Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Buyurtmalarni qabul qilishni boshlaymiz!
Oilashunos adibadan yangi asar premyerasi🥳

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📖📖📚
👍21
"Men ham tafakkur qilaman"
(Quronni tafakkur qilamiz...)

Bordiyu Qurʼon Paygʻambar alayhissalomning
soʻzlari boʻlganida edi, uni doimo bir xilda oʻqib
berolmasdilar. Chunki insonning xotirasi bunga
imkon bermaydi.
Qurʼon oʻqish uchun “Aʼuzu billahi minash-shaytonir rojim”ni aytayotgan kishi shaytonning Allohga koʻrsatgan hurmatsizligini, Odam alayhissalomga qilgan dushmanligini yodga olsin.
“Bismillahir rohmanir rohim”ni aytayotganda esa gunohlari miqdoriga qaramasdan bandasiga mehribon va rahmli boʻlgan Robbisi borligini eslasin.
Shayton doimo Alloh dasturining qaysi yeridan zaifroq tutgan boʻlsak, oʻsha tomondan hujumga oʻtadi.
Masalan, kimdir namozga astoydil, lekin ehson - qsadaqaga sust. Shayton unga kambagʻallarga ehson qilmaslikni vasvasa qiladi. Birovning haqini qoʻrqmay yeyishni tavsiya etadi...

Yaxshilarga ulashing
@Taskinkitoblar📚📖📚
👍21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Davlatimiz ham, biz ham yo'qmiz. Yelkamizga minib olgan podshox sal marhamatli bo'lganida, hozir hech birimiz bu zindonda o'tirmagan bo'lardik. Ularning o'zi bizni jinoyatga majburlaydi, keyin kattagina jazo ham beradi. Agar fohishabozlik taqiqlanganida, jazosi…
– Ҳа, ишонмайман. Чунки Аллоҳ менинг руҳимни жаннат боғига равона қилади.
– Қачон?
– Ўлган заҳотим.
– Аллоҳ билан келишиб олганмисан? Қаердан биласан?
– Қуръондан биламан. Аллоҳ йўлида ўлганлар жаннатга тушади дейилган. Мен ҳам Аллоҳнинг йўлидаман. Бу йўлга кирганимдан бери унга ҳеч хиёнат қилмадим. Мен Аллоҳни яхши кўраман, биламанки, у ҳам мени яхши кўради. Аллоҳ уни севганларга хушхабар берган.
– Сен Аллоҳ яхши кўрган бандаларданмисан?
– Аллоҳ ваъдасидан қайтмайди. Мен унинг динига зид яшамайман. Тавба қилганимдан кейин қайтиб гуноҳи кабираларга қўл урмадим. Кичик гуноҳларим учун эса беш вақт намозда тавба қиламан. Шу сабабли Аллоҳнинг марҳаматидан умидворман.
Вадот унинг ўтиришига ҳам фурсат бермай саволга тутар эди:
– Сенга нега ўлим жазоси беришди? Хотинларнинг қорнига тумор ёздингми, нима қилдинг?
– Мен ўшандай сохтакорларга ўхшайманми?
– Унда нега ўлим жазоси олдинг?
Дорга осиладиган йигит жуда закийга ўхшайди.

"Дор остидаги одам" китобидан

Yaxshilarga ulashing
@Taskinkitoblar📖📖📖
1🥰1
Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"

- Ayol tuproqqa oʻxshaydi, sen hosil olishni bilsang boʻlgani, demoqchimisiz?
- Men demayapman, Alloh deyapti. Erkak birinchi qadamni qoʻyadi, ayol hosil beradi. Qolaversa ayol bitta bermaydi, birga oʻn, birga yuz, birga ming beradi. Sen unga atirgul koʻchati eksang, u senga dasta-dasta gul beradi, sen unga bir shirin soʻz aytsang u senga yuz shirin soʻz aytadi. Aksincha boʻlsa aksincha...

Dushmanga oʻzining quroli bilan oʻq uzish mumkin, lekin u sening dushmaning emas, umr yoʻldoshing, turmush oʻrtogʻing. Uning hatosiga undan koʻra kattaroq hato bilan javob berma!

