Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
#Abadiymuhabbatistaganlaruchun

Avvallari har bir omadli erkakning orqasida bir ayol bo'lardi, endi esa har omadsiz erkakning oldida bir ayol bor...

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin..."

Yaxshilarga ulashing!
📚
@taskinkitoblar📚
👍52
Davlatimiz ham, biz ham yo'qmiz. Yelkamizga minib olgan podshox sal marhamatli bo'lganida, hozir hech birimiz bu zindonda o'tirmagan bo'lardik. Ularning o'zi bizni jinoyatga majburlaydi, keyin kattagina jazo ham beradi. Agar fohishabozlik taqiqlanganida, jazosi og'ir bo'lganida, men bilan janjallashgan do'stimiz qo'l urgan bo'larmidi? Agar ichkilik taqiqlanganida edi, sen ham es-hushingdan ayrilmagan, o'sha jinoyatni qilmagan bo'larding. Agar ularda adolat bo'lganida edi, men qamalmagan bo'lardim...

Amina Shenliko'g'li
"Dor ostidagi odam"

Yaxshilarga ulashing✈️
@taskinkitoblar
👍3🔥1
​​​– Inson o‘zini tanib, o‘zini yenga olishidan kattaroq ish yo‘q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim.
– Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.

©
Akrom Malik (Halqa) qissasidan

Yaxshilarga ulashing✈️
@taskinkitoblar📚📖📚
👍51
"Qizlarjon"
Odinaxon Muhammad Sodiq

​​Tor liboslarda, sochlarini tuyaning o'rkachiga o'xshatib turmaklab yurishingiz risoladagi muslimaning ko'rinishiga aslo to'g'ri kelmaydi. Bu yurish-turishingiz nafaqat o'zingizga, balki go'zal suratingizga mahliyo bo'lib ko'ngli sust ketgan ko'chadagi begona erkaklarga ham botmon-botmon gunohni yuklab qo'ymoqda. Nima qilasiz ularning nazariga, behayo o'ylariga nishon bo'lib? Bu chinakam muslima ayolning sifatlaridan emasku?)
Axir Fotima onamiz roziyallohu anho: "Ayollarning yaxshisi begona erkaklarning xayolida bo'lmaganidir", demaganmi edilar?

Yaxshilarga ulashing💌
@taskinkitoblar📚📖📚
👍81
Ziyovuddin Rahim
"Baxtli hayot sari"
Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? Demak, siz
uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
Farzandingiz oʻziga ishonmayaptimi? Demak, siz
uni ruhlantirmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak,
unga sovgʻa-salom bermayotgan ekansiz!
Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayapti-
mi? Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
Farzandingiz qizgʻanchiqmi? Demak, siz u bilan
oʻzaro hamkorlik qilmas ekansiz!
Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz
qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlarkansiz!
Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga koʻp
doʻq-poʻpisa qilar ekansiz!
Farzandingiz sizni qizgʻanyaptimi? Demak, siz
unga nisbatan beeʼtibor ekansiz!
Farzandingiz odamovi boʻlib qolganmi? Demak,
siz oʻzingiz bilan oʻzingiz ovora ekansiz!

Respublika bo'yicha yetkazib berish (🚚✈️🚗🚁Biz masofa tanlamaymiz...)

Yaxshilarga ulashing💌
@taskinkitoblar📖📚📖
1
Omina Shenlikoʻgʻli
"Nasroniy atirguli"

​Haqqa yuzlangan kunimdan beri ziyonda yurgan insonlarning farqiga bordim. Zoye ketgan yillarimni oʻylayman. Oʻtmishda yoʻqotganlarimni orqaga qaytara olmayman, lekin ayrimlarini oldini olishim mumkin...

Onam bilan plyajga bordik. Yonimizda shohid ayollar bor edi. Biri bikini kiygan, boshqasi choʻmilish kiyimida. Men buni hazm qilolmadim. Hatto onam dengizga tushganida ham dunyo boshimga qulaganday boʻldi. Onam choʻmilish kiyimidagi shohidlarni koʻrsatib meni mazax qildi. “Qara, senikilar, qara. Qizim bu qanday din? Dindor ayol shunaqa dengizga kiradimi? Biz ham kiryapmiz, lekin bizni dindorlik iddaomiz yoʻq”, dedi. Oʻyladim, soʻrayolmadim lekin onamning bu gapi toʻgʻri edi va meni ham boshimni qotirdi…

Respublika bo'yicha yetkazib berish BEPUL (🚚Biz masofa tanlamaymiz...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍51
Qora shim hikoyasi | Alishan Kapaklikaya
Alishan Kapaklikaya
Qora shim hikoyasi

...Otam bizni yaxshi ko'rardi, lekin uni izhor qilolmasdi...

