™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#fikr

G'ulom nodon va noqis, qilgan harom ishlarini hamma bilganida, uni qayta qilmaslik uchun emas, balki hech kimga sezdirmay shu jirkanch yoʻlda davom etishni afzal ko'radi...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1
#tanlov

Tanlov yoki bellashuv yakunida g'olib uchun ham, mag'lub uchun ham ikki yo'l mavjud: g'olib yoki erkalab ketishi, yoki egallagan o'rniga munosib bo'lishga harakat qilishi, mag'lub esa sinib, qayta tiklanmasligi yoki yana qayta o'zida kuch topishi mumkin...

Qismatning sinovi ham shunday, ikki yo'ldan birini tanlaysiz, hohshingiz va ihlosingiz bilan albatta!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1
#hilqat

Barqarorlik xususiyatiga mutlaqo xos bo'lmagan, vaqti bilan o'z-o'zini tushuna olmaydigan, mehr va jabr sohibasi, nozik va ayni paytda kuchli hilqat!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1
#uyat

Uyat nima, libossizning libosi u,
Uyat nima, ahdi yoʻqning vafosi u,
Uyat boʻlsa, qizaradi gʻururli yuz,
Uyat nima, harom yoʻlning jazosi u....

Ahloqi pok, zoti toza, doʻst uyalmas,
Yolgʻoni yoʻq, ori butun, soʻz uyalmas,
Nafsin tiya olmagan ul Gʻulomlarmas,
Halol yurib, rizqin koʻrgan koʻz uyalmas...

Uyalsin u, sodda niqob taqqan badbaxt,
Uyalsin u, ishonchga oʻt yoqqan nomard,
Uyalmagan, qadring sotib devonaga,
Uyalsin u, qaytar dunyo qaytgan u vaqt...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qiyos

Boshginamga ag’anagan, katta tog’lar, alvido!
Men ketarman hasratlanib, ruhi sog’lar alvido!
Bu dunyoning shoʻr ishiga navnihollar tebraning,
Esliroq bog’boni yoʻq, qoldi bog’lar alvido!


"Shaytanat" filmidan

* * *
Beor tashlab ketmoqdaman, orli togʻlar alvido,
Qaddim hasta qilmoqdaman, koʻngli chogʻlar alvido,
Dardli dunyo hazillari, nihollarni quritdi,
Moʻrt dunyoni abgor qilgan, "aqli sog'lar" alvido
...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sarkazm

Abdulloh ushbu videoni koʻrganidan soʻng, bir Gʻulom ismli doʻsti borligi esiga tushib qoldi va aytdi, oʻziga-oʻzi: "Aytdima, Gʻulom nimaga oʻzgarib qolgan ekan" - deb...

Ushbu post bir obunachim uchun maxsus tayyorlandi va atayin tegishtirib (Наглый) yozildi.

O'qing va ulashing:
@U_Shaxboz Alisher o'g'li
😁4🕊2
#fikr

Albatta, har qaysi sotuvchi uchun haridor, oshpaz uchun ho'randa, shifokor uchun bemor, ustoz uchun shogird va har birlari uchun g'assol va go'rkov bor!

Faqat avvalgilarida tanlov imkoniyati bor!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍2👏1🕊1
#drabl
#ixtiro

Olimning oʻnlab yillar davomida yaratgan bir ixtirosi bor edi, kichik qurilma, juda ixcham va gʻayritabiiy. Olim shu darajaga yetgunga qadar qanchadan qancha qiyinchilik, haqorat va tazyiqlarga duchor boʻldi, hoʻrlandi.

Qurilma ishlashi uchun kichik bir detal kerak edi, bir oʻram alyumin boʻlagi. Shu yerga kelganda ish toʻxtadi. Hayol buzildi, nafs ustun keldi. Olim yengiltabiat qizlarga shu boʻlakni olib kelishni aytar, aldardi, ular bilan oʻz nafsini qondirar, keyin esa olim ham, qizlar ham yana boshqasi bilan...

Olimning qismati va unga aldangan avomning taqdiri baʻzan achinarli, baʼzan kulguli. Balki ikki taqdir egalari uchun ham bu mukofotdir, yoki jazo..

Oradan oʻnlab yillar oʻtdi, zamon almashdi, davr oʻzgardi, olimdan hech xabarim, u bilan qiziqishim ham yoʻq, lekin yoʻl chetida alyumin boʻlagini mahkam ushlab turgan qiz hayolimni tortdi, mukofot yoki jazo uchun, oʻz ixtiyori bilan qadam tashlayotganga oʻxshardi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥21😁1🕊1
#taskin

G'ulom uchun so'ngil yil(lar) sinovli bo'ldi, na osmonga va na yerga ayta oladigan dard, qismatning yoqimsiz va chirkin sovg'alari, kutilmagan qarorlar va iliq kunning sovuq munosabatlari, hammaga dalda beruvchi insonning o'ziga ham taskin lozim bo'ldi.

