“Vatan bu - biz” deydigan odamlar xavfli. Undaylar istagan odamni xoinga chiqara oladilar.
“Agar vatanga naf tegishi bilan dinga xizmat qilish toʻgʻri kelib qolsa, dinim tufayli vatanimni
qurbon etaman, yoki aksini qilaman”, – deyishganini
eshitamiz. Bilingki, bu holda din maʼnosi yoki vatan manfaati kabi tushunchalar notoʻgʻridir. Chunki bular hech qachon bir-biriga zid boʻlmaydi!
''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan.
Buyurtma berish: TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

😢14👍9❤1👎1🔥1
1940-yilda jahonda hukmdorlik qilishga daʼvogar boʻlgan ikki odam — Adolf Gitler va Iosif Stalin — 1940-yilning noyabr oyidagi maxfiy muzokaralar vaqtida maʼnosi barchaga ayon bitim tuzishgandi. Bu bitimga koʻra Amerika Yevrosiyodan chetlatilishi kerak edi. Ularning har qaysisi shuni yaxshi tushunganki, Amerikaning qudrati Yevrosiyoga yoyiladigan boʻlsa, bu ikki arbobning jahonda hukmdorlik qilish masalasidagi daʼvolariga chek qoʻyadi.
Shunchaki siyosiy nazariyalar...
Qattiq muqova, 300 sahifa, 53ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Shunchaki siyosiy nazariyalar...
Qattiq muqova, 300 sahifa, 53ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍23❤1😢1
Ishqni topgan nimani axtaradi?
Ishqni yo'qotgan nimani topadi...
"Muhabbat anatomiyasi"
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ishqni yo'qotgan nimani topadi...
"Muhabbat anatomiyasi"
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢23👍12❤8
Bugungi muhitda qachonki din nomi tilga olinsa uni bugungi dunyoda zid va muholif deb tushunilmoqda. Oddiy misol biror kimsa dinga amal qilishga chaqirilsa, ko'pincha, dunyoni batamom tark etishga da'vat qilyapti deb tushunishadi. Va "agar biz dinga amal qilsak, dunyoviy ehtiyojlarimiz, talab va xohishlarimiz hamda go'zal hayot tarzimizni tark qilishimizga to'g'ri keladi, yo'qsa, biz dinning talablarini bajar olmaymiz", degan fikrga borishadi. Go'yo din bilan dunyo bir-biriga raqib, bir-biriga ziddek, ikkisini jamlashlikning imkoni yo'qdek. Bu risolada bunday qarashlarni noto'g'ri ekanini bayon qilmoqchiman.
''Din va oxirat fikri'' kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍25❤1😢1
Sharafimizni anglatuvchi, kimligimizni eslatuvchi, bizni ezgu va buyuk maqsadlar sari undovchi “Eng sharafli ummat” kitobini albatta har birimiz oʻqishimiz kerak!
Kitobning har bir bob va mavzularini diqqat bilan oʻqir ekansiz, Alloh taoloning hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga hamda u zotning ummatlari boʻlmish sizu bizga ato etgan koʻplab imtiyozlardan, xayr-barakotlardan voqif boʻlasiz.
Umid qilamizki, bu kitob sizning Muhammadiy ummat haqidagi tushunchalaringizni yanada kengaytirib yuboradi.
Yumshoq muqqva, 414sahifa, 64ming so‘m
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍18❤2🎉1
Forwarded from ㅤ (Shams aldiyn🌕)
Муҳаббатда нафл йўқ,
Маҳбубни рози этадиган ҳар иш фарздир...
• Муҳаммад Бўздағ, «Муҳаббат анатомияси»
-
@TaskinKitoblar'га каттакон раҳмат! Совға тариқасида вилоятда бўлганимда китоб юборишган эди, яқин орада бориб қолар экан.
Аммо сафаримиз сабабли бир кеча Тошкентда бўладиган бўлдик. 16 кун давомида Ўзбекистонда бўлмаймиз, деган узрли сабаб ила ҳозир олсак бўладими китобни, деган эдик, аммо китобни аллақачон вилоятга чиқариб юборишган экан.
Қизиғи шундаки, шундай бўлсада @TaskinKitoblar яна бизга ушбу китобдан совға тариқасида бир нусхасини беришини айтдилар ва биз ҳозиргина китобни уларнинг дўконларидан бориб олдик.
Китобни ўқиб, ундан фойдали иқтибосларни сафар чоғида каналга юбориб тураман, иншаоллоҳ.
