Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
#TaskinNews

Bizda birinchi!!!

@Taskinkitoblar _ Yaxshilarga ulashing!
Xalqning savodini chiqaring, uni tarbiyalang, ma'rifatli qiling, ongiga odob-axloq tushunchalarini singdiring, undagi mavjud layoqatni kerakli tomonga yo'naltiring, ana shunda odamlarni boshini kundada chopishingizga, qamoqxona qurishingizga vaj qolmaydi.

Insonning buyukligi bo'yi bilan o'lchanmaganligidek, xalqning buyukligi uning soni bilan o'lchanmaydi...

Inson aqli bo'lgan hamma joyda kitob bo'lishi shart.

-Xalq och va yupun. Qashshoqlik uni jinoyat sari yetaklamoqda, fahsh botqog'iga cho'ktirmoqda. O'g'illarini qamoqxonalar, qizlarini fohishaxonalar tortib olayotgan xalqqa rahmingiz kelsin...
- Xalqni dardini davolashdan oldin uni puxta o'rganib olishingiz kerak. Siz chiqarayotgan qonunlar faqat vaqtincha yengillik tug'diruvchi nayranglardir. Siz joriy qilgan nizomlarning yarmi - mutaassiblik, yarmi- lo'ttibozlik..."

V.Gyugo ning Klod Gyo asaridan...

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Farzandingiz telefonini nazorat qilish uchun Android telefonlarda Family Link dasturi bor.
Dastur imkoniyatlari:
📱 Telefon nechida yoqilib, nechida blokka tushishi (masalan ertalab 8 dan kechqurun 10 gacha).
📱 Bir kunda necha soat ishlata olishi (darslar online bo'lgani uchun men 3 soat limit qo'yganman, keyin ekran blokka tushadi)
📱 Qanday dasturlar o'rnata olishi (har bir dastur uchun sizni telefoningizga ruxsat so'rab xabar keladi, ruxsat bermasangiz o'rnatilmaydi)
📱 Har bir dastur uchun kunlik limit (minutlarda va soatlarda)
📱 Youtube videolar uchun yosh chegarasi (xavfli yoki uyatsiz kontent chiqmaydi)
📱 Google Play dasturlar uchun yosh chegarasi (kattalarning dasturlari, o'yinlari, kitoblari chiqmaydi)
📱 Farzandingiz (telefoni) lokasiyasi
📱 Istalgan payt telefonni blokka tushirish (darsini qilmasa 😅)
📱Family Link o'rnatilgan telefonni Google bolalarniki ekanligini biladi va har tomonlama kattalar uchun mo'ljallangan kontent va reklamadan himoya qiladi. Bexavotir beraverasiz.

@TaskinKitoblar
Istig'forning 40 xosiyati.mp3
@audiokitob_ulashamiz
✍🏻Ziyovuddin Rahim
🎶Istig'forning 40 hosiyati


@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍1
Qadimgi hakimlar "Kasallik nima?" savoliga "Yeyilganni hazm qilmasdan ustiga taom yeyishdir" deb javob berishgan.
Kasallikning asosiy sabablaridan biri hazmning tamomlanishini kutmasdan, bir ovqatning ustiga boshqa ovqat yeyishdir.
Taomning turiga, miqdoriga va og'irligiga qarab birinchi hazm 6-10 soatgacha davom etadi. Oshqozonda hazm tamomlanmasdan turib yeyilgan bir luqma ham hazm jarayonini buzadi.
Payg'ambarimiz s.a.v. ko'pincha och va suvsiz yurardilar: "Kechqurun yoki kunduzi ikki martadan ovqat yeyish illatdir, qorni to'q bo'laturib,ovqat yeyish ham kasallik,ham haromdir"deganlar.

''Dard va davo'' kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Sema Marashli
"Quloq oshiq bo'lar ekan ko'zdan avval''

Ayolning eri bilan munosabati yaxshi boʻlmasa, biron-bir ish
qilishga qoʻli bormaydi. Erkaklar esa ishlari yurishmaganida
ayollariga ortiqcha eʼtibor berolmaydilar.
Erkak oldin oʻylaydi, keyin gapiradi, ayol esa oldin gapiradi
keyin oʻylaydi.
Erkaklar muhim sanalarni unutadi, ayollar esa bunday kun-
larga qattiq ahamiyat beradi.
Erkak unutadi va kechiradi, ayol unutadi, ammo kechirmaydi.
Erkak yangi mashina olgan odamdan mashinaning modelini va
nomini soʻraydi, ayol esa birinchi boʻlib mashinaning rangini
soʻraydi.
Ayol janjal chiqarishni istasa, gapirishni istaydi.
Erkak esa janjal chiqarishni xohlasa, gapirishni boshlaydi.
Ayol his-tuygʻularini oshkora qilishni istaydi.
Erkak esa his-tuygʻularini oshkora qilishdan nafratlanadi.
Ayol eriga “ket” deganida aslida erining qolishini istaydi.
Erkak esa “ket” deganida ayolining haqiqatan ham ketishini
istaydi.

Yumshoqmuqova, 170 sahifa, 22ming
Buyurtma @TaskinKitob

Yaxshilarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍1
...Ibn Sino ertalab non yeganlarga go'shtni kechqurun yeyishni tavsiya qilardi. Non va go'sht orasida vaqt shunchalik uzun bo'lishi kerak. Go'sht bilan nonni birga yeyish zarur bo'lsa, avval nonni go'sht suviga botirib,yeyish va shundan so'nggina go'sht yeyish lozim. Taomdan keyin suv ichilsa,suv ichaklarga o'ta olmaydi, oshqozonning kengayishiga, qiynalishiga sabab bo'ladi. Taom orasida suv ichish to'g'ri emas, chunki ovqat yeb suv ichgan, taomni yaxshi chaynamaydi. Yetarlicha chaynalmagan taom oshqozonga, ichaklarga va taloqqa zarar beradi.

''Dard va davo'' kitobining "Kam chaynash" bo'limidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
АЙБ БИЗДА
Биттаси айтаяпти:
"Мен ҳижоб ўраб фоҳишалик қилиб юрган қанча-қанча аёлларни биламан!".
Мен унга дедим:
"Мен эса Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламнинг ортларида доимо биринчи сафда намоз ўқиган мунофиқларни биламан. Агар ҳижоб мақтовли нарса бўлмаганида ўша сиз айтган фоҳиша унинг ортида беркинмаган бўлар эди. Агар соқол ёмон нарса бўлганида эди муттаҳамлар уни ўзларига ниқоб қилмаган бўлар эди. Агар ислом ёмон нарса бўлганида бугунги ўзбеклар ичида писиб юрган атеистлар очиқ-ойдин ўзини таништириб "менга жаноза намози ўқиманглар" деган бўлар эди!".
Мусулмоннинг айб иш қилаётганини кўрсангиз билингки, у динига амал қилмаяпти.
Динимизда айб йўқ. Айб, динимизга амал қилмаётган биз мусулмонларда!

Қалблардан сўранг китобидан

Буюртма бериш @Taskinkitob

Маҳбубларга улашинг
@Taskinkitoblar
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Xalqning savodini chiqaring, uni tarbiyalang, ma'rifatli qiling, ongiga odob-axloq tushunchalarini singdiring, undagi mavjud layoqatni kerakli tomonga yo'naltiring, ana shunda odamlarni boshini kundada chopishingizga, qamoqxona qurishingizga vaj qolmaydi.…
Очлик ва моддий қийинчиликлар ортидан ғалаён кўтарган одамларга қарата:
"Нонга пуллари бўлмаса, пирожний олақолишсин!" дея шарманда бўлган Франция қироличаси Мария Антуанетта (баъзи давлатларнинг) бошқарув сиёсатида қўлланадиган "халққа яқин бўлиш" спектаклининг муаллифи ҳам экан.

Яъни, у ҳар ойнинг охирги якшанбасида қирол оиласининг дам олиши учун мўлжалланган қишлоққа деҳқон аёллар либосида борар, у ерга бир неча кун олдин келиб, махсус тайёргарлик кўрган, деҳқонлардек, чўпонлардек кийиниб олган сарой аъёнлари қироличани ҳамду санолар, олқишлар билан кутиб олишар экан.

Ўз навбатида, қиролича ҳам уларни одддий халқ ўрнида кўриб, ҳол-аҳвол сўрар, яшаш шароитлари билан қизиқар, ҳадялар берар, кечгача гўё фуқаролар ишлари билан машғул бўлиб, саройга "ҳориб-толиб" қайтар ва бир неча кунгача сарой аъёнларига "халқ орасида олган таассуротлари"ни тўлиб-тошиб ҳикоя қилар, аъёнлар ҳам табиийки, унинг фуқаропарвар қиролича эканини такрор-такрор айтиб, мақтаб кўкларга кўтаришар экан...

Мабодо, тантиқ қиролича ўзининг бу "спектакли" юз йиллар давомида бир қанча "ворислар" томонидан янада мукаммаллаштириб ижро этилишини билганида борми, ишламайдиган калласини янада баландроқ кўтариб юрган булармиди...

@TaskinKitoblar
-Sening hech narsaga e'tiroz bildirishga haqqing yo'q!
Axvolingga qara xohlaganingdek kiyinibsan. Xolbuki, biz darslarga kirish uchun ro'molimizni yechishga majburmiz.

Bir xil o'ylovchi ming kishini bir kishi deb hisoblasa bo'laveradi. Gapirmoqchi bo'lgan kishini og'zini yopish chora emas. Zero, fikrlari noto'g'ri ekanini tushunib, uning o'zi gapirishdan to'xtaydi. Agar uning og'ziga urilsa u boshqa yo'llar orqali gapirishni boshlaydi.

Murosani ro'kach qilib og'zi yopilganlardan xufyona muxolifat paydo bo'ladi.

''IQROR''


- Ayol tuproqqa oʻxshaydi, sen hosil olishni bilsang boʻlgani, demoqchimisiz?
- Men demayapman, Alloh deyapti. Erkak birinchi qadamni qoʻyadi, ayol hosil beradi. Qolaversa ayol bitta bermaydi, birga oʻn, birga yuz, birga ming beradi. Sen unga atirgul koʻchati eksang, u senga dasta-dasta gul beradi, sen unga bir shirin soʻz aytsang u senga yuz shirin soʻz aytadi. Aksincha boʻlsa aksincha...

Dushmanga oʻzining quroli bilan oʻq uzish mumkin, lekin u sening dushmaning emas, umr yoʻldoshing, turmush oʻrtogʻing. Uning hatosiga undan koʻra kattaroq hato bilan javob berma!

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"

“Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o’zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamat solib qo’ygani (ham) Uning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir”
“Rum” surasi 21-oyat

Oyati karimada “Sokinlik topishingiz uchun orangizga sevgi va marhamat solib qo’ydik” deyilmoqda. Men buni Allohning nikohlanayotgan kishilar uchun to'yonasi deb o’ylayman. “Nikohda hikmat bor” deganlari shu bo’lsa kerak. Yani nikohlanayotgan juftga do’stu birodarlar, qarindoshlar sovg’a salom berar ekan, Robbimiz ham nikoh hadyasi sifatida “sevgi va rahmat” ni tuhfa qiladi.

Sema Marashli
''Sevmoq shunchalar go‘zal''


Bir ayolning maktubi edi bu.
“Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq. Chunki oilaviy hayotimizning qirq yilini ham qirq kunlik asal oyi kabi mazmunli oʻtishini taʼminladi. U mening bu dunyodagi jannatim, turmushga chiqmasimdan oldin qilingan duolarim ijobati. U bilan yashashdan va umrimni u bilan oʻtkazayotganimdan juda baxtliman. Biz hech qachon “Kuz gullari” qoʻshigʻidagi kabi boʻlmadik. Doim bahor faslida yashadik, tuygʻularimizda kuzni koʻrmadik. Kech qolmadik, sevishni bildik. Sevdik... Sevgimiz qadrini bilib, unga egalik qildik. Bunday tuygʻularni faqatgina tengsiz insonlar bilan boshdan kechirish mumkin, shunday emasmi?”

Sema Marashli
“Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq”


"Tongni qalbdan sevganlar tunni ham qadrlaydilar. Visol uchun yo‘lga chiqqanlar safar mashaqqatlariga sabr qiladilar. Yo‘ldagi qiyinchiliklar visol halovatidan nishona. Safar mashaqqatini rad etmoq – visolni rad etmoq. Zulmatga toqat qilmaganlarning oydinligi bo‘lmaydi. Muammo bo‘lmasin degani – hech narsa kerak emas, deganidir".

Said Chamlija
"Iymon va huzun"

Farzandlaringizga biror narsani berishda(hadya) ularni teng ko’ring.

Rout xonim darrov Lillini yasab sotish uchun patent sotib oladi. Qo’girchoqning tashqi ko’rinishiga ayrim o’zgarishlar kiritdi. “Menga qarang” deydigan nogohlar biroz yumshatildi, yaqqol ko’zga tashlanib turadigan ayollik qomati kichraytirilib qizaloq holiga keltirildi, shunday qilib “beozor” Barbi qo’g’irchog’I dunyoga keldi. 1959 yil 9 mart kuni Barbi Nyu Yorkdagi bolalar magaziniga savdoga chiqarildi. U negadir birinchi qadamlardan qoqildi. Sotuvchilar uni “bola emas, balog’at yoshidagi ayol, qo’g’irchoqda bolalar uchun biror nima yo’q” deya sotishni istashmaydi.
Keyin esa bir psixologning maslahati bilan…

(Barbining “onasi” Rout xonimning o’g’li va o’zi esa OITS dan vafot etadilar.)

Zilola Suyarova
''Jannat vasilasi'' kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍4
​​Sabr – xastaliklarda Ayyub,
hasratlarda Yaqub,
chohlarda Yusuf,
otashlarda Ibrohim boʻlmoqdir...

Iymon va huzun

@Taskinkitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7
Менга иффат ҳақида гапирма, уни кўрсат сендан илтимос...
4
Болам доим ўйин ўйнашни хоҳлайди дейдиган она...

Хоҳламаса яхшироқмиди?

Болам қўлимдан тушмайди, этагимга ёпишгани-ёпишган деб зорланган она...

Сизни паноҳ тутишни танламаса яхшироқмиди?

Болам ухлашдан олдин, мени ёнига чақираверади дея нолиган она...

Чақирмаса, сиз туфайли хотири жам бўлмаса яхшироқмиди?

Болам жуда кўп савол беравериши, гапираверишидан бошларим оғриб кетади деб шикоят қиладиган она...

Гапирмаса, дунёни англашга уринмаса яхшироқмиди?

Болам уйни тўзғитишидан асабим бузилади деб ҳасрат қиладиган она...

Тартибли ва озода, (мозор каби сокин ва тинч) аммо боласиз уйингиз бўлса яхшироқмиди?

Оналик мақоми.

Маҳбубларга улашинг
@Taskinkitoblar
....Inson yoki hayvon jasadiga avval hashorat va pashshalar keladi. Ular o'zlariga oid rizqni tugatib, jasadni navbatdagi borliqlar uchun hozirlab ketishadi. Qurtlar ayni shaklda o'z rizqlarini yeb , jasadni bakteriyalarga qoldirishadi. Oxirgi ishni bakteriyalar qiladi va ulardan faqat suyaklar,soch va tirnoqlar qoladi.Shu shaklda yer yuzi jasad va o'lik organizmlardan tozalanadi. Zamonaviy inson taom,ichimliklar va pardoz-andoz vositalaridagi saqlovchi moddalar va kimyoviy dorilar bilan o'zini mo'miyolab tashlagan. Shu bois,so'nggi yillarda Yevropadagi ba'zi qabristonlardagi jasadlar chirimay yotibdi. Chunki hashorat,pashshalar,qurtlar va bakteriyalar jasadlarni chiritmay ,tuproqqa aralashtirmay qo'yishgan.

🧩"Dard va Davo" kitobining
"Ekologik xavflar" bo'limidan.

@Taskinkitoblar☕️
Aqlning alomati dunyoga aldanmaslikdir...

Ibn Arabiy

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
#Tandirdanyangiuzilgan -Sening hech narsaga e'tiroz bildirishga haqqing yo'q! Axvolingga qara xohlaganingdek kiyinibsan. Xolbuki, biz darslarga kirish uchun ro'molimizni yechishga majburmiz. Bir xil o'ylovchi ming kishini bir kishi deb hisoblasa bo'laveradi.…
Ustoz , nega ? Nega biz bu narsalarni shu kungacha kashf qilolmadik? Nega muallimlarimiz bu ma'naviy olamning bitmas-tuganmas zavqlarini, huzurini aytishmadi?...
Ming afsus behuda o'tgan YOShLIGIMGA... Ming afsus...

Oilaning,jamiyat va davlatning tartib -intizomi, insonlarning taslimiyati va oxiratga bo'lgan imoniga bog'liq ekan. Qilgan xatolarining eng kichigiga ham qattiq javob berishiga imon keltiradigan inson kimga ham zarar bersin? Qaysi qonunni chetlab o'tar yoki qaysi qoidani buzar edi? Kimga ziyon yetkazib, kimning qonini to'kadi?...
Agar biron -bir jamiyatda zulm, nohaqliklar, nizo va behalovatlik mavjud bo'lsa, demak, u yerdagi insonlar ALLOHGA QULLIGINI, dunyoga nima uchun kelganini va oxiratda barcha ishi uchun javob berishini unutib qo'yishgan. Inson va jamiyatni bundanda boshqa usulda nazorat qilish mumkinmi?...
Buni o'z hayotimga nazar solib juda yaxshi tushunib turipman. Eng katta nazorat va osoyishtalikni saqlovchi narsa insonning ichki boshqaruvi va taqiqlovchi vijdonidir...