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga eltib beriladi...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
👍2
Yomg'irli kun edi. Men ketayotgan avtobusda yoʻlovchilar uncha koʻp emas, bo'sh o'rinlar ham bor. Oynadan ko'rib turibman, kimdir to'xtatish uchun qo'lini ko'tardi. Haydovchi to'xtamadi.
Yomg'irda turgan oʻsha odamga juda rahmim keldi va haydovchiga
«Yo'lda qo'l ko'tarib, noumid qolgan yo'lovchi sensan», -dedim.
To'yda bir odam kelin-kuyov haqiga tilak bildiryapti. Qoʻlida
qadah... xayolimda qoʻlidagi qadahoʻqotar qurolga aylanib, kelin va
kuyovni nishonga olayotgandek tuyulib ketdi...

Bolajonlar uchun (krill va lotinda)
ajoyib kitob🥳

(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga BEPUL eltib beriladi...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
🥰1
Ota onalik - oila qurishga niyat qilgan ondan boshlanadi...

"Uchgacha ayni vaqti" kitobidan...

(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga BEPUL eltib beriladi...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
🥰2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ahmad Muhammad Tursun "Sohilsiz dengiz" Dilkusho el boʻlmasa, zindon erur, Qayerda el boʻlsa, anda dil kusho. “Agar odami boʻlmasa, har qanday bogʻ ham zindonga aylanadi”. Ushbu bayt nogoh oʻzining hozirgi holatiga monand va uygʻun tushganidan taajjublandi.…
Ilm xuddi yugan koʻrmagan asov otga oʻxshaydi. Astoydil tirishib, uni jilovlab olmasang, aslo tutqich bermaydi. Bu yerda hifz qilganing oʻn ming hadisni har kecha takror xotirdan oʻtkazishni kanda qilma. Sal beparvo boʻlsang, barini unutasan. Yana bir hikmatni xotirda tut: "Ilm talabi uchun toʻrtta "kof" kerak: yaʼni, kisai padar, kosai modar, kashishi ustoz, koʻshishi shogird". (Otaning kissasi,yaʼni nafaqasi, onaning kosasi, yaʼni taom va parvarishi, ustozning eʼtibori, shogirdning harakati).
Kimda sabot boʻlmasa, nabot(oʻsish, kamolga yetish) boʻlmaydi!

Yuqoridagilar muhaddis olim al-Buxoriyga ustozi Muhammad ibn Salom Boykandiyning nasihatlaridan.
Bugun shu kitobni oʻqishni boshladim) Asar Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlaridagi ishonchli ilmiy manbalar, taniqli Islom ulamolarining asarlariga tayangan holda yozilgan.

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar
👍2
Doktor H.Shamsiy
Baxt ulashing

Agar inson hayotning mohiyatini anglaganida unda baxtni ro'yobga chiqaradigan ko'plab sabablarni topgan, dunyo hayotini jannatga aylantirgan, oxirat dunyosiga bormay turib jannatni ko'rgan bo'lardi... Zero Robbimiz kitobida "Senga Qur'onni badbaxt bo'lishing uchun nozil qilganimiz yo'q" deb marhamat qiladi. Demakki biz baxtli bo'lishga haqlimiz...

Ushbu kitob Baxt haqidagi tushunchalarimizga oydinlik kiritib, bizni baxtli holda o'zgalarga ham baxt ulasha oladigan inson bo'lishimizga sabab bo'ladi...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍2
Уйимиз олдидаги йўлак ўриндиғида ўтиргандим. Хаёлга толиб қолибман.
— Ассалому алайкум, мухбир қизим? – Қўшни отахон рўпрамда синиқ жилмайиб турган эканлар. Ҳижолат чекиб, дарҳол ўрнимдан турдим:
— Ва алайкум ассалом, амаки. Узр, хаёлга толиб қолибман.
— Ҳечқиси йўқ, қизим. Агар сўраётганим учун малолланмасангиз, паришонлигингиз сабабини билсам бўладими?
— Малолланмайман, амаки. Фақат... Сабабсиз тушкунлик, ҳафсаласизликдан қийналяпман. Аслида мўминнинг қалбига ғам- қайғу ярашмаслигини биламан. Аммо баъзан била туриб...
— Ҳа-а... - Қўшни амаки изн сўраб, ўриндиқнинг бурчагига омонат қўнишдилар.
— Ибодатларда танбаллик, ишончсизлик, умидсизлик... Баъзан ношукр бўлиб кетяпманми, деб Аллоҳдан уяламан...
— Ҳа-а-а, аслида ана шу “Аллоҳдан уяламан!” деган сўзингизда иймон ва тақво мужассам, қизим. - Отахон ўз-ўзига гапиргандай оҳиста гап бошладилар.- Қизим, сиз истихора намози ҳақида эшитганмисиз?
— Ҳа, баъзан бирор ишда иккилансам истихора намози ўқиб оламан.
— Ҳа, баракаллоҳ, кам бўлманг. Аммо истихора намозини баъзан эмас, доимий ўқиб бориш керак, қизим. Биласиз-а, “Истихора” сўзи хайрни талаб қилиш, деган маънони англатади. Мўмин инсон ҳар доим Аллоҳдан “ҳақимга хайрлисини тақдир қилгин!” дея сўрайди. Демак, истихора намозини баъзида эмас, доимий ўқиб бориш дин ва дунёимиз учун манфаатлидир. Жобир розияллоҳу анҳудан шундай ривоят қилинади: «Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам бизга ҳамма ишларда истихора қилишни худди Қуръондан сурани таълим бергандек таълим берар эдилар. У зот: «Қачон бирингиз бир иш қилмоқчи бўлса, фарз намоздан бошқа икки ракъат намоз ўқисин. Сўнг, Эй, Аллоҳим! Албатта, мен Сендан илминг ила истихора қиламан. Сенинг қудратинг ила қудрат сўрайман. Сендан улуғ фазлингдан сўрайман. Албатта, Сен қодир бўлурсан, мен қодир бўлмасман. Сен билурсан, мен билмасман. Сен ғайбларни ўта яхши билувчи зотсан. Эй, Аллоҳим! Агар ушбу иш менга динимда, маошимда ва ишим оқибатида яхши эканлигини билсанг (ёки ҳозирги ишимдаю, келгусида) уни менга тақдир қилгин, менга осон қилгин, сўнгра уни мен учун баракали қилгин. Агар ушбу иш мен учун динимда, маошимда ва ишим оқибатида (ёки ҳозирги ишимдаю келгусида) ёмон эканлигини билсанг уни мендан буриб юбор, мени ундан буриб юбор. Ва менга қаерда бўлса ҳам яхшиликни тақдир қил. Сўнгра мени унга рози қил, десин ва ҳожатини айтсин», дедилар».
— Айримлар истихора намозидан кейин тушда аён бўлади, дейишади...
— Истихора намозини ўқигандан кейин ҳеч нарсани ўйламай, Аллоҳ ихтиёр қиладиган нарсани кутиб юриш мақбул. Кейин кўнглига тушиб, ўзига маъқул бўлиб қилгиси келиб қолса қилади. Истихора намозининг биринчи ракъатида «Фотиҳа» сурасидан кейин «Кафирун» сурасини, иккинчи ракъатда «Ихлос» сурасини ўқийди. Истихора намози ҳам бошқа намозлар каби бандани Аллоҳ таолога боғловчи омил. Аллоҳ таолога ёлвориб, илтижо қилиб яхшилик йўл кўрсатишни сўрашдир. Бу мўминнинг ҳаётида намознинг ўрни қанчалар муҳим эканини кўрсатади. Мўмин ҳатто қиладиган дунёвий ишида ҳам дунёнинг Холиқи ва бошқарувчиси Аллоҳ таолонинг Ўзидан маслаҳат сўраш керак. Намоз ўқимайдиганлар эса, бу улуғ саодатдан бебаҳра бўладилар. Истихора намозида бардавом бўлиш эса, ризқ-насибанинг хайрдан келишига, дин ва дунё учун бажарадиган ишларнинг хайрлилигига ва энг асосийси Аллоҳга таслимиятни ҳис қилишга васила бўлади. Мўмин  учун бундан улуғ саодат бўлиши мумкинми?.. Майли, қизим, Аллоҳ қалбингизга ёруғлик берсин! Мен масжидга бораётгандим, ҳақингизга дуо қиламан...
Отахон билан хайрлашиб уйга ошиқдим. Роббимиз мўмин бандалари учун икки энлик мато — жойнамозни ҳаловат манбаи қилиб қўйган экан, ўткинчи дунё дардлари учун қалбимизни ўрташ, жонимизга озор беришимиз тўғрими? Жойнамоз — биз қаттиқ севганнинг бизни қаттиқ севган жойи экан, нега Унинг муҳаббатидан ҳаловат истамаслигимиз керак? Яна бир кунимнинг ҳикматини англатган Аллоҳ таолога ҳамду санолар айтиб, истихора намозини ўқиш учун жойнамозга ўтирдим...
Умида АДИЗОВА

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar
👍2
Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg'og'iga chiqishibdi. Daryo bo'yida avliyolardan Bahlul qumdan qasr yasayotganini ko'rgan xalifa undan so'rabdi:
- Ey, Bahluli Dono hazratlari, nima qilyapsiz?
Qumdan uy quryapman.
- Uni nima qilasiz?
- Uy qurayapman, kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga Xorun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, oʻtib ketaveribdi. Xalifaning orqasidan yetib kelgan xotini
Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so'rabdi.
- Uy quryapman, begim. Kim sotib olsa, uni duo qilaman,
Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
- Qurgan uyingizning narxi necha pul?
- Bir dinor.
Zubayda bir dinorni unga berib, duo olibdi. Kechqurun xalifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qoʻyilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib koʻray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
- Bu yerga kimning ismi yozilsa, o'sha kiradi deb, xalifani ko'ksidan itarib yuboribdi...

Yaxshilargagina ulashing
@taskinkitoblar 📖📚📖
👍3
"Hayot nashidalari"

Men kattalarga qattiq gapirdim, zarda qildim, siltab tashladim. Ular indamay qoldilar. Bopladim, deb oʻyladim. Aslida ular indamaygina meni boshlab qoʻyganlarini kech angladim, juda kech...

Tuproq boʻlgim kelyapti.

Tun goʻyo supurgiday kelib, kun boʻyi toʻplangan dardlarni gardlarga qoʻshib supurib tongni kutib oldi. Yaxshiyam tongni kutadigan tun bor.

Koʻnglim sezgir edi. Men koʻnglimning sezgilaribilan qiziqmay qoʻydim. Natijada doim yutqazdim.
Yutqazganimnida koʻnglim sezdi.

Taqdir deganlari dorga oʻxshaydi, biz esa dorbozmiz. Dorni Xudo tortgan, bizga yoʻl – faqat shu dor. Xohish-istaklarimiz, orzu-havaslarimiz esa langarchoʻp vazifasini oʻtaydi. Bizni taqdir chizigʻidan chetga chiqishimizga qoʻymaydi.

Odamlar oʻlmaydilar. Shunchaki kelgan joylariga qaytib ketadilar. Bu dunyo esa kutib-kuzatib qolaveradi...

(Siz bilanHamroh bo'lib yuradigan kitoblar turkumidan...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📖📚📖
👍3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg'og'iga chiqishibdi. Daryo bo'yida avliyolardan Bahlul qumdan qasr yasayotganini ko'rgan xalifa undan so'rabdi: - Ey, Bahluli Dono hazratlari, nima qilyapsiz? Qumdan uy quryapman. - Uni nima qilasiz?…
Bolam: - Insonning azizligi Robbisiga yaqinligicha, qudrati esa Robbisidan qo'rqishi darajasida bo'ladi. Ya'ni Allohga qanchalik yaqin bo'lsang shunchalik aziz, Allohdan qanchalik qo'rqsang shunchalik qudratli bo'lasan...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
Mahmud Olaqosh
"Peshonamdagi nur"

Vaqtni qiymatli yoki beqadr qiladigan narsa, bu o‘sha vaqtning qanday o‘tkazilishidir, uni sarflash shaklidir.
Men kuyov deya tahmin qilgan yigit bir nechta ko‘ylakni kiyib ko‘rdi, biroq hech birini yoqtirmadi. Unga qarab turgancha: «So‘nggi libosing kafan bo‘ladi, ey yigit!.» dedim ichimda. Kafan kiydirilayotganda hech bir mayyit injiqlik qilolmaydi. Hozir ko‘rib turganimdek: «Menga bunisi yoqmadi! Ranggi shunaqa, ko‘rinishi bunaqa bo‘lsin!.» deyolmaydi...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
👍3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Mahmud Olaqosh "Peshonamdagi nur" Vaqtni qiymatli yoki beqadr qiladigan narsa, bu o‘sha vaqtning qanday o‘tkazilishidir, uni sarflash shaklidir. Men kuyov deya tahmin qilgan yigit bir nechta ko‘ylakni kiyib ko‘rdi, biroq hech birini yoqtirmadi. Unga qarab…
Mahmud Olaqosh
"Peshonamdagi nur"

Insonlar boshdan kechirgan fojia, u haqida o‘ylagan kishilarni kuldirib, his qilgan kishilarni yig‘latar ekan!..