Сизга ҳам китоб керак бўлса, ҳеч иккиланмасдан @TaskinKitoblar каналига ўтиб, админ билан боғланиб, китоблар буюртма беришингиз мумкин!
@IqtibosVaqti | Instagram

👍30❤1
ISMOIL GASPRALI: DORUR-ROHAT MUSULMONLAR
Ushbu kitobga buyuk mutafakkir, jadidchilik harakati asoschisi Ismoil
Gaspralining «Dorur-rohat Ifona bir nazar» asarlari kiritilgan.
Muallif bu asarlarida makon va zamonni ko‘chirish uslubidan foydalangan holda musulmon olamining o‘z orzusidagi ideal manzaralarini yaratadi, o‘tmishdagi va zamonasidagi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy muammolarga e’tibor qaratadi.
Yumshoq muqova, 256sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ushbu kitobga buyuk mutafakkir, jadidchilik harakati asoschisi Ismoil
Gaspralining «Dorur-rohat Ifona bir nazar» asarlari kiritilgan.
Muallif bu asarlarida makon va zamonni ko‘chirish uslubidan foydalangan holda musulmon olamining o‘z orzusidagi ideal manzaralarini yaratadi, o‘tmishdagi va zamonasidagi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy muammolarga e’tibor qaratadi.
Yumshoq muqova, 256sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍14❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Адолатсиз жамиятда сўзларни камайтириб, амални кўпайтириш фойда беради. Бундай маконда жамовий ҳаракат, илмий фикрларга таяниш ва институтларни вужудга келтиришга қаратилган тизимли ишлар ҳам хавфсиз ҳам самарали бўлади. Ҳар куни шакллантираётган институционал тизимнинг кичик бир қисмининг тамал тошини қўйиб бораверасиз. Натижасидан баҳраманд бўласизми ёки йўқ - бу умуман аҳамиятсиздир.
Hamid Sodiq
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Hamid Sodiq
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12😢5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
1940-yilda jahonda hukmdorlik qilishga daʼvogar boʻlgan ikki odam — Adolf Gitler va Iosif Stalin — 1940-yilning noyabr oyidagi maxfiy muzokaralar vaqtida maʼnosi barchaga ayon bitim tuzishgandi. Bu bitimga koʻra Amerika Yevrosiyodan chetlatilishi kerak edi.…
«Yelsin 1990-yilning 19-noyabrida Kiyevda nutq soʻzladi va shunday fikrlarni olgʻa surdiki, keyinchalik ukrainlar va chechenlar bu fikrlarni uning oʻziga qarshi qaratmoqlari mumkin boʻldi. Yelsin bunday degan edi:
“Rossiya biron bir yangi imperiyaga oʻxshagan markazga aylanishga intilmaydi. Rossiya bunaqa rolning halokatli ekanini boshqalardan koʻra yaxshiroq biladi, negaki, ayni Rossiya uzoq zamonlar davomida shu rolni oʻynab kelgan. Bu unga nima berdi? Ruslar erkinroq boʻlib qoldilarmi? Baxtliroq boʻldilarmi? Tarix bizga oʻrgatadiki, boshqalarga hukmronlik qiladigan xalq hech qachon baxtiyor boʻlolmaydi!”»
''Buyuk shaxmat taxtasi''
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“Rossiya biron bir yangi imperiyaga oʻxshagan markazga aylanishga intilmaydi. Rossiya bunaqa rolning halokatli ekanini boshqalardan koʻra yaxshiroq biladi, negaki, ayni Rossiya uzoq zamonlar davomida shu rolni oʻynab kelgan. Bu unga nima berdi? Ruslar erkinroq boʻlib qoldilarmi? Baxtliroq boʻldilarmi? Tarix bizga oʻrgatadiki, boshqalarga hukmronlik qiladigan xalq hech qachon baxtiyor boʻlolmaydi!”»
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍15😢4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videoda kitobni qo‘lda yig‘ish san'ati.
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢16👍6🔥2🤩2
Qoʻlimizdagi Galaxy 22 yoki Iphone 13 lar nazarimda oʻn yil oldin tayyorlab boʻlingan. Doim pul qilish maqsadida har yili yangi model va biroz yangilikni bozorga chiqarishadi. Qoʻllarida yarim asrlik yangilanish vositalari bor, har yili ularning baʼzilarini ochishadi xolos.
Telefon modellaringizni har yil yangilayvermang! Bu bilan faqat ularga tobelik va isrofgarligingiz oshadi.
Islom Abdulmajid yozyaptilar:
Tishlangan olma pand berdi.
6 oyga yaqin vaqtdan beri “iPhone 13 Pro Max” ishlataman va bu modelni manga eng yoqqan jihati batareyka quvvatining uzoqqa yetishi boʻlib kelayotgan edi.
Chunki telefon quvvati hayron qoldirarli darajada kuchli – yozgi mavsumda ham bomdod vaqtida zaryaddan olsam to kechgi 10-11gacha ham oʻchib qolmay, bemalol yetib borayotgan edi, to 2 kun oldin yangi model Ayfonlar taqdim etilguniga qadar.
7 sentyabr kechki vaqtda taqdimot oʻtdi-yu, ertasi kuni ilk bor shom vaqtida zaryadim tugab qoldi, balki tasodifdir deb bugun ham sinadim va mana – bu postni ham Ayfonjonni simga ulab oʻtirib yozyapman. 😅
Xullas qoʻlimizdagi telefonlarni sunʼiy tarzda zaiflashtirib, yangisini sotib olishga majbur qilishyapti. Batareyka quvvatini boshqarish imkoniyatini “Tesla” ham toʻlov evaziga taklif qiladi, demak bu imkoniyat yirik kompaniyalarda mavjud.
M.Ahmad. I.Abdulmajid

👍18😢14❤2🔥1
Тош отиб "Мувозанат'ни бузиб бўлмайди
Ёзувчи Улуғбек Ҳамдам айтади-ки, "Мувозанат" романимдан салкам саксон бетини қисқартириб чоп этишган. "Топинг ўша саксон бетни, менга керак " дейман. "Ижарама ижара кўч-кўчда йўқолиб қолган, кейин излаб тополмадим " дейди Улуғбек. " Топсангиз, тағинам яхши бўларди-да " дейман.
" Мувозанат " асари Озод Шарафиддинов ва Матёқуб Қўшжоновни ҳайратга солганди. Озод ака романни тезликда энг мўътабар нашр саналган "Жаҳон адабиёти " журналида эълон қилиб юборганди. Аслида романни илк ўқувчиси мен эдим. Лекин асар тўғрисида фикр айтолмаганман. Чунки ўша пайтлар бемолал асар ўқиб, мушоҳада юритадиган аҳволда эмасдим. Чунки уйланган эдим. Бош фарзандим туғилган эди. Аспирант эдим. Аспирантлар ётоқхонасининг бемаза коменданти ётоқхонадан жой бермай сарсон қилиб юрганди. Чўнтак эса бўм-бўш эди. Лекин мана шундай шароитда Улуғбекнинг "Ёлғизлик " қиссасига икки бет сўзбоши ёзолгандим. Улуғбек ўз романини бир кўздан кечириб фикр билдиришини сўраб турмуш шароитини яхшилаб улгирган, тузиккина лавозимда ишлайдиган мунаққид дўстимизга ҳам тақдим қилганди. Лекин амалдор дўстимиз романни ҳатто кўздан кечиришга ҳам эринди. Юқорида айтганимдек, кутилмаганда Озод ака "Мувозанат"ни "Жаҳон адабиёти"да чоп эттирворди. Лекин, айтиб қўяй, Улуғбек Ҳамдам Озод аканинг яқин шогирди эмасди...
