Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Allohga maʼqul kelmaydigan boshlashlarning oxiri sizni qoniqtirmaydi...

Namoz oʻqish va roʻza tutishga buyurishdan oldin, sharʼiat qonunlarini ishlab chiqishdan oldin va iymon haqida gapirishdan oldin, Alloh “Oʻqi“ dedi...

Men ham tafakkur qilaman

Tafakkur sohib(a)lariga ulashing
@Taskinkitoblar 🔍🔎
👍3
J.At-Turboniy
"Islom ummatining 100 buyuk shaxsi"

(Qayerdadir o'qigandim "Tarix bu hamma rozi bo'lgan yolg'on"...
Tariximiz hamma rozi bo'lgan yolg'onlarga to'lib yotibdi, ushbu kitob biroz bo'lsada yolg'onlarga to'la hayotimizni o'zgartirishi mumkinligiga aminman! Zero, yolg'onni umri haqiqat kelguncha...)


(biz bilan bog'lanish
@taskinkitob )

Yaxshilarga ulashing📡
@taskinkitoblar📚📖📚
👍1
​​ Ҳеч ким тан олишни хоҳламаган ҳақиқат:

🤫 Aслида, ҳар биримиз маълум даражада манипуляция қурбонларимиз. Кимлардир бизни ўз манфаатлари йўлида бошқаришади ва биз ҳам кимларнидир бошқаришимиз мумкин. Aммо қандай қилиб?

📌 Бунинг ҳақиқий натижа берадиган усуллари ва йўллари ҳақида ёзгани учун америкалик психолог Роберт Чалдинининг «Таъсир психологияси» китоби кўплаб сиёсатчи ва жамиятшуносларнинг севимли китобига айланиб улгурган.

📕 Китобнинг 40 тилга таржима қилиниши ва 4 миллиондан ортиқ нусхада сотилиб, «New York Times» бестселлерлари рўйхатига киритилгани ҳам бежиз эмас. Одамларга ҳеч қандай қийинчиликсиз таъсир ўтказишнинг сирларини билишга ким ҳам қизиқмайди, дейсиз?

Шахматда ўйинчимисиз ёки оддий шахмат тоши? Буни мутолаа давомида билиб оласиз. Aйтиб қўяй, хафа бўлишга олдиндан тайёр туринг ))

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🔎🔍
👍1
Forwarded from Anvar Abdurahim
Ona.

1. Ular shifokor. Bemori uchun jon berishga tayyor bo'lgan yagona shifokor. Uyqusidan voz kechgan hamshira.

2. Ular o'qituvchi. O'quvchisiga kuni bilan she'r yodlatadigan, darsingni qildingmi deb takror-takror so'rayvergan, ammo kundalik daftarga baho qo'ya olmaydigan o'qituvchi.

4. Ular huquqshunos. Ota va farzand o'rtasidagi oqlovchi ham qoralovchi ham u, tergovchi ham jazolovchi ham uning uzi, unga konstitutsiyani yodlash shart emas. Qonunlarni o'zi yaratadi. Ayblanuvchini jazolamaydigan qonunlar.

4. Ular oshpaz. Tayyorlagan taomlari uchun haq olmaydigan, Dasturxonga o'zi chaqiradigan, qo'llaringni yuvishga majburlaydigan, ovqatlanishda senga yordam beradigan, ovqat yemasang majburlaydigan, 5 yulduzli restoranlarda ham topib bo'lmaydigan oshpaz.

5. Ular psixolog. Seni diqqat bilan tinglovchi, eng yaxshi maslahatlar beruvchi, seni to'g'ri yo'lga boshlovchi, sen qayg'urganingda xafa bo'luvchi, hursand bo'lganingda birga sevinuvchi, eng muhimi tizzalaringga bolg'acha bilan urib senga tashxis qo'ymaydigan yagona psixolog.

6. Ular do'st. Eng yaxshi do'st. Har doim sen bilan qoluvchi do'st. Sen haqingda qayg'uruvchi, butun dunyo sendan voz kechganda ham boshingni silab davom et, to'xtama deya oluvchi do'st.

