™️ TASKIN (T.R.A.)
162 subscribers
1.65K photos
82 videos
8 files
1.24K links
Alloh hayrli, hikmatli va halovatlisini bersin!

Ramziddin Abdixalil o'g'lining 19-dekabr, 2021-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy rakursi

®️Muallif: @Tursunov_Ramziddin
Download Telegram
#borlik

Hayotda o'z o'rniga ega bo'lmaslik havoda muallaq turib qolishga o'shaydi, na yerga va na osmonga tegishli.

Ishga ketayotib oyoq kiyim uchun choʻtkani qidirib qolasiz, hatto uning ham oʻz oʻrni va kimgadur keragi bor.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥2❤‍🔥1
#suhbat

- oʻz aksidan qoʻrqadigan hayvonlar bilan yashash ogʻir a, nima deysiz?
- haqorat qilmang!


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
1👍1
#G'ulom

G'ulomning qismati og'ir va mavhum, na yaxshilik va na yomonlikni eplay oladi. Kimsa uning sirini bilmagani kabi, u ham o'zganing sirdoshi emas. Nafs quli, noshud, xudbin, lekin beburd emas.

Yana uning qalamiga siyoh qondan va dastasi nafratdan bitilgan):


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#qadr

Oʻlishga haqqi yoʻq, yashashga haddi,
Suvsiz choʻlga chiqqan, devona choʻpon.
Har yolgʻon soʻz uchun, egilar qaddi,
Yerga tomon choʻkar, yashash dargumon.

Haddini bilmagan nokas kimsaga,
Beorlik ne edi, beburdlik nedir.
Rizqini nafs bilan qoʻshgan kosaga,
Halollik nedirki, haromlik nedir....


Men edim dardiga darmon topmagan,
Tunda zulmat izlab, tonglarga ketgan,
Hammaga hayr deb, eshik yopmagan,
Halovat topguncha, boshiga yetgan.


® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2💯21👍1
#ishonch

Svitafor (texnika) ni yashil chirog'iga ishonib, piyodalar yo'lidan o'tayotgan inson, telefonda gaplashib kelayotgan haydovchi(ongli mavjudot) tomonidan urib ketildi. Buning nomi ishonch
):

® Ramziddin Abdikhalil

™️
https://t.me/Taskinnn
👎2😢2👍1
#Malham

Og'ir dardga har doim ham dori darmon bo'lavermaydi, ba'zan ikki og'iz shirin so'z, bir oz e'tibor va mehr, har qanay malhamdan afzal.

Qalbida hidoyat bor insonning malhami esa doimo o'zi bilan!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#niyat

Yosh bolaga aytar so'zimizda niyat bor: katta bo'lsang zo'r inson bo'lasan bolam.

Keksa inson bilan esa: g'animatsiz):


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥2👍1
#inson

Chin inson bo'lish uchun quruq savlat va qiyofadan foydalanib yuraverish kamlik qiladi, uning qadri va hurmatini ta'minlash, unga berilgan mas'uliyatni ham oqlash lozim.

Tananing qadri ruhda, u xato qilsa, yuz qizaraveradi.

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
🔥21👍1🤝1
Forwarded from ™️ TASKIN (T.R.A.)
#Qismat

Moziy, 10 xonali uy, har birining oʻz sohibi va oʻz qulfi bor. Uydan chiqar ekan har qaysisi xonasini berkitib ketadi. Yillar oʻtdi, faqat bir kishi qoldi, qolgani bu yorugʻ olamni tark etishdi, adashib boshqa xonaga kalit soldi, xona ochildi, oʻz xonasi bilan bir xil, zarrasiga qadar, qolgan xonalarga qarab shoshildi, hammasini ochib koʻrdi, bir xil, ikki tomchi suvdek, hammasi.....

Nahot shuncha yil bir oʻzi yashagan boʻlsa, nahot aks.

