™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#yuz

Bir tanishimning iltimosiga hop dedim, faqat va'dani bajarish vaqti kelganda imkon qila olmay, telefonda yo'q javobini berdim, tanishim hop dedi va indamadi.

Ancha vaqtdan so'ng ko'rishib qoldik, ancha gaplarni aytdi, hafa ekanligini. Nega telefonda aytmadingiz degan savolimga shunday javob berdi:

- odamni yuziga aybi aytilsa uyaladi, yuz qizaradi, aybini his qiladi...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#____

Arslondan qolgani shoqol nafsiga,
Tulporning arpasi eshakka havas.
Bizning sarqitlarni surtib ko‘ziga,
Tag‘in gerdayarmish o‘sha zoti past...

Asli kalamushning ishi o‘g‘rilik,
Qarg‘a go‘ng ichiga mudom yo‘rg‘alar.
Yo Rabbim, bu qanday ekan ko‘rgilik,
Lochinga teng kelmoq bo‘lsa qarg‘alar...

Asli akkilashga yaralgan ko‘ppak,
Yaqin olma buni yurak qo‘riga.
Lekin alam qilar o‘shal ko‘rnamak
Laycha tenglashmoqchi bo‘lsa, bo‘riga...


©️ Vafo Mo‘min

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#namuna

Bir vaqtning o'zida ikki xil qiyofada va so'zda turish bu davrning "eng yaxshi" insonlariga xos jihat. Halol bo'ling, rost so'zlang, o'zingizga o'xshang bas, (ayni paytda yashayotgan) kimdandir namuna oladigan davrlardan o'tib ketdik...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#uyqu

Agar koʻnglingda halovat boʻlmas ekan, koʻzingda hech ham uyqu boʻlmaydi. Garchi puling yetarli, qorning toʻq va usting but boʻlsa ham.

Yoshi ulugʻ insonlarning kam uyquligi ham balki shundandir, masʼuliyat yuki halovat bermas!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3👎1🔥1💯1
#fikr

Shogirdlarning eng yaxshisi yuzingga birinchilardan boʻlib oyoq qoʻygani, unda deyarli na xavf va na mehr bor, eng yomoni esa oxirida oyoq qoʻygani, unga chidashing qiyin, jabri ogʻir boʻladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😁4👍1👎1💯1
#davr

Ori bor, ori yoʻq, qiziq odamlar,
Halollik isrofi toshgan zamonlar,
Ko'zi bilan ko'ngli birga bo'lmagan,
Nafsi bilan surib, yurgan davronlar.

Aybi yo'q aybli, qoshi qarolar,
Ko'ngli kir, qalbi pok, ajib savdolar,
Maqsad ne, manzil ne, bilib bilmasdan,
Qadam qo'yib borar, zulmat tomonlar
.

(tugallanmagan.........)

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1👎1🕊1
#so'z

Sokin va baxtli kunlarda aytilgan shirin so'zlar - achchiq va g'urbatli kunlarda eng xavfli va vayronkor qurolga aylanadi
, kimga va qay tarzda aytsangiz ham):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1👎1💯1
#iqtibos

Qamoqxonadagilar uchun osmon to'rtburchakdir!

©️ Fyodor Dostoyevskiy ("Jinoyat va jazo" kitobidan)


™️ https://t.me/Taskinnn
👍1👎1💯1
#iqtibos

Ba'zan odamlar miyasida fikr bo'lgani uchun emas, tilining uchi qichib turgani uchun gapirishadi.


© Rasul Hamzatov

™️ https://t.me/Taskinnn
👍1👎1🔥1😁1💯1
#sir

Sir - hammaga doston qilish uchun saqlanmaydi, lekin indamay yursangiz hech kim sizning ham siringiz bor ekanligini bilmaydi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1💯1
#fikr

Atrofingizdagi insonlar bilan tez-tez janjallashing yoki ularga yoqmaydigan haqiqatni aytib turing, ularning siz haqingizdagi haqiqiy fikrini bepulga bilib olasiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
💯21🔥1🥰1
#fikr

Qaysidir maqsadga mehnat va mashaqqat bilan erishishdan ko'ra, undan qochib yurish yoki aylanib o'tish biz uchun qulay!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2💯1
#fikr

Halol va harom orasidagi farq sezilmas darajada nozik va mo'rt, bir lahzalik xato barchasini hal qiladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2💯1
#fikr

Erkakni faqat boyligi va amali uchun sevgan ayol va ayolni faqat chiroyi uchun sevgan erkakning bir biridan hech ham farqi yoʻq!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍1💯1
#fikr

Hiyonat oʻzlikdan boshlanadi, sizni ulugʻlagan va martabangizni ulugʻ boʻlishiga sabab boʻlgan har bir narsaga hiyonat qilar ekansiz, hayot ham asta sekin sizdan yuz oʻgira boshlaydi, oxirgi tomchisiga qadar!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1💯1
#fikr

Buzuq va jirkanch erkinlikdan koʻra, sof va halol qaramlik afzalroq!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#imkon

Quvonch bera olasizmi, kuygan tilga,
Malham bera olasizmi, singan dilga,
Halovatdan tinmas jumla zaboningiz,
Umid bera olasizmi, umidsizga...

Dadrding aytsang, eshitmaydi hech bir quloq,
Darmon bo'la olasizmi badnom yuzga,
Qadam sayin ortib borar bu g'avg'olar,
Hassa bo'la olasizmi, majruh do'stga..

Kun kelmaydi, yozlar o'tar, ketar bahor,
Umr bo'la olasizmi, bedavoga,
Yaxshi-yomon, achchiq-shirin gaplar aytib,
Imkon bera olasizmi, bevafoga........

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#qaytdi

Tuproqqa qilganim, osmondan qaytdi,
Suvlarga sochganim, havodan qaytdi,
Hech narsa qaytmaydi, demang do'stlarim,
Kutganimdan emas, beordan qaytdi.


Tor dunyo, keng koʻngil, aslidek qaytdi
Bir koʻp boʻlmaganday, bir kam ham emas,
Sochim oq, qaddim tik, bir onda qaytdi,
Qaytganini koʻrmasdan, hech bir jon oʻlmas....

Qaytar yaxshilari, qaytar yomoni,
Qaytar aytilgani, qaytar har yoni,
Sabri bor, qadri bor, burdi bor Gʻulom,
Qaddi egilmasdan, singanda qaytdi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2😁2
#inson

Bu inson zoti uchun qaramlik qabohat, erkinlik esa jaholat! Har ikkisiga ham koʻnmaydi, hom sut emgan banda. Birida imkonsizlik, ikkinchisida imkonini suisteʼmol qiladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#oyina

G'animatim G'ulom, hammamiz bir birimiz uchun oyinamiz, qay tomonga boqma, faqat o'zingni ko'rasan!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🕊2🔥1