7. Ular mafiya. Mahallani ko'chani kerak bo'lsa shaharni ushlab qo'ygan kachoklarni ham nonga jo'nata oluvchi mafiya sardori.

Qog'ozlarda qolgan muhabbat uchun uzr, ona.

👉@Anvarrahimov95👈
😁1
Biror fikr yozgim kelmadi, Rumiy xazratlarini tushungan shusiz ham tushunaveradi, tushunmaganga so‘z zoe...

Ha, shu o‘rinda Xazrati Rumiyning bir bayti yodimga keldi:

Johil uzgan ip ulanmas, boylama
So‘zlama hikmatni zoe aylama...


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🍂
👍1
بسم الله الرحمن الرحيم...🍃

#мен_тугатган_китоб

"Иймон ва ҳузун" китоби.Бу китобни ўқишим бироз чўзилди.Бунга бир неча сабаблар бор.Бу китобни тез ўқиб бўлмайди.Китобни ўқир эканман фикрлашга тўғри келди баъзи жойлари узоқ ўйлантирди.Биз дори-дармон ёрдамида тинчланишга ўрганиб қолганмиз.Аслида булар хеч қандай ёрдам бермаслиги,фақатгина ухлатиб қўйиши ва яна кўзингизни очганда изтироблар сизни тарк этмаган бўлади.Хақиқий хотиржамлик ислом,Аллоҳга таслим бўлишда,тақдирга таслим бўлишда эканини кўриш мумкин.

Китобда кўплаб хикоялар бор экан.Улар орқали баъзи нарсалар ёритиб берилган,гўзал мисоллар келтирилган.

"Ер юзида бахтли ва ҳаловатли яшашни истаганлар Яратган билан муносабатларини мустаҳкам қуришлари керак.У Зот билан муносабатларини мустаҳкамламаган ёки умуман хеч қандай алоқаси бўлмаганларга ер юзи тор келиши аниқ"

Китобни ўқиб кўринг албатта.Дардларингиз арийди.Хотиржам бўласиз.Китобни ўқиб хотиржам бўлишни ўргандим,Аллоҳга таслим бўлишни натижасини кўрдим.

Bookstagram 📚
👍1
O'zligingni IZLASH...

Mavhumlik ichra yashayapsan. Yashash joying, sharoiting, imkoniyatlaringdan norozisan!? Bu yerlardan qochib ketmoqni istaysan.
Yuragingga yaqin bo'lmagan insonlardan yiroqda, quvonch-u farog'atda...
"Qancha qochsang qoch o'zingdan qocholmaysan. Loyqa suvga qarasang, aksingni tiniq ko'rolmaysan.O'zingni qayerdan izlashing shuning uchun muhim!"

"...Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O'zi kifoyadir..."
"Taloq" sursi, 3-oyat.

Shu oyatlarni doimo yodingda tut! Amalga oshmagan orzu-maqsading, ijobat bo'lmagan duoying ortida Alloh murod qilgan bir xayr bor.

"Inson panoh topish ilinjida bir eshik izlaydi, - ammo notoʻgʻri eshiklarni taqillatadi. Rabbi unga har kuni beradigan neʼmatlarni unutadi.
Aslida Alloh sening uchun har kuni ertalab quyoshni chiqarishga majbur emas, seni bugun uygʻotishga, ushbu satrlarni oʻqir ekansan, senga havo berishga ham majbur emas...
Har oqshom dasturxoningni bezab turgan koʻkatlar, shoʻrva, goʻsht, salatlarni berishga majbur emas.Biror marta tongda oʻrningdan turganingda
“Allohim, meni bugun uygʻotganing uchun Alhamdulillah... Yangi bir kun va Seni yanada yaqinroq tanishim uchun yangi fursat”, deya sevindingmi?
«Men bugungacha boshimni umuman sajdaga qoʻymadim, bergan, bermagan neʼmatlaring sabab Senga shukr qilmadim. Mana shularga qaramay, Sen garchi majbur bo'lmasang ham menga hamma narsa berding, Rabbim" - deya ovozing boricha "Allohu akbar" deya oldingmi?"

