Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Кўзёшларим гиламни нам қилганини кейинроқ сездим ва илк бор ўзимга юзландим. Ахир мен кўзёш тўкиб ерни ҳўл қиладиганлардан эдимми? Гарчи бу нафсим билан илк курашим бўлмаса-да, охиргиси ҳам бўлмаса керак. Шу онда польшалик бир қўмондоннинг “Энг буюк жанг…
– Гапларинг менга куч бағишлади, Алия. Ҳар тарафда мусулмонлар зулм чекаётган экан, биз қиладиган иш Аллоҳ ва Расули йўлида ғайрат қилиш, илм ўрганиш, қалбларни фатҳ этишдир.

Олдинда жаҳаннамдек хатар бор ва “борми яна” дея ҳайқирмоқда. Бутун бошли авлод эса ўша олов сари чопиб кетмоқда. Бизнинг вазифамиз ўша дўстларимизни хатардан халос этишдир. Ана шу иш бизнинг энг буюк хизматимиз бўлади.

"Менинг исмим Сано"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12😢8
– Болам, инсонлар зулм қилса ҳам, тақдир адолат қилади. Тавба ва истиғфор дарвозаси одам ўлгунча очиқдир.

Аллоҳ тавбаларни қабул қилгувчи ва кечиргувчидир. Пешонангга битилган тақдир қаерга борсанг ҳам сени топади.

"Андалус фотиҳлари"

Yumshoq muqova, 219 sahifa, 35ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍194🔥1
Ishqni topgan nimani axtaradi?
Ishqni yo'qotgan nimani topadi...

"Muhabbat anatomiyasi"

Audio parcha

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍174
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
@audiokitob_ulashamiz – Istig'forning 40 xosiyati.mp3
''Istig‘forning 40 xosiyati. Salovatlar''

1. Аллоҳга итоатгўй банда истиғфор айтади;
2. Истиғфор айтган банда пайғамбарлар, солиҳлар йўлидан юради;
3. Истиғфор айтган одам имон ҳаловатига эришади;
4. Истиғфор бандани гуноҳлардан поклайди;
5. Истиғфор айтган одамнинг гуноҳлари савобли ишларга алмаштирилади;
6. Истиғфор айтган одамга неъматлар кўпайтириб берилади;
7. Истиғфор банданинг мартабасини кўтаради;
8. Бахт-саодат, тинчлик-хотиржамлик олиб келади;
9. Истиғфор туфайли одамлар ҳам, жамият ҳам бузуқликлардан покланади;
10. Истиғфор ёмғир ёғишига сабаб бўлади;
11. Мол-дунёга барака киритади;
12. Истиғфор айтган инсон фарзанд неъмати билан сийланади;
13. Деҳқончилик, чорвачиликдаги унумдорлик ҳам истиғфор айтиш билан узвий боғлиқ;
14. Истиғфор айтувчи жаҳаннамдан нажот топади;
15. Истиғфор банданинг жаннатга киришига сабаб бўлади;
16........

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
16👍10
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
– Болам, инсонлар зулм қилса ҳам, тақдир адолат қилади. Тавба ва истиғфор дарвозаси одам ўлгунча очиқдир. Аллоҳ тавбаларни қабул қилгувчи ва кечиргувчидир. Пешонангга битилган тақдир қаерга борсанг ҳам сени топади. "Андалус фотиҳлари" Yumshoq muqova…
– Агар бирор мушкул иш пайдо бўлса, дарров менга хабар бер. Биз ҳар доим сенинг ёнингда ва ортингдамиз. Елканг­ни давлатга суя, кучни адолатдан ол. Мазлумларни ҳимоя қил, золимларга имкон берма.

Олимлар ва қўмондонлар билан маслаҳатлашмасдан бир ўзинг қарор қабул қилма. Халқнинг дардини тингла, доим улар орасида бўл.

Яҳё сувга ботиб, судралиб, дарёга тушган жойнинг ан­ча пастидан қирғоққа чиқди. Ўрнидан тура олмайдиган даражада ҳолдан тойганди. Аскарлар унинг ўзига кели­шини ҳам кутмасдан ўлдиришди.

Абдураҳмон сузиб, қийинчилик билан нариги қирғоққа чиққан, воқеаларни даҳшат ичида кузатиб турарди. Қайғуга тушганида қўли билан кўзини бекитиб, бор кучи билан бақирди:
– Ўн уч ёшли боладан нима истайсизлар? Ғаддорлар!
Шу пайтгача қилган қатлиомларинг етмадими? Ҳам­мангизнинг кўзингиз қонга тўлибди. Сизларни азиз ва абадий бўлган Аллоҳга ҳавола қиламан.

Ғарб тупроғида, Русафенинг қоқ ўртасида Хурмолар ўлкасидан анча олисда бир хурмо дарахти кўринди бунда.

Унга дедим:
“Сен ҳам ғарибсан мендек,
Фарзанду оиланг – баридан айро,
Узоқ вақтдан буён ҳазин ҳолинг-ла
Менга ўхшайдурсан, ўхшарсан, э-воҳ.

"Андалус фотиҳлари"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢9👍42
«Mеn hamma do‘stlarimni, masalan,
mеni tushungan, agar kimdir mеni hozir ko‘rayotgan bo‘lsa, ya’ni... aytmoqchiman, hamma o‘tkinchi bu dunyoda.

Hammaning umri Yaratganga bog‘liq, ertaga bormizmi, yo‘qmizmi? Bizning hayotimiz, bizning umrimiz o‘zimizga bog‘liq emas, qanchaligi, qancha yashashimiz. Bu Yaratganning ishi.

Bizning ishimiz, bu yoqdagi ishimiz... mana shu bеsaranjom dunyoning ichida yashab, o‘zimizning kim ekanligimizni, shaxsiyatimizni, iymonimizni, vijdonimizni buzmasdan yashash.

Endi judayam oddiy qilib aytganda, to‘g‘ri yashash, vassalom».

Rauf Parfi: «Hukmnoma»

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
15👍9
Bilasizki, Alloh taolo Ilohiy amriga qaramay, Odam alayhissalomga sajda qilmagan Iblisga so’z haqqi bergan va uning sajda qilmagani sababini yaxshi bilgani holda: “Ey Iblis, seni sajdadan to’sgan narsa nima?” deb so’ragandi. Endi sizdan so’rayman, iymon keltirganingiz Alloh shaytonga ham so’z haqqi bergan ekan, siz menga so’z haqqi bermaysizmi?!

“TUTQUN”

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinBooks ☔️
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍21🔥4
​Bu dunyodagi eng og'ir ish – o'zingni tergash. Sud qilib, hukm chiqarish – o'zgalarni sud qilishdan ko'ra ming karra qiyinroq.
Agar o'zingni to'g'ri sud qila bilsang, demak, chindan ham donishmand odam boʻlib chiqasan.

''Kichkina shaxzoda'' asarini o‘qiganmisiz?

Ekzyuperining yana boshqa asarini o‘qishni istarmidingiz?

Fikrlaringizni Commentda kutamiz😌

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍22🤩5
Aytiladiki, “Orzu qilgan maqsadingga tortgan mashaqqating miqdoricha yetasan”. Demak, ilmga qiyinchiliksiz erishib bo’lmaydi. Qiyinchilik qancha ko’p bo’lsa, natija ham shuncha lazzatli bo’ladi. Zero, kimki bir narsani muntazam qilsa, albatta, unga ergashadi. Kim eshikni muntazam taqillatsa, albatta, eshik ochiladi.

“Talabaning odoblari”

Muqova: yumshoq, 18ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍24🤩3
Xolid ibn al-Valid roziyallohu anhuning shaxsi haqida ko‘plab turli xil va qarama-qarshi mulohazalar mavjud. Toki pokistonlik tadqiqotchi, tarixchi general-leytenant Ali Ibrohim Akramning asari chop etilmaguncha, uning qanday shaxs bo‘lgani haqida aniq bir batafsil tushunchaga ega bo‘lish imkonsiz edi. Nihoyat ushbu kitob ana shu tarqoq fikrlarning maʼlum nuqtada birlashib, aniq xulosa qilishga, qatʼiyatli, mard va yengilmas qo‘mondonning Islom dinini yoyishdagi xizmatlarini munosib baholashga yordam beradi. Asosiysi, mutolaa davomida Xolid ibn al-Valid shaxsiga berilgan

• Payg‘ambarimizning (s.a.v) zamondoshi;
• Umar ibn al-Hattobning bolalikdagi do‘sti;
• Iroq va Suriyani fors va rimliklar ustidan fath qilgan qo‘mondon;
• Umar ibn al-Hattob tomonidan chetlatilgan sobiq qo‘mondon;
• Sayfulloh – Allohning qilichi
kabi taʼriflarning qanchalik asosli ekaniga ishonch hosil qilamiz.

Qattiq muqova, 70ming so‘m
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
16👍7🤩4🎉2
#TaskinNews

Hayotda o‘z yo‘lidan yuruvchi har kim qahramondir...

''Tungi parvoz''

Ekzyuperidan yangi asar taqdimoti🥳

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩13👍75🔥2
Muruvvat
Oila muvaffaqiyatga erishishi uchun er va xotin oʻrtasida muruvvat boʻlishi lozim. Ikkovlari ham turmush oʻrtoqlari farishta emasligini anglab yetishlari kerak. Boshqacha aytganda hamma ham xato qilishi mumkin. Asosiysi xato qilgan odam kechirim soʻrashga kuch topsin, narigi taraf esa vaziyatni tushunib, kechirsin va yangitdan unga ishonch bogʻlasin.

"Oila—saodat maskani" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍15🎉8
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Muruvvat Oila muvaffaqiyatga erishishi uchun er va xotin oʻrtasida muruvvat boʻlishi lozim. Ikkovlari ham turmush oʻrtoqlari farishta emasligini anglab yetishlari kerak. Boshqacha aytganda hamma ham xato qilishi mumkin. Asosiysi xato qilgan odam kechirim soʻrashga…
Er yoki ayoli oldin qilmagan yaxshi bir ishga qoʻl urgan yoki sherigi uchun muhim ishni amalga oshirgan boʻlsa, uni chiroyli soʻzlar va maqtovlar bilan olqishlashi kerak. Bu eʼtibor oiladagi muhabbatni ziyoda qilishi turgan gap.

