Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
   ...– Toʻgʻri, oʻzimizni dunyoviy havaslarga berib qoʻyyapmiz. Bir chaqaga arzimas masalalarga umrimizni  fido qilyapmiz. Holbuki, qiladigan yaxshiliklarimiz oxiratimiz ozigʻidir. Faqatgina bu dunyoda yeb-ichishni oʻylab, narigi dunyoni unutamiz. 
    – Yeb-ichish deganingizga esimga tushdi, yana bir 
boʻlak tort yeysizmi, yanga?☺️
    – Tort yemayman, choy ichaman😊

Murosayu madora

Buyurtma berish @TaskinKitob
29ming, yumshoq muqova


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍21🤩74😢2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sevganingizdek sevilasiz. "Muhabbat anatomiyasi" qalbimizda hayot quvonchini sevgi asosida muvozanatlash san'atini tasvirlaydi. Mashhur turk adibi Muhammad Bozdag' jamiki Olam Sevigisi insoniyatga xizmat qilishini yana bir karra o'z qarashlari asosida isbotlab…
Aziz kitobga oshnolar endilikda kitob buyurtma qilsangiz hadya sifatida kitob qo’shib beriladi. Hadya kitoblar to’rt xil bo’lib, ulardan birini tanlab olishingiz mumkin.

#TaskinNews _ “Ey qizim” kitobi tez orada qo’lingizda bo’ladi.

Taskin bag‘ishlovchi kitoblarga buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🎉12👍93🤩3
Borligi ham yoʻqligi ham ogʻir imtihondir!
Bola tarbiyasi: Uydagi omonatlarimizdan ortib ozmi koʻpmi bu maydonda kimgadir zarracha foydamiz tegsa maqsadimizga yetgan boʻlamiz.
BOLA - bizning soyamiz
Egri daraxtning toʻgʻri soyasi boʻlmaydi, deganlar...
Agar qiyshiq boʻlsak, soya ham qiyshiq
Toʻgʻri boʻlsak u ham toʻgʻri.
Alloh bizni va "soya" larimizni toʻgʻrilardan qilsin!
"Bolam uchun" ana shu yo'lda sizga yordamchilardan boʻlsin!

Pedagog, tarjimon Noila Holmuhammad dan Bolam uchun kitobi...

Buyurtma berish @TaskinKitob
yumshoq muqova, 25ming

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11🤩6😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Синиб, йиқилиб ётган бут ва санамларини кўрган қавм "Иброҳим деган бир йигит илоҳларимизга қарши ҳар хил гапларни айтаётган эди, балки у қилгандир!?" дея у кишини топиб келиб, "Буларни сен синдирдингми!?" деб сўроққа тутишди. Иброҳим алайҳиссалом эса "Йўқ…
Sizlar namoz o’qimaysizlarmi?

🥺 - …Tahorat qildim, shunga hali qo’lim ho’l. Mana bu ayoldan qiblani so’rasam, bilmas ekan, siz aytib yuboring, -dedi.
- Tahorat? U nima degani? Nima u, qibla? Tushunmadim, -dedi qizcha.
- Sizlar namoz o’qimaysizlarmi?
- Namoz deysizmi? Ilgari chollar o’qigan, eskicha narsani aytyapsizmi?

Muqaddas azob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢40👍19
Garchi tuygʻu toʻla qadahdir yoshlik,
Biz uni har ne deb sipqorsak boʻlmas.
Qalamning ishimas har na beboshlik –
Qoʻlimizda – qurol, oʻyinchoq emas.

Kel, doʻstim, havoga sochma fursatni,
Xiyonat qilmaylik Soʻzga, ijodga.
Bir qizcha nazarga ilmagan xatni
Koʻtarib kirmaylik Adabiyotga.

B. Fazliddin

Kanalga kitoblar kam joylanayotganiga atab yozilgan she'r ekan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍122
​​​​Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin bo‘lganda, butun dunyoning yorug‘ bo‘lishiga kifoya qilgan bo‘lardi.

