushta qilmoq, qanchalar huzur.

Ko‘rdik charaqlagan bobo quyoshni,
Goh yozda qiziymiz, goh yashnar bahor.
Kapalak raqsini, maysa rangini,
Umrida bir bora ko‘rmaganlar bor.

Yurib charchadingiz, toliqdingizmi?!
Noshukurlik qilmang, ozgina o‘ylang.
Oyoq kiyimi bor, ammo kiyishga
Oyog‘i yo‘qlarning holini so‘rang.

Libosingiz yoqmay jig‘ibiyronsiz,
Kiyim ko‘pligidan yotar qalashib.
Do‘ppi topilar deb, jon qayg‘usida,
Tentiydi qashshoqlar ushoq talashib.

Bolalar uyida g‘arib go‘daklar,
Zor yurar, bir marta Ona deyishga.
Ikkita issiq non oling-da, darrov,
Boring onangizni ko‘rib kelishga.

Sizni bugun ishdan bo‘shatishdimi?!
Shumi tashvishingiz, shumi muammo?!
Qarang, o‘z uyini bo‘shatib qo‘yib,
Muhojirlar yig‘lar vatandan judo.

Orzu-havas ko‘rmay o‘tayapman deb,
Noliyapsiz, balki og‘rinyapsizmi?
Qaydadir ochlikdan qirilyapti xalq,
Suv deb yig‘layapti, eshityapsizmi?

O‘g‘lingiz shifokor bo‘ladi bugun,
Uni quchoqlaysiz g‘ururga to‘lib.
Qaydadir bir ayol o‘ksib, dod solar,
Bola yo‘q beshikka boshini qo‘yib.

Oxirgi pulni ham ishlatdingizmi?
Xudo yetkazadi banda rizqini.
Umr tilang xasta bemorlarga siz.
Bugun kimlarningdir oxirgi kuni.

Boriga shukur deng, yo‘g‘iga sabr,
Choyxonaga chiqing, kutar ulfatlar.
To‘ylarga borasiz, chiroyli bo‘lib,
Qo‘lingizga to‘lib ketdi to‘yxatlar.

Tog‘ desangiz tog‘ bor, bog‘ desangiz bog‘,
Daryolar mavj urar, har tomon yashnar.
To‘lib-toshib yotar to‘kin bozorlar,
Kim nima izlasa o‘shani topar.

Doim sergak turing va ahil bo‘ling,
Vatanni avaylang to‘rtta tomonda.
Yana bir chiroyli kun o‘tmoqda tinch,
Baxtiyorlar yurti O‘zbekistonda!


©️ Rislig‘oy Hotamova

™️ https://t.me/Taskinnn
👍41🔥1
#iqtibos

Daromadni har qanday shaklini to’g’ri deb biladiganlar tarbiyada boy berilgan insonlar ekani, ularni taqiq to’xtatmasligi, ular uchun qadr yoki qadriyat bo’lmasligini yana bir bor tushundik.

©️ Alisher Qodirov

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1