Ahmad Muhammad Tursun"Sohilsiz dengiz"
Dilkusho el boʻlmasa, zindon erur,
Qayerda el boʻlsa, anda dil kusho.
“Agar odami boʻlmasa, har qanday bogʻ ham zindonga aylanadi”. Ushbu bayt nogoh oʻzining hozirgi holatiga monand va uygʻun tushganidan taajjublandi. Eshikchaga bitilgan satrlarga uzoq tikilib turdi. Soʻng ortiga qaytdi. Uning diliga bezovtalik solgan, xayollarini tutqun qilgan qiz hech yerda koʻrinmasdi. Ertasiga Ismoil qizni hech kutmagan yerida uchratdi. Bogʻ toʻridagi oʻsha eshikcha oldiga choʻnqayib, nimadir yozayotganida “qoʻlga tushirdi”. Oyoq uchida asta yaqinlashgan Ismoil hayratda qoldi: Fotima kechagi yozuvlari ustidan chiziq tortib, quyiroqqa husnixat ila yangi bayt yozayotgan edi:
Dilkusho gul boʻlmasa, zindon erur,
Qayerda gul boʻlsa, anda dil kusho.
Imom Buxoriyning ota-onasini tanishuvi bilan boshlanadigan ushbu kitob sizga ilm olish, saodatli oila qurish, solih farzand tarbiya etishda ko'makchi bo'lishiga aminmiz...
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍3❤1
Битирувчи укаларимга насиҳат
Бугун кечга бўлиб ўтадиган галаконцертда хиром айлаб рақсга тушиб, ўзингни гўёки энг катта ишни қойилллатдим- мактабни тугатдим деб керилма. Чунки кечаси уйингга борасан, ва концерт тугаганини ҳис қиласан. Ҳақиқий концерт энди бошланади ва бир умр давом этади.
Анави чиройли синфдош қизни ҳусни жамолига маҳлиё бўлиб ота-онанг бечора ўзингга деб берган пулни ҳаммасини сарфлама. Чунки барибир у тез орада эрга тегади. Сани уйланишингга эса 6 йил бор. Унутма, сан унга уйланмаганингга минг шукур қиласан. Сабаби сан гўзал қизга уйланаётганда у аллақачон 105 кгли катта аёлга айланади.
Ўқи. Олий таълимга ҳаракат қил, энди катта бўсам палон бўламан деб гапирма, уят бўлади. Чунки катта бўлиб бўлдинг. Энди катта одам бўлишинг қолди, холос
Россия кетишни ўйламай тур. Сен ватанга кераксак. Унутма, дунёни сен илм ва тафаккур билан қутқарасан.
Бугун кечга сени ичишга мажбурлашса ҳам ичма. Ҳаром нарсадан ҳеч ким барака топмаган. Ишонмасанг, маҳаллангдаги алкаш амакини қара..
Яна бир нарсани эсда тут. Оқимга қарши сузмоқчи бўлсанг, шунга яраша куч тўплашинг керак. Йўқса, оқим сени оқизиииб кетиши мумкин. Нуфузли университетларда ўқиб, Халқаро даражадаги олийгоҳларда магистратурани тамомлаб ҳозир фақат блогерликдан бошқасига ярамайдиганлар ҳам бор. Сен унга ўхшамасликка ҳаракат қил.
Тил ўрган ва замонавий билимларни ўзлаштир. Эртага бир кун комфорт зонадан чиқишга мажбур бўлсанг, сени шу савиянг қутқаради.
Сенга омад ва зафарлар тилайман!
Аллоҳ доим паноҳида асрасин.
kechbòlsaham)))
@taskinkitoblar

❤1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ahmad Muhammad Tursun "Siz qanday yashamoqchisiz?" Bir ustozimiz “Kechaning buguni yoʻq, bugunning ertasi yoʻq”, degan gapni koʻp qaytarardi. Yoshlik – gʻoʻrlik ekan, uning soʻzlari ilgari bizga majnunning dovdirashiga oʻxshab tuyulgan ekan. Bugunga kelib…
Yaqinda bir tanishimiz yolgʻiz qizini turmushga uzatdi. Kuyov boʻlmish ilmli, kelishgan, aklli yigit chikdi. Qiz uzatgan ota-onaning quvonchdan boshlari osmonlarga yetay derdi. Qiz ham orzusidagi kuyovga turmushga chiqqanidan oʻzini dugonalari orasida eng baxtli sanardi. Yosh kelin-kuyov “asal oyi”ning qandoq oʻtib ketganini ham sezmay qolishdi. Koʻp oʻtmay, bir-biriga soʻzsiz termulishlar, chuqur “oh” tortishlar, shirin-shirin suhbatlar, yurakni shamday erituvchi muloyim va yoqimli soʻzlarning bari ortda qoldi. Odatiy turmush boshlandi. Biroq Baxt va huzur-halovat dengizida shitob bilan suzib borayotgan Nikoh kemasi kutilmaganda Roʻzgʻor deya atalmish bir qoyaga urildiyu, chilparchin boʻldi. Hammaning boshi qotgan: ne-ne umidlar bilan kelin olgan kuyov xonadonidagilar ham, qizimizni yaxshi joyga uzatib, baxtini taʼminladik, deya shirin xayollar bilan yurgan qudalari ham ikki yoshni yoʻlga sololmay, murosaga keltirolmay, dunyolari zulmat, ichganlari zahar-zaqqum, yeganlari ranj-alam boʻtqasi boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, kelinning ota-onasi yeru koʻkka ishonmay avaylab oʻstirgan yolgʻiz farzandlarining baxti-ni faqat dabdabali qilib oʻtkaziladigan toʻyda, ziyofatga chorlangan odamlarning soni va martabasida, qizlariga qilingan sepilarning toʻkisligida deb oʻylayverishibdiyu, ammo qizlarini bir umrlik hayotga tayyorlashni butunlay “esdan chiqarishibdi”. “Shoʻrlik” kelin erining oppoq koʻylagini qora rangi chiqadigan paypokqa aralashtirib
yuvib qoʻyib, kelinlikdagi ilk “tanbeh”ni kurttakkina eshitib oldi. Kelinbola bor-yoʻgʻi ikki xil taomni, u ham boʻlsa tuxumni suvda qaynatib va tovada qovurib pishirishni bilarkan, xolos. Hatto har kuni yotoqni shamollatish, xonalarni changdan tozalash, uzilgan tugmani qadash, gullarga suv quyish kabi eng oddiy yumushlarda ham oʻzining mutlaqo uquvsizligi va epsizligini koʻrsatdi. Kuyovning bu haqdagi dashnomlaridan keyin ham uzr soʻrash oʻrniga
“Dadamga aytaman, xizmatkor yollab beradilar”, degan javobni qaytardi. Oxiri qurilganiga hali ikki oy ham toʻlmagan oila qasri vayron boʻldi, ikki yoshning baxti uning xarobalari ostida qolib ketdi...

@taskinkitoblar📚📖📚Amina Shenliko'g'li
Johiliston kelini
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
Johiliston kelini
Eshakni to'yga chaqirishibdi, u esa yo suv tugagandir, yoki o'tin degan ekan.
(Turk maqoli)
Qishloqlik bo'lish emas, qishloqlik ekanligini yashirish ayb. Inson o'zidek ko'rinishi kerak. Hatto qusrli bo'lsa ham...
Isteʼdodning maktabi bo'lmaydi.
Ilm bo'lmay turib madaniyat ham, go'zal axloq ham bo'lmas ekan.
Haqiqat degan narsa Yevropada ham haqiqat, Makkada ham haqiqat hisoblanadi. Allohning tavsiyalariga amal qilinmagan har joyda kattayu kichik ham, insonu hayvon ham azob chekadi.
Dinga aloqasi yo'q bema'ni urf-odatlarining manbasi jaholat.
Go'sht sasisa tuzlarsan, tuz sasisa naylarsan (maqol😁)
Ishonchim komilki, onalarning ko'z yoshlari boshqalarnikidan boshqacha. Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
❤1
Nikoh inson hayotidagi eng muhim burilish nuqtasi sanaladi. Chunki, alohida yashagan ikki inson hayoti nikohdan keyin birlashadi. Endi, “men” va “u” emas, “biz” degan tushuncha paydo boʻladi.
Nikoh bilan ikki vujud, ikki qalb bir tan, bir
jonga aylanadi. Buni “oila” deyiladi. Muhabbat bilan qurilgan oila aʼzolari huzur-halovatdayashaydi. Oilasi tinch inson qalbi xotirjam boʻladi. Zero, oʻz uyini farogʻat qasriga aylantirolmaganlar oiladan tashqarida ham baxtga, yutuqqa erisholmaydi. Muvaffaqiyat sari ilk odim oiladanboshlanadi...Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📖📚📖
👍3❤1
Abu Homid G'azzoliy (Islom hujjati)
Banda duo qilsa uch ishdan biri bòladi.
_Duosi ijobat bo'ladi...
_Kelayotgan balo qaytadi...
_Yoki duosi qiyomatga sarmoya bo'ladi...
Salmon Forsiy dedi: “Uchta ish bor, kulgimni qistatadigan darajada ajablantiradi:
_inson farzandining oʻlim chorlab turgan bir paytda dunyo orzusiga berilishi...
_har nafasidan xabardor boʻlinayotgan bir paytda insonning bu
ogohlikdan gʻofilligi...
_olamlar Parvardigorining oʻzidan rozi
yoki gʻazabda ekanligidan bexabar holda ogʻzini toʻldirib kulishi...
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
"Ihyou ulumid din" (Dinni ishlarini tiriltirish)Banda duo qilsa uch ishdan biri bòladi.
_Duosi ijobat bo'ladi...
_Kelayotgan balo qaytadi...
_Yoki duosi qiyomatga sarmoya bo'ladi...
Salmon Forsiy dedi: “Uchta ish bor, kulgimni qistatadigan darajada ajablantiradi:
_inson farzandining oʻlim chorlab turgan bir paytda dunyo orzusiga berilishi...
_har nafasidan xabardor boʻlinayotgan bir paytda insonning bu
ogohlikdan gʻofilligi...
_olamlar Parvardigorining oʻzidan rozi
yoki gʻazabda ekanligidan bexabar holda ogʻzini toʻldirib kulishi...
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qurʼonning “Qul hal yastavillazina yaʼlamuna vallazina la yaʼlamun”, yaʼni “Bilganlar bilan bilmaganlar har toʻg'rida teng kelolmaydilar” degan hikmatlik soʻzini, albatta, amalga oshirish kerak edi. Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat…
"Turkiston qayg'usi" deyarli sotilmayapti...
Anglayapmanki bu kitob bekorga bunday nomlanmagan ekan, ummat uchun qayg'uradiganlar kam, qayg'urish tugul qayg'u haqida bilishni xohlaydiganlar ham kam...😔😔😔
Shu o'rinda (adashmasam)Dostoevskiyni bir gapi yodimga kelaveradi.
_ Qayerdamiz? Jarda, xa yaxshi hartugul yana qulamas ekanmizku!_
_Biz tiz cho'kmaymiz, chunki tik turgan tiz cho'kadi, yotganlar emas...
(Bir kitobchi do'stimni gapi...)

😢7
Buyurtmalarni qabul qilishni boshlaymiz!
Oilashunos adibadan yangi asar premyerasi🥳
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📖📖📚

👍2❤1
"Men ham tafakkur qilaman"
(Quronni tafakkur qilamiz...)
Bordiyu Qurʼon Paygʻambar alayhissalomning
soʻzlari boʻlganida edi, uni doimo bir xilda oʻqib
berolmasdilar. Chunki insonning xotirasi bunga
imkon bermaydi.
Qurʼon oʻqish uchun “Aʼuzu billahi minash-shaytonir rojim”ni aytayotgan kishi shaytonning Allohga koʻrsatgan hurmatsizligini, Odam alayhissalomga qilgan dushmanligini yodga olsin.
“Bismillahir rohmanir rohim”ni aytayotganda esa gunohlari miqdoriga qaramasdan bandasiga mehribon va rahmli boʻlgan Robbisi borligini eslasin.
Shayton doimo Alloh dasturining qaysi yeridan zaifroq tutgan boʻlsak, oʻsha tomondan hujumga oʻtadi.
Masalan, kimdir namozga astoydil, lekin ehson - qsadaqaga sust. Shayton unga kambagʻallarga ehson qilmaslikni vasvasa qiladi. Birovning haqini qoʻrqmay yeyishni tavsiya etadi...
@Taskinkitoblar📚📖📚

Yaxshilarga ulashing@Taskinkitoblar📚📖📚
👍2❤1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Davlatimiz ham, biz ham yo'qmiz. Yelkamizga minib olgan podshox sal marhamatli bo'lganida, hozir hech birimiz bu zindonda o'tirmagan bo'lardik. Ularning o'zi bizni jinoyatga majburlaydi, keyin kattagina jazo ham beradi. Agar fohishabozlik taqiqlanganida, jazosi…
– Ҳа, ишонмайман. Чунки Аллоҳ менинг руҳимни жаннат боғига равона қилади.
– Қачон?
– Ўлган заҳотим.
– Аллоҳ билан келишиб олганмисан? Қаердан биласан?
– Қуръондан биламан. Аллоҳ йўлида ўлганлар жаннатга тушади дейилган. Мен ҳам Аллоҳнинг йўлидаман. Бу йўлга кирганимдан бери унга ҳеч хиёнат қилмадим. Мен Аллоҳни яхши кўраман, биламанки, у ҳам мени яхши кўради. Аллоҳ уни севганларга хушхабар берган.
– Сен Аллоҳ яхши кўрган бандаларданмисан?
– Аллоҳ ваъдасидан қайтмайди. Мен унинг динига зид яшамайман. Тавба қилганимдан кейин қайтиб гуноҳи кабираларга қўл урмадим. Кичик гуноҳларим учун эса беш вақт намозда тавба қиламан. Шу сабабли Аллоҳнинг марҳаматидан умидворман.
Вадот унинг ўтиришига ҳам фурсат бермай саволга тутар эди:
– Сенга нега ўлим жазоси беришди? Хотинларнинг қорнига тумор ёздингми, нима қилдинг?
– Мен ўшандай сохтакорларга ўхшайманми?
– Унда нега ўлим жазоси олдинг?
Дорга осиладиган йигит жуда закийга ўхшайди.
"Дор остидаги одам" китобидан
Yaxshilarga ulashing
@Taskinkitoblar📖📖📖

❤1🥰1
Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"
- Ayol tuproqqa oʻxshaydi, sen hosil olishni bilsang boʻlgani, demoqchimisiz?
- Men demayapman, Alloh deyapti. Erkak birinchi qadamni qoʻyadi, ayol hosil beradi. Qolaversa ayol bitta bermaydi, birga oʻn, birga yuz, birga ming beradi. Sen unga atirgul koʻchati eksang, u senga dasta-dasta gul beradi, sen unga bir shirin soʻz aytsang u senga yuz shirin soʻz aytadi. Aksincha boʻlsa aksincha...
Dushmanga oʻzining quroli bilan oʻq uzish mumkin, lekin u sening dushmaning emas, umr yoʻldoshing, turmush oʻrtogʻing. Uning hatosiga undan koʻra kattaroq hato bilan javob berma!
Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...
(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga eltib beriladi...)
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚

Yomg'irli kun edi. Men ketayotgan avtobusda yoʻlovchilar uncha koʻp emas, bo'sh o'rinlar ham bor. Oynadan ko'rib turibman, kimdir to'xtatish uchun qo'lini ko'tardi. Haydovchi to'xtamadi.
Yomg'irda turgan oʻsha odamga juda rahmim keldi va haydovchiga
«Yo'lda qo'l ko'tarib, noumid qolgan yo'lovchi sensan», -dedim.
To'yda bir odam kelin-kuyov haqiga tilak bildiryapti. Qoʻlida
qadah... xayolimda qoʻlidagi qadahoʻqotar qurolga aylanib, kelin va
kuyovni nishonga olayotgandek tuyulib ketdi...
Bolajonlar uchun (krill va lotinda)
ajoyib kitob🥳
(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga BEPUL eltib beriladi...)

🥰1
Ota onalik - oila qurishga niyat qilgan ondan boshlanadi...
"Uchgacha ayni vaqti" kitobidan...
(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga BEPUL eltib beriladi...)
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
"Uchgacha ayni vaqti" kitobidan...
(Haridlaringiz Respublika bo'yicha manzilingizdagi pochta filiallarimizga BEPUL eltib beriladi...)
Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
🥰2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ahmad Muhammad Tursun "Sohilsiz dengiz" Dilkusho el boʻlmasa, zindon erur, Qayerda el boʻlsa, anda dil kusho. “Agar odami boʻlmasa, har qanday bogʻ ham zindonga aylanadi”. Ushbu bayt nogoh oʻzining hozirgi holatiga monand va uygʻun tushganidan taajjublandi.…
Ilm xuddi yugan koʻrmagan asov otga oʻxshaydi. Astoydil tirishib, uni jilovlab olmasang, aslo tutqich bermaydi. Bu yerda hifz qilganing oʻn ming hadisni har kecha takror xotirdan oʻtkazishni kanda qilma. Sal beparvo boʻlsang, barini unutasan. Yana bir hikmatni xotirda tut: "Ilm talabi uchun toʻrtta "kof" kerak: yaʼni, kisai padar, kosai modar, kashishi ustoz, koʻshishi shogird". (Otaning kissasi,yaʼni nafaqasi, onaning kosasi, yaʼni taom va parvarishi, ustozning eʼtibori, shogirdning harakati).
Kimda sabot boʻlmasa, nabot(oʻsish, kamolga yetish) boʻlmaydi!
Yuqoridagilar muhaddis olim al-Buxoriyga ustozi Muhammad ibn Salom Boykandiyning nasihatlaridan.
Bugun shu kitobni oʻqishni boshladim) Asar Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlaridagi ishonchli ilmiy manbalar, taniqli Islom ulamolarining asarlariga tayangan holda yozilgan.

Doktor H.Shamsiy
Baxt ulashing
Agar inson hayotning mohiyatini anglaganida unda baxtni ro'yobga chiqaradigan ko'plab sabablarni topgan, dunyo hayotini jannatga aylantirgan, oxirat dunyosiga bormay turib jannatni ko'rgan bo'lardi... Zero Robbimiz kitobida "Senga Qur'onni badbaxt bo'lishing uchun nozil qilganimiz yo'q" deb marhamat qiladi. Demakki biz baxtli bo'lishga haqlimiz...
Ushbu kitob Baxt haqidagi tushunchalarimizga oydinlik kiritib, bizni baxtli holda o'zgalarga ham baxt ulasha oladigan inson bo'lishimizga sabab bo'ladi...

Уйимиз олдидаги йўлак ўриндиғида ўтиргандим. Хаёлга толиб қолибман.
— Ассалому алайкум, мухбир қизим? – Қўшни отахон рўпрамда синиқ жилмайиб турган эканлар. Ҳижолат чекиб, дарҳол ўрнимдан турдим:
— Ва алайкум ассалом, амаки. Узр, хаёлга толиб қолибман.
— Ҳечқиси йўқ, қизим. Агар сўраётганим учун малолланмасангиз, паришонлигингиз сабабини билсам бўладими?
— Малолланмайман, амаки. Фақат... Сабабсиз тушкунлик, ҳафсаласизликдан қийналяпман. Аслида мўминнинг қалбига ғам- қайғу ярашмаслигини биламан. Аммо баъзан била туриб...
— Ҳа-а... - Қўшни амаки изн сўраб, ўриндиқнинг бурчагига омонат қўнишдилар.
— Ибодатларда танбаллик, ишончсизлик, умидсизлик... Баъзан ношукр бўлиб кетяпманми, деб Аллоҳдан уяламан...
— Ҳа-а-а, аслида ана шу “Аллоҳдан уяламан!” деган сўзингизда иймон ва тақво мужассам, қизим. - Отахон ўз-ўзига гапиргандай оҳиста гап бошладилар.- Қизим, сиз истихора намози ҳақида эшитганмисиз?
— Ҳа, баъзан бирор ишда иккилансам истихора намози ўқиб оламан.
— Ҳа, баракаллоҳ, кам бўлманг. Аммо истихора намозини баъзан эмас, доимий ўқиб бориш керак, қизим. Биласиз-а, “Истихора” сўзи хайрни талаб қилиш, деган маънони англатади. Мўмин инсон ҳар доим Аллоҳдан “ҳақимга хайрлисини тақдир қилгин!” дея сўрайди. Демак, истихора намозини баъзида эмас, доимий ўқиб бориш дин ва дунёимиз учун манфаатлидир. Жобир розияллоҳу анҳудан шундай ривоят қилинади: «Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам бизга ҳамма ишларда истихора қилишни худди Қуръондан сурани таълим бергандек таълим берар эдилар. У зот: «Қачон бирингиз бир иш қилмоқчи бўлса, фарз намоздан бошқа икки ракъат намоз ўқисин. Сўнг, Эй, Аллоҳим! Албатта, мен Сендан илминг ила истихора қиламан. Сенинг қудратинг ила қудрат сўрайман. Сендан улуғ фазлингдан сўрайман. Албатта, Сен қодир бўлурсан, мен қодир бўлмасман. Сен билурсан, мен билмасман. Сен ғайбларни ўта яхши билувчи зотсан. Эй, Аллоҳим! Агар ушбу иш менга динимда, маошимда ва ишим оқибатида яхши эканлигини билсанг (ёки ҳозирги ишимдаю, келгусида) уни менга тақдир қилгин, менга осон қилгин, сўнгра уни мен учун баракали қилгин. Агар ушбу иш мен учун динимда, маошимда ва ишим оқибатида (ёки ҳозирги ишимдаю келгусида) ёмон эканлигини билсанг уни мендан буриб юбор, мени ундан буриб юбор. Ва менга қаерда бўлса ҳам яхшиликни тақдир қил. Сўнгра мени унга рози қил, десин ва ҳожатини айтсин», дедилар».
— Айримлар истихора намозидан кейин тушда аён бўлади, дейишади...
— Истихора намозини ўқигандан кейин ҳеч нарсани ўйламай, Аллоҳ ихтиёр қиладиган нарсани кутиб юриш мақбул. Кейин кўнглига тушиб, ўзига маъқул бўлиб қилгиси келиб қолса қилади. Истихора намозининг биринчи ракъатида «Фотиҳа» сурасидан кейин «Кафирун» сурасини, иккинчи ракъатда «Ихлос» сурасини ўқийди. Истихора намози ҳам бошқа намозлар каби бандани Аллоҳ таолога боғловчи омил. Аллоҳ таолога ёлвориб, илтижо қилиб яхшилик йўл кўрсатишни сўрашдир. Бу мўминнинг ҳаётида намознинг ўрни қанчалар муҳим эканини кўрсатади. Мўмин ҳатто қиладиган дунёвий ишида ҳам дунёнинг Холиқи ва бошқарувчиси Аллоҳ таолонинг Ўзидан маслаҳат сўраш керак. Намоз ўқимайдиганлар эса, бу улуғ саодатдан бебаҳра бўладилар. Истихора намозида бардавом бўлиш эса, ризқ-насибанинг хайрдан келишига, дин ва дунё учун бажарадиган ишларнинг хайрлилигига ва энг асосийси Аллоҳга таслимиятни ҳис қилишга васила бўлади. Мўмин учун бундан улуғ саодат бўлиши мумкинми?.. Майли, қизим, Аллоҳ қалбингизга ёруғлик берсин! Мен масжидга бораётгандим, ҳақингизга дуо қиламан...
Отахон билан хайрлашиб уйга ошиқдим. Роббимиз мўмин бандалари учун икки энлик мато — жойнамозни ҳаловат манбаи қилиб қўйган экан, ўткинчи дунё дардлари учун қалбимизни ўрташ, жонимизга озор беришимиз тўғрими? Жойнамоз — биз қаттиқ севганнинг бизни қаттиқ севган жойи экан, нега Унинг муҳаббатидан ҳаловат истамаслигимиз керак? Яна бир кунимнинг ҳикматини англатган Аллоҳ таолога ҳамду санолар айтиб, истихора намозини ўқиш учун жойнамозга ўтирдим...
Умида АДИЗОВА

Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg'og'iga chiqishibdi. Daryo bo'yida avliyolardan Bahlul qumdan qasr yasayotganini ko'rgan xalifa undan so'rabdi:
- Ey, Bahluli Dono hazratlari, nima qilyapsiz?
Qumdan uy quryapman.
- Uni nima qilasiz?
- Uy qurayapman, kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga Xorun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, oʻtib ketaveribdi. Xalifaning orqasidan yetib kelgan xotini
Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so'rabdi.
- Uy quryapman, begim. Kim sotib olsa, uni duo qilaman,
Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
- Qurgan uyingizning narxi necha pul?
- Bir dinor.
Zubayda bir dinorni unga berib, duo olibdi. Kechqurun xalifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qoʻyilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib koʻray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
- Bu yerga kimning ismi yozilsa, o'sha kiradi deb, xalifani ko'ksidan itarib yuboribdi...
Yaxshilargagina ulashing
@taskinkitoblar 📖📚📖

👍3
"Hayot nashidalari"
Men kattalarga qattiq gapirdim, zarda qildim, siltab tashladim. Ular indamay qoldilar. Bopladim, deb oʻyladim. Aslida ular indamaygina meni boshlab qoʻyganlarini kech angladim, juda kech...
Tuproq boʻlgim kelyapti.
Tun goʻyo supurgiday kelib, kun boʻyi toʻplangan dardlarni gardlarga qoʻshib supurib tongni kutib oldi. Yaxshiyam tongni kutadigan tun bor.
Koʻnglim sezgir edi. Men koʻnglimning sezgilaribilan qiziqmay qoʻydim. Natijada doim yutqazdim.
Yutqazganimnida koʻnglim sezdi.
Taqdir deganlari dorga oʻxshaydi, biz esa dorbozmiz. Dorni Xudo tortgan, bizga yoʻl – faqat shu dor. Xohish-istaklarimiz, orzu-havaslarimiz esa langarchoʻp vazifasini oʻtaydi. Bizni taqdir chizigʻidan chetga chiqishimizga qoʻymaydi.
Odamlar oʻlmaydilar. Shunchaki kelgan joylariga qaytib ketadilar. Bu dunyo esa kutib-kuzatib qolaveradi...
(Siz bilanHamroh bo'lib yuradigan kitoblar turkumidan...)

Yaxshilarga ulashing@taskinkitoblar 📖📚📖
👍3