Dunyo yuki og'irlik qilgan bo'lsa Allohning huzuriga shoshil. Dunyo yukidan og'irlashgan tanangni ko'targan oyoqlaring ila tiz cho'kib, og'ir yuklardan halos bo'lish uchun sajdaga boshingni qo'y. Qalbingdagi gaplaringni sajdada Unga shivirla. Boshingni ko'targaningda barcha yuklardan ozod bo'lganingni sezasan.
" Robbingning huzuridan boshqa huzur yo'qligini tushunib yetasan!"

Siqilgan va o'zingni yolg'iz sezgan oningda quyidagilarni tafakkur qil!
Biror ho'l meva ichidagi shirin sharbatini ichish uchun uni siqishing lozim. Inson siqilsa Alloh o'zining suyukli bandasini O'zi tomon intilishini, ko'z yoshlari ila muhabbatiga sho'ng'ishini,bandasining yarador qalbining har zarrasiga shifo berishni istaydi.
"Yolg'izlik...
Yolg'izlik sen topolmagan sevgini doim boshqa eshiklardan izlash kabidir..
Yolg'iz qolganingda Allohga yaqinlashishing uchun U seni hammadan uzoqlashtirganini o'yla..."

"Balki sen Allohdan gul yaprog'ini istayotgandirsan, aslida Alloh sen uchun gulzorlarni tayyorlab qo'ygandir!"

Unutma Alloh o'z quliga hech qachon zulm qilmaydi. Boshingga tushgan har ishda bir xayr bordir, ammo ba'zida bu xayrni ko'rolmaymiz va bilolmaymiz, shuning uchun ham boshimizga tushganini yomon deb o'ylaymiz. Qilgan gunohlaringga chin dildan tavba qilib, ezgu amallaringni davom ettir. Inshaalloh bu amallarning ajrini oxiratda olasan!

"Tavba "Menga yangi hayot kerak, eskisini rasvo qildim demakdir."

Almiysoqdagi vadangni esla, vadaga hilof shirk qilma. Yana shuni yodingda tutginki "Yomon odamlar yo'q, yomonlik sari itqitib yuborilganlar bor". Alloh imtihon qilayapti, degancha sen faqatgina tomosha qilib turgan insoningga yordam qilish-qilmasliging sening imtihoningdir. Yuqoridagi fikrlarimni yozishga turtkilagan narsa ham aynan shudir!

Mehmet Yildizning "Izlash" kitobini o'qib, qalbingizdagi bo'shliqni izlab toping!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🍂
Forwarded from Ikrom Sharif
#Iqtibos

"Tongni qalbdan sevganlar tunni ham qadrlaydilar. Visol uchun yo‘lga chiqqanlar safar mashaqqatlariga sabr qiladilar. Yo‘ldagi qiyinchiliklar visol halovatidan nishona. Safar mashaqqatini rad etmoq – visolni rad etmoq. Zulmatga toqat qilmaganlarning oydinligi bo‘lmaydi. Muammo bo‘lmasin degani – hech narsa kerak emas, deganidir".

"Iymon va huzun" kitobi

Sovg‘a olish yoqimli. Kitob sovg‘a olish yana ham yoqimli. Endi shu kitob yoqimli bo'lsachi?! ))

Ukamiz Iymonali bizga shu kitobni sovg‘a qilib yo‘llabdilar. Xursand bo‘ldik. Xayrli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kitoblar do‘konining telegram sahifasi ham bor ekan. Samimiy aytaman, reklama so‘rashmadi, yaxshi sahifa ekan. Obuna bo‘ling. Yaxshilarning yaxshiligiga hissa qo‘shing.
@Taskinkitoblar
👍3🔥1
Jahannam otashidan qo'rqmaymiz. Chunki do'zah otashi bizga faqatgina:
-Ey mo'min, tezroq o't. Iymoning shu'lasi otashimni so'ndirayapti,- deydi.

Ipak qurti "dunyoning oxiri" desa, Yaratgan "kapalak" deydi.

