Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Men aminmanki : Kelajakda kitoblarning o'rnini hech narsa bosa olmaydi , xuddi , o'tmishda hech nima bosa olmaganidek...

Ayzek Azimov
(Iqtibosning yuqoridagi kitobga aloqasi yo'q)))

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍1
Foydasi har kimni qabul qilishiga qarab...
Muhimi zarari yo‘q! Bo‘lgan kitoblar...

Mamlakatlar tanazzuli _85ming
Yangi dunyo _36ming

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍2
Sendan qo'rqmaslikdan qo'rqyapman, yo Rab,
Senga sig'inyapman sig'inmaslikdan!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍2
Яхши гап аслида иймондан нишон,
Яхши гап ўрнига айтмагин ёлғон.
Камолиддин шоир сен ўйлаб гапир,
Қиёматда ҳолинг бўлмасдан ёмон.

Отам айтди-кетди, демагин ўғлим,
Ўлсам сендек ўғил қизим тирикдир.
Пандим қулоғигда сақласанг болам,
Билиб қўй, ўлсамда сўзим тирикдир...

"Мен ва тан"

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar
👍2
Қуръони каримни тиловат қилувчига тўрт фойда етади:
1. Унинг номаи аъмолига икки савоб ёзилади.
2. Ўнта ёмонлик узоқ бўлади.
3. Кўз нури зиёда бўлади.
4. У кўз дунё мусибатига мубтало бўлмайди.

"Қуръон ошиқлари" китобидан.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
2👍1🥰1
Ko'rib turganing olam Yo'qdir aslida
Ko'rolmay turganing - yagona Bordir...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍1🔥1
Farzandingiz so'nggi imkoningizdir!!!
Farzand faqat yaxshi nom qoldirish uchun emas , yomon nom qoldirmaslik uchun ham tarbiyalanadi!

Izsiz ketmaslik uchun "qurollar" to'plami...

Mo'jizali to'qqiz oy 35
Chinakam ota-onalik san'ati 33
Onalik maqomi 16
Olim yetishtirgan onalar 27
Uchdan keyin kech = Uchgacha ayni vaqti 35

Kitoblar o'qib ko'rib tavsiya etilmoqda)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 💫
👍3
Vaqti kelmagan ertani qoʻying!

“Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qoʻya qoling”. (Nahl surasi, 1-oyat). Hodisalardan oldinlab ketmang. Nima, homilasi hali yetilmagan bolani tugʻdirib yoki pishmagan mevani uzib olasizmi? Axir ertaga degani yoʻq narsa, uning haqiqati yoʻq.

Borligʻi yoʻq, taʼmi ham, rangi ham yoʻq. Shunday ekan, nima uchun hali kelmagan kunning hali yoʻq musibatlarini oʻylab ezilamiz, xavfsiraymiz va hali yuz bermagan hodisalarga ahamiyat beramiz? U hali yuz beradimi, yoʻqmi, bilmaymiz-ku? Yuz bersa ham, balki xursandchilik va shodlik boʻlar?!

Muhimi, u hali gʻayb olamidadir. Hali-beri yerda sodir boʻlmagan. Demak, kelmasidan oldin koʻprik qurib, undan oʻtishning hojati yoʻq. Imkoni ham yoʻq. Kim biladi, balki koʻprikka yetib kelmay toʻxtab qolarmiz. Yoki yetib bormasimizdan oldin koʻprik qulab tushar, ehtimol koʻprikka yetib ham borarmiz, sogʻ-omon oʻtib ham olarmiz.

Kelajak haqida fikr yuritish uchun zehnga keng imkoniyatlar berib, gʻaybga taalluqli kitoblarni varaqlash, keyin sodir boʻlishi ehtimoli bor narsalarga bezovtalanish sharʼan oqlanmaydi ham. Chunki bular oddiy orzu-havaslar boʻlib, aql uni ayblaydi. Bu narsa soya bilan olishuv kabidir. Koʻpincha kelajakda ochlik-yalangʻochlik, bemorlik, kambagʻallik va musibatlar sodir boʻladi deb qoʻrqitiladi. Bunaqa ishlar shayton maktabining oʻquv dasturlaridir. “Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) kambagʻal boʻlib qolishdan qoʻrqitadi va fahsh ishlarga undaydi. Alloh (esa) sizlarga Oʻzidan magʻfirat va fazl (boylik) vaʼda qiladi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir”. (Baqara surasi, 26-oyat).

Koʻp yigʻloqilar ertaga och qolishi, bir yildan keyin kasalga chalinishi yoki yuz yildan soʻng tamom boʻlib qolishi… kabilardan qoʻrqadi. Umri boshqaning iznida boʻlgan odam yoʻqlikdan garov olishi aslo mumkin emas. Qachon oʻlishini bilmaydigan kimsa haqiqati yoʻq, hali kelmagan narsa ila mashgʻul boʻlishi ham joiz emas. To yetib kelgunicha ertani tark eting. Xabarlari haqida soʻrab oʻtirmang, bostirib keluvchi mashaqqatlarni oʻylamang. Chunki siz buguningiz bilan bandsiz.

Ajablanish kerak boʻlsa, gʻamni qarzga olib naqdga aylantirgan, soʻng hali quyoshi chiqmagan, nuri koʻrinmagan kunda uni nasiyaga toʻlaydigan kishilardan ajablaning. Behuda oʻylanaverishdan oʻzingizni tiying.

Shayx Oiz Qarniy ning “Oʻkinma” kitobidan...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍4
Salaflardan biri tilanchilik qilib yurgan qariyani koʻrib:
“Bu yoshligida Allohning hududlarini zoe qilgan, shuning uchun Alloh uni qariganida zoe qildi”, deb aytgan ekan.

Jomeʼul ulum val hikam 1/186.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
😢1
Ўзи азиз қилган киши азиздир.

Ўзи хор қилган кимса хордир.

Ўзи кўпайтирган киши кўпликка эришгандир.

Ўзи озайтирган кимса озликда қолгандир.

Ўзи дард берган киши бемордир.

Ўзи қабул қилган киши мақбул бўлгандир.

Ўзи қувган кимса қувилгандир.

Шайх Аҳмад Ғаззолий, "Баҳрул-маҳабба" ("Муҳаббат денгизи")

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍31
Forwarded from Korrespondent.uz
⚡️⚡️Ларс Вилк юк машинаси билан тўқнашувдан кейин даҳшатли ўлим топди, у Пайғамбар алайҳиссаломга карикатура чизган карикатурачи эди

Ҳодиса Крунуберг минтақасининг Маркарюд қишлоғи яқинидаги Е4 автомагистралида содир бўлган.

Тўқнашувда иккала машина ҳам ёниб кетган, юк машинаси ҳайдовчиси жароҳат олиб, тирик қолган. Ҳодиса қандай содир бўлгани ҳақида ҳозирча ҳеч қандай маълумот йўқ. Юк машинаси ҳайдовчиси касалхонага ётқизилганидан кейин сўроқ қилинган.

Вилкс - 2007 йил ноябрь ойида шведларнинг «Нерикес Аллеханда» газетасида чоп этилган Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламга карикатура чизганлиги билан бутун дунё мусулмонларининг ғазабини қўзғатган эди.

«Ал-Қоида» жангарилари Вилкснинг боши учун 100 минг доллар ваъда қилган эди.

Шундан сўнг, карикатурачи ҳар доим полиция ҳимоясида бўлган. 2010 йил июль ойида Уилкснинг уйига ўт қўйишга уринган икки киши икки ва уч йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинган.

👉@korrespondentuzb

Facebook | Instagram | Twitter | Telegram | Youtube
👍2
"Arab dunyosida - Nasroniy, G'arbda esa arabman" deydi o'zi haqida - Amin Maalof

-"Faylasuf" deganda bu olomon g'ayridin, din va adabiyotdan tashqari barcha ilmlar bilan shug'ullanadigan kofir kishi degan ma'noni anglardi.
Kimdir uni chalib yiqitdi, odamlar esa uni uyoqdan buyoqqa sudary boshladi...

