Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Yana bir lirik chekinish...

Саҳродаги қудуқ ёнида бениҳоя кўп юк юкланган туяни кўрган йўловчи, туя эгасидан сўради:
- Туяга нима юкланган?
- Озиқ-овқат бир ёғида, иккинчи ёғига посонги бўлсин деб тупроқ тўлдирилган қоплар.
- Тупроқни тўкиб ташлаб, озиқ овқатли қопларни ярмини туянинг иккинчи ёғига қўйсангиз ҳам мувозанат бўлади-ку.
Туя эгаси, тўғри айтасиз, деб бориб шундай қилди ва қайтиб келиб, йўловчидан сўради:
- Сиз бирор қабила шейхимисиз ё диний уломомисиз?
- Йўқ, мен оддий одамман, фалон қабиладан Фалончи бўламан.
- Ие, ҳали сени гапинга ишониб юрибманми,
деб туя эгаси юкларини яна аввалги ҳолга келтириб қўйди.
Қиссадан ҳисса эса ўзингизга ҳавола...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢23👍13🔥3🤩1
“Sevgi kuchni emas, zaiflikni bo’lishishdir…”

Assalomu alaykum, kitoblarni avval qalbiga keyin esa kutubxonasiga joylaydigan kitobxonlar!
Mana qariyb ikki yil davomida siz azizlar bilan birga kuldik, mahzun bo’ldik…nasib ekan, loyihamizning ikkinchi kitobi biroz kechikdi, bugun sizlarning e’tiboringizga Turkiyalik mashxur yozuvchi Muhammad Bo’zdag’ qalamiga mansub ushbu kitobimizni taqdim etish arafasidamiz.
Adibning qaysi asarini mutolaa qilmang, barchasida insonni ijobiy va mantiqiy fikrlashga undaydigan, kamolotga chorlaydigan, ikki dunyoingizni farovon etadigan pand-nasihatlarni uchratasiz.
Kitob sizga zillat va qalb hastaliklarini muolaja etishingizda yo’lboshchi va ko’makchi bo’lishiga ishonamiz.
Tin olib…Shov-shuvli hayotning shovqin-suronida o’zimiz haqimizda tafakkur qilamiz. Munosabatlarni ustunliklarga ko’ra tartiblaymiz!

Qalbga taskin beradigan kitoblarni ulashuvchi beminnat hamrohingiz _ TASKIN KITOBLAR jamoasi!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍22🎉6🔥4
Уламолар иймонни - қасд, уни сўзлаш ва унга кўра амал қилиш, дея тушунтиришади (жумҳур уламо амални иймоннинг шарти эмас, балки камолга етказувчи жиҳати, дейишади). Ва буни Аллоҳнинг ҳузурида мақбул иймон, дея аташади. Инсонлар ҳузурида мақбул иймон эса, фақат "шаҳодатайн"*га иқрор бўлишгина, дейишади. Яъни, Аллоҳнинг ҳузурида иймонли бўлиш учун юқоридаги учта шарт топилиши лозим. Масалан "шаҳодатайн"га ёлғондан иймон келтирса, қалбларни билувчи зот уни мўмин эмас, мунофиқ ўлароқ қабул қилади. Амалга бепарво бўлса, фосиқ ёки (буюрилган амални қилиш шарт эмас, деган эътиқодда бўлса) кофир сифатида ҳукм қилади. Аммо бу ишларга инсонларнинг асло ҳаққи йўқ.

Инсонларнинг наздида эса киши мўмин бўлиши учун "шаҳодатайн"га иқрор эканлигини айтса бўлди. Мўмин сифатида мўминларнинг бурч ва ҳуқуқлари унга татбиқ бўлади ва кофирларга қилиниши керак бўлган муомалалардан қутилади. (Бу масалалар кенг мавзу).