Кейинроқ роман тилидан нуқсонлар топиб асарни танқид қиладиганлар армияси пайто бўлди. Танқидчилар тўдаси "ЎзАС" газетасини ўзларига позитсия қилиб олишди...Танқидлар сиртдан асослидек кўринса-да, лекин қасддан эканлиги яққол сезилиб турарди. Чунки романни яксон қилмоқчи бўлаётганлар асар физилати, керак бўлса, муҳимлигини тилга олишмасди. Ҳолбуки, романнинг фазилати ва муҳимлиги тенгсиз эди. Романнинг муҳимлиги шунда эдики, унда ўтган асрнинг 90-йилларидаги ҳаёт объектив ва ҳолис акс этган эди. У даврлар анчайин мураккаб, зиддиятли эди. Амир образида жамиятимизда дин билан боғлиқ қарама-қаршиликлар, динга мутаассибларча берилишлар акс этган бўлса, Юсуф образида дин ва дунёвий ҳаёт ўртасида йўл излаётган ўша давр ёшларининг мураккаб кечинмалари ўз ифодасини топган. Қишлоқлардаги ишсизлик, ўқитувчиларнинг хор бўлиши, шаҳарлик зиёлиларнинг бозорга савдога чиқиб кетиши "Мувозанат " романида батафсиз тасвирланган. Ҳолис адабиётшунослар "Мувозанат " романи учун Улуғбекни "журъатли ёзувчи" деган эди. Чунки Улуғбек ўз асарида қаламга олган ижтимоий муаммоларни бошқа ёзувчилар овоз чиқариб гапиришга ҳам эҳтиёт бўларди. Улуғбек Ҳамдам эса бу муаммоларни бадиий бўёқларда ўз асарида тасвирлаб берди. " Мувозанат"ни кўп танқид қилишди, бундан кейин ҳам унга тош отадиганлар топилиб қолар. Абдулла Орипов айтганидек, "бири ҳасад тоши, бири мараз тоши". Лекин, барибир, "Мувозанат' романида тош отиб қулатиб бўлмайдиган ажойиб фазилат борки, "тошотарлар" бу асарга хужум қилиб бекор вақтини ўтказишади, холос.
''Muvozanat'' romaniga buyurtma berish @TaskinKitob

👍19
Farzandim mening tuyg'ularimni o'rganyapti, deya hislarimni tom dunyoviylikdan uzdim. Ko'z quvonchim g'aflatni o'rganishini istamadim. Har onimni Robbimning tadabburi va zikri ila o'tkazdim.
''Qalb iffati''
Qattiq muqova, 237sahifa, 36ming so‘m
Buyurtma @Taskinkitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Qattiq muqova, 237sahifa, 36ming so‘m
Buyurtma @Taskinkitob
👍24❤6
''Kitoblar haqida hamma narsa''
Buyurtma berish @TaskinKitob
997217008
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
997217008
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11❤2
Qadrli kitobga oshiq obunachilar 23 dona Qur'oni Karim ni Haq rizosi uchun hadya qilinayapti. Qur'onni o'qishni o'rganayotgan ammo Qur'on kitobi yo'qlar @TaskinKitob ga murojaat qilishingiz mumkin.
Unutmangi Qur'ondagi chang qalb sahrosidan keladi, Robbimizning "maktubini" chang bostirib qo'yish qalbimizni sahroga aylantiradi...
Mahbublargagina ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Unutmangi Qur'ondagi chang qalb sahrosidan keladi, Robbimizning "maktubini" chang bostirib qo'yish qalbimizni sahroga aylantiradi...
Mahbublargagina ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩18👍14❤7🔥1
Yangi haftaga qayta tashrif!
Qalblarda joy olgan Iymon va huzun kitobining o‘ninchi nashri...🥳
O‘qimaganlar ''ertaroq o‘qimabman!'' deydi🥺
O‘qiganlar: ''Qayta o‘qiyapman!'' desa
endigina o‘qiyotganlar boshqa olamda bo‘ladi...
Yo‘ldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish haqida nima desa bo‘ladi?
O‘qing! Qalbingizni ozorlardan tozalang!
Yaqinlarga hadya eting, Qalblarini gulzorga aylantiring!
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Qalblarda joy olgan Iymon va huzun kitobining o‘ninchi nashri...🥳
O‘qimaganlar ''ertaroq o‘qimabman!'' deydi🥺
O‘qiganlar: ''Qayta o‘qiyapman!'' desa
endigina o‘qiyotganlar boshqa olamda bo‘ladi...
O‘qing! Qalbingizni ozorlardan tozalang!
Yaqinlarga hadya eting, Qalblarini gulzorga aylantiring!
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍24❤10🤩6
Sevimli adibadan yangi asar...
Yumshoq muqova, 204 sahifa, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩16👍7❤1
Одатдагидек тик турганча нонушта қилаётган эдим. Онам одатдагидек қистарди:
- Ўтирсанг-чи, болам. Бирпас ўтиргин.
- Бўлди, кетдим.
- Шошма, болам. - Онам кўзимга одатдагидан бошқача, қандайдир мунг билан термилди. - Гап бор.
Типирчилаб соатга қарадим: хали бензин олиш керак, ишга бориш керак, кейин нашриётга ўтиш...
- Нима эди?
Онам кўзимга хамон маъюс термилиб ўтирарди.
- Суратга тушайлик, - деди тўсатдан. Ажабландим.
- Нега?
- Яқинда мен ўламан.