Samarqand Amin Maaluf

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar ⤴️
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Зарифбой Ибодуллаев тиббиёт фанлари доктори, профессор - Халқни нима билан эмлаётганингизни очиқланг! Mahbublarga ulashing @Taskinkitoblar 🔎🔍
Кўпчилик хотирам паст дейди-ю, бироқ ҳеч ким ақлим паст демайди. Бу қизиқ, албатта. Яна шундай парадокс: ёш улғайган сайин хотира пасайиб, ақл эса ортиб боради. Хотира фақат эслаб қолиш ва эсда
сақлашдан иборат бўлса, ақл инсоннинг барча олий фазилатларини ўзида мужассамлаштирган ўта мураккаб жараён. Инсон юксак хотира эгаси бўлиши мумкин, бироқ юксак даражада ақлли бўлиш ҳаммага ҳам насиб қилавермайди. Шундай бир вазиятни тасаввур қилиб кўринг: Дейлик, қайсидир бир давлатнинг ёшу қариси ақлли инсонлардан иборат! Балки ўша халқ албатта тараққиётнинг учинчи минг йиллигини бошдан кечираётган бўлармиди. Хотираси кучли мингта одамдан битта ақлли
инсон афзал. Чунки хотираси кучли одам, ҳатто ўзини ҳам бошқара олмаслиги мумкин, бироқ ақлли инсон нафақат ўзини, балки бутун бир давлатни бошқаради ёки оламшумул кашфиётлар яратади. Демак, хотира билан ақлнинг ўзига яраша фарқ қилувчи томонлари кўп.

Асаб ва руҳият Зарифбой Ибодуллаев

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍1
Xotira - odamlarni ibratga, xulosaga da'vat etadi, insoniyatni xatolardan asrab turadi.

... Odamlar bir-birinikiga bormas, yo'qlamas edi. Bir kuni oyim meni, opamni ukamni, "Ammamlarnikiga borib kelinglar, sigiri tuqqan, sut-qatiq ichib kelasizlar" deb uydan ertalabdan chiqarib yubordilar.
Hozir eslasam, o'shanda onam bizni yo'qni kunidan jo'natgan ekan.
Hozir odamlar mani bu gaplarimga ishonishmaydi, buni boshiga tushganlargina biladi.


Asardan o'tkir iqtibos keltrigim kelmadi, ammo hayotimiz, o'lchovlarimizni to'g'rilamasak, ushbu kitobda yozilganlardan ma'lum bo'lishicha ocharchilik, Qahatchilik odamzotning boshiga yo tabiiy ofatlardan yoki o'z aql - farosati va nafsidan kelar ekan. Agar shu ikki holat bir kelib chorvaga ham o'lat ursa yurtga yut kelar ekan.

Turkistonda ocharchilik...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🍂
👍2
Senga "balanddan" kelayotgan bo'lsam , bu egila olmayotganimdan emas, yaqinroq bo'lsam "meni hurmat qilmay qo'yadi" degan qo'rquvimdan edi.
Ayolning yelkasidagi yuklar qancha ko'p bo'lsa, uning onalik hayotidagi to'siqlar ham shunchalar ko'p bo'ladi.

⚡️Gapirsam maylimi?
⚡️Shartsiz seving
⚡️Men qanday onaman?
⚡️Bir uydagi begonalar
⚡️Ishlaydigan onalar
⚡️Onalik maqomidamisiz?

Onalik maqomi kitobidan

Onalarga ulashing
@TaskinKitoblar 👩‍🍼
“Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o’zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamat solib qo’ygani (ham) Uning oyat belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir”
“Rum” surasi 21-oyat

Oyati karimada “Sokinlik topishingiz uchun orangizga sevgi va marhamat solib qo’ydik” deyilmoqda. Men buni Allohning nikohlanayotgan kishilar uchun to'yonasi deb o’ylayman. “Nikohda hikmat bor” deganlari shu bo’lsa kerak. Yani nikohlanayotgan juftga do’stu birodarlar, qarindoshlar sovg’a salom berar ekan, Robbimiz ham nikoh hadyasi sifatida “sevgi va rahmat” ni tuhfa qiladi.