Iqror

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🪡
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
- Qalbning nuri ilmdir. bo'lsa, ilm oshgni sayin haqiqat namoyon bo'ladi. Insonning aqli va qalbi bir xil muvozanatda tarbiyalanishi kerak. Shundagina uning dunyoqarashi to'g'ri, hayoti esa boshqalarga o'rnak bo'ladi. Masjid va maktab qishloqning ustunidir…
Xa, to'g'ri aytasan. Aslida faqat muallimlar talaba emas, butun dunyo bir maktab, insonlar o'sha maktabning o'quvchilari hisoblanadi. Dunyoga kelgan har bir inson o'sha maktabga yoziladi. Vafot etgan insonlarga esa shahodatnomasi berilib, oxiratga kuztib qo'yiladi. Ammo baholaring qoniqarli bo'lmasa...

Har narsani moddada izlovchilarning aqllari ko'zida bo"ladi. Ko'z esa ma'naviyat borasida ko'rdir..
-Ilmni nega quruqdan-quruq, nomigagina o'qitishadi, hayronman,-dedi. -Holbuki, ilmni Olimi bilan, sanatni Sanatkori bilan birga o'qitishsa, tanitishsa, inson o'zini, yaratilishidagi hikmatlarini yanada yaxshiroq bilib olarmidi?...

O‘zini qidirgan odam

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🪡
Qay dilda Sen yoʻqsan u dil oʻlikdir,
Eng buyuk ozodlik Senga qullikdir...

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Allohga maʼqul kelmaydigan boshlashlarning oxiri sizni qoniqtirmaydi... Namoz oʻqish va roʻza tutishga buyurishdan oldin, sharʼiat qonunlarini ishlab chiqishdan oldin va iymon haqida gapirishdan oldin, Alloh “Oʻqi“ dedi... Men ham tafakkur qilaman Tafakkur…
Namoz o'qiyotgan inson robbi bilan bog'lanib, undan ilohiy quvvat oladi. Olingan quvvat sarflanishi zarur. Qayerga? Albatta, quvvatni bergan Zotning bandalariga, ularning og'irlarini yengil qilishga,ularning Parvardigorlari bilan bog'lanishlarini osonlashtirishga! Demak, o'qiyotgan namozimizni foydasi insonlarga yordam berishimizda ko'rinar ekan.

Mening mavjudligimning o'zi Allohning borligiga dalildir. Zero, hech kim o'zini o'zi yaratganini yoki boshqa birovni yaratganini haligacha da'vo qilmagan!

Men ham tafakkur qilaman

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🪡
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Baqirish qo‘rquvni oziqlantiradi... Baqirmaydigan onalar 33ming, qattiq muqova, 233 sahifa Buyurtma berish @TaskinKitob 997217008 Baqiradigan onalarga ulashing @TaskinKitoblar 🤗 Yaxshiliklar sari odim!
Bir o'ylab ko'ring, dugonangiz ta'tilga ketayotganda sizga gullarini omonat qoldirib ketsa va: "Quyoshga qo'y, yorug'lik olsin, har kuni suv quyib tur" degan bo'lsa, biz gul so'lib qolmasin deya dugonamiz aytgan ishlarni bajaramiz. Zero, ta'tildan qaytishini va buzdan: Gullarimni nima qilding?deya so'rashini bilamiz. Bola tarbiyasi ham huddi mana shunday. Farzandimizning asl sohibi bizga "Ona" sifatida "Qil" deganlarini qilish va "Qilma" deganlaridan uzoqda turish bilan amalga oshiriladi. Ona o'z farzandi unga omonat ekanligini tushunib yetganida farzandiga qilgan harakatlarini yana bir bora ko'zdan kechiradi va insoniy yo'l bilan ota-onalikni joyiga qo'yishga harakat qiladi. "SOHIBI"ga hisob berishini bilgani uchun ham qaroviga ishonib qoldirilgan gullarni so'ldirmaslikka urinadi

"Baqirmaydigan onalar"

Onalarga ulashamiz
@Taskinkitoblar 🪡