Ҳозир бизда динни тушунмаслигимиздан ёмон бир вазият юзага келмоқда. Ўтмиши нохуш бир киши солиҳ амаллар қилишга ўтса, мен унга ишонмайман, олдинги ишларига жавоб берсин, қабилидаги танбеҳ ва инкорлар кўпайиб кетди. Улар қўяётган талаб Аллоҳ таолонинг талаби, бандаларнинг бундай талаб қилишга ҳаққи йўқ (ҳатто қозиларнинг ҳам). Чунки ҳиссиёт аъзолари нуқсонли бўлган инсон сифатида биз унинг қалбидаги қасд ва қарорини аниқлай олмаймиз. Заиф яратилган банда бўлганимиз туфайли, биздан яшириб қилган амалларини кўра олмаймиз. Бизга у одамнинг "шаҳодатайн"ни тили билан талаффуз қилиши кифоя. Биз уни мўмин ҳисоблаймиз, қалби ва яширин амалларини Аллоҳга ҳавола қиламиз.

Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам Аллоҳ ваҳий орқали билдириб тургани учун замонларидаги ҳамма мунофиқларни таниганлар. Лекин бирортасининг номини ошкор қилмаганлар. Айрим мақсадларни кўзлаб сир соҳиби бўлган - Ҳузайфа ибн Ямон розияллоҳу анҳуга уларни айтиб берганлар. Чунки умматлари бир кун келиб қалбларни тафтиш қилиш ва одамларнинг иймонини қабул қилиш мансабини эгаллаб олишини билганлари учун шундай йўл тутганлар. "Мана Пайғамбар алайҳиссалом мунофиқларни ошкор қилганлар", дея бу қабиҳ ишни суннат тутиб олмасликлари учун ҳам шундай қилганлар.

Хуллас, инсоннинг қалбидаги қасди ҳақида гапириш, уни тафтиш қилиш Ислом таълимотларига зид амал. Амалларини пойлаб ҳукм чиқариш иложсиз ва оғир иш. Шундай экан, унинг иқрорига ва зоҳир-бизга кўриниб турган амалларига ишонайлик ва шу билан кифояланайлик. Қалб ва кўринмас амалларини эса уларнинг эгаси - Аллоҳга топширайлик! Энг асосийси - ўзимизнинг иймон ва амалларимизни тафтиш этайлик!

=====
"Шаҳодатайн" - Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқлиги ва Муҳаммад алайҳиссалом Унинг элчиси эканига шаҳодат келтириш-гувоҳ бўлишдир.

®Mubashshir Ahmad

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢9👍1🔥1
Barchamizda muhabbat degan tuyg‘u bor, biroq barchamiz bu tuyg‘uni o‘z o‘rnida ishlata olmaymiz, demakki bu borada maslahatga muhtojmiz.
Ba'zilar muhabbat bilan qariydi, ba'zilar esa aksincha, muhabbatni qaritishadi.
Shu o‘rinda aytishimiz lozimki insonning har narsaga, insondan tortib moddiyat olamigacha muhabbati bo‘ladi va bu muhabbat insonni qanday hayot kechirishga tasir o‘tkazadi...

Muhabbat anatomiyasi _ Muhammad Bo‘zdag‘

Tez kunda yangi kitob premyerasi...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🎉16👍74
Уламолардан бирлари айтадилар: “Дунёда жаннат аҳлининг неъматига ўхшайдиган биргина нарса бор. У ҳам бўлса тунда сажда аҳлининг қалбларида муножотлари ҳаловатини топишларидир”. 
Яна бирлари айтадилар: “Муножот лаззати дунёники эмас. Балки у жаннатдан бўлиб, Аллоҳ таоло уни дўстларида намоён қилади. Бошқалар буни ҳис этмайди”.
Ибн Мункадир айтадилар: “Дунё лаззатидан фақат уч нарса қолди: тун қиёми, дўстлар дийдори ва жамоатда намоз ўқиш”.
Орифлардан бирлари айтадилар: “Аллоҳ таоло саҳар пайти уйғоқлар қалбига боқади ва уларни нурлар билан тўлдиради. Бу нурларнинг манфаати қалбларига қайтади, улар ёришади, сўнг қалбларидаги офият ғофиллар қалбига таралади”.

Qattiq muqova, 365 sahifa 39ming
Buyurtma berish _ @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12🎉62
Forwarded from Hikmatlar Xazinasi 🍃
#Ishq

Muhabbatda nafl yo‘q.
Mahbubni rozi etadigan har ish farzdir...

“Muhabbat anatomiyasi” kitobidan

📔 Hikmatli so‘zlar | @hikmatlar
👍194
Nima qilganini bilib, lekin nimaga qilganini bilmaguningizcha hech kimni yaxshi yoki yomonga chiqarmang...

