™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#avlod

Bundan 40 yil avval koʻcha boshida pista sotib oʻtirgan qariyaning nevaralari ham ancha ulgʻayib qolishibdi, bobo kasbini davom ettirishyapti bugun):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#meʼyor

Safarga chiqqan Gʻulomning aqli va axloqi uyda qolgan, tili esa ancha oldinga oʻtib ketgan, bu ikkisidan oyoqlarning xabari yoʻq, yurishda davom etmoqda...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#savol

Mujumal va mavhum tarzda bergan savolingizga hech qachon aniq javob kutmang!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#safar

Qadamlarim ogʻir-ogʻir,
Ish hayotdan oʻzni burdim,
Manzil uzoq, uydan olis,
Nukus tomon yoʻlga chiqdim,

Orol hokin hidlash uchun,
Qabrini jim tinglash uchun,
Qardoshlarni yoʻqlash uchun,
Nukus tomon yoʻlga chiqdim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#bekat

Gʻulomning qismatiga bitilgani bekatdagi yoʻlovchi kabi, har tong avtobusga chiqadi, his-hayajon, umid va ishonch bilan manzilgacha hamroh bor, kun yakunlandi, albatta yangi kun keladi, yangi avtobus, yangi hayajon....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2
#soʻz

Soʻzda kuch, soʻzda sadoqat va soʻzda tuygʻu qolmadi. Soʻzga vafosizlik odat boʻlsa, uni hayajonsiz va yuzaki aytish beorlik sanalmay qoldi.

Nogiron soʻz va zaif nomus bilan boshlagan yoʻlimizda bizga harom nafs va beburdlik hamroh boʻladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2
#ishonch

Ishonch - bu bir martalik ishlatiladigan, lekin narxi va qadrini oʻlchab boʻlmas darajada boʻlgan qimmatli narsadir!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3👏2🔥1
#fikr

Toʻqlik uhlatadi, ochlik - uygʻotadi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2💯2🔥1
#qoida

Yoʻl qoidasi shunday, yoki tezroq yur, yoki ortdagilarning yurishiga toʻsiq boʻlma.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥21
#ong

Taraqqiyot uchun ham, tanazzul uchun ham barcha imkoniyatlar mavjud (1%), ko'z tegmasin. Faqat shuni anglay olsak bas (99%)!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#tarbiya

G'ulomning ikki farzandi bor, biri qiz, biri o'g'il. O'g'lini yomon qizlarning hiylasiga tushmasligi va ularni aldash usullari, qizini esa yigitlarga aldanib qolmasligi va kuchli hiylani o'rganishi uchun qattiq tarbiyalamoqda.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#bolta

Chuqur ildiziga urilib bolta,
Bahaybat daraxtlar yiqilar oni,
Der ekan borliqqa dod solgan holda:
Sopi oʻzimizdan chiqqan haromi!


© Vafo Moʻmin

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#vaqt

Vaqt o'tgan sari yolg'onning qiymati ortiq boraveradi, huddi yaraning gazak olishi kabi
):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#ziqna

U shundayin maydakash va g'alcha inson ediki, hatto o'g'irlik, hiyonat va g'iybatni ham mayda-mayda, oz-ozdan qilardi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
QISMAT

Qismatni nariroq surib bo‘lmaydi,
Bilmaysan yo‘lingni qay vaqt to‘sishin.
Ko‘z bilan hech qachon ko‘rib bo‘lmaydi,
Daraxt va tirnoqning qanday o‘sishin.

Nafrat ham ulg‘ayar sekin, qatma-qat,
Ezgu hislaringga bermay qo‘yar erk.
Bolam, sen uni ham etgin nazorat,
Daraxt va tirnoqni qaychilagandek.


©️ Abdulla Oripov

™️ https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1
#libos

Uzoq vaqt yashirilgan sirlar ochilgan vaqtda insonlar kiyimsiz qolganga oʻxshaydi, uyati bor inson hijolat boʻladi, beburd insonga esa ahamiyati yoʻq!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥2
#asar

"Bir kuni oʻtkinchilardan biri uning oromini buzishga jurʼat etdi.

- nimalar qilib yuribsiz, polkovnik?
- oʻtiribman, jasadim solingan tobutni yonimdan olib oʻtishlarini kutyapman"


© Gabriel Garsia Markes "Yolgʻizlikning yuz yili"

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥1
#Keyinchi

🏆Maqsadni katta qoʻydingiz, butun umringizni unga bagʼishladingiz, har narsadan uni ustun koʻrdingiz, baʼzan vaqtdan, baʼzan doʻstlardan, baʼzan oiladan, baʼzan.... uni ustun qoʻydingiz va siz eng yuqori marralarni zabt etdingiz, hamma sizni eng kuchli ekanligingizni tan oldi👏

⭕️ Keyinchi, kimga foyda, nimaga erishdingiz, insonlarga qanday yaxshilik va hayr qoldi sizdan?

🔘 Qarorning toʻgʻri yoki xatoligini bilish uchun umrni tikish shart emas, shunchaki maqsad va hohishga qul boʻlib qolmang!

® Ramziddin Abdikhalil

@Taskinnn
👍3🔥3
#doʻst

- doʻsting xato yoʻlda, uni qaytar, nimani kutyapsan?
- soʻnggi daqiqalarni, uni yiqilishini kutyapman, oxirida yordam beraman
albatta...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2
#shubha

Sizni hech kim yoqtirmasligiga va kimdir yoqtirishiga ham shubham bor...

Shubha, unga egalik qiluvchi insonni avvalo oʻzini yeb bitiradi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqat

Kimdirlar tark etar bizni xotirjam,
Kimdirlar keladi o'rniga yana.
Qo'limizda alanga olgan o'sha sham,
Qo'limizda tugab qoladi yana.

Ketganlar o'rnini oladi kimlar,
Ketganlar ketdida deymiz indamay.
Shunchaki har Kuni sanaymiz kunlar,
Yangi Kun kutamiz, buguni o'tmay.

Tubsizlik qariga otamiz o'zni,
Ba'zida yolg'izlik yo'ldoshdek bo'lar.
Ammo yo'llariga tikamiz ko'zni,
Uni bir yurak va o'zimiz bilar.

Balki ko'ngil uchun kerakmas boylik,
Balki shu dil uchun shartmas oltin-zar.
Shunchaki hayotda yashash chiroylik,
Yana kim nazdida qimmatga tushar.

Ko'ngillar qulflangan Sandiq misoli
Sirtida bayram-u ichida motam.
Ko'ngillar sevgi va mehr timsoli,
Yolg'izlik qarida yasholmas hech ham.

©️ 𝐉𝐀𝐇𝐎𝐍𝐆𝐈𝐑𝐒𝐇𝐎𝐇

™️
t.me/Maxsutaliyev_Jahongir
👍3🔥3👏1