🎤Abdukarim Mirzayev

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍41
-Qalblar nega Istanbulni sevadi?

-Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Истанбулни севганлар

Балки ишқимиз бундандир?

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍51
​​Odam buyrak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
yurak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
qon yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
aql yetishmovchiligidan esa haligacha birov oʻlmagan. Bu yetishmovchilik bilan uzoq yillar yashash va hatto katta-katta mansablarni egallash mumkin.
Aql yetishmovchiligi odam bolasini oʻldirmas, lekin u bor joylarda talafotlar katta boʻladi: ishonchlar, gʻayratlar, shijoatlar, umidlar oʻlib bitadi...

Dilfuza Komil

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍31
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Omina Shenlikoʻgʻli "Nasroniy atirguli" ​Haqqa yuzlangan kunimdan beri ziyonda yurgan insonlarning farqiga bordim. Zoye ketgan yillarimni oʻylayman. Oʻtmishda yoʻqotganlarimni orqaga qaytara olmayman, lekin ayrimlarini oldini olishim mumkin... Onam bilan…
– Boʻlmasinlar. Ularga kim nasroniy boʻl debdi?
– Islomni bilishmaydi, ona! Atrofda oʻrnak boʻladigan musulmon ham yoʻq!

***

– Shu ketishda oʻtirib qolasan. Qara, mahallaning qizlariga qara, hammasi bir nechta erkak bilan uchrashadi.
— Ha, lekin hech qaysi er topolmaydi. Erkak topish har qanday ayol uchun juda oson. Ayol toʻqson yoshda boʻlsa ham, koʻchadagi bir betayinni topa oladi. Erkak topish oson! Koʻchada erkak toʻlib yotibdi, lekin er topish juda ham qiyin.


***

- Sizga xushxabarim bor. Men musulmon boʻldim, ota! Shohidlardan ajradim.
Otam bu xabarimga taxmin qilganimdan ham ziyoda xursand boʻldi:
– Chini bilanmi, bolajonim? Bu xabaring meni baxtiyor qildi. Men ham senga xushxabar aytay, men ham musulmon boʻldim, bolam. Besh oy boʻldi… Bu izohdan hayron qoldim:
– Siz shundogʻam musulmon edingiz-ku, ota?
– Tilimda musulmon edim qizim, endi qalbim va amallarim bilan musulmon boʻldim!


***

– Albatta, yuborishmasin, opa. Bolalar onalarini qattiq sogʻinishadi. Bolalar onasini sogʻinib, hech kimga bildirmay yigʻlashadi. Bolaning bu gaplaridan yurak bagʻrim oʻrtandi. – Sen qayerdan bilasan? Yerga tikilib javob qildi:
– Men boshqa narsalarni ham bilaman, opa. Onasini sogʻingan bolalar onasining koʻzoynagini yashirib qoʻyib, sogʻinishganda uni oʻpishadi… Yondim, onam! Yurak-bagʻrim yondi! Bilintirmay yana soʻradim:
– Xoʻsh, sen bularni qayerdan bilasan? Ugʻurimning koʻzlariga yosh toʻldi. Oxiri yonoqlarini koʻz yoshlari yuvib oʻtdi. Birozdan keyin javob berdi:
– Men bilaman, chunki men shunday qilaman, opa…


***

– Men mumtoz namoyandalarni oʻqishni yaxshi koʻraman. Faylasuflarning mulohazalariga ham qoyil qolaman. Lekin islomiy sohada faylasuf yoʻq. Bundan xafa boʻlaman.
– Nega boʻlmas ekan? Bor bizda ham, lekin ularni biz faylasuf demaymiz... “Noldan cheksizlikka qadar fikrlar bizdadir va bizda Arshga borgan yoʻl” ekanligini bilmaydilar. Shuni bilmaganlari uchun mahalliy seriallar ishqibozlari mahalliy kitobxonlardan ortib bormoqda.