Inson muhabbat qoʻymas ekan hech narsani komillikka yetkiza olmaydi. Haqqa, uning elchilariga va unga oshiqlarga, yaqinlaridan tortib begonalarga bo'lgan munosabati bilan sinaladi, "Muhabbat qoʻymoqlik Haq istaganidek (begunoh holda) koʻrmoqlikdir" deyilganidek ushbu kitob ham sizdek kitob oshiqlarining muhabbati qadardir. Qalbingizga nazar soling, muhabbatingiz qay holda?

Muhammad.B ning Muhabbat anatomiyasi kitobidan.

Yumshoq muqova,
152 sahifa, 22ming soʻm
Buyurtma berish @TaskinKitob 997217008

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16🎉14🤩41
Yurak siqilishi gunohdandir. Uning ketishi esa tavba sababli boʻladi...

''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16😢7🎉62
Xullas, Taskin Kitoblar bilan bo‘lsangiz hech qachon yutqazmaysiz!

Shu o‘rinda yutqazmaslik haqida ikki og‘iz so‘z:

Yutqazmaslik nima o'zi?

Yutqazmaslik bu oxiratda foydasi bo‘lmaydigan (gunoh bo‘lmasada, foyda ham bermaydigan) amalni qilmaslikdir...

(Zamon zayli bilan (balki ibtidodan buyon shundaydir) tushunchalar, o‘lchovlar kimlarningdir naznida o‘zgargan...)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10😢7🤩2
Sevgimiz munosabatlarimizda aks etsagina mazmunli va qimmatli! Ichimizda yashiringan sevgi koʻmilgan va yoʻqolgan xazina kabidir...

''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍17🤩6🎉5🔥2😢21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Johillik kufrdan yomondir!

Qalam johil qoʻlida boʻlsa, miltiq jinoyatchi qoʻlida boʻlsa, hukumat xoin qoʻlida boʻlsa, minbarga fojir chiqib olgan boʻlsa VATAN inson yashashi uchun munosib boʻlmagan oʻrmonga aylanadi...

Oqil oqibatni avvalida, johil esa oxirida koʻradi...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11🔥6😢64
O'tmishning asiri, kelajakning quli.

Biz yo o'tmishning asiri, yoki kelajakning quli bo'lganimiz bois uning ichidagi vaqtni qadrlamaymiz.

Kecha o'tdi, ertangi kun – orzu, bugun esa – Robbimizdan bizga bir in'omdir. Keling, ushbu kundan umr yo'ldoshimiz, farzandlarimiz, va qarindoshlarimiz bilan birga bahramand bo'laylik. BAXT – bu «yugurib» hayot kechirish emas, balki yaqinlarimizga vaqt ajratish, ayni lahzalardan ununmli foydalanishdir.

Hayotimizda roʻy bergan ogʻriqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab oʻtgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi oʻzgaradi. Bu holat bizdan sogʻligʻimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, oʻtmish gʻamlari yodi bilan emas. Shukr sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!

Qattiq muqova, 40ming
Yumshoq muqova, 32ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16🔥2
Haddan tashqari shishirilgan koptok yorilib ketadi. O'yinni esa yetarlicha shishirilmagan shar bilan o'ynab bo'lmaydi.  Muvozanatli, uyg'unlikdagi osoyishta "men" - bu takabburlik va zulmdan xoli bo’lishi lozim.  Muvozanatsiz inson o'zini adashgan o'q kabi o'ngga va chapga uradi.

"Muhabbat anatomiyasi" kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14👍13
Alloh uchun sevishimizga sabab boʻladigan oxirgi mezon, neʼmat kelganda shukr qiladigan qalbimizning neʼmat ketganida sabr qilishidir. Doim yodda tutaylikki, nusrat doim soʻngi fursatlarda keladi.

“Muhabbat anatomiyasi” kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
21👍8
Qo‘rquv bugunga boqib ertani ko‘rolmaydiganlargadir...

Nuriddin Yildiz ning nashrga tayyorlanayotgan ''Zamonning sabri'' kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍17🎉4🔥1😢1
“Hukmdorim”

Sulton Abdulhamidning yaqin doʻsti Tahsin posho haqida roman — “Hukmdorim”.

