™️ TASKIN (T.R.A.)
166 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#sukut

Ilmi ortayotgani sari inson biror fikrni boshqalarga yetkazishda kamroq gapirishni boshlaydi, baʼzan gapirmaydi ham.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1
#sabab

Oilaning buzilishiga 99% sabab bu ayolning uy ishlarini vaqtida qilmasligi, eriga e'tiborsizligi, ozgina shirin so'z emasligi va 1% sabab erining hiyonatkorligi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Facebook
#Kõrdik

Yiqilgan kurashga toʻymas deydilar,
Yilqilmay kurashga toʻyganni koʻrdik.
Rizq emas, bil taqdir deya bariga,
Qismatga tavakkal qoʻyganni koʻrdik...

©️ Ramziddin Tursunov

Yiqilmay kurashga toʻyganki gʻolib,
Asli magʻlub, gʻalaba qilganin koʻrdik.
Taqdir deya, taskin deya bariga,
Koʻnikkan koʻngilning koʻnganin koʻrdik.

©️ Shaxboz Ubaydullayev

Sabrla kurashib borib mardona,
Manzilin izlabon topganni ko'rdik.
Topibla shukr deb sajdaga nogoh,
Boshini pinhona qo'yganni ko'rdik!

©️ Dostonbek Sobirov

Nagahon kichik bir murg'ak jussada ,
Dunyoni yukuni ortganni ko'rdik.
Patdek yengil g'amni ko'tarolmasdan,
Zaminla cho'kallab qolganin ko'rdik.

©️ Zoxidjon Komilxojayev

Zaminga choʻkkalab yiqilgan gʻarib,
Koʻnglida hatto gard yoʻqligin koʻrdik.
Hayrlisi uchun, hech un chiqarmay,
Eshiklarni yopib, ketganin koʻrdik...]:

® Ramziddin Tursunov

Ko'rdik yiqilganin hatto mardlarni,
Ko'tarolmay qalbi ulkan dardlarni,
Zabt etib mayuslik murg'ak qalbini,
Dardlarga shukrlar qilganni ko'rdik...

© Dostonbek Sobirov

Qodir ekanliging uchun dard bergan,
Asli dard, quvonchdir, Allohdan nazar.
Qorning uchun emas, qadring uchun oʻl,
Haybatli togʻlarning singanin koʻrdik...]:

® Ramziddin Tursunov

T.me/Taskinnn
👍4🔥2
#safar

Yig'lash bilan boshlangan safarimiz yana yig'lash bilan yakunlanadi, faqat avval biz yig'laymiz, yakunda boshqalar.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#iqtibos

Turmush hayoti ikki narsaga bog'liqdir: To'g'ri inson tanlashga va to'g'ri inson bo'lishga.

© Hadicha Kubro Tongar


™️ https://t.me/Taskinnn
👍2
Bebaxt qargʻish:

Seni topgan hursand bo'lmasin,
Seni yo'qotgan xafa bo'lmasin!


™️
https://t.me/Taskinnn
#hazil

Koʻp hollarda taqdir seni ustingdan qattiq hazillashayotganga oʻxshaydi, lekin afsus, bu hazillarga kula olmaysan):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
#ehson

Shirin soʻz va tabassum ham ehson, unga muhtojlar har qachongidan ham koʻproq topiladi!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#qadam

Qay manzilga boʻlsa ham, halol insonning qadami choʻl-u biyobonni obod qiladi, haromni hush koʻrgan insonning qadami esa gulzorni sahro qiladi. Manzil koʻngil boʻlsa ham):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥4👍1
#niyat

G'ulom yaxshi niyatda o'girlikka tushgan edi, qo'lga tushdi, ishi hech o'xshamadi, lekin niyati yaxshi edi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#soxtalik

Rasmga olayotgan suratchi: kulib turing ozgina, rasmga olib olay, esdalik uchun):

📌 Ma'lumot uchun: suratdagi inson birinchi o‘zbek fotografi - Xudoybergan Devonov


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
#hayajon

Matnning eng hayajonli qismi nuqtadan keyinda boʻladi, yozilmaydigan qismida)

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#orzu

Gʻulom dinozavrlar davriga borishni, muhitni yaqindan oʻz koʻzlari bilan koʻrishni juda hohlardi, niyatiga yetdi, oʻsha davrga qaytdi va 2 daqiqaga bormay yirqichning oʻljasiga aylandi):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#qiyofa

Aktyorlarni har safar har xil inson qiyofasi va harakterida koʻrsak hech ham ajablanmaymiz, atrofdagi insonlarda esa buning aksi.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#sinov

- bir yaqin doʻstim bor, lekin uni sinashdan qoʻrqaman.
- nega?
- agar sinovdan o'ta olmasa, uni yoʻqotib qo'yishim mumkin!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍5
#avlod

Bundan 40 yil avval koʻcha boshida pista sotib oʻtirgan qariyaning nevaralari ham ancha ulgʻayib qolishibdi, bobo kasbini davom ettirishyapti bugun):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#meʼyor

Safarga chiqqan Gʻulomning aqli va axloqi uyda qolgan, tili esa ancha oldinga oʻtib ketgan, bu ikkisidan oyoqlarning xabari yoʻq, yurishda davom etmoqda...

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#savol

Mujumal va mavhum tarzda bergan savolingizga hech qachon aniq javob kutmang!

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#safar

Qadamlarim ogʻir-ogʻir,
Ish hayotdan oʻzni burdim,
Manzil uzoq, uydan olis,
Nukus tomon yoʻlga chiqdim,

Orol hokin hidlash uchun,
Qabrini jim tinglash uchun,
Qardoshlarni yoʻqlash uchun,
Nukus tomon yoʻlga chiqdim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#bekat

Gʻulomning qismatiga bitilgani bekatdagi yoʻlovchi kabi, har tong avtobusga chiqadi, his-hayajon, umid va ishonch bilan manzilgacha hamroh bor, kun yakunlandi, albatta yangi kun keladi, yangi avtobus, yangi hayajon....

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2
#soʻz

Soʻzda kuch, soʻzda sadoqat va soʻzda tuygʻu qolmadi. Soʻzga vafosizlik odat boʻlsa, uni hayajonsiz va yuzaki aytish beorlik sanalmay qoldi.

Nogiron soʻz va zaif nomus bilan boshlagan yoʻlimizda bizga harom nafs va beburdlik hamroh boʻladi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2