® Ramziddin Abdikhalil

™️
@Taskinnn
👍4😢2
#yangi_kasb

Diqqatni jamlay olmaslik borasida katta yutuqqa erishgan Gʻulom, endi ishga halal berish boʻyicha oʻquv kursida ishtirok etish istagida.

Lekin, shuncha oʻqigandan koʻra ikki martta amalga oshirib koʻrsa, osonroq oʻrganadi):


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suhbat

❗️Davr muammosi. Qaysidir inson masalasida boʻlmagan mavzuda qancha suhbatlasha olamiz?

Qayta oʻqing!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👀3👍1
#inson

Faqatgina oʻziga yaqin kimsalarga ozor beruvchi mahluqot ham, mavjudot ham inson!

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#hukm

Toʻgʻri turib egri soʻzlagandan, egri turib toʻgʻri soʻzlagan maʼqulroq.

Har ikki holatda ham niqobsiz boʻlmoq hayrli!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍1
#baxt

Kulamiz dunyoning turfa ishiga,
Jallodga baxt bergan, qurbonga havas.
Kulfat tushmasin deb farzand boshiga,
Otaga dard bergan, onaga qafas...


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
😢3🔥2👍1💯1
#fikr

Ba'zan aqilli insonlardan bema'ni qarorlar chiqqani kabi, ahmoq insonlardan ham aqilli fikrlarni eshitib qolasiz!

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍21🔥1
#sinov

Baʼzan muvaffaqiyat seni kuchli ekanliging sababli emas, balki atrofdagilarning zaifligi natijasida yuzaga keladi.

Ayni kunlarda esa atiga ozgina oʻzingga boʻlgan hurmat tufayli jamiyatning eng odobli insoni boʻlishing mumkin):


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#qarash

Bugungi kun qarashi bilan aytganda, yaxshi inson - bu hali yomonlik qilishga ulgurmagan va yomon inson - bu koʻplab yaxshiliklar ortida bir martta xato qilgan insondir):

® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2🔥2
#qiyos

Agar oʻz qismatingni tilanchi bilan qiyoslab, hotirjam boʻlar ekansan, albatta bir kun uning oʻrnida boʻlasan.

Maqsadni yuqori va kibrni pastroqda olib yurish hayrliroq!


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍3🔥1
#tugallanmagan

Baʼzi eshiklarni atay ochmaymiz,
Mavhum moziylardan sado berguvchi,
Har lahza yurakka zarbalar berib,
Har on koʻnglimizni ado qilguvchi.

Hammaning yashirin bu maskanida,
Kimlarning eng jirkanch illati yotar,
Hech kimga aytmagan, ichda saqlagan,
Kimningdir quyoshi chiqmayin botar...


® Ramziddin Abdikhalil | (®️©️)

™️
https://t.me/Taskinnn
👍2
#kayfiyat_uchun

Baxtiyor oila xotinining xohlaganini qiladigan erkakdan va o'zining xohlaganini qiladigan ayoldan tashkil topadi.

© Petra Altenburg

™️ https://t.me/Taskinnn
#Alhamdulillah

Allohga behisob shukurlar boʻlsin, yana bir yosh, yana bir nafas, yanada ogʻirroq masʼuliyat, yigirma beshinchi kuz tongiga qadam qoʻyish ham nasib qildi.

Oʻtgan yillarning har bir kuni hikmat, fitrat va hayr bilan oʻtdi. Ota-onam, ustozlarim va qadrdonlarimning ishonchi va maslahatlari bilan sinovlarda qoqiltirmay, yaxshi insonlar bilan yoʻllarimni bir qilgan qismatdan cheksiz minnatdorman. Har kunimiz va uchragan har bir insondan rizqimiz qadar tajriba va ilm oldik, oz boʻlsada shu ilmimizni yaxshilikka ishlatish nasib qilsin.

Har qachon va har yerda toʻgʻri yoʻldan hech birimizni yaratganni oʻzi adashtirmasin, umrimizga, ilmimizga va rizqimizga Alloh baraka bersin!
🎉7👍4🔥32