***

– Ular haqiqiy musulmonmi yoki ismlari musulmonchami?
– Unisini bilmayman, men musulmonman degan odam dinini bilishi kerak.
– Sen musulmonman deganingda diningni bilarmiding? Men bilarmidim? Bu dunyo musulmonlarining ahvoli ikkimizning oldingi ahvolimizdek.

“Nasroniy atirguli”
Amina Shenlikoʻgli

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍21🔥1
Bolalik xotiralarini unutish qiyin. Ayniqsa, dam olish
kunlari men uchun bayram edi. Shu kuni otam bilan aylanishga
chiqqanimizda doim markaziy xiyobondagi pufakchi amakining
oldiga shoshar edim. U har zamonda serjilo sharlarini samoga
uchirib, bolalarning es-hushini oʻgʻirlardi. Negadir boshqa hech
kimning shari bu qadar baland koʻtarilmas edi.
Sariq, qizil, moviy, koʻm-koʻk pufaklarni tanlashda
qiynalib ketardim. Bir kuni bu yaxshi amakining menga aytgan
soʻzlari hanuz yodimda saqlanib qolgan.
“Amakijon, menga eng balandga, hammanikidan yuqoriga
koʻtariladigan rangidan bering!”
Shunda pufakchi amaki men tomonga engashib, maʼnoli
koʻzlarini menga tikdi:
“Oʻgʻlim, sharning baland koʻtarilishi uning rangiga emas,
ichi nima bilan toʻldirilganiga bogʻliq ...”

(Bu kabi motivatsion kitob o'qimagandim, kitob ancha avval dunyo yuzini ko'rgan bo'lsada hali tanilib ulgurmagan. Ammo ishonchim komilki meni hayotimga tasir eta olgan kitob albatta sizning hayotingizni o'zgartira oladi... Admin)

@taskinkitoblar📚📖📚
1
Qurʼonning
“Qul hal yastavillazina yaʼlamuna vallazina la yaʼlamun”, yaʼni “Bilganlar bilan bilmaganlar har
toʻg'rida teng kelolmaydilar” degan hikmatlik soʻzini, albatta, amalga oshirish kerak edi.
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog'iga botdi? Buning bosh sababi
dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida boʻldilar. Oʻzlarini din
homiylari deb eʼlon qilib, xalqni maʼrifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay
yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa boglamadilar, oʻqish oʻqitish ishlariga hech qanday ahamiyat
bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uygonish, fikr ochilish va bor sharoitdan
foydalanish imkoniyatlari boʻlmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar
sababchidur...

Iztirob va alam bilan o'qiladigan kitob...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍2😢1
Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"

- Ayol tuproqqa oʻxshaydi, sen hosil olishni bilsang boʻlgani, demoqchimisiz?
- Men demayapman, Alloh deyapti. Erkak birinchi qadamni qoʻyadi, ayol hosil beradi. Qolaversa ayol bitta bermaydi, birga oʻn, birga yuz, birga ming beradi. Sen unga atirgul koʻchati eksang, u senga dasta-dasta gul beradi, sen unga bir shirin soʻz aytsang u senga yuz shirin soʻz aytadi. Aksincha boʻlsa aksincha...

Dushmanga oʻzining quroli bilan oʻq uzish mumkin, lekin u sening dushmaning emas, umr yoʻldoshing, turmush oʻrtogʻing. Uning hatosiga undan koʻra kattaroq hato bilan javob berma!

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
👍31
Sema Marashli
"Quloq oshiq bo'lar ekan ko'zdan avval yoxud jannat sevishni biladiganlar uchun"

Ayolning eri bilan munosabati yaxshi boʻlmasa, biron-bir ish
qilishga qoʻli bormaydi. Erkaklar esa ishlari yurishmaganida
ayollariga ortiqcha eʼtibor berolmaydilar.
Erkak oldin oʻylaydi, keyin gapiradi, ayol esa oldin gapiradi
keyin oʻylaydi.
Erkaklar muhim sanalarni unutadi, ayollar esa bunday kun-
larga qattiq ahamiyat beradi.
Erkak unutadi va kechiradi, ayol unutadi, ammo kechirmaydi.
Erkak yangi mashina olgan odamdan mashinaning modelini va
nomini soʻraydi, ayol esa birinchi boʻlib mashinaning rangini
soʻraydi.
Ayol janjal chiqarishni istasa, gapirishni istaydi.
Erkak esa janjal chiqarishni xohlasa, gapirishni boshlaydi.
Ayol his-tuygʻularini oshkora qilishni istaydi.
Erkak esa his-tuygʻularini oshkora qilishdan nafratlanadi.
Ayol eriga “ket” deganida aslida erining qolishini istaydi.
Erkak esa “ket” deganida ayolining haqiqatan ham ketishini
istaydi.