Shunday yo'l borki, kundaligimni ilk satrladayoq uni sizga anglatishga urindim. Eng yaxshi yo'l ko'rsatuvchi va fikrga chorlovchi yo'l bu - o'limni o'ylash va esdan chiqarmaslik.

Yosh qizning kundaligi
kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🍂🍁
👍1
"Anas ibn Molik r.a. dedilar: "Rasululloh s.a.v. vafot etgan farzandi uchun yig'layotgan bir ayolga shunday degan edilar: "Allohdan qo'rq va sabr qil". Ayol iztirobining kuchliligidan gapirayotgan kishiga qaramay: "Mening boshimga tushgan g'amdan senga nima?"-dedi. Rasululloh s.a.v. undan uzoqlasharkanlar unga: "Bu Rasululloh s.a.v. edilar",-dedilar. Ayolning dardi ustiga dard qo'shilib, uzr so'rash uchun Rasululloh s.a.v.ning huzurlariga oshiqdi. "Ey Allohning Rasuli (u qo'pol so'zlarimni) sizni tanimasdan gapirdim! Kechiring",-dedi.

Rasululloh s.a.v.: "Eng maqbul sabr musibatga ilk duch kelgan oningdagi sabrdir",-dedilar."

©Murat Tosun
"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инсоннинг озгина нарсага жуда хурсанд ёки озгина нарсага хафа бўлиши
унинг қалби заиф эканини билдиради...

"Иймон ва ҳузун" китоби ҳақида Психолог эътирофи...

Buyurtma berish: @TaskinKitob 997217008

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍1🥰1
Аёлига зулм қилгандан авлиё чиқмайди.

Аёл омонат, эр киши унга масъул, масъуллик ҳуқуқ эмас МАЖБУРИЯТ!

Солиҳаларга улашинг
@TaskinKitoblar 🪡
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
​​ Ҳеч ким тан олишни хоҳламаган ҳақиқат: 🤫 Aслида, ҳар биримиз маълум даражада манипуляция қурбонларимиз. Кимлардир бизни ўз манфаатлари йўлида бошқаришади ва биз ҳам кимларнидир бошқаришимиз мумкин. Aммо қандай қилиб? 📌 Бунинг ҳақиқий натижа берадиган…
Hech kim biror narsadan tashvishlanmayaptimi, demak hammasi joyida  -  hamma shunday deb o‘ylaydi.  Shunday bo‘lsada,  xavf shu darajaga yetadiki,  boshqalarning hotirjamligi tasiridagi odam harakatga tushmaydi,  yani u boshqalar hotirjam emasligini ko‘rsagina biror harakatga tushadi,  aksincha hamma jim bo‘lsa u ham tinchgina yuraveradi.

Siz har doim boshqarilasiz! Hattoki tanlash imkoniyatiga ega bo‘lganingizda ham. Tanlash imkonining bor bo‘lishi bu siz ozodsiz degani emas, sizga tanlash imkonini berganlar sizga aynan shulardan birini tanlashingiz mumkinligini "tanlashgan"

"Tasir psixologiyasi"

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🔎🔍
Мўъжизали тўққиз ой

Тарбия қачондан бошланади? Дейдиганларга, тарбиянинг иккинчи қисмида фойдаланиш учун)
Ажойиб қўлланма
Биринчи қисм: Яхши бўлиш ва яхшини топа олишдир)))