Og‘ilidagi sigirining orqasidan kun kechiradigan bir kishi bor ekan. Nimadir bo‘libdi-yu, mol-dunyoga hirs qo‘ygan bir kishi uning qandaydir ishiga qarashib yuboribdi. Dunyoparastning shu kichik yordami oldida qarzdor bo‘lib qolishni istamagan o‘sha odam, bir oz o‘ylanib turgach, unga shunday debdi: «Alloh rozi bo‘lsin, desam, bu sen uchun kamlik, men uchun ko‘plik qiladi. Yaxshisi, og‘ildagi shu sigirim bilan buzog‘ini olib ketaqol!..»
Vo-ohhh!. U odamga, uning «Alloh rozi bo‘lsin!» duosiga bergan bahosiga qarang!...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📖📚📖
Izohsiz...
(Kitob savdogarlar uchungin emas, vaqtini, umrini, ilmini abadiyatga muhrlashni istaganlar uchun ham...)

Yaxshilargagina ulashing
@taskinkitoblar
👍2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Izohsiz... (Kitob savdogarlar uchungin emas, vaqtini, umrini, ilmini abadiyatga muhrlashni istaganlar uchun ham...) Yaxshilargagina ulashing @taskinkitoblar
Faqir Musulmon eng avvalo iymonidan sinaladi...
Kambag'allarga yordam berishning eng samarali usuli ulardan biri bo'lmaslikdir...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar
Sema Marashli
“Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq”

Bir ayolning maktubi edi bu.
“Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq. Chunki oilaviy hayotimizning qirq yilini ham qirq kunlik asal oyi kabi mazmunli oʻtishini taʼminladi. U mening bu dunyodagi jannatim, turmushga chiqmasimdan oldin qilingan duolarim ijobati. U bilan yashashdan va umrimni u bilan oʻtkazayotganimdan juda baxtliman. Biz hech qachon “Kuz gullari” qoʻshigʻidagi kabi boʻlmadik. Doim bahor faslida yashadik, tuygʻularimizda kuzni koʻrmadik. Kech qolmadik, sevishni bildik. Sevdik... Sevgimiz qadrini bilib, unga egalik qildik. Bunday tuygʻularni faqatgina tengsiz insonlar bilan boshdan kechirish mumkin, shunday emasmi?”

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📖📚📖
👍2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Izohsiz... (Kitob savdogarlar uchungin emas, vaqtini, umrini, ilmini abadiyatga muhrlashni istaganlar uchun ham...) Yaxshilargagina ulashing @taskinkitoblar
Agar moliyaviy mustaqillikka harakat qilinmasa, jang san'ati o'rganilmasa, har tomonlama ilm olinmasa, har bir og'zi shaloqning va har bir suyuqoyoqning so'zi hikmat, hayoti ibrat bo'lib qoladi.
(ABDULLOH ibn MUBORAK)
Ahadquli Xolmuhammad o'g'lining "" SAVDOGARLAR USTOZI YOHUD HAQIQIY OMAD KALITI "" kitobidan.

Kimning maqsadi bo'lmasa maqsadi borlarga hizmat qiladi.

Agar dunyoda boshqa dindagilar musulmonlardan boyib ketsa, islom dini ayovsiz zulm va tahqirlar ostida qolishi aniq. Ishqilib avlodlarimizni din ulamolari adashtirip qo'ymasin, chunki ba'zi imomlar boylikni noto'g'ri talqin qilish orqali, odamlar o'zgalar qo'liga qarab qolishi mumkin. Ular aslida ummatni ikki dunyo uchun ham qattiq harakat qilishga chaqirsa bo'lardi...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📖📚📖