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
👍21
Ahmad Muhammad Tursun
"Siz qanday yashamoqchisiz?"

Bir ustozimiz “Kechaning buguni yoʻq, bugunning ertasi yoʻq”, degan gapni koʻp qaytarardi. Yoshlik – gʻoʻrlik ekan,
uning soʻzlari ilgari bizga majnunning dovdirashiga oʻxshab tuyulgan ekan. Bugunga kelib ustozning oʻsha «gʻalati- roq» gapida katta hikmat yashiringanini bilib qoldik.
U “Kechagi kunda oʻtib ketgan ishlarga bugun afsus chekib, qaygʻurib yurma, endi uni oʻzgartira olmaysan, u aslo qaytib kelmaydi, faqat oʻzingni qiynaganing qoladi. Bugun esa ertangi kun haqida ham bosh qotirma, chunki ertaga boshingga ne kelishini hech qachon bilolmaysan”, demoqchi
boʻlgan ekan...

Yaxshilarga ulashing

@taskinkitoblar📚📖📚
👍21
Ahmad Muhammad Tursun
"Sohilsiz dengiz"

Dilkusho el boʻlmasa, zindon erur,
Qayerda el boʻlsa, anda dil kusho.
“Agar odami boʻlmasa, har qanday bogʻ ham zindonga aylanadi”. Ushbu bayt nogoh oʻzining hozirgi holatiga monand va uygʻun tushganidan taajjublandi. Eshikchaga bitilgan satrlarga uzoq tikilib turdi. Soʻng ortiga qaytdi. Uning diliga bezovtalik solgan, xayollarini tutqun qilgan qiz hech yerda koʻrinmasdi. Ertasiga Ismoil qizni hech kutmagan yerida uchratdi. Bogʻ toʻridagi oʻsha eshikcha oldiga choʻnqayib, nimadir yozayotganida “qoʻlga tushirdi”. Oyoq uchida asta yaqinlashgan Ismoil hayratda qoldi: Fotima kechagi yozuvlari ustidan chiziq tortib, quyiroqqa husnixat ila yangi bayt yozayotgan edi:
Dilkusho gul boʻlmasa, zindon erur,
Qayerda gul boʻlsa, anda dil kusho.


Imom Buxoriyning ota-onasini tanishuvi bilan boshlanadigan ushbu kitob sizga ilm olish, saodatli oila qurish, solih farzand tarbiya etishda ko'makchi bo'lishiga aminmiz...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍31
Битирувчи укаларимга насиҳат

Бугун кечга бўлиб ўтадиган галаконцертда хиром айлаб рақсга тушиб, ўзингни гўёки энг катта ишни қойилллатдим- мактабни тугатдим деб керилма. Чунки кечаси уйингга борасан, ва концерт тугаганини ҳис қиласан. Ҳақиқий концерт энди бошланади ва бир умр давом этади.

Анави чиройли синфдош қизни ҳусни жамолига маҳлиё бўлиб ота-онанг бечора ўзингга деб берган пулни ҳаммасини сарфлама. Чунки барибир у тез орада эрга тегади. Сани уйланишингга эса 6 йил бор. Унутма, сан унга уйланмаганингга минг шукур қиласан. Сабаби сан гўзал қизга уйланаётганда у аллақачон 105 кгли катта аёлга айланади.

Ўқи. Олий таълимга ҳаракат қил, энди катта бўсам палон бўламан деб гапирма, уят бўлади. Чунки катта бўлиб бўлдинг. Энди катта одам бўлишинг қолди, холос

Россия кетишни ўйламай тур. Сен ватанга кераксак. Унутма, дунёни сен илм ва тафаккур билан қутқарасан.

