Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Forwarded from Adhamjon Abdurahmon
G‘aflatda qolmang.

Yaqinda o‘tirib qarzlarimni hisobladim. Nari borsa yarim yilda ulardan qutularkanman, insha'Allah. Ammo meni qayg‘uga solgan narsa bu emas, boshqa. Meni Alloh taolo qarshisidagi qarzim juda ham ko‘p ekan va ularni uzish haqida hech o‘ylab kòrmapman. Ya’ni bizni Yaratgan oldidagi qarzimiz, farzlarni ado etish (shahodat, namoz, zakot, haj va ro‘za) aqlimga kelmapti. Bilmadim qancha yillar yoshlik, bolalik o‘yinlari bilan hayotimni bo‘shliqqa sovurdim ekan. Juda ham oddiy, kundalik ishimizga aylanishi kerak bo‘lgan namozni o‘qimadik. Kech boshladik...kechikdik...Buning uchun, Alloh taolodan chin qalbim bilan, yolvora-yolvora shuni sòrayman-ki, meni kechirsin. Kechikkanim uchun...kech anglaganim uchun...Bugun esa yonimizda kòplab odamlar ( bular ichida eng avvalo qarindosh urug‘, aka-uka, yor-u birodarlarim ham bor ) biror narsani anglashga kechikadi. Dunyo matohlariga erishishda kechiksak kechikaylik, ammo oxirat haqida bir soniya bòlsa ham unutmasdan, harakatga kelish vaqti keldi. Bir kun, bir soat keyinga surmasdan, hoziroq harakat qilish kerak. Chunki, qabrga kirgandan keyin kech bo’lishi mumkin. Unutmang, kim qachon o‘lishini hech kim, hech qachon bilolmaydi. Alloh marhamat qilib umrimizni uzaytirib berayotgan ekan, tavba qilgan holda, amallarimizni o‘nglab olaylik.
- Namoz o‘qing.
Qalbimiz poklanishi, ruhimiz osoyishta bo‘lishi uchun...
Oxiratda savol-javoblarimiz oson bo‘lishi uchun...
Do‘zax azobidan qutulish uchun...
Allohning visoliga yetishish uchun...
Abadiy jannatga erishish uchun...
- Hijob o‘rang.
Nomahram erkak ko‘zidan saqlanish uchun...
Erining nomusini asrash uchun...
Jism va ruhni pok ushlash uchun...
Zinoga sharoit yaratmaslik uchun...
Oxiratda ochiq badanlar kuymasligi uchun...
Kechikmaylik... kech qolmaylik...
Bular haqida yana gaplashamiz insha’Allah.

@adhamjon_abdurahmon
Aqliy-jismoniy qobilyatni hech narsa kislorod tanqisligichalik susaytira olmaydi...

Qismatingga bitilganni sev! Reflekslarni paydo qilish orqali moslashtirishdan maqsad, odamlarga muqarrar ijtimoiy taqdirni sevdirish...

ular gul va kitobga nisbatan ruhshunoslar qachondir "instiktiv" deya atagan nafrat bilan ulg'ayadi. Biz ularni kitoblar va botanikadan bir umrga xalos qilamiz...

Ilmni tushunchasiz, uning mazmunini chaqmay turib o‘rganish mumkin emas...

Ajib yangi dunyo kitobidan...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
To'gri bo'lishga intilsang-u, omading chopmasa, umidingni uzma. Toki nafsing to'g'ri bo'lmaguncha urinaver, urinaver, urinaver... Muhammad ibn Munqadir rohimahulloh aytadi: "Nafsim bilan qirq yil kurashdim. Nihoyat uni bo'ysundirdim." "Qalblardan so'rang"…
ЎРНИНГИЗДАН ҚИМИРЛАМАНГ!
Қурайш мушриклари Бадр ғазотидан синган ҳолда чиқди. Ислом уларнинг кибриёсини тупроққа белади. Унда кофирларнинг энг кўзга кўринган бошлиқларидан бир қанчаси ҳалок бўлди.
Мана шу жиҳатдан Уҳуд ғазоти ҳақ ва ботил ўртасидаги кураш маъносида Бадрнинг иккинчи раунди бўла олмайди.
Уҳуд мушрикларга нисбатан қасос олиш бўлса, мусулмонларга нисбатан ислом тарихидаги энг етук дарслардан бири бўлди.
Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам қурайш қўшинининг ўнг томонида Холид ибн Валид(мушриклик пайти) бошчилигидаги лашкарларни кўрдилар. Улар тоғнинг орқасидан келиб мусулмонлар қамал ҳолатига тушиб қолишидан қўрқдилар. Шунинг учун етмишта (бир ривоятда элликта) камончини тоғнинг тепасида қўйдилар. Уларга очиқ ҳарбий буйруқ бердилар:
"Ўрнингиздан қимирламанг. Гарчи мағлуб бўлаётганимизни кўрсангиз ҳам бизга ёрдам берманг. Ғалаба қилаётганимизни кўрсангиз ҳам бизга шерик бўлманг!".
Уруш бошланди. Мусулмонлар чиройли ҳаракат қилишди. Қурайш Бадрда кўрган азобларини яна кўра бошлади. Мушриклар қоча бошлади. Мусулмонлар уларни қува бошлади. Ҳалиги тоғда турган камончилар ҳам ғалаба ва ўлжадан насибадор бўлиш учун тоғдан тушишди. Ана шунда Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламнинг қўрққан ишлари содир бўлди. Холид орқа томондан ҳужум қилди. Мусулмонлар ўртада қолишди. Ғалаба мағлубиятга айланди. Бундан яхши дарс олишди:
"Бу уммат пайғамбари ва қўмондонининг амрини бажармас экан ғалабага эриша олмайди. Бугун Уҳуд жанги тугаган бўлсада, мусулмонларнинг орқасини химоя қиладиган камончилар иши ҳали тугаган йўқ.
Барча майдонда бу динни ҳимоя қиладиганларга шарафлар бўлсин!
Эгилиш ва турли рангга киришдан воз кечиб чўғни тутиб турганларга шарафлар бўлсин!
Улар заифлашганларида Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва салламнинг овозларини эшитадилар:
"Ўрнингиздан қимирламанг!".
Фарзандларини намоз, рўза ва гўзал ахлоқ ила тарбия қилаётган азиз оналар! Сиз бизнинг орқа томондан ҳимоя қилаяпсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Фарзандларидан "Амма ятаса'алун" порасини сўраётган азиз оталар! Сиз бизни орқа томондан ҳимоя қилаяпсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Бу авлодни тарбияласа яна Абу Бакрлар, Умарлар, Усмонлар чиқишига ишонадиган азиз устозлар! Сиз бизнинг орқа томондан ҳимоя қилаяпсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Бошлиқларидан олдин ўзларини Аллоҳ кузатиб турганини билиб сидқидилдан виждонан ишлаётган вазифадорлар! Сизлар бизни орқа томондан ҳимоя қилаяпсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Ҳеч бир хиёнатсиз бинолар қураётган, кўприклар, метролар ва йўллар бино қилаётган азиз муҳандислар! Сиз бизни орқа томондан ҳимоя қилаяпсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Фарзандларининг тарбиясига тайёргарлик ўлароқ ўзларини иффат асосида тарбиялаётган мастура қизлар! Сиз бизни орқа томондан ҳимоя қилаяпсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Бомдод намози ёшлари! Қуръон дарслари ишқибозлари! Илм мажлислари ошиқлари! Сиз бизнинг мустаҳкам қалқонимизсиз. Ўрнингиздан қимирламанг!
Ҳар биримиз агар ўзи ҳақида ўйлаб кўрса, у бу диннинг ходими ва аскари эканини англайди.
Биздан ҳар биримиз муҳим бир ўриндамиз. Қандайдир бўшлиқни тўлдирамиз, хатарни даф қиламиз. Аллоҳ бизнинг ҳар биримизни бир ўринга қўйган. Гарданимизга омонат ва масъулият юклаган.
ЎРНИМИЗДАН ҚИМИРЛАМАЙЛИК!

Қалблардан сўранг китобидан

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar ⚡️
Agar tarix to‘g‘ri yozilganida edi, uning dunyoda qarashga yuzi bo‘lmasdi...

Omina.Sh "Mingboshining qizi"

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 📖
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Agar tarix to‘g‘ri yozilganida edi, uning dunyoda qarashga yuzi bo‘lmasdi... Omina.Sh "Mingboshining qizi" Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar 📖
Zulm o'z-o'zidan kelmaganidek, o'z-o'zidan ham ketmaydi...

Insonlarning insonlardan kutadigan eng chinakam yaxshiligi samimiy va yolg'on aralashmagan muhabbatdir!


Mingboshining qizi

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
-Kechirish insonni o'ziga qilgan eng katta yaxshiligidir.
-Juda to'g'ri gap. Gina saqlab,qasos olishga urinib hech kim murodiga yetolmaydi. Turmushni bir go'dakka o'xshatsak, tasavvur qilginki, bu go'dak jarlik yoqasida, pastga tushib ketay deyapti. Ikki tomonning ham bir-biridan jahli chiqqan. Shuning uchun bolani u qutqarib qolsin deb kutadi.
Yoxud bittasi bir qadam tashlaydi-da,keyin jufti ham qadam tashlashini kutadi. Bu holatda go'dak omon qoladi, deb o'ylaysanmi?...
- Juda ham qiyin. Endi o'zimga e'tiborli bo'laman. Bilib-bilmay ko'p xatolar qilgan ekanman,bugun tushunib yetdim.

"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"

Yozuvchining boshqa asarlari: "Sevmoq shunchalar go‘zal bo'lsa"
''Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q''


@Taskinkitoblar
Mahbublarga ulashing🦋
98-kun. Xoin bedana.
Bir ovchi tuzoq qo'yib bedana tutib olibdi. Uni o'ldirmoqchi bo'lib turgan ekan,bedana yolvoribdi:
-Meni o'ldirma. Agar meni qo'yib yuborsang,tuzog'ingga juda ko'p bedanalarni boshlab kelaman,-debdi. Ovchi esa shunday javob qilibdi:
-Yo'q,seni zinhor qo'yib yubormayman. Zero,sen o'z jonini saqlab qolish uchun do'stlarini sotmoqchi bo'lgan bir xoinsan.Sotqinlarning jazosi bu dunyoda o'lim bo'lsa,oxiratda alamli azobdir.


"Tarbiya kitobi"

Yaxshilarga qo‘shiling
@Taskinkitoblar ☕️+📚
khitoj_kijnofi_1.0.apk
1.1 MB
Xitoy qiynog'i

Eh insonlar!
O'zlari bilmagan, tanimagan Islomdan qochib, o'zlari tanimaydigan dinsizlik quchog'iga nega chopib ketishmoqda?!"

"Iskanja" asaridan

Qalbimizdan joy olgan Omina opaning Iskanja asari besh yilcha avval hozirgidan boshqa nom bilan elektron shaklda O‘zbek tilida taqdim etilgandi...
Nega boshqa nom bilan ekanligini tushunganlar tushunib oladi.

Hozir siz azizlarga ushbu siz bilgan "Iskanja"ni elektron shaklini taqdim etamiz.
Yoqimli mutolaa va Bardavom taskin tilab Taskin jamoasi...

Yaxshilarning yaxshiligiga sherik bo‘ling!
@TaskinKitoblar ⚡️
Insonlar bilan murosa qila olmayabsanmi?
Seni tushunadigan kimsang yo'qmi?
Yaqinlaring bilan o'rtang isloh bo'lmayaptimi?
Avval Alloh bilan o'rtangni isloh qil, avval Alloh bilan yarashib ol.
Axir u Zotdan yuz o'girganingga necha zamonlar bo'ldi?
Ko'zlaringni yum,qo'llaringni samoga yo'naltir.Birma- bir ichingda to'planganlarni kaftingga bo'shat. Ko'z yoshlaringni,yuragingdagi tavakkullarni kaftingga to'k. Farishtalar "Amiyn" demoqda...


Yaxshilik sari odim- @Taskinkitoblar🪴
«Бу дунёда қанча фурсат туришингга қараб иш қилгин, токи ортиқча амаллар билан умрингни беҳудага ўтказма! Ва охиратда
қанча муддат туришингга қараб, Аллоҳга не миқдорда муҳтожлигингга ва яна жаҳаннам оловига нечоғли тоқат қила олишингга қараб иш қил».