Sevmoq shunchalar go‘zal...

Sema opadan yangi kitob! Ochig’i juda ham xursandman!
Kitob 3 soatcha avval nashriyotdan chiqdi, hali qaynoqqina! Va hozircha faqatgina bizda mavjud!!!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🥳
👍1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (Taskin kitob (oilali))
Yorqinjon qori Ho‘qandiy ning navbatdagi tarjimasi...

Alloh taologa yetishish yo'llari xaloyiqning nafaslari adadicha (behisob)dir.

Da'voning kuchi amaldadir...
Shuningdek kitobda
⚡️Qarz
⚡️G‘ayrat va hayo
⚡️Avomning e'tiqodi
⚡️Fitna zamonasi
⚡️Shar'iy hiyla
⚡️Sufiylarning asli...
⚡️Kashf va karomat
⚡️Vaqtdagi baraka
⚡️Allohning hifzi...
⚡️Bir muhim vasiyat kabi mavzular o‘rin olgan.

Majolisi hakimul-umma

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🤗
👍1
Аллоҳ таолонинг одати шундайки, қайси нарса инсон учун қанчалик кўпроқ зарурий бўлса, уни шунчалик арзон ва етишиш осон қилиб қўяди!
Энг кўп зарурат тушадиган нарса ҳаводир. У ҳар жойда, ҳамма вақт текин топилади. Иккинчи даражада эса сув туради. У ҳам умуман олганда текин! Бирор жойда пуллик бўлиб қолсада барибир арзон.

Энг манфаати кам нарсалар жавоҳир, олмос ва тошлар ҳоказо тошлар бўлиб, булар энг қиммат нарсалардир.

Аллоҳ таолога етишиш ҳам нарсаларнинг энг кераклисидир. Демакки бу ҳам Меҳрибон Роббимизнинг одатига кўра Унга етишиш ҳам осон бўлмоғи лозим.
Бунинг учун ортиқча амалга ҳожат йўқ. Фарзларни (ундаги суннат, мустаҳаб ва одобларига амал қилган ҳолда) мукаммал қилишнинг ўзи кифоя.
Ҳуддики Ўн хил бемаза таомдан битта мазали таом яхши бўлганидек...

ФАРЗЛАРНИ МУКАММАЛ ҚИЛИШ, НАФЛНИ КЎПАЙТИРИШДАН АФЗАЛДИР!

Мажолиси ҳакимул-умма
Таржимон Ёрқинжон қори Ҳўқандий

Буюртма бериш @TaskinKitob 997217008

Маҳбубларга улашинг
@Taskinkitoblar ⚡️
1👍1
Аллоҳни (борлиқни) англатган жумбоқлар.

Болалар учун иккинчи топишмоқ

Ота-онангиз ҳар ой электр энергияси учун қанча пул тўлайди деб ўйлайсиз? Бу пулдан хабарингиз борми? Ёки табиий газ ва сув ҳақида-чи?

Ҳатто еб-ичиш, китоб, қалам, дафтар ва йўл кира учун харжланган пуллар-чи? Ҳозир гап фақат электр энергияси ҳақида бораётгани учун фақат шу ҳақда гаплашамиз. Электр ҳақини ота-онангиз тўлагани учун сизларни тез-тез огоҳлантириб шундай дейишадими:

“Ўғлим! Чироқларни ёниқ қолдирма!”

“Қизим! Дарсингни қилиб бўлгач, столчироқни ўчиришни унутма!” Албатта, айтишади, шундай эмасми?

Мана шу борада сизга бир топишмоқ бермоқчиман.

Жуда ажойиб электр чироғи топилсаю, уни ҳар кун бир неча соат ишлатсак, ҳеч қачон электр энергияси учун пул тўламасак бўлмасмикан? Нима деб ўйлайсиз, бундай чироқ бормикан?

Мен “Албатта бор!” дейман. Унда қидириб топинглар-чи!

Бу топишмоғим биринчисидан ҳам осон. Лекин, албатта, мулоҳаза қилсангизгина...

Маҳбубларга улашинг
@Taskinkitoblar ⚡️
👍4