Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
​​📕1985

"1985" икки қисмга бўлинган бўлиб, биринчи қисм Оруэллнинг "1984" асарининг муҳокамаси ва таҳлилига бағишланган, иккинчи қисмда эса Бёрджесснинг келажакдаги тасаввурлари ёритилган.

"1985" нинг асосий қаҳрамони Бев тарих ўқитувчиси бўлиб, етарли маош олмагани ва дарсларда давлат айтган тарихнигина ўқитишга мажбур бўлганлиги сабабли ўз касбидан воз кечиб, ширинликлар фабрикасига оддий ишчи бўлиб жойлашади.

Кунларнинг бирида унинг рафиқаси - Эллен - даволанаётган касалхонада ёнгин чиқади. Бахтга қарши, ўша куни ёнғинчилар касаба уюшмаси забастовка эълон қилган бўлади ва касалхонада беморлар тириклайин ёниб кетади.

Элленнинг вафотидан сўнг Бев носоғлом туғилган ўн уч ёшли фарзанди Бесси билан ёлғиз қолиб кетади. Ёнғиндан қутилишга уринаётган Эллен Бевга гўё "Менинг ўчимни ол. Уларни жазосиз қолдирма" дегандай бўлгани учун, Бев касаба уюшмаларга қарши қаттиқ курашишга аҳд қилади.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
👍2
Live stream finished (27 minutes)
Ko‘pchiligimiz ertadan kechgacha qayoqqadir shoshilamiz, yumushlarimizni tugatishga intilamiz. Shu tariqa kun, oy, hatto yillar ham o‘tib ketaveradi. Yonimizdan sirg‘alib o‘tib ketayotgan yillarni sezmay qolamiz va afsuski shu asnoda o‘zimizni qayerdan kelib, qayerga ketayotganimizni ham goho tahlil qilolmaymiz. «Parvoz zavqi» qahramoni Jonatan ismli baliqchi qush atrofidagilarga qaraydi, ularning bir xilda o‘tadigan kunlari, faqat yemish uchun intilishlari unga juda zerikarli tuyuladi. Axir, hayot faqat suv yuzasiga chiqib qolgan o‘limtik baliqlarni yeyishdan iborat emasku!

Parvoz zavqi _ Richard Bax

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
👍2
Audio
Sevimli bo‘lishni xohlaysizmi?

Baxtli hayot sari kitobidan

40ming, qattiq muqova, 355 sahifa
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
Одамни барбод қилиш учун кўп нарса шарт эмас, шунчаки у қилаётган иш ҳеч кимга керак эмаслигига уни ишонтириш лозим, холос.

©Фёдор Достойевский

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
Audio
Kurash falsafasi.(Mohiyati)

Baxtli hayot sari kitobidan

45ming, qattiq muqova, 355 sahifa
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
Biror ishni uzoq muddatdan beri bajarilishi uning to'g'ri ekanini anglatmaydi!!!

Xop, bugun urib tarbiya qilarsiz, katta bo'lganda nima qilasiz?!

Hamma qatori ovqatlanmay, bemahalda ovqat so'ragan bolamizga "u yoq, bu yoq, unday qilaman, bunday qilaman" degan bema'no jazolardan ko'ra, bir ikki marta "bolam biz qatori ovqatlanganingda hozir och qolmagan bo'larding, endi biroz kutishingga to'g'ri keladi" desak , keyin och qolishini o'ylagan farzandimiz vaqtida ovqatlanadi.
Yuqoridagi kabi maslahat va tavsiyalar
Baqirmaydigan onalar kitobida...

Qattiq muqova, 233 sahifa, 33ming so‘m

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sayyid Abdulaziz Yusupovdan oʻziga xos TAKLIF

👉
@OqvaQora_uz
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (Iymonali KitobAliyev)
#Tandirdanyangiuzilgan

-Sening hech narsaga e'tiroz bildirishga haqqing yo'q!
Axvolingga qara xohlaganingdek kiyinibsan. Xolbuki, biz darslarga kirish uchun ro'molimizni yechishga majburmiz.

Bir xil o'ylovchi ming kishini bir kishi deb hisoblasa bo'laveradi. Gapirmoqchi bo'lgan kishini og'zini yopish chora emas. Zero, fikrlari noto'g'ri ekanini tushunib, uning o'zi gapirishdan to'xtaydi. Agar uning og'ziga urilsa u boshqa yo'llar orqali gapirishni boshlaydi.

Murosani ro'kach qilib og'zi yopilganlardan xufyona muxolifat paydo bo'ladi.

IQROR zulmatdan nur sari

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
- Buni qaraya, sen kabi soddadillarni yaxshi ko'raman. Mayli, qadar. Endi nima ham qilasan? Oxir oqibat bu seni o'ldirmaydi. Faqat kimlardir qop-qop pul o'maradi, va kimlarnidir og'zini moylab, bosdi-bosdi qilib yuboradi. Sen kabi arzimagan besh qurushni o'g'irlaganlar esa sharmandasi chiqarilib turmaga tiqib qo'yishadi.

Tamg'a _ Rashod N.Guntekin

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
- Buni qaraya, sen kabi soddadillarni yaxshi ko'raman. Mayli, qadar. Endi nima ham qilasan? Oxir oqibat bu seni o'ldirmaydi. Faqat kimlardir qop-qop pul o'maradi, va kimlarnidir og'zini moylab, bosdi-bosdi qilib yuboradi. Sen kabi arzimagan besh qurushni o'g'irlaganlar…
Shu to'rt yarim oy ichida yana bir haqiqatni anglab yetdim: barcha omadsizlar pul topish va ish joyiga ega bo'lish umidida har qanday haqoratga chidar ekan. Ahmoqona bo'lmag'ur umid! Tan berish va ko'nikish muvaffaqiyatga erishishda yetarli emas. Boshni egib kimni oyog'ini o'pish kerakligini bilish ham kerak! Inson o'z qadridan voz kechar ekan, u beixtiyor nochor, badbaxtga aylanar ekan, shunda u sadoqatli xizmatchiga emas, balki ashaddiy dushmanday ko'rinarkan. Shuning uchun yordam so'rab murojaat qilganda, yo unga ahamiyat berishmaydi, yo uni jinoyatchi deb bilishadi.
Yashirib nima qildim? Ba'zida umuman boshqacha hayol qildim: "Meni nohaq jazolashdi - bir umrga peshonamga tamg'a bosishdi. Jamiyat mendan shubhalanadi. Demak, jinoyat qilishga haqqim bor"

Tamg'a _ Rashod N.Guntekin

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
ЎЗГАР, ЎЗГАРИШАДИ!
Ксенофонт Суқротнинг шогирдларидан бири эди. У илм, маърифатни севсада урушни ҳам қаттиқ яхши кўрар эди. Ксенофонтда фикрий асос-пойдевор деярли кўринмас эди. У ўзини кўпроқ ҳимоя қиладиганлар сафида курашар эди. Гоҳида ҳатто кеча уларга қарши урушиб турган кишилари сафида ҳам урушаверар эди. Унинг мақсади мол эди.
Шундай бўлсада, у ўзининг замирида илм-маърифатни асрай олди. У "Анабасис" номли китоб ёзди. Унинг бу китоби ниҳоятда машҳур бўлиб кетди. Ксенофонт бу китобида Кичкина Кирнинг сафида унинг оғаси Ардашерга қарши бирга урушгани ҳақидаги воқеаларни ёритади. Бу китоб фақатгина совуқ уруш тарихи эмас. Унда фалсафа, адабиёт ва қисқача сийрат ҳам бор.
Ксенофонт айтади:
"Сен рўбарў бўладиган асосий тўсиқлар анҳорлар, тоғлар ёки бошқа жангчилар эмас. Ҳақиқий тўсиқ нафсингдир. Агар ўзингда парокандаликни, зое бўлишни ҳис қилсанг, соғлом йўналиш томон ҳиссиётингни йўқотиб қўйсанг, дўст билан душманни ажрата олмай қолсанг фақатгина ўзингни маломат қил. Доимо жангга тайёр тур. Бу дунёдаги барча нарса сенинг қарашларингга таянади. Дунёга бўлган назаринг сени ёлланма, салбий кишидан ажойиб жангчига айлантириши мумкин".

"Бу дунёдаги барча нарсалар сенинг қарашларингга таянади" деган жумлага яхши эътибор берайлик.
Бир муаммога нисбатан бизнинг тутган ўрнимиз ўша муаммонинг ҳақиқатини фош қилиб бермайди. Аксинча, бизнинг ҳақиқатимизни очиб беради.
Инсон ёшлигида бир воқеага бошқача муносабатда бўлса, ёши улғайгандан кейин айнан ўшандай воқеага ўзгача муносабатда бўлади. Бунга сабаб ундаги қарашларнинг ўзгарганидир.

Жоҳилият даврида Хансо деган шоира аёл бўлган. Унинг Сахр исмли акаси ҳалок бўлади. Хансо акасини унута олмади. Узоқ вақт йиғлаб юрди. Унга атаб марсиялар битди. Ҳатто Каъбани тавоф қилганида акасининг оёқ кийимлари Хансонинг бўйнида осиғлиқ эди.
Хансо мусулмон бўлганидан кейин Умар ибн Хаттоб розиёллоҳу анҳунинг даврларида Форс билан мусулмонлар ўртасида Қодисийя жанги бўлиб ўтди. У жангда Хансонинг тўртта фарзанди шаҳид бўлди. Хансо Аллоҳга ҳамд айтиб истиржоъ айтди. Кўзидан бир томчи ҳам ёш чиқмади.
Хансо ислом туфайли ўлим сафарнинг охири эмаслигини, у сафарнинг ибтидоси эканлигини англади.
Эътибор берсангиз икки ҳолатда ҳам ўлим юз бермоқда. Аммо иккинчи ҳолатда Хансо олдинги Хансо эмас эди. У оламга бўлган қарашини ўзгартирган эди. Ана шунинг натижасида олам ҳам унинг учун ўзгарган эди.

Саломлар бўлсин қалбингизга!

Қалблардан суранг китобидан

23минг, юмшоқ муқова
Буюртма бериш @Taskinkitob

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar ❄️
- Qalbning nuri ilmdir. bo'lsa, ilm oshgni sayin haqiqat namoyon bo'ladi. Insonning aqli va qalbi bir xil muvozanatda tarbiyalanishi kerak. Shundagina uning dunyoqarashi to'g'ri, hayoti esa boshqalarga o'rnak bo'ladi. Masjid va maktab qishloqning ustunidir, qishloqdagi odamlarning baxtu saodati, huzur halovati bu ustunning qanday holdaligiga bog'liq. Musulmon ilmsiz bo'lishi uni kufr tomon yetaklaydi.
Dunyo bir maktab aqlingni taniganingda baholana boshlaysan va umringni oxirida senga shahodatnoma beriladi, baholaring qoniqarli bo'lmasa...

"A'lo bir narsa aynisa, oddiy narsaning buzilishidan ziyodroq ayniydi.'' Masalan sut va qatiq aynisa baribir iste'mol qilsa bo'ladi. Yog' aynisa-chi yeb bo'lmaydi. U ba'zan zaharga aylanishi mumkin. Xuddi shuning kabi maxluqotning eng mukammali, balki eng a'losi inson yo'ldan chiqib buzilsa, hayvonlardanda ziyod buziladi.

O‘zini qidirgan odam _ Xolid Ertug‘rul

Buyurtma berish
@TaskinKitob
24ming, yumshoq muqova,
143 sahifa

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍1
“Shifo oyatlari va ma'sur duolar”

E’tiqodi mustahkam inson boshiga musibat tushganida, biror bemorlik yetganida Xoliq tomon talpinadi, Undangina najot so‘raydi.

Zero Alloh taolo “Isro” surasining 82-oyatida marhamat qiladi: “(Biz) Qurʼondan mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz”.

Shuningdek Rasululloh alayhissalom o‘z sunnatlarida kasalliklardan davolanish va shifo topish usullarini bayon qilganlar. Sizlarga taqdim etilayotgan mazkur risolada shu haqda so‘z yuritiladi.

Buyurtma berish @TaskinKitob
Qattiq muqova, 37ming, 237sahifa

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍1
Bizning xotiralarimiz, agar biz ularni saqlab qolish uchun harakat qilmayotgan bo'lsak, vaqt o'tishi bilan o'chib ketadi. Saqlab qolish usuli esa oddiygina - takrorlash.

Yaxshi xotira - bu ko'rgan, eshitganlaringiz ichidan muhimini tanlab olib, bu ma'lumotni qayta ishlab, uni tasavvur qilib va ko'rgan-bilganlaringiz bilan bog'lab qo'yishdir.

Fenomenal xotira kitobida siz xotirani tiklash haqida tavsiyalar va xotirani mustahkamlashni 70 usuli bilan tanishasiz!

Buyurtma berish @TaskinKitob
Yumshoq muqova, 18ming, 174sahifa

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Yetarlicha qorong'ulik bo'lganida yulduzlarni ko'rish mumkin!

Buyuklik doimo bir xil narsaga tayanadi - xuddi oddiy odamlar singari chiqish, gapirish va harakat qilishga.

Qayerdadir siz yoqishingiz lozim bo'lgan sham bor.

Uch finjon choy _ Greg Mortenson

Buyurtma berish @TaskinKitob
Qattiqmuqova, 430 sahifa, 55ming

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Iskanja" Omina.Sh
(Islomga qarshi kurash haqida)

Men hech narsani tushunmasdim. "Bola" deyishib, bizga aytishmasdi. Keyinchalik esa "Katta bo'ldi" deya tushuntirishga hojat yo'q deyishardi. Lekin boshqalar bolalariga ham kattalariga ham o'zlari to'g'ri, deb bilgan e'tiqodlari va uslublari haqida erinmay aytib berishardi"

Chechak opam otamga qarab:
-Siz"Qiz farzandim bilan o'g'il farzandimni ajratmayman",deysiz. Lekin, meni o'qitmadingiz, o'g'illaringizni o'qityapsiz,dedi.
Otam esa, yerga qarab javob berdi:
-Men emas. Bu ajrimni tuzum qilyapti jon qizim, tuzum. O'sha tuzum men kabi otalar qizlarining boshini ochib, ertaklar bilan bir sinfda o'qitmasligini juda yaxshi biladi. Shuni bilib turib oldini olmadi. Men nima qilay ona qizim? Bu tuzum bizni Alloh bilan o'zi orasiga tashlab qo'ymoqda. "Tanlovingni qil",deyapti. Biz ham Alloh taoloni tanlayapmiz. Badalini esa, sizlarga o'tattiryapti...

Iskanja _ Amina Sh.

Buyurtma @TaskinKitob
Yumshoq muqova, 223sahifa 23ming

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
1
J.At-Turboniy
"Islom ummatining 100 buyuk shaxsi"

(Qayerdadir o'qigandim "Tarix bu hamma rozi bo'lgan yolg'on"...
Tariximiz hamma rozi bo'lgan yolg'onlarga to'lib yotibdi, ushbu kitob biroz bo'lsada yolg'onlarga to'la hayotimizni o'zgartirishi mumkinligiga aminman! Zero, yolg'onni umri haqiqat kelguncha...)

Qattiq muqova, 672 sahifa, 140ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Yaxshilarga ulashing🤝
@TaskinKitoblar ⚡️
tembellik, nefsin yatağıdır

Sezai Karakoç

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!