™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#shubha

Sizni hech kim yoqtirmasligiga va kimdir yoqtirishiga ham shubham bor...

Shubha, unga egalik qiluvchi insonni avvalo oʻzini yeb bitiradi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqat

Kimdirlar tark etar bizni xotirjam,
Kimdirlar keladi o'rniga yana.
Qo'limizda alanga olgan o'sha sham,
Qo'limizda tugab qoladi yana.

Ketganlar o'rnini oladi kimlar,
Ketganlar ketdida deymiz indamay.
Shunchaki har Kuni sanaymiz kunlar,
Yangi Kun kutamiz, buguni o'tmay.

Tubsizlik qariga otamiz o'zni,
Ba'zida yolg'izlik yo'ldoshdek bo'lar.
Ammo yo'llariga tikamiz ko'zni,
Uni bir yurak va o'zimiz bilar.

Balki ko'ngil uchun kerakmas boylik,
Balki shu dil uchun shartmas oltin-zar.
Shunchaki hayotda yashash chiroylik,
Yana kim nazdida qimmatga tushar.

Ko'ngillar qulflangan Sandiq misoli
Sirtida bayram-u ichida motam.
Ko'ngillar sevgi va mehr timsoli,
Yolg'izlik qarida yasholmas hech ham.

©️ 𝐉𝐀𝐇𝐎𝐍𝐆𝐈𝐑𝐒𝐇𝐎𝐇

™️
t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
👍3🔥3👏1
#qismat

Nuqta bilan tugamaydi baʼzan satrlar,
Nuqta qoʻya olmagaymiz taqdir hukmiga,
Mehr bermay, qadr topmay, oʻtsa umrlar,
Chidolmaymiz, kulolmaymiz, qismat jabriga...


Xotirada yashayapmiz, kechani oʻylab,
Na tunlarda halovat bor, na tongda kulgu,
Qadrsizga qaygʻuramiz, beʼorcha soʻylab,
Chiqolmagan choʻqqilaring, boʻldiku orzu.


Keldim, koʻrdim, ketdim deya oʻtdiku umr,
Iz qolmadi, qorda yurgan iliq kunlardan,
Shukr demay, mehr koʻrmay, toʻldiku sabr,
Baxt qolmadi, shod va sokin oʻshal tunlardan.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥6👍1👏1
#raqobat

G'ulom ko'p o'ylayverma, bilaman og'ir, lekin ahmoqlik uchun raqobat kuchayib ketdi, osongina aqilli bo'lib qo'yaqolaylik!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3👏1
#farq

Bo'sh hamyonning farzand qo'lida bo'lishi juda katta narsani o'zgartirmaydi, lekin uning ota qo'lida bo'lishi ancha achinarliroq!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥51👍1👏1
#muvaffaqiyat

Muvaffaqiyat va g'alabaning qadri uning qanchalik mashaqqat, qiyinchilik, sabr va sinov bilan qo'lga kiritilishiga ko'ra belgilanadi. Natijaga o'z kuchingiz bilan erishmagan bo'lsangiz u g'alaba emas, mag'lubiyatdan ham ancha quyiroq(pastroq)da turadi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2👏1
#____

Bir folbin arz aylab "taqdirman", deydi,
Bir xudbin ataylab "haqdirman", deydi.
Qashqirlar or qilib turar itlikdan,
Itdan tarqaganlar "qashqirman", deydi.

© Zuhrob Ziyo

™️ https://t.me/Taskinnn
👍5🔥2🥰1
#qarash

Ko'chadagi daydi itni yonidan aylanib o'tish undan qo'rqish emas, balki uning badbo'y hidi va infeksiyadan jirkanishdir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🥰1
#qoldiq

Halol luqmadan hech qachon harom qoldiq, harom luqmadan esa halol qoldiq chiqmaydi!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2🥰1
19-noyabr - Xalqaro erkaklar kuni

Ayni paytda, ushbu kunning sohiblari ozayib, sohibalari ko'payib bormoqda. Daraja birida qat'iyat, or, g'urur, oila tayanchi, matonat va ikkinchisida nafosat, nomus, sadoqat va hayo timsoli bilan belgilanadi

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1
#saviya

Ko'pchilik havas qiladigan joyda o'tirib, kimligi va nima qilayotganini ham bilmaydiganlardan qilib qo'ymasin hech birimizni):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🥰1👏1
#darkor

Nafs yo'lida yurmoq mushkul, chopmoq darkor,
Haromning eng tubigacha bormoq darkor,
Vafo, hayo, or-nomusni chetga surib,
Vijdon, uyat, andishani sotmoq darkor.

Yana darkor, yolg'on degan suvda suzmoq,
Hiyonatning ko'chasiga o'zni urmoq,
Begona mas, jigarlarni abgor qilib,
Darkor erur, g'ururlarni yerga urmoq.

To'g'ri bo'lmas bukrilarni go'rga tiqsa,
Xato qilgan qo'llariga urmoq darkor,
Bilib turib, shu g'urbatga oshno bo'lsa,
Yaratgandan faqat insof so'rmoq darkor....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🥰1
#____

Nodonga iltifot qilmoq ne kerak,
Johilni dilbar so'z hurkitar ayon.
Dumini tarasang tepadi eshak,
Boshini silasang nish urar chayon.

© Erkin Vohidov

™️ https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1🥰1
#baxt

Baxt bu 60 yoshga kirganda, og'aynilaringiz bilan choyxonaga borish uchun otangizdan ruhsat, onangizdan duo olib yo'lga chiqishingizdir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1🥰1😢1
#jallod

Insonni joniga daxl qilgan jallod siymosi biz uchun qo'rqinchli. Lekin minglab insonlar ko'nglini behuzur, halovatini g'urbatga aylantiruvchi g'iybatchi va xasadgo'y insonlar hech kimning hayoliga kelmaydi va ularning zarari jalloddan ko'proq.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1🥰1
#ishonch

Agar inson hech qachon hech kimga ishonmayman desa, bilingki, u qachonlardir kimgadir keragidan ortiq ishongan.

©️ Sergey Yesenin

™️
https://t.me/Taskinnn
👍6🥰1
#___

Rizo boʻlmam, shu kunlarning qon bandidan,
Hiyonatga burun suqqan, gul zaxridan,
Shodi borning, nomusi ham bor degandim,
Boshni egib, harob qildi, yo rab bugun....


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🙏2👏1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1
#hislar

Kuch yengmagan G'ulomlarni, kuchsiz yengding,
Dardga bardosh bergan dilga afyun berding,
Qayg'u nima, alam nima bilmaydigan,
Metin qalbni, yorug' yuzni tamom qilding!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😢2👍1👏1
#fikr

Kelishi bayram boʻlmagani kabi, ketishi ham fojia emas!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥31👍1👏1
#Umr

Zamon tez, fursat oz, har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yo'li nadir? Qabr toshida
Ikki sana aro qisqa chiziqdir...


© Erkin Vohidov

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥41