Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Mamlakatlar va ular haqida batafsil ma'lumotlar.
Poytaxtlar, mashxur shaharlar, iqtisodiyoti, geografiyasi, tarixi, siyosati va boshqalar...

Jahon mamlakatlari

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar ⚡️
👍1
Adib tomonidan Xulosa qilinmay tugallagangan asarni o'qib bir fikrga kelolmagan, yani asarni mohiyatini anglolmagan kitobxonning aybi nimada?
Yozuvchi asarini aynan bir maqomdagi kitobxonlar uchun yozgan holida, asar boshiga ma'lum darajadagi kitobxonlar uchun deb yozmay ommaga taqdim etsayu yosh kitobxon uning asarini mohiyatini anglolmasa va bu uni kitobxonlikdan uzoqlashishiga sabab bo'lsa bu yerda kimdir aybdor bo'ladimi?

Mohiyatini anglolmagan asaringiz bormi? U qaysi asar?!

Admin_IymonAli)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Hayal Edince - Türk Hava Yolları

Niyatingiz yaxshilik mi? Unda hech qachon taslim bo‘lmang!

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Erkak yonimga o'tirdi va hech narsaga e'tibor qilmay, ko'zini yumdi. Uning farzandlari vagon ichida tinmay, qichqirar, to'polon qilar, narsalarni uyoqdan buyoqqa uloqtirar, hatto odamlarning qo'lidagi gazetaga ham tap tortmay teginardi. Bu holat ancha tartibsizlikni keltirib chiqardi. Lekin yonimdagi erkak churq etmasdi. Uning befarqligi meni hayron qoldirdi. Vagondagi boshqa odamlarning ham jahli chiqayotgani ko'rinib turardi. Nihoyat, sabrim kosasi to'lib, erkakka o'girildim va dedim:
-Janob, bolalaringiz ko'pchilikka xalal berayapti. Ularni nazorat qilsangiz bo'lmaydimi?
-Xa, siz haqsiz. Nimadir chora ko'rishim kerak. Gap shundaki, biz hozir kasalxonadan qaytayapmiz. Bir soat oldin rafiqam vafot etdi. Rosti, hozir nima qilishni ham, nima o'ylashni ham bilmayman. Bolalarim ham onasi vafotini ko'tara olmayapti chog'i...

Erkakning gaplarini eshitib vaziyatga boshqacha ko'z bilan qaray boshladim.

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (Iymonali KitobAliyev)
“Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o’zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamat solib qo’ygani (ham) Uning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir”
“Rum” surasi 21-oyat

Oyati karimada “Sokinlik topishingiz uchun orangizga sevgi va marhamat solib qo’ydik” deyilmoqda. Men buni Allohning nikohlanayotgan kishilar uchun to'yonasi deb o’ylayman. “Nikohda hikmat bor” deganlari shu bo’lsa kerak. Yani nikohlanayotgan juftga do’stu birodarlar, qarindoshlar sovg’a salom berar ekan, Robbimiz ham nikoh hadyasi sifatida “sevgi va rahmat” ni tuhfa qiladi.

Sevmoq shunchalar go‘zal...

Sema opadan yangi kitob! Ochig’i juda ham xursandman!
Kitob 3 soatcha avval nashriyotdan chiqdi, hali qaynoqqina! Va hozircha faqatgina bizda mavjud!!!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🥳
“O‘zing bilan olib kelasan”

Bir kuni Bahlul dono Horun ar-Rashid saroyiga ust-boshi changga botib, g‘amgin ahvolda kirib bordi.
Uni bu holda ko‘rgan xalifa xavotirlanib:
– Bu nima ahvol, qayerdan kelyapsan? – deb so‘radi.
Bahlul unga:
– Jahannamdan kelyapman, – deb javob berdi.
Xalifa hayron bo‘lib:
– Jahannamga nega bording, ey Bahlul? – dedi.
Bahlul dono:
– Olov olib kelishga borgandim, – dedi.
Xalifa:
– Xo‘sh, olov olib keldingmi? – deb so‘radi.
Bahlul:
– Yo‘q, maloikalar berishmadi, “Bu yerda olov bo‘lmaydi olovni dunyodan o‘zing bilan olib kelasan deyishdi”, – dedi.
Xalifa boshini egib:
– Haq gap aytding, ey Bahlul. – dedi va ko‘p yig‘ladi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 📖
🔥1
"Kuchsizlar kuchi"

• Aksariyat hollarda rejimning an’anaviy siyosatchilari faoliyatining oxirida qamalgan va xo‘rlangan bo‘lsa, dissidentlar esa avval qamalib keyin siyosiy faoliyatini boshlashi ko‘p uchraydi.
• Hokimiyat o‘z yolg‘onlari asiri bo‘lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O‘tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi.
U o‘zini, qudratli va zo‘ravon politsiya apparati mavjud emasday tutadi. Inson huquqlariga rioya qilayotganini surbetlarcha ta’kidlaydi. Muvofiqlikni muvofiqlik ortiga yashiradi.
• U yoki bu diktaturaning faoliyat doirasi qanchalik tor va jamiyat madaniyatsiz bo‘lsa, diktatorning xohish-irodasi ham shunchalik ochiq: aytaylik, "yalang‘och" intizom, "dunyoga murakkablashtirilmagan munosabat" (o‘zining sharafsiz diktator ekanligini dunyo hamjamiyatidan yashirmay totalitar boshqaruvda davom etish) va "o‘z-o‘zini dafn" (ya’ni, diktatura o‘z o‘lim urug‘ini o‘zi bilan olib yuradi) qilish orqali amalga oshiriladi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
Inson  -  Allohning yerdagi xalifasi,  oliy va qudratli mavjudot, Alloh insonni o‘z fazilatlari bilan siylagan.  Inson har narsadan yuksak.  Laganbardorlik,  xushomadgo‘ylik asl insonning ishi emas!

Eng baxtli, ota farzandiga bergan tarbiyasini nabirasida ko‘rgan otadir!

Har kimning ishi eng muhim ishdir!  Qadimiy Prussiya qo‘mondoni otining taqasi yaxshi qoqilmagani sabab yiqilib tushishi natijasida vafot etadi, jangda uning qo‘shini mag‘lub bo‘ladi.
Buni sababi esa taqachi qoqqan mixni yasagan chilangar mixni risoladagidek yasamagandi. Bir mix va qul bo‘lgan millat...

Liderlar kitobi
(39ming qattiq muqova, 338 sahifa)

Buyurtma berish_ @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
'' Qiyomat kunida eng yomon manzilda turadigan inson odamlar uning yomonligidan qo‘rqib hurmat qilishgan kishidir ''

Luqmoni Hakim o‘g‘liga dedi: '' O‘g‘lim, achchiq bo‘lmaginki, tuflab tashlanasan, shirin bo‘lmaginki, yutib yuborilasan... ''

Oqil - oshkora qilishdan hayo qiladigan ishni maxfiy holatda ham qilmaydigan kishidir.

Kimki fiqhni o'rgansa va tasavvufni o'rganmasa,uni qalbi qorayadi

''Bo‘ston ul Orifiyn''
Abu Lays Samarqandiy

Buyurtma berish_ @Taskinkitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
👍1
Men ''Biz'' ni utopik asar hisoblamayman(''1984'' ni ham), negaki asardagi erksizlik boshqacha ko‘rinishda bo‘lsada hammamizni boshimizdan (o‘tgan) o‘tayapti. Buni his etmaganlar asarni o‘qib ko‘rishlari mumkin.)))

Асардан иқтибослар👇

⚡️Инсонни жиноятлардан халос қилишнинг ягона йўли – уни эркинликдан маҳрум қилиш...

⚡️Ёрқин келажак — бу шахс бўлиш жиноят бўлган дунё...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti" haqida Shavkat Xasan fikrlari

Agar dunyoda boshqa dindagilar musulmonlardan boyib ketsa, islom dini ayovsiz zulm va tahqirlar ostida qolishi aniq. Ishqilib avlodlarimizni din ulamolari adashtirip qo'ymasin, chunki ba'zi imomlar boylikni noto'g'ri talqin qilish orqali, odamlar o'zgalar qo'liga qarab qolishi mumkin. Ular aslida ummatni ikki dunyo uchun ham qattiq harakat qilishga chaqirsa bo'lardi.

Buyurtma berish_ @TaskinKitoblar

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
ИЙМОН
Бир куни имом Розий роҳимаҳуллоҳ Найсобурга борди. Бутун шаҳар аҳли унинг зиёратига шошилди. Ғала-ғовурни эшитган бир кампир сўради:
- Нима гап? Нима шовқин?
Унга жавоб беришди:
- Аллоҳнинг борлигига мингта далилни ёд биладиган олим Фахруддин Розий шаҳримизга келган!
Кампир деди:
- Қалбида мингта гумони бўлмаганида мингта далилга муҳтож бўлмас эди.
Унинг бу гапини кишилар Розийга етказишди. Шунда имом Розий дуо қилди:
"Аллоҳим! Шу кампирлар иймонидек иймон бер менга!".

Бувижоним бор эдилар. Ойимнинг ойилари. Доимо қўлларида тасбиҳ. Зикрдан тўхтамас эдилар. Нафл намозларга ниҳоятда ҳарис эдилар. Қазо намозлари йўқ эди. Ҳар йили садақалари, эҳсонлари бор эди. Қуриладиган масжидларга ҳам ёрдам қилиб турар эдилар. Бешта фарзандлари бор эди. Рамазон ойида уларнинг ҳар бирига муҳтож бўлишмасада бир қоп ун, ёғ ва бошқа нарсалар олиб бериш одатлари эди. Устига-устак уламоларга ҳурматлари бениҳоя эди. Ҳижоб оятини айтиб бера олмасаларда токи вафот қилгунларича паранжида юрдилар. Бирор киши бувижонимдан ёмон сўз эшитмаган. Хизр алайҳис саломни кўрганман, деб юрар эдилар.
Шаҳримиздаги катта масжид қурилаётган пайтлар. Бизнинг уйимизга келдилар. Ўзлари нафақахўр бўлсаларда менга 500 доллар тутқазиб: "Шунга масжид учун арматура олиб бер", дедилар. Мен арматурани олиб масжидга элтиб ташладим. Бувижонимга, у кишининг саховатларига ҳавас қилдим. Юқорида айтилганидек, бувижоним диний китоблар ўқимаган, диний устоз кўрмаган аммо бошдан оёқ иймонга кўмилган эдилар. Бирор-бир масала бўлса дарров мендан сўрар, ўзлари барча амалда мендан устун бўлсаларда мени "катта олим" деб ўйлар эдилар. Бувижоним ковиддан 90 ёшда вафот қилдилар. Охирги соатларида тоғамнинг уйларига бордим. Нафас олишлари ниҳоятда қийин бўлиб қолган. "Ясин" сурасини ўқий бошладим. Суранинг ярмига етмасдан жон таслим қилдилар. Қани энди шуларнинг иймонидек иймонга эга бўлсак эди. Аллоҳ бувижонимни раҳматига олсин!

Эҳтимол у кишига "Аллоҳнинг борлигига далил келтирингчи" дейилса тиллари ғулдураб қолар эди. Аммо вужудларидаги ҳар бир ҳужайра Аллоҳнинг ягоналигига, Муҳаммад саллоллоҳу алайҳи ва саллам Унинг Расули эканлигига иймон келтирган эди!

Қалблардан сўранг китобидан

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar ⚡️
Audio
Uzun va ushalmas orzu

Baxtli hayot sari kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🔥
Audio
Ruhiy tushkunlik sabablari

Baxtli hayot sari kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🔥
Agar moddiy narsalar axloqiy narsadan muhimroq bo'lganida, jasad yerga ko'milmas va ruh osmonga ko'tarilmas edi...

Mustafo.M

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
🔥1
Кам чайнаш
Оғир карбонгидратларнинг ҳазми оғизда бошланиб, ошқозонда
айни ферментлар билан давом этади. Оғизда овқатнинг кимёвий таркиби ҳақида тўпланган маълумотлар мияга юборилади. Мия бу хабарни таҳлил қилиб, овқатнинг ҳазмини дастурлайди. Бу ҳолатда чайнаш жараёни муҳим ҳисобланади. Таом қанчалик яхши чайналса, мия унинг таҳлилини шунчалик яхши қилади ва ҳазм тизимини шунга кўра тайёрлайди. Чайналган таомнинг таъми ва ҳиди оғизда тарқаши ва қаймоққа ўхшаш суюқлик (кимус) ҳолига келиши керак. Бу 15-40 та чайнаш ҳаракати билан ҳосил бўлади.
Оғизда кўп сонли акупунктур (ҳар бир тишнинг тагида 2 та) нуқталари жойлашган. Чайнаш пайтида озуқалардан чиққан қувват бу акупукнтур нуқталари воситасида тананинг умумий қуввати билан қоришади. Шунинг учун кичик ютумлар билан ичиш ва кичик луқмалар ҳолида ейиш керак.
Сут, гўшт суви, мева-сабзавот суви ёки сув кичик ютумлар билан истеъмол қилинади, оғизда илитилади, сўлак билан яхшигина аралашганидан сўнг ютилади

Дард шифоси билан келади

@TaskinKitoblar ⚡️
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (Taskin kitob)
Илк бисмиллоҳини айтаётганида танасининг бутун ҳужайралари титраб кетди ва аста таҳорат олишга киришди. Қўлларини ювгани сайин ёмон хотиралари сувга қўшилиб оқди, юзини ювгани сайин ўтмишидаги зулматлар ўчиб кетди. “Ё Аллоҳ!” деб бошига масҳ тортди ва энг охирида оёқларини ювганида гуноҳларидан сув билан бирга гуноҳлари ҳам тўкилди гўё.
Жойнамозни ёзди. Нафсини Аллоҳга бағишлайдигандек қурбон қилишга тайёрлади ва дунёни ортда қолдириб, ифтитоҳ такбирини келтира бошлади:
– Аллоҳу акбар!..
Энди бор ҳолида Аллоҳнинг ҳузурига ҳисоб беришга келгандек эди. Қуръон ўқигани, гуноҳларини ўйлаган сари ҳисоб бера олмаслик маҳжубияти билан рукуга эгилди.
– Субҳана раббиял азийм...
Эй буюк Раббим, сен барча нуқсонлардан поксан, мен эса чорасизман...
Сўнг минг хижолатда саждага бош қўйди:
– Субҳана раббиял аъла...
Ҳисоб бериш осон бўлмаслигини тушунган эди.

"Излаш"

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
#Tandirdanyangiuzilgan

-Sening hech narsaga e'tiroz bildirishga haqqing yo'q!
Axvolingga qara xohlaganingdek kiyinibsan. Xolbuki, biz darslarga kirish uchun ro'molimizni yechishga majburmiz.

Bir xil o'ylovchi ming kishini bir kishi deb hisoblasa bo'laveradi. Gapirmoqchi bo'lgan kishini og'zini yopish chora emas. Zero, fikrlari noto'g'ri ekanini tushunib, uning o'zi gapirishdan to'xtaydi. Agar uning og'ziga urilsa u boshqa yo'llar orqali gapirishni boshlaydi.

Murosani ro'kach qilib og'zi yopilganlardan xufyona muxolifat paydo bo'ladi.

IQROR zulmatdan nur sari

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жадидлардан қўрқишарди. Шунинг учун уларни қоралашган.

«...ҳозирги пайтда ўрта маълумотга эга бўлган кишилар Масков ва бошқа жойларга бориб ўқишни ҳавас қилса, авваллари саводи чиккан (ҳар) бир киши Бухоро(га) бориб ўқишни ўзи учун бир шараф деб билар эди. Чунки, улар илмни фақат дингина деб билар эдилар. Муҳит ҳам шуни қувватламаса, ундай эмас».

📍Ушбу сўзлар муаллифи, Мунаввар қори - жадид мактабларининг асосчиларидан бири бўлиб, ўзи ҳам эски мактаб, мадраса ва қорихоналарда етишиб чиққан. 22 ёшида усули жадид мактабига асос солиб, халқ ҳаётини Ғарб маданияти анъанаси асосига кўра янгидан жонлантиришга ҳаракат қилган. Туркистондаги бу замонавийлашиш, тамомила янги тарздаги таълим йўлига кимлар қарши чиқмаган дейсиз...

❗️«Тарих такрорланади». Зеро, «Мен сендамен» дея ҳар бир авлодга ўзидаги шижоат, ғайрат ва курашни мерос қолдирган арбобимизнинг ҳаёти эса ибрат олишга арзигулик!

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar ⚡️