Онам бу гапни худди: «Қўшниникига чиқиб келаман», дегандек охангда айтди. Кулиб юбордим.
- Қўйсангиз-чи, ойи.
Шундай дедим-да, чиқдим кетдим.
Орадан икки хафта ўтди-ю... Кечалари уйғониб кетаман, ўйлайман. Ўйлайман: сен номард, сен ахмоқ нимага, нимага ўшанда кулдинг? Суратга тушишга вақтинг йўқмиди? Керак бўлса топасан-ку! Китоб учун, журнал учун, иш устида, боғда, кўчада... Нима, сен киноюлдузмисан? Жахоншумул шахсмисан? Ана, бир даста суратинг ётибди. Хар хил. Хар ерда... Фақат... Онанг билан тушган суратинг йўқ!
Ўткир Хошимов _ "Дунёнинг ишлари"

😢46👍9
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
ISMOIL GASPRALI: DORUR-ROHAT MUSULMONLAR Ushbu kitobga buyuk mutafakkir, jadidchilik harakati asoschisi Ismoil Gaspralining «Dorur-rohat Ifona bir nazar» asarlari kiritilgan. Muallif bu asarlarida makon va zamonni ko‘chirish uslubidan foydalangan holda…
Qishloqning imom afandisi bilan ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashib bo‘lgach, Toshkent, Buxoro va Turkiston ahvolidan
so‘radi:
– Buxoro o‘lkasi ilm bilan musharraf bir o‘lka va ulamo bog‘chasi ekanini rivoyat qiladilar, ajabo, madrasalari ne tartibda va barcha fanlar tahsil qilinadimi? – dedi.
Buxoro va Turkistonning hayoti va o‘qitish usuli xususida nima bilsam, barchasini aytdim. Shunda keksa imom boshini chayqab:
– Sizning diyorlarda tabib, kimyogar, me’mor va mu handislar kerak bo‘lmaydimi? Sizning xonlar va hukumatlar davlat va mamlakat boshqaruvi uchun idoriy ishlarga, moliyaviy ilmlarga, mohir ma’mur va to‘ralarga hojat sezmaydilarmi? So‘zingga qaraganda, madrasalarda diniy ilmlardan boshqa biror fan o‘qitilmaydi. Tibb, handasa, kimyo, fizika, iqtisod va boshqa shu kabi fanlardan dars berilmaydi, ahli ruhoniyadan bo‘lak arkoni mulk va millat yetishtirilmaydi, shundaymi? – dedi.
– Shunday, afandim, din va shariatdan boshqa fan va ilm tahsil qilinmaydi.
– Xudoga shukrlar bo‘lsin, ulumi diniyadan mahrum qolmabsiz! Lekin turli fanlardan va kamolotdan bebahra holda dunyoda qanday yashayapsizlar? Ajabo! Hukumatlaringiz nechuk idora, nechuk muhofaza qilinadi? Turli ilmlar tahsili, funun va kamolot nima uchun tark qilindi, eski musulmon larda bunga katta g‘ayrat bor edi-ku.
– Kamolot va fununning fasodga sabab bo‘lishi rivoyat qilinadi, afandim.
– Naqadar ayanchli, naqadar dahshatli g‘aflat bu! Yohu! Ey o‘g‘lim, ko‘zi boylangan kishi yura oladimi? Tuproqni bilmay ekin ekasiz, suvni bilmay suv ichasiz, dunyoni bilmay umr va kun kechirasiz... Voh, qanday sho‘rpeshonalik, qanday g‘aflat! Janobi Haq, O‘zing marhamat qil. Bu ahvolingizdan g‘oyatda g‘amgin bo‘ldim. Oddiy xalq, mayli, bilmasin. Ammo arkoni davlat, kazo-kazo to‘razodalar ham meros ilmining o‘z o‘rni borligini, masalan, meros ilmi bilan askar ko‘chirmoq, dori-darmon tayyorlamoq mumkin emasligini bilmaydilarmi?! Mamlakatni boshqarish uchun ham bosh qa qator fanlar va kamolot kerak. Ilm bor, din uchun, ilm bor, kun uchun, ilm bor, ruh uchun, ilm bor, badan uchun... Voh, voh, o‘g‘lim, zamonamizda musulmonlar avvaldagidek martabada emas ekanlar. Bizning o‘lkada ko‘radigan holing bunday emas...
📘 ISMOIL GASPRALI: DORUR-ROHAT MUSULMONLARI

👍22❤3