Ne bo'lganda ham halovatimizdan ayrilmaylik, yuzimiz doim yorug' bo'lsin, to'g'ri yo'ldan hech ham adashtirmasin!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
2🔥1
#fikr

Qo'pol o'xshatish: Osmonga tupirsangiz, yuzingizga tushadi....

Izoh: Qilgan va qilayotgan hatti-harakatingizga ahamiyat bering, fikr sof, niyat sog'lom va oqibati hayrli bo'lsin, albatta har qanday qilingan amal boshqa birodarimizdan o'zimizga qaytib keladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3🔥2👍1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#safar

Qadrdonlar bilan Nukus safari kundaligidan!

🎥 Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1👏1😁1
G'ulom kim?

Taskin kanali 2021-yilda o'z faoliyatini boshlagan kundan to bugunga qadar loyiha markazida "G'ulom" obrazi bor. Ho'sh, u kim? G'ulom - bu yaratganning quli, bu muallif, bu siz, bu boshqalar. Har bir inson siymosida uni ko'rishingiz, qilgan xatolari, o'y fikrlari hech bo'lmaganda bir soniya sizni ko'nglingizdan o'tgan bo'lishi mumkin.

Hayotdan halovat izlagan, kimsalarga faqat hayr tilagan va shu yo'lda noqis fikrlari bilan qisqa umringizni qimmatli fursatlarini olayotgan bir faqir. Obrazni har qanday holatda ko'rishingiz mumkin, u kibrli, u hudbin, u nafs quli, u maddoh, u yolg'onchi, u hiyonatkor, u vazmin, u sabrli, u rostgo'y, u halol va u bizning bir bo'lagimiz!

G'ulomning yana bir do'sti bor, Abdulloh, qadrdoni ham shu yo'lda, faqat u G'ulomdan ko'ra baxtiyorroq! va yana bir kulcha...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1👏1
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!


©️ Xayrulla Hamidov

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1😁1
#fikr

Yovvoyi hayvonni nimagadir oʻrgatish va insonga tarbiya berish juda ogʻir, mashaqqatli va uzoq davom etadigan jarayon.

Menimcha, hayvonga vaxshiy va inson tarbiyasiz deb aytilgan soʻzlar maʼno jihatidan deyarli bir xil!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1👏1🤯1
Ta’ma

Yahudiy bir kimsa oshxona ochsa,
Yahudiy do‘stlari der: "Endi nuqul-
Biz shu oshxonada taom yegaymiz,
Do‘stimiz oyoqqa turguncha butkul.

Musulmon bir kimsa oshxona ochsa,
Tekinxo‘r do‘stlar der: Bu bizga ma’qul.
Borib ko‘raylikchi borini sochsa,
Do‘stimiz bizlardan olarmikan pul?


© Abdurahmon Meshayan

O'qing va ulashing:
@U_Shaxboz Alisher o'g'li
😢4🤣1
#fikr

Haromga moyil inson bo'yniga pichoq tirab tursangiz ham o'z ishini albatta qiladi, halol inson esa har qanday erkinlik bo'lsada haromga qo'l urib, nomiga dog' va isnod tushirmaydi
.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#fikr

Ilm ahli va hayrli insonlar bilan suhbatda doim energiya va nur olasiz, bahil va kibrli insonlar bilan suhbatda esa boringizdan ayrilasiz!

Kim bilan ekanligingizni kayfiyatingizga qarab aniqlab olavering, G'ulom!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🥰31👍1
#tark

Vaqti-vaqti bilan o'zingizga qarshi ham kurashib turing. O'zingizdagi g'urursizlik, orsizlik, nafs va hamiyatsizlikka qarshi kurashing, zarracha natijaga erishsangiz ham bu hayotingizda katta ahamiyatga ega.
____________________
G'ulom ham o'ziga qarshi kurashishni boshladi, Beburdlik va beorlikka qarshi, teskari sanoq boshlandi...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍72🥰2🔥1
#fikr

Ahmoq odam aqilli gapni eshitmaydi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🥰2😁21
#qarash

Odatda, iliq va samimiy salom bilan boshlangan munosabatlarning yakuni nasiyaga qolgan "hayr" va achchiq gaplar bilan boshlangan munosabat yakuni samimiy va sofroq tugaydi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1
#fikr

Agar Navoiy va Buxoriylar davrida "Yil odami" tanlovi bo'lganida edi, buyuk ajdodlarimiz emas, baki qaysidir lo'ttivoz g'olib bo'lgan va ulug'langan bo'lardi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5🥰1