''Ular mening g'oyalarimni o'g'irlaganlari meni qiziqtirmaydi. Menga ularning o'z g'oyalari yo'qligi qiziq''

Nikola Tesla _ Men anglagan haqiqatlar

Yumshoq muqova, 143 sahifa, 39ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!
👍19🔥3
Audio
Селфимания - ўзини ҳаддан зиёд яхши кўриш касаллигининг ижтимоий тармоқларда акс этиши. Ўзини намоён қилавериш орқали одамларни назарига тушиш, уларга танилиб олиш истагининг ижтимоий тармоқларда зоҳир бўлиши селфиманиядир. Бу қалб касаллиги бўлган риё ва ужбнинг очиқ кўринишидир.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍23🤩2
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!
👍16
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sizlar namoz o’qimaysizlarmi? 🥺 - …Tahorat qildim, shunga hali qo’lim ho’l. Mana bu ayoldan qiblani so’rasam, bilmas ekan, siz aytib yuboring, -dedi. - Tahorat? U nima degani? Nima u, qibla? Tushunmadim, -dedi qizcha. - Sizlar namoz o’qimaysizlarmi? -…
-Gaplarimni yaxshilab eshitib ol. Bu dunyoda Allohni yaxshi ko'radiganlar juda ko'p. Lekin sen ularning "Alloh" deyishlariga ishonma. Unaqalar doim ikkiyuzlamachi bo'ladi. Diniy amallarning orasiga biror dunyoviy manfaat kirib qolsa, ishlar mutlaqo o'zgarib ketadi.

Chaqmoq gapga qo'shildi:

- Men bir mutaassibdan eshitdim, ayollarning boshi ochiq yurishi qiyomatdan darak ekan deydi, bu qanaqasi og'a?

Sakkizoyoq kulib, Chaqmoqqa qaradi.

- Allohning Qur'onida ayollar boshi ochiq holda begona erkaklarga ko'rinmasligi kerakligi to'g'risida oyat bor, yengi kalta, oyog'i ochiq ko'chaga chiqib bo'lmaydi, deyilgan. Bu mutaassibning emas, Allohning amri. Mana shuni teskari tushunish esa mutaassiblik bo'ladi. Musulmonlar buni ham tushunishmaydi, g'ofillar. Hojining qizi, mullaning nabirasi bo'lgan qancha odamlarni bilaman, qizi-yu nabirasi, hatto xotini ham ko'chalarda boshi ochiq, yengi kalta ko'ylakda, shim kiyib yuradi, mahramsiz sayohatlar qiladi, bu yoqda ota-buvasi esa masjidda zikr bilan band. Xullas, musulmonchiligimiz juda soxta bo'lib ketgan. Ortiqcha gapirmaylik. Yagona nasihatim shu - peshonasiga yozilgan qismatiga rozi bo'lsin, boshiga tushganini ko'rsin, harom-halol deb ajratishga urinmasin, bularning hammasi bekorchi gaplar! Alloh tuyg'usi yuraklardan o'chib ketganiga ancha bo'ldi, faqatgina tillarda qoldi. Bularni vaqti kelib, tushunib olasan, keyin baribir Sakkizoyoq amakingning fikriga qo'shilasan. Hali kichkinasan, shuning uchun har qancha aqlli bo'lsang ham, o'zingni qiynama.

Muso bu gaplarni jon qulog'i bilan tingladi, lekin ko'p narsa tushunmadi. Bular Allohga qarshi shekilli. Lekin "Alloh yo'q" degan bilan U Zot yo'q bo'lib qolmaydi-ku?





Muso boy bo'lish nimaligini bilmas edi, buni ham otasidan so'radi.

- Xohlagan narsasini sotib oladigan, kambag'allik nimaligini bilmaydigan, puli ham, moli ham juda ko'p bo'lgan odamlar boy deyiladi, - degan javobni olgach, so'radi:

- Bizda boylar ko'pmi? Unda nega masjidning oldiga shuncha ko'p faqirlar to'plangan? Nega ularni kiyintirishmaydi, qornini to'ydirishmaydi? Shuncha pulni nima qiladi boylar?

Vali tog'a kulib yubordi, lekin bolaning bunday mantiq bilan fikrlashiga hayron qolib, Musoni maqtab qo'ydi.

Vali tog'a gapni shu yerda to'xtatdi. Faqatgina xazinasini to'ldiradigan, nafsi uchun katta pul sarflaydigan, atrofidagilarga qaramaydigan, och qo'shnisiga bir luqma non bermaydigan odam har qancha boy bo'lsa ham, aslida faqirlardan ham battar faqir ekanini aytmadi. Bu gaplarni Muso gapirmadi.



- Siz Allohga ishonmaysizmi, siz musulmon emasmisiz, ota?

Vali tog'a bolaga hayrat bilan qaradi:

- Musulmonlikka musulmonman, lekin Allohning amrlarini to'liq bajara olmayapman-da. Lekin Alloh kechirguvchi, meni ham kechirsa kerak.

