™️ TASKIN (T.R.A.)
167 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#Drabl
#Ota

2021-yil barcha uchun ogʻir keldi. Pandemiya - Covid 19. Boshqa boshqalar.

🏔 Boʻstonliq tumanida qurilish ishlaridan avgust oyida uyga qaytyapman, hamrohim Kosonsoylik bir amaki, Sadoqatgacha tashlab qoʻyadigan boʻldi.

Yoshlari oltmishlar atrofida, anchayin tetik edi, samimiy inson, yoʻl boʻyi suhbat qurdik, ota va ona oldidagi farzandlik burchi haqida soʻz ketdi, kim oldida? -ona oldida, keyinchi? ota.

👴 Amaki aytdi:
- oʻgʻlim yoshsan, hali oilali boʻlasan, katta hayotni koʻrasan, lekin unutma: "ona, ona doim seni kechiradi, har qanday aybingdan oʻtadi, shubhasiz sen ham uning duosi uchun harakat qilasan, lekin....lekin ota bir marotaba ranjiydi, uni qayta rozi qila olmaysan.

👨‍🦰Ota, umrini vaqti kelsa ming azoblar yoqasida, kerak boʻlsa jonini omonat qoʻyib farzandlari uchun, oilasi uchun kurashadi, hayotga qarshi, qismatning ogʻir sinovlariga qarshi, yoʻqchilikka qarshi...

📞 Telefonda chet elda roʻzgʻorim deb ishlab yurgan otang bilan suhbat qursang hammasi yaxshi deydi, aslida sovuq beton ustida, och, usti yupun, kimlarningdir eshigida qulay xizmatini qilayotgan boʻlsa ham, sen uchun, oila uchun zaxmat chekadi, qilgan ikki pullik mehnatingni minnat qilasan kuni kelsa, u-chi, u hech minnat qildimi, hech oʻylaganmisan, oʻzi uchun yashadimi otang? Hozir qayerda...?

- Biz kelayotgan joyda edi, ishda ):
* * *
Uzoqdan Sadoqat koʻrindi, patir bozori, men tushib qoldim, qaytib u amakini koʻrmadim, #taskinni ham......(!

Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
"Mo'min gunohini shunday ko'radi:
U huddi ustiga hozir tushib ketadigan tog' tagida o'tirgandaydir. Tog' tushadimi degan qo'rquvda bo'ladi.
Fojir esa gunohni burnining ustidan o'tgan pashshaday ko'radi".
Xulosa biz kimmiz? #taskin ber Allohim

@Taskinnn 📩
😱2
#Yakshanbâ

Tinimsiz harakatdamiz, insonmiz-ku, dam ham olish kerak, tana uchun, kuch yigʻish uchun, yangilanish uchun.

- yakshanba dam olish kuni, hammasini yigʻishtiring, bir haftada bir kungina dam olaylikda endi, rejalar qanday?
- balki dam olishdir, ishdan toʻxtarmiz, lekin rizqdan toʻxtamaymizku. Balki oxirgi kundir, ulguramizmi (!

Aytgancha:
- rejalar qanday...?

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
Lablarim bilan soʻzlarim orasiga bir pichoq sanchilgan-u, men har gapirganimda tilimni kesyapti...

Tikanxonimdan #taskin

@Taskinnn
#Bugun

Skunat, gʻurbat...
Qancha yashadik?
Bir kun.
Bir kun tugʻildik, bir kun oʻldik.
Har kuni bir kun qaytarildi, chidadik.
Kecha ham bugun edi, ertaga ham bugun boʻladi.
Hayot bizga faqat bugunni berdi.
Qara, sen uchun shu bir kun.
Bir kun(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
“Bir insonga boʻlgan muhabbatingizni, uning haqqiga qilgan gʻoyibona duolaringiz ila berursiz... ”

©Ubayda Ayyubiya

@Taskinnn
Chiroqchi tamonlarda

Oʻktam Aliyev
Baʼzan qumsaysan, hech kimga ayta olmaysan, lekin koʻngilning bir chetida u yashaydi(!

@Taskinnn
#Drabl
#Muammo

Assalomu alaykum va rahmatullohi barokatuh

Hayot juda chigal, juda beqaror, insonni u toʻlqindan bu toʻlqinga uradi, gʻurbat, tashvish, bosh muammolardan chiqmaydi.

- har kuni bir gʻalva, boshim qotdi, qachon bu tashvishlar tugaydiya, qoʻlim ishga ham bormayapti, oyogʻimni yurgisi ham kelmaydi. Nega menga shuncha sinov, qaysi aybim uchun, qachon halovat topaman.....

- muammoying koʻp haqiqatda, sening qotgan boshing kimdadir toʻkis emas, ishga bormagan qoʻling kimdadir yoʻq, oyoqlari haqiqiy boʻlishini orzu qilganlarichi...

Aytgancha, shuni sinov deya olasanmi?

Ularning iymoni balki sendan mustahkamdur!

Halovat, #taskin topdingmi endi!

Ramziddin Tursunov

@Taskinnn
#Drabl
#Taskin

🔘 Shukr, sabr, qanoat...

👆Unga ishon, oʻzidan oʻzgaga muhtoj qilmaydi!

❗️Lekin unutib qoʻyma, hatto qarindoshing yoki yaqiningni oldiga ham quruq bormaysan. Ular shunchaki sen kabi banda(!

Fikr qil(!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍2
Begim
Hilola Hamidova
🎙Hilola Hamidova
🎵Begim

@Taskinnn
#Facebook
#Umid_qizidan

Mehr-muhabbat berganlarning yuzlariga ularni tanib olish uchungina qarashingizni o'zi yetarli!

Bu dunyoda sizga mehr va muhabbat berganlardan chiroyliroq insonni qayerdan topa olasiz, axir.

@Taskinnn
#Amallar_Kitobi

Har bir inson yozuvchi:
Qalami qismat, daftari esa taqdir
Hayot yo'li, izlari bilan toʻlib boradi
Kuz hazonlari rangi uradi
Kimdadur sahifalar ko'p,kimdadur oz....
Kitob toʻlgan kuni ,qatra ummonga qoʻshiladi(!
Rizq bilan(....!

@Taskinnn
#Facebook
#Qoqonjonim_guruhidan

Йигит тўйи куни хашаматли машиналарда мискинлар тўла кўчалардан ўтди. Юргани сари сабри тўлиб борарди. Тўйхонага кириб нозу неъматларни кўрдию, бояги мискинлар хаққини кўргандек бўлди..
Ортичқа ўйлаб ўтирмай, шартта тўй бўлмаслигини эълон қилди.. Дастурхондаги хамма нарсани халталарга солиб, келинни олиб ортга қайтди. Тўйга аталган пулларни қўшиб мискинларга бўлиб берди...
Мен постни таржима қилаётиб йигитни қайси мамлакатдан эканини билолмадим, лекин уни хақиқий МЎЪМИН эканини билдим...

Ҳикматилла Хотамов (С).

@Taskinnn