™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#ishonch

Agar inson hech qachon hech kimga ishonmayman desa, bilingki, u qachonlardir kimgadir keragidan ortiq ishongan.

©️ Sergey Yesenin

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🥰1
#___

Rizo boʻlmam, shu kunlarning qon bandidan,
Hiyonatga burun suqqan, gul zaxridan,
Shodi borning, nomusi ham bor degandim,
Boshni egib, harob qildi, yo rab bugun....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🙏2👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1
#hislar

Kuch yengmagan G'ulomlarni, kuchsiz yengding,
Dardga bardosh bergan dilga afyun berding,
Qayg'u nima, alam nima bilmaydigan,
Metin qalbni, yorug' yuzni tamom qilding!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1👏1
#fikr

Kelishi bayram boʻlmagani kabi, ketishi ham fojia emas!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31👍1👏1
#Umr

Zamon tez, fursat oz, har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yo'li nadir? Qabr toshida
Ikki sana aro qisqa chiziqdir...


© Erkin Vohidov

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41
Bir qarasam, do'st-u yordan ko'nglim to'qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo'qday...


© Abdulla Oripov


™️ https://t.me/Taskinnn
5👍2🔥2🥰1😢1
#erta

Kecha tunda olamdan oʻtgan insonlarning bugun uchun koʻplab rejalari bor edi. Bizni ham ertangi kun uchun niyatlarimiz koʻp!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢21
#fikr

Oʻzingizni hech qachon oʻzgalar musibati hisobiga hursand qilmang, vaqti kelib sizni musibatingiz ham kimlarningdir hursandchiligiga sabab boʻlmasin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#tun

Kayfiyat tongdan emas tundan boshlanadi, qaysi fikr bilan uhlasangiz shu bilan uygʻonasiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31
#fikr

Sevgi bu - samimiylik va soxtalikni farqiga bormaslik, hurmat ham shunday.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#fikr

Yaxshi kunda xabar olmagan insondan hech ham hafa bo'lmang, unday vaqtda xabar olguvchi va qutlovchi insonlar safi keng, og'ir kunlarda esa aksi bo'ladi.

To'yda emas, ta'ziyada, sog'likda emas, hastalikda, yurganda emas, yiqilganda, kulganda emas, yig'lagan vaqtingda kelgan inson haqiqiy do'st.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Juda chuqur falsafiy mazmunga ega va jamiyatni achchiq tahlil qilgan animatsion multfilm!

Ko'rganlar fikr bildirishi va xulosa berishi mumkin!


™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#kayfiyat

Qulog‘imga shivirlar havo:
— Sotib olgin o‘zingga po‘stin.
Maosh asta kuylaydi navo:
— Havo uncha sovuqmas, do‘stim...


© Bobur Bobomurod

™️ https://t.me/Taskinnn
😁5🔥2
#yuz

Bir tanishimning iltimosiga hop dedim, faqat va'dani bajarish vaqti kelganda imkon qila olmay, telefonda yo'q javobini berdim, tanishim hop dedi va indamadi.

Ancha vaqtdan so'ng ko'rishib qoldik, ancha gaplarni aytdi, hafa ekanligini. Nega telefonda aytmadingiz degan savolimga shunday javob berdi:

- odamni yuziga aybi aytilsa uyaladi, yuz qizaradi, aybini his qiladi...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4
#____

Arslondan qolgani shoqol nafsiga,
Tulporning arpasi eshakka havas.
Bizning sarqitlarni surtib ko‘ziga,
Tag‘in gerdayarmish o‘sha zoti past...

Asli kalamushning ishi o‘g‘rilik,
Qarg‘a go‘ng ichiga mudom yo‘rg‘alar.
Yo Rabbim, bu qanday ekan ko‘rgilik,
Lochinga teng kelmoq bo‘lsa qarg‘alar...

Asli akkilashga yaralgan ko‘ppak,
Yaqin olma buni yurak qo‘riga.
Lekin alam qilar o‘shal ko‘rnamak
Laycha tenglashmoqchi bo‘lsa, bo‘riga...


©️ Vafo Mo‘min

™️ https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#namuna

Bir vaqtning o'zida ikki xil qiyofada va so'zda turish bu davrning "eng yaxshi" insonlariga xos jihat. Halol bo'ling, rost so'zlang, o'zingizga o'xshang bas, (ayni paytda yashayotgan) kimdandir namuna oladigan davrlardan o'tib ketdik...


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👍1
#uyqu

Agar koʻnglingda halovat boʻlmas ekan, koʻzingda hech ham uyqu boʻlmaydi. Garchi puling yetarli, qorning toʻq va usting but boʻlsa ham.

Yoshi ulugʻ insonlarning kam uyquligi ham balki shundandir, masʼuliyat yuki halovat bermas!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
3👎1🔥1💯1
#fikr

Shogirdlarning eng yaxshisi yuzingga birinchilardan boʻlib oyoq qoʻygani, unda deyarli na xavf va na mehr bor, eng yomoni esa oxirida oyoq qoʻygani, unga chidashing qiyin, jabri ogʻir boʻladi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😁4👍1👎1💯1
#davr

Ori bor, ori yoʻq, qiziq odamlar,
Halollik isrofi toshgan zamonlar,
Ko'zi bilan ko'ngli birga bo'lmagan,
Nafsi bilan surib, yurgan davronlar.

Aybi yo'q aybli, qoshi qarolar,
Ko'ngli kir, qalbi pok, ajib savdolar,
Maqsad ne, manzil ne, bilib bilmasdan,
Qadam qo'yib borar, zulmat tomonlar
.

(tugallanmagan.........)

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1👎1🕊1