™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#qarash

Ko'chadagi daydi itni yonidan aylanib o'tish undan qo'rqish emas, balki uning badbo'y hidi va infeksiyadan jirkanishdir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🥰1
#qoldiq

Halol luqmadan hech qachon harom qoldiq, harom luqmadan esa halol qoldiq chiqmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🥰1
19-noyabr - Xalqaro erkaklar kuni

Ayni paytda, ushbu kunning sohiblari ozayib, sohibalari ko'payib bormoqda. Daraja birida qat'iyat, or, g'urur, oila tayanchi, matonat va ikkinchisida nafosat, nomus, sadoqat va hayo timsoli bilan belgilanadi

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1
#saviya

Ko'pchilik havas qiladigan joyda o'tirib, kimligi va nima qilayotganini ham bilmaydiganlardan qilib qo'ymasin hech birimizni):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1👏1
#darkor

Nafs yo'lida yurmoq mushkul, chopmoq darkor,
Haromning eng tubigacha bormoq darkor,
Vafo, hayo, or-nomusni chetga surib,
Vijdon, uyat, andishani sotmoq darkor.

Yana darkor, yolg'on degan suvda suzmoq,
Hiyonatning ko'chasiga o'zni urmoq,
Begona mas, jigarlarni abgor qilib,
Darkor erur, g'ururlarni yerga urmoq.

To'g'ri bo'lmas bukrilarni go'rga tiqsa,
Xato qilgan qo'llariga urmoq darkor,
Bilib turib, shu g'urbatga oshno bo'lsa,
Yaratgandan faqat insof so'rmoq darkor....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
#____

Nodonga iltifot qilmoq ne kerak,
Johilni dilbar so'z hurkitar ayon.
Dumini tarasang tepadi eshak,
Boshini silasang nish urar chayon.

© Erkin Vohidov

™️ https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1🥰1
#baxt

Baxt bu 60 yoshga kirganda, og'aynilaringiz bilan choyxonaga borish uchun otangizdan ruhsat, onangizdan duo olib yo'lga chiqishingizdir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🥰1😢1
#jallod

Insonni joniga daxl qilgan jallod siymosi biz uchun qo'rqinchli. Lekin minglab insonlar ko'nglini behuzur, halovatini g'urbatga aylantiruvchi g'iybatchi va xasadgo'y insonlar hech kimning hayoliga kelmaydi va ularning zarari jalloddan ko'proq.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🥰1
#ishonch

Agar inson hech qachon hech kimga ishonmayman desa, bilingki, u qachonlardir kimgadir keragidan ortiq ishongan.

©️ Sergey Yesenin

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🥰1
#___

Rizo boʻlmam, shu kunlarning qon bandidan,
Hiyonatga burun suqqan, gul zaxridan,
Shodi borning, nomusi ham bor degandim,
Boshni egib, harob qildi, yo rab bugun....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🙏2👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1
#hislar

Kuch yengmagan G'ulomlarni, kuchsiz yengding,
Dardga bardosh bergan dilga afyun berding,
Qayg'u nima, alam nima bilmaydigan,
Metin qalbni, yorug' yuzni tamom qilding!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1👏1
#fikr

Kelishi bayram boʻlmagani kabi, ketishi ham fojia emas!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31👍1👏1
#Umr

Zamon tez, fursat oz, har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yo'li nadir? Qabr toshida
Ikki sana aro qisqa chiziqdir...


© Erkin Vohidov

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41
Bir qarasam, do'st-u yordan ko'nglim to'qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo'qday...


© Abdulla Oripov


™️ https://t.me/Taskinnn
5👍2🔥2🥰1😢1
#erta

Kecha tunda olamdan oʻtgan insonlarning bugun uchun koʻplab rejalari bor edi. Bizni ham ertangi kun uchun niyatlarimiz koʻp!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢21
#fikr

Oʻzingizni hech qachon oʻzgalar musibati hisobiga hursand qilmang, vaqti kelib sizni musibatingiz ham kimlarningdir hursandchiligiga sabab boʻlmasin!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#tun

Kayfiyat tongdan emas tundan boshlanadi, qaysi fikr bilan uhlasangiz shu bilan uygʻonasiz!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31
#fikr

Sevgi bu - samimiylik va soxtalikni farqiga bormaslik, hurmat ham shunday.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4
#fikr

Yaxshi kunda xabar olmagan insondan hech ham hafa bo'lmang, unday vaqtda xabar olguvchi va qutlovchi insonlar safi keng, og'ir kunlarda esa aksi bo'ladi.

To'yda emas, ta'ziyada, sog'likda emas, hastalikda, yurganda emas, yiqilganda, kulganda emas, yig'lagan vaqtingda kelgan inson haqiqiy do'st.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Juda chuqur falsafiy mazmunga ega va jamiyatni achchiq tahlil qilgan animatsion multfilm!

Ko'rganlar fikr bildirishi va xulosa berishi mumkin!


™️
https://t.me/Taskinnn
👍2