Muso otasining bu gaplaridan ham hech qanday ma'no chiqara olmadi. Otasi Allohning buyruqlarini bajarmas ekan-da, yana keyin Undan kechirim so'rar ekan! "Axir bunday bo'lishi mumkin emas-ku!" Bola shunday deb lablarini burishtirdi. Muso yangrayotgan azonni shirin entikish bilan tinglab, kichkina yuragi orziqib ketdi. (Azon tugagach, otasiga qaradi:)

"Muqaddas Azob" Raif Jilasun

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
😢18👍102
Nafsing gapirishni xohlaganida, uni sukuting bilan tarbiyala.

Oʻlim — ayrimlar bayram, baʼzilar uchun esa toʻy emish. Va shuni angladimki, koʻnglida Ishqi boʻlmaganlar oʻlimdan qoʻrqarmish.

Oʻlimni oʻzi bilan omonatdek koʻtarib yurgan kishiga oʻlim gʻam keltirmaydi.

Buyurtma berish @TaskinKitob
Yumshoq muqova, 299 sahifa, 47ming


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍25
Nafs insonni halokatga yetaklovchi tuygʻulardandir. Ulamolar nafsni jilovlashga alohida eʼtibor beradilar. Alloh taolo paygʻambarlariga yuklagan muhim vazifalardan biri nafsni poklashdan iborat boʻlgan.

Muhammad Zohid Qutquning “Nafs nimadir” kitobida nafsga qul boʻlmaslik uchun muhim tavsiyalar keltirilgan. Bu asar Siz va yaqinlaringiz uchun muhim manbalar qatoridan joy oladi, insha Alloh.

Robbimiz “Fajr” surasida marhamat qiladi: “Ey xotirjam nafs! Robbingga sen Undan, U sendan rozi boʻlgan holda qayt! Bas, bandalarim ichiga kirgin! Va jannatimga kirgin!” degan...

''Nafs nimadir'' kitobidan.

Qattiq muqova, 336sahifa, 52ming
Buyurtma uchun
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11😢7🎉3
Allohga bogʻlab turgan rishtalar uzilishi bilan hamma narsa uzilib ketadi. Bu rishta qanday qilib uziladi demaslik kerak, chunki nimadir noziklashsa, uni muhofaza qilish mushkullashadi, keyin esa rishtalar uziladi. Mana shunaqa.

Shuning uchun ham gunohlarimning kichikligiga aldanib qolmasligim kerak, chunki bu binoni, katta saroyni va ulkan olamni ham bittagina gugurt donasi yoqib, kulini koʻkka sovurishi mumkin.
Oʻt ketgan oʻrmonlarni bir tasavvur etib koʻrgin-a, kichik uchqunlar qanday ulkan alangalarga aylangan...

''Xayrlisi'' Onur Qoplon

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!
👍11🤩73😢1
Jamiyatning munofiq fuzalolaridan koʻrgan musibati, qattol jinoyatchilaridan koʻrgan koʻrgiliklaridan alamliroq boʻladi.

Shayx Muhammad Gʻazoliy, “Muslimlar xulqi” kitobidan

Qattiq muqova, 403 sahifa, 53ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢10👍5
Audio
Toshni teshgan tomchilar

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari dadil odim!
👍12
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Синиб, йиқилиб ётган бут ва санамларини кўрган қавм "Иброҳим деган бир йигит илоҳларимизга қарши ҳар хил гапларни айтаётган эди, балки у қилгандир!?" дея у кишини топиб келиб, "Буларни сен синдирдингми!?" деб сўроққа тутишди. Иброҳим алайҳиссалом эса "Йўқ…
-Birovning nuqsonini gapirishdan o‘zingizni tiying, bundan nima foyda? Shuni bilingki, bu bilan uning aybi kamayib qolmaydi, ammo sizning aybingiz ko‘payadi. Biz bu dunyoga odamlarga baho bergani kelmaganmiz. Hisob qiluvchi Zot hisob qilib oladi, siz hech kimni hisob qilmang, xulosa chiqarmang, ustidan hukm o‘qimang. Siz odamlarning ustidan qozi emassiz. Kimni g‘iybat qilsangiz, o‘z savoblaringiz bilan uni bahramand qilib, yelkasidagi gunohlariga sazovor bo‘lasiz.

"Ey qizim" 📖

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14👍8🎉2