Turkiya va koʻplab mamlakatlarda katta qiziqish bilan tomosha qilingan “Poytaxt” serialining Tahsin poshosi boʻlmish Bahodir Yenishehirlioʻgʻli oʻzi gavdalantirgan qahramonning unutilgan hayotini romanga aylantirdi.

Usmonilar saltanatining soʻnggi yillari.

Ichki va tashqi dushmanlarning birgina maqsadi bor — sulton Abdulhamidni taxtdan agʻdarish.

Tahsin posho — davlati va hukmdoriga sodiq, yaxshi taʼlim - tarbiya olgan arbob. Hukmdorning Tahsin poshoga cheksiz ishonchi va Tahsin poshoning hukmdorga nihoyasiz sadoqati... Hammani hayron qoldirgan doʻstlik, birodarlik...

Yumshoq muqova, 391sahifa, 39ming so‘m. Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍213
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Vatan tashlab qoʻyganlar, “vatan”ni* tashlab qoʻyishadi. Yoki.. fuqaroga vatandan tekkan ulush. Yoxud.. vatan doimgidek keraksiz matoh. --- * Axlatqop ichiga “Vatan” gazetasi tiqilgan. Xalqim haqqini kim yeyayapti bilmadim ammo kim toʻlayotgani maʼlum...…
Vatan tashlab qoʻyganlar, “vatan”ni* tashlab qoʻyishadi.

Yoki.. fuqaroga vatandan tekkan ulush.

Yoxud.. vatan doimgidek keraksiz matoh.
---
* Axlatqop ichiga “Vatan” gazetasi
tiqilgan.


Xalqim haqqini kim yeyayapti bilmadim ammo kim toʻlayotgani maʼlum...

"Vatan bebahodir“, deya bilishdi va uni sotishdi”.

Yana bir rivoyatda: “Terisini shilib olishdi”, deya keladi.

Hech kimga ulashmang
@TaskinKitoblar 🔥
😢16👍6
“Vatan bu - biz” deydigan odamlar xavfli. Undaylar istagan odamni xoinga chiqara oladilar.

“Agar vatanga naf tegishi bilan dinga xizmat qilish toʻgʻri kelib qolsa, dinim tufayli vatanimni
qurbon etaman, yoki aksini qilaman”, – deyishganini
eshitamiz. Bilingki, bu holda din maʼnosi yoki vatan manfaati kabi tushunchalar notoʻgʻridir. Chunki bular hech qachon bir-biriga zid boʻlmaydi!


''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan.

Buyurtma berish: TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢14👍91👎1🔥1
1940-yilda jahonda hukmdorlik qilishga daʼvogar boʻlgan ikki odam — Adolf Gitler va Iosif Stalin — 1940-yilning noyabr oyidagi maxfiy muzokaralar vaqtida maʼnosi barchaga ayon bitim tuzishgandi. Bu bitimga koʻra Amerika Yevrosiyodan chetlatilishi kerak edi. Ularning har qaysisi shuni yaxshi tushunganki, Amerikaning qudrati Yevrosiyoga yoyiladigan boʻlsa, bu ikki arbobning jahonda hukmdorlik qilish masalasidagi daʼvolariga chek qoʻyadi.

Shunchaki siyosiy nazariyalar...

Qattiq muqova, 300 sahifa, 53ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍231😢1
Ishqni topgan nimani axtaradi?
Ishqni yo'qotgan nimani topadi...


"Muhabbat anatomiyasi"

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢23👍128
Bugungi muhitda qachonki din nomi tilga olinsa uni bugungi dunyoda zid va muholif deb tushunilmoqda. Oddiy misol biror kimsa dinga amal qilishga chaqirilsa, ko'pincha, dunyoni batamom tark etishga da'vat qilyapti deb tushunishadi. Va "agar biz dinga amal qilsak, dunyoviy ehtiyojlarimiz, talab va xohishlarimiz hamda go'zal hayot tarzimizni tark qilishimizga to'g'ri keladi, yo'qsa, biz dinning talablarini bajar olmaymiz", degan fikrga borishadi. Go'yo din bilan dunyo bir-biriga raqib, bir-biriga ziddek, ikkisini jamlashlikning imkoni yo'qdek. Bu risolada bunday qarashlarni noto'g'ri ekanini bayon qilmoqchiman.

''Din va oxirat fikri'' kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍251😢1