Бугун кечга сени ичишга мажбурлашса ҳам ичма. Ҳаром нарсадан ҳеч ким барака топмаган. Ишонмасанг, маҳаллангдаги алкаш амакини қара..

Яна бир нарсани эсда тут. Оқимга қарши сузмоқчи бўлсанг, шунга яраша куч тўплашинг керак. Йўқса, оқим сени оқизиииб кетиши мумкин. Нуфузли университетларда ўқиб, Халқаро даражадаги олийгоҳларда магистратурани тамомлаб ҳозир фақат блогерликдан бошқасига ярамайдиганлар ҳам бор. Сен унга ўхшамасликка ҳаракат қил.

Тил ўрган ва замонавий билимларни ўзлаштир. Эртага бир кун комфорт зонадан чиқишга мажбур бўлсанг, сени шу савиянг қутқаради.

Сенга омад ва зафарлар тилайман!
Аллоҳ доим паноҳида асрасин.

kechbòlsaham)))

@taskinkitoblar
1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ahmad Muhammad Tursun "Siz qanday yashamoqchisiz?" Bir ustozimiz “Kechaning buguni yoʻq, bugunning ertasi yoʻq”, degan gapni koʻp qaytarardi. Yoshlik – gʻoʻrlik ekan, uning soʻzlari ilgari bizga majnunning dovdirashiga oʻxshab tuyulgan ekan. Bugunga kelib…
Yaqinda bir tanishimiz yolgʻiz qizini turmushga uzatdi. Kuyov boʻlmish ilmli, kelishgan, aklli yigit chikdi. Qiz uzatgan ota-onaning quvonchdan boshlari osmonlarga yetay derdi. Qiz ham orzusidagi kuyovga turmushga chiqqanidan oʻzini dugonalari orasida eng baxtli sanardi. Yosh kelin-kuyov “asal oyi”ning qandoq oʻtib ketganini ham sezmay qolishdi. Koʻp oʻtmay, bir-biriga soʻzsiz termulishlar, chuqur “oh” tortishlar, shirin-shirin suhbatlar, yurakni shamday erituvchi muloyim va yoqimli soʻzlarning bari ortda qoldi. Odatiy turmush boshlandi. Biroq Baxt va huzur-halovat dengizida shitob bilan suzib borayotgan Nikoh kemasi kutilmaganda Roʻzgʻor deya atalmish bir qoyaga urildiyu, chilparchin boʻldi. Hammaning boshi qotgan: ne-ne umidlar bilan kelin olgan kuyov xonadonidagilar ham, qizimizni yaxshi joyga uzatib, baxtini taʼminladik, deya shirin xayollar bilan yurgan qudalari ham ikki yoshni yoʻlga sololmay, murosaga keltirolmay, dunyolari zulmat, ichganlari zahar-zaqqum, yeganlari ranj-alam boʻtqasi boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, kelinning ota-onasi yeru koʻkka ishonmay avaylab oʻstirgan yolgʻiz farzandlarining baxti-ni faqat dabdabali qilib oʻtkaziladigan toʻyda, ziyofatga chorlangan odamlarning soni va martabasida, qizlariga qilingan sepilarning toʻkisligida deb oʻylayverishibdiyu, ammo qizlarini bir umrlik hayotga tayyorlashni butunlay “esdan chiqarishibdi”. “Shoʻrlik” kelin erining oppoq koʻylagini qora rangi chiqadigan paypokqa aralashtirib
yuvib qoʻyib, kelinlikdagi ilk “tanbeh”ni kurttakkina eshitib oldi. Kelinbola bor-yoʻgʻi ikki xil taomni, u ham boʻlsa tuxumni suvda qaynatib va tovada qovurib pishirishni bilarkan, xolos. Hatto har kuni yotoqni shamollatish, xonalarni changdan tozalash, uzilgan tugmani qadash, gullarga suv quyish kabi eng oddiy yumushlarda ham oʻzining mutlaqo uquvsizligi va epsizligini koʻrsatdi. Kuyovning bu haqdagi dashnomlaridan keyin ham uzr soʻrash oʻrniga
“Dadamga aytaman, xizmatkor yollab beradilar”, degan javobni qaytardi. Oxiri qurilganiga hali ikki oy ham toʻlmