Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
-Birovning nuqsonini gapirishdan o‘zingizni tiying, bundan nima foyda? Shuni bilingki, bu bilan uning aybi kamayib qolmaydi, ammo sizning aybingiz ko‘payadi. Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz. Hisob qiluvchi Zot hisob qilib oladi, siz hech kimni hisob qilmang, xulosa chiqarmang, ustidan hukm o‘qimang. Siz odamlarning ustidan qozi emassiz. Kimni g‘iybat qilsangiz, o‘z savoblaringiz bilan uni bahramand qilib, yelkasidagi gunohlariga sazovor bo‘lasiz.

Erkak uchun dunyo — uy, ayol uchun uy — dunyo. Erkakning qismati jabr, ayolning qismati sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib-baxt...

"Ey qizim" kitobidan

Yumshoq muqova, 160 sahifa, 23ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13🎉85
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
-Birovning nuqsonini gapirishdan o‘zingizni tiying, bundan nima foyda? Shuni bilingki, bu bilan uning aybi kamayib qolmaydi, ammo sizning aybingiz ko‘payadi. Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz. Hisob qiluvchi Zot hisob qilib oladi, siz hech…
Alloh uchun qalbini bir-biriga bog‘lagan insonlar abadiy baxt lazzatiga muyassardir, muqaddimasi bu dunyoda, davomlisi oxiratdadir.

Kunlik baxtni ortidan quvib abadiy baxtni unutib qo‘ymoqdamiz, ko‘zimiz zino botqog‘iga botib undan chiqish uchun chora izlamaydigan holga keldi, erkin huquq berilgan zamonda biz erkinlikni shayton shaniga sarf qilmoqdamiz..
Essiz deyman ko‘cha ko‘yda ko‘rganlarimga...
Insonmiz deymizu ammo irodamiz, qurbimiz aqalli bitta kitobni o‘qishga yetmaydi..
Xulosa o‘zingizdan...

Ey qizim kitobini endilikda Farg‘ona +998907762799 _ Qo‘qon +998911432540 dan xarid qilishingiz mumkin.

Online buyurtma @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍173🤩3
Isrof naqadar yomon odat. Eng yomoni esa ishqni isrof qilish, aziz do‘st. Sevgidan oqilona foydalanish va eng oxirida uning asl vatani ya'ni Yaratganning huzuriga borish kerak.

Qachon ruhingni egallagan "butlar"ni Ibrohim kabi sindirasan?
Qachon ruhingning qorong‘u quduqlaridan Yusuf kabi ko‘tarilasan?
Qachon Shams kabi yonasan ishqning otashida?
Qachon Mavlono kabi qaytasan olam sayohatidan?
Qachon ruhingni asir olgan cho‘ntak dardidan qutulasan?
Qachon hirslaring soyasi bo‘lib yashashni to‘xtatasan?
Qachon bu hayotni abadiy deb hisoblashni to‘xtatasan?
Qachon karyera qurish uchun fido qilgan qalbingga qaytasan?
Qachon Rabbingni taniysan?
Qachon nima uchun yaratilganingni eslaysan?
Va qachon yuzingni Unga burib, samimiy bir banda bo‘lasan?
Va qachon Uning eshigida bir ISHQPARAST bo‘lasan?

Ishqparast _ Adem O‘zbey

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥15👍7😢31
Namozga muhabbat uyg‘otuvchi kitob!

Namoz dinning ustuni. Islom binosi besh ustun: iymon, namoz, ro‘za, zakot va haj ustiga barpo qilingan. Ana shu besh ustundan biri namozdir.

Ma'lumki, ro‘za, zakot va haj ibodatlari Madinai munavvarada (ya'ni Yerda) farz bo‘lgan. Ammo namoz ibodat me'rojda (yettinchi osmondan yuqorida) farz bo‘lgan.

Siz ushbu kitobdan namozning naqadar muhim farz ibodat ekanligini va sahobalarning namozga muhabbatini bilib olasiz.

Qattiq muqova, 176 sahifa, 30ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍14😢8
Sahroda porlagan nur

Arab diyorlari asosan sahroda joylashgan. Ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlarini sahrodan nur taralishiga qiyoslaydilar.

U zot alayhissalomning bolalik damlari har qanday musulmon kishini befarq qoldirmasligi aniq.

Mazkur kitob orqali siz habibimizning bolaliklari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz, insha Alloh.

Yumshoq muqova, 191 sahifa, 28ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍105
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Isrof naqadar yomon odat. Eng yomoni esa ishqni isrof qilish, aziz do‘st. Sevgidan oqilona foydalanish va eng oxirida uning asl vatani ya'ni Yaratganning huzuriga borish kerak. Qachon ruhingni egallagan "butlar"ni Ibrohim kabi sindirasan? Qachon ruhingning…
O‘git berma, o‘rnak bo‘l. O‘gitlar bir quloqdan kirib boshqasidan chiqib ketadi. O‘rnaklar esa yurakka joylashadi va o‘sha yerda qolgusi...

Hech kimga qolmaydigan dunyoda sevishdan bo’lak nima qilsang ham bari boshqalarga qoladi.

Qalbingdan qo‘llanma sifatida foydalanib unga ergashadigan bo‘lsang, seni Allohga olib borganini ko‘rasan.

''Ishqparast'' kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10🔥3😢1
📖Allohga muhabbat
🎙Mohidil Fozilov@
Banda tavba qilganida Alloh uning tavbasining rostligini sinash uchun, oʻsha gunohiga borish yoʻllarini oson qilib qoʻyadi...

''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9😢8👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabarruj (تبرج) so’zi lug’atda “ko’rinish”, “ko’tarilish” degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa “ayol kishining erkaklarga ziynatini namoyon etishi”dir. Bu so’z faqat ayollar uchun ishlatiladi va Alloh taolo ularni bundan qaytargan…

🖋Shayx Ali Tantoviy _ ''Ey qizim'' kitobidan

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! ❄️
13👍6🤩4🔥1
#TaskinNews

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩146🎉2👍1
#TaskinNews

Insoniyat negadir Alloh yaratgan mikrobdan, chayon-u ilonlardan qo‘rqadi-yu, ularni yaratgan Zotga isyon qiladi. Rahmon bo‘lgan Parvardigoriga taqvo qilish, boshqa barcha qo‘rquvlardan qalbni xalos etadi. Allohga haqiqiy iymon keltirmagan kishi Uni sevolmaydi.

Birinchi marta gunoh qilganingizda, bu shaytondir. Keyin yana gunoh qilishga odatlanganingizda esa bu – o'zingiz!

📚 "Qalbimdasan Allohim" kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍249😢4
#TaskinNews

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍181
Hiro..

Tafakkur nurlaridan ayro asrlar ichra yangragan birgina “Iqro” kalimasi ila butun olamlarni yoritgan g’or!
Butun bashariyat hayotini g’aflatdan rahmatga aylantirgan g'or!
Boqiy muhabbat izhor qilingan ufqqa tutash makon!
Haq ishqiga payvasta ko’ngilning so’nmas sevgisi!
Yordan kelar xabarlarga nigoron ko’zlar!
Inson manglayida porlagan sharaf!
Asri saodatning sadosi va sadoqati!

Aeroportga borganimda yo'lovchilar allaqachon samolyotga chiqib bo'lgan, balki uchish arafasida edi. Holimni Allohga yig'lab shikoyat qilardim. Qancha kutgandim axir!? Ihsan amaki qo'ng'iroq qilmagani uchun umidimni butkul uzib, nasib qilmagan ekan-da, deya aeroport namozxonasiga otlandim. Ibodatni tugatgach, qo'llarimni duoga ochdim: meni qabul et, Rabbim. Diydoringdan mahrum etma, deb kaftlarimni yuzimga surdim hamki, Ihsan amaki qo'ng'iroq qilib qoldi...

📖 "Yo nasib..." kitobidan

Yumshoq muqova, 32ming, 238 sahifa
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍252
Менимча, ҳаётда ҳар бир кишининг ўз ҳикояси бор.
Тинч жойда ўтириб, шошилмайгина айтиб берадиган, айтаётиб ҳатто баъзи ўринларида ўзи ҳам ҳайрон қоладиган ҳикоя. Инсоннинг ортида қолдирганлари қанчалик катта ва қадрли бўлса, топгану эришганлари ҳам шунчалик улкан ва қийматли бўлади.

"Менинг исмим Сано"

Yumshoq muqova, 205 sahifa, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11🔥10
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13
Isrof naqadar yomon odat. Eng yomoni esa ishqni isrof qilish, aziz do‘st. Sevgidan oqilona foydalanish va eng oxirida uning asl vatani ya'ni Yaratganning huzuriga borish kerak.

Qachon ruhingni egallagan "butlar"ni Ibrohim kabi sindirasan?
Qachon ruhingning qorong‘u quduqlaridan Yusuf kabi ko‘tarilasan?
Qachon Shams kabi yonasan ishqning otashida?
Qachon Mavlono kabi qaytasan olam sayohatidan?
Qachon ruhingni asir olgan cho‘ntak dardidan qutulasan?
Qachon hirslaring soyasi bo‘lib yashashni to‘xtatasan?
Qachon bu hayotni abadiy deb hisoblashni to‘xtatasan?
Qachon karyera qurish uchun fido qilgan qalbingga qaytasan?
Qachon Rabbingni taniysan?
Qachon nima uchun yaratilganingni eslaysan?
Va qachon yuzingni Unga burib, samimiy bir banda bo‘lasan?
Va qachon Uning eshigida bir ISHQPARAST bo‘lasan?

Ishqparast _ Adem O‘zbey

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍161
Agar bola
Tinimsiz tanqid qilinsa, qoralash va ayblashni o'rganadi.
Nuqul mazax qilinib, yerga urilgan bo'lsa tortinchoqlikni o'rganadi.
Maqtov eshitib, yaxshi ko'rilgan bola taqdirlashni o'rganadi.
Oilada do'stlik va mehr-muhabbat ko'rgan bo'lsa, bu dunyoda baxtli bo'lishni o'rganadi.
Xushmuomalalik va shirinso'zlilik bilan ulg'aytirilgan bo'lsa, sabrli bo'lishni o'rganadi.

''Darslar oramizni buzolmaydi''

Yumshoq muqova,190 sahifa, 32ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍97🤩2😢1
Қачон тўямиз?
@umarhalil
Yetishmovchilik nima? Rizq va imkoniyatlarimiz nisbiymi?

''Iymon va huzun'' kitobidan audio iqtibos

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11🤩3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Менимча, ҳаётда ҳар бир кишининг ўз ҳикояси бор. Тинч жойда ўтириб, шошилмайгина айтиб берадиган, айтаётиб ҳатто баъзи ўринларида ўзи ҳам ҳайрон қоладиган ҳикоя. Инсоннинг ортида қолдирганлари қанчалик катта ва қадрли бўлса, топгану эришганлари ҳам шунчалик…
Кўзёшларим гиламни нам қилганини кейинроқ сездим ва илк бор ўзимга юзландим. Ахир мен кўзёш тўкиб ерни ҳўл қиладиганлардан эдимми? Гарчи бу нафсим билан илк курашим бўлмаса-да, охиргиси ҳам бўлмаса керак.

Шу онда польшалик бир қўмондоннинг “Энг буюк жанг кўзёшлар тўкилиб ғалаба қилинганидир” деган сўзлари ёдимга тушди.
Мен ҳам жанг майдонидаман, нафсим билан курашмоқдаман ва қўлимда биргина қуролим бор: кўзёшларим...

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13