Маҳбубларга улашинг
@TaskinKitoblar ☝️
👍1
Oyog‘ingda seni zanjir, diling nolon, ketolmassan,
Yuragingni yoqar hijron. Visol-bu tush yetolmassan.
Ko‘zing ichra cho‘kar tunlar, otar tonglar quyoshi-la,
O‘tar umring, ketar umring, uni boqiy etolmassan...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 🍂
👍1
Aziz onam va dadam!
Kollejga kirganimdan beri xat yozishda beparvolik qildim. Shu paytgacha maktub bitmaganimdan qattiq afsusdaman. Sizga nimalar bo'lganini aytib beraman ammo maktubni qolganini o'qishdan avval o'tirib oling. Men endi o'zimni juda yaxshi his qilayapman. Bu yerga kelganimdan keyin ko'p o'tmay yong'in sababli yotoqxona derazasidan sakrashga to'g'ri kelib bosh miya chayqalishiga uchradim, hozir ahvolim yaxshi. Meni derazadan sakraganimni ko'rib tez yordam chaqirgan yoqilg'i quyish shaxobchasidagi yigit meni kasalxonada ham yolg'iz qo'ymadi, u mehribon va samimiy! Yotoqxonamiz tamirlanguncha uni uyida yashab turishimga to'g'ri kelayapti, to'g'ri bu yer to'la bo'lsada lekin issiq va shinam muhimi yolg'iz emasman. U yaxshi yigit biz bir-birimizni yoqtirib qoldik, to'yimiz meni homlam sezilguncha bo'lib o'tishiga va'da berayapti. Nega kechiktiradi? deyayotgandirsiz, sababi unda qandaydir viruslar borligi sabab nikoh guvohnomasi uchun tekshiruvdan o'tolmadik. Shu o'rinda sizlarga bir mudhish xabarni ham aytmog'im lozim. Amerika tarixi va Kimyo fanlaridan yomon baho oldim. Ammo sizlarning aqlli qizingiz Psixologiyadan a'lo baholarga o'qiyapti! Oyi dada ushbu maktubimdagi baholar haqidagi gapimdan tashqari barchasi yolg'on!

(Agar yuqoridagilarni yozmasam baholarim uchun asabiylashgan bo‘lardinglar, sizlarni sog‘inib sevimli qizingiz...)))

Ta'sir psixologiyasi kitobidan

Yuqoridagi maktub yomon xabarni undanda yomon xabar yordamida ta'sirsizlantirishga misol o'laroq ketirilgan)))

Psixologlarga ulashing
@TaskinKitoblar 😇
Tadbirdek hayot yo'q, aziyat yetkazishdan tiyilishdek taqvo yo'q, tavba kabi shafoatchi yo'q, ilmdek ibodat yo'q, Allohdan qo'rqishdek salotu-salovot yo'q, sabr kabi g'alaba tavfiq kabi saodat yo'q, aqldan chiroyli ziynat, hilmdan mehribonroq hamrox yo'q!

Qirq hadisi qudsiy

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🕋
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Doktor Oiz Qarniy Dunyodagi eng baxtli ayol 🌞Muhabbat bu - noodatiy narsalarni bajarish yoki buyuk kuch-quvvatga ega boʻlish emas, balki, oddiy narsalarni rahmdillik, mehribonlik ila amalga oshirishdir. 🌞Tortib olish oson muhabbat muhabbat emas! 🌞Hijob…
"Biror narsa iffat kabi ayolning qadrini oliy qilolmaydi."

" Agar chiroyli ayol gavhar bo'lsa, aqlli ayol xazinadir."

"Ayol asli uy to'rining bekasidir, chunki qimmatbaho, nozik va tezda sinib qoladigan shisha idishga o'xshaydi."

"Xato yo'ldan to'g'ri yo'lga o'tish uzoq, ammo juda go'zal sarguzashtdir."

Ushbu kitob Allohni Robb, Islomni din va Muhammad sollallohi alayhi vasallamni payg'ambar deb bilgan barcha muslimalar, haq yo'ldan yurgan qizlar, o'z so'zlari ila yomonliklar bilan kurashayotgan murabbiyalar, farzandlarini taqvoli, sunnatga muvofiq tarbiya qiladigan va ularga yaxshilikni suydiradigan onalar hamda dilshikast va mahzuna ayollarga bag'ishlanadi. Ularga bunday deymiz: Baxtli kunlar yaqin, Allohning ulug' ajrlari berilishi tayin va gunohlar o'chirilishi bor, shodlaning va baxtiyor bo'ling!

Shayx Oiz al-Qarniy
Dunyodagi eng baxtli ayol

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍1
Oqil shundayki, ikki yaxshilik va ikki yomonlik orasidan, yaxshilik yaxshirog'ini va yomonlik yaxshisini ajratadi.

"Tazkirat ul-avliyo"

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍2🔥1