"Oila—saodat maskani" kitobidan

Yumshoq muqova, 32ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13🤩4😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tabarruj (تبرج) so’zi lug’atda “ko’rinish”, “ko’tarilish” degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa “ayol kishining erkaklarga ziynatini namoyon etishi”dir. Bu so’z faqat ayollar uchun ishlatiladi va Alloh taolo ularni bundan qaytargan… 🖋Shayx Ali Tantoviy…
Али Тантовийнинг "Ислом динига умумий таъриф" деб номланган китобининг ўзига хос жиҳат шуки, у содда тилда ёзилган бўлиб, исломий ҳақиқатлар турли мантиқий асослар ҳамда ҳаётий мисоллар орқали очиб берилган. Унда Аллоҳ таолонинг бирлиги, сифатлари, охират, қайта тирилиш, ҳисоб, жаннат ва дўзах, пайғамбарлар ва самовий китобларга иймон келтириш каби муҳим мавзулар ёритилган.


Qattiq muqova, 336 sahifa, 46ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍14🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Iqro" (Boshlang‘ich arab tili, 1-kitob)

Ushbu kitobda arab alifbosidan boshlang‘ich saboqlar hamda muhim fonetik qoidalar bayon qilinadi.

Har bir dars zamonaviy uslubda yoritiladi, rasmlar va mashqlar yordamida mustahkamlab boriladi.

O‘quvchi kitobda bir qancha o‘ziga xos jihatlarni topadi. Ular: harflar maxrajining taʼrifi va ularning hosil bo‘lish o‘rni. Bunda o‘quvchi harflarni oson va to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi.

Yumshoq muqova, 95 sahifa, 34ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩9👍3
• "Boshqalarning nomusiga ko'z tikuvchining o'z nomusini asramoqqa imkoni bo'lmas"

• Islomga ro'baro kelishi mumkin bo'lgan xatarlarning eng yomoni, dinning faqat masjiddan iborat bo'lib qolishidir.

• Alloh biror qalbni hayosini tortib olganchalik jazolamagan.

📚 "Ey qizim" - Shayx Ali Tantoviy.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16😢114
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🎉76
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bilasizki, Alloh taolo Ilohiy amriga qaramay, Odam alayhissalomga sajda qilmagan Iblisga so’z haqqi bergan va uning sajda qilmagani sababini yaxshi bilgani holda: “Ey Iblis, seni sajdadan to’sgan narsa nima?” deb so’ragandi. Endi sizdan so’rayman, iymon keltirganingiz…
Qulligimizning bir qanoti sevgi bo‘sa, ikkinchi qanoti esa qo‘rquvdir.

Buyuk Par­var­digorimiz: “Bu oyatlarni Biz tushirdik va bularni ochiqlash, bularni izohlash Bizga oid­dir”, deb marhamat qiladi. Haqiqatan ham, Qurʼo­ni Karimdagi bir qancha oyat Qurʼon­ning turli joylarida boshqa oyatlar bilan ochiq­lanadi, boshqa oyatlar bilan izohlanadi. Oʻzi­ni oʻzi ochiqlagan, oʻzini oʻzi tafsir etgan mufassal bir Kitobdir Qurʼoni Karim. Oyatlar­ni ochiqlash haqqini avvalo Qurʼonga bermas­dan, bu haqni oʻzlarida koʻradiganlar, albatta, ke­lisholmaydilar, albatta, ixtilofga tushadilar.

– Shu qo‘limdagi choy stakanning ichida. Stakan bu xonaning ichida. Xona uyning ichida, uy dunyoning ichida, dunyo koinotning ichida, shundaymi? Koinot nimaning ichida?

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢9👍32
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
#TaskinNews Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Oisha onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqlari haqida so‘rashganida:
“U zotning xulqlari Qur’on edi. Qur’on rozi bo‘lgan ishdan rozi, Qur’on norozi bo‘lgan ishdan norozi bo‘lar edilar”,- deb javob berganlar.

Insonga vojib bo‘ladigan narsalarning birinchisi go‘zal axloq bilan xulqlanmoqlikdir.
Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Qiyomat kunida mo‘minning (amallar) me’zonida chiroyli xulqdan ko‘ra og‘irroq amal yo‘qdir”,- dedilar.

Qur'ondagi chang qalb sahrosidan keladi...

Qurʼon tinglaganda maʼnosini tushunmay turib, koʻzga yosh kelishi baxt boʻlganidek, maʼnosini tushunib turib, yigʻlamaslik ham fojeadir.

Qurʼonni yod olmay turib, amalda tatbiq qilish baxt boʻlganidek, uni yod olib, amalda tatbiq qilmaslik ham xorlikdir.

“Qurʼon amal qilinish uchun nozil boʻlgan. Odamlar esa uni qiroat qilishni amal, deb bilyaptilar”.

Qattiq muqova, 240 sahifa, 47ming,
Buyurtma
uchun
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢21👍8