™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#qarash

Bugungi kun qarashi bilan aytganda, yaxshi inson - bu hali yomonlik qilishga ulgurmagan va yomon inson - bu koʻplab yaxshiliklar ortida bir martta xato qilgan insondir):

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2
#qiyos

Agar oʻz qismatingni tilanchi bilan qiyoslab, hotirjam boʻlar ekansan, albatta bir kun uning oʻrnida boʻlasan.

Maqsadni yuqori va kibrni pastroqda olib yurish hayrliroq!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#tugallanmagan

Baʼzi eshiklarni atay ochmaymiz,
Mavhum moziylardan sado berguvchi,
Har lahza yurakka zarbalar berib,
Har on koʻnglimizni ado qilguvchi.

Hammaning yashirin bu maskanida,
Kimlarning eng jirkanch illati yotar,
Hech kimga aytmagan, ichda saqlagan,
Kimningdir quyoshi chiqmayin botar...


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#kayfiyat_uchun

Baxtiyor oila xotinining xohlaganini qiladigan erkakdan va o'zining xohlaganini qiladigan ayoldan tashkil topadi.

© Petra Altenburg

™️ https://t.me/Taskinnn
#Alhamdulillah

Allohga behisob shukurlar boʻlsin, yana bir yosh, yana bir nafas, yanada ogʻirroq masʼuliyat, yigirma beshinchi kuz tongiga qadam qoʻyish ham nasib qildi.

Oʻtgan yillarning har bir kuni hikmat, fitrat va hayr bilan oʻtdi. Ota-onam, ustozlarim va qadrdonlarimning ishonchi va maslahatlari bilan sinovlarda qoqiltirmay, yaxshi insonlar bilan yoʻllarimni bir qilgan qismatdan cheksiz minnatdorman. Har kunimiz va uchragan har bir insondan rizqimiz qadar tajriba va ilm oldik, oz boʻlsada shu ilmimizni yaxshilikka ishlatish nasib qilsin.

Har qachon va har yerda toʻgʻri yoʻldan hech birimizni yaratganni oʻzi adashtirmasin, umrimizga, ilmimizga va rizqimizga Alloh baraka bersin!
🎉7👍4🔥32
#rizq

Harom bilan rohatda hayot kechirayotgan insonga havas qilmang, jonni berish ham oson emas unday kimsa uchun!

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1
#yoqimsiz

Eng yoqimsiz kimsa bu beor va gʻurursiz insondir, undan yana ham jirkanchroq ishlarni ham kutsa boʻladi.

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Hayr

Ota-onangizdan yashirgan har bir qatra dardingiz uchun ming hayr va ajrlar boʻlsin.

Afsus, ular koʻp hollarda bizni bu mukofotdan mahrum qilishadi.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1
#ijro

Yaxshi va muloyim tarzda aytilgan topshiriqni yaxshi qabul qilamiz, lekin kamdan kam holda ijro qilamiz, yoki butkul bajarmaymiz, qoʻpollik va gʻazab bilan aytilgan topshiriq esa hech qachon bizga yoqmagan, lekin har doim oʻz vaqtida bajarib kelingan):

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥1👏1💯1
#farzand

Vaʼdaga vafo qilmaslik va badnafsligini avlodlariga meʼros qilib qoldirishni hohlamagan otaning farzandi, har tong bexabarlik va begʻuborlik bilan otamdek boʻlaman deb duo qilar edi.

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#qilmish

Hech kim sezmaydi deb qilgan qilmishingiz, qizib turgan cho'g'ni yutish bilan barobar, yetib borgan joyiga qadar kuydiradi va u hech ham o'chmaydi):

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍4🔥1👏1💘1
#ilm

Te'ran fikr va yuksak idrok bilan yashash, badnafs va badfel insonlar safida juda mushkul. Aksi ham huddi shunday!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
2👍2👏1
#aksiya

"Piyodalarga yo'l bering!" shiori ostida o'tkazilgan aksiyada 10 dan ortiq haydovchilar jabrlanishdi, piyodalar belgilanmagan joydan o'tganligi uchun):


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2
#qiyos

Har qadam, har nafas, nar lahza va har qatra - rizq va umr!

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1
#salom

Salom bermaslik jinoyat emas, huddi alik olish majburiyat boʻlmagani kabi. Faqat goʻzal xulq, samimiy odob va yuksak tarbiya bor!

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍31
#rizq

Harakating va mehnating bilan erishgan natijang emas, balki harakatingni o'zi ham rizq!


Rizq emas degan tushuncha yo'q, shu so'zni aytish ham rizq aslida.


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21
#kun

Kunning birinchi yarmini kechgi kun va unda yuz bergan voqealar, aytilgan va aytilmagan gaplarni eslash, ikkinchi yarmini esa ertangi kun rejalarini tuzish bilan o'tkazdik. Bugunni ham yashaylik...

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21
#ishonch

Ishonmagan insonlaringni ishonch doirasida sen ham bo'lmaysan. Vaholangki, kimdir sen uchun shunchaki variant bo'lgani kabi, sen ham kim uchundir shu o'rindasan):

Ko'zguda aks - ibrat!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍31
#tenglik

Eshak bilan teng bo'lmoq uchun hangrashni o'zi kifoya qilmaydi, eshakday fikrlash ham lozim.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#koʻngil

Koʻngillar ham borgan sari karvonsaroyga oʻxshab bormoqda, kimningdir boʻshab qolgan oʻrniga albatta qaysidir boshqa kimsa keladi, shafar va beburdlik bilan.

Mezbon uchun yangi umid, mehmon uchun esa soʻnggi ilinj):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2😢2
#qadah

- bugun juda siqilib ketdim, ichmasam boʼlmaydi
- yaxshi ish emas, bu fikrdan qayt!
- boʻlmaydi, baribir ichaman
- kim bilan ichasan?
- kecha ichishni tashlagan doʻstim bor, oʻsha bilan):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
😁5👍1