Ориф Ревгарий нинг ОРИФНОМА асаридан

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar 🍂
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Agar tarix to‘g‘ri yozilganida edi, uning dunyoda qarashga yuzi bo‘lmasdi... Omina.Sh "Mingboshining qizi" Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar 📖
O'zlariga qanday oson bo'lsa, shunday bir din yaratib ana o'shanga ishonishardi. Qanday iloh xohlagan bo'lsalar, shunaqa ma'budni yaratardilar. Inson o'zligini ko'ra olmas, ko'rishni istamas edi. O'z burchlarini bajarish bilan emas, balki hech ham vazifasi bo'lmagan ishlar bilan shug'ullanardi...

Omina.Sh ''Mingboshining qizi''

Yaxshiliklar sari odam
@TaskinKitoblar ⚡️
Bolalar tomonidan yaxshi maslaxatlar

"Hech qachon itlarga ovqatingizni qo'riqlashni topshirmang"( Patrik, 10 yosh)

"Otangizning sizdan jahli chiqsa va sizdan" Sen meni ahmoq deb o'ylayabsanmi" deb so'rasa javob bermang" ( Ganna, 9 yosh)

"Hech qachon onangizga uning parhezi yordam bermayotganini aytmang" ( Maykl, 14 yosh)

"Onangning otangdan jahli chiqqanida, sochingni tarashiga ruxsat berma" ( Teyliya, 11 yosh)

"Uch yoshli ukangizni hechqachon uy vazifasi yozilgan daftar bilan bir xonada yolg'iz qoldirmang" (Treysi, 10 yosh)

"Sut solingan stakanga hech qachon karam bo'lagini yashirib bo'lmaydi"(Amir, 9 yosh)

"Agar ota- onangiz mushuk olib berishlarini istasangiz, ulardan ot olib berishlarini so'rang"( Naomi, 8 yosh)

"Flomasterlar hechqachon lab bo'yog'i vazifasini o'tamaydi" ( Loren, 9 yosh)

"Agar singlingizning qo'lida beysbol tayog'i bo'lsa, u bilan janjallashmang"( Joel, 10 yosh)

Bolalar tafakkur qudrati

Onalarga ulashing
@TaskinKitoblar 🐣
👍3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ey qizim Millatning darajasini mana shu millat ayoli belgilaydi. Chunki hech qachon xalq ayolidan baland bo'lolmaydi. Negaki xalq shu ayolning mahsulidir... Millatning kelajagi bugungi ayolning ongi bilan belgilanadi... Ayolning baxti tilidadir. Hayotda…
Gunoh shunaqa yomon narsaki, har bir qilingan gunoh evaziga aqldan, xotiradan bir qism yo'qoladi. Shuning uchun ba'zi gunohkor insonlar qariganda o'zining ismini ham esidan chiqarib qo'yadilar. Bu - qarilik asorati emas, balki ko'p gunohlarda bardavom bo'lgani, tavba qilmagani uchundir. Chunki 100 yoshida ham tabiiy fanlarni egallaganlarni, hatto Qur'onni xatm qilganlarni ko'ramiz...
Hamidjon Omonovning "Ey, qizim"

(Kitobning tasir darajasi Qizlarjon kitobidan kuchliroq...)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⚡️
Tuproqda cheksiz qudrat yashiringan,  balki aynan shuning uchun ham u o‘simliklarni yaxshi yomonga ajratmaydi.

Achinarlisi odamlar azob chekkanida emas.  Achinarlisi: ularning azoblari ko‘pincha ma'no-mazmunsizligida.

Yaqinlar bilan o‘zaro munosabatni buzishning sinalgan usuli bor: hammasi faqat Siz aytganday bo‘lishini talab qiling
.

Ko‘ngilning pinhona ko‘chalari

Ko‘changizdagilarga ulashing
@TaskinKitoblar 🍂
Sivilizatsiya hech qachon avom tomonidan vujudga keltirilgan emas, u doimo kichik intellektual qatlam tomonidan yaratilib kelingan, boshqarilgan.

Insonlarni hech qayerda ishlatib bo‘lmaydigan bilim bilan ta'minlash ularni isyon qilishga undash bilan barobardir.

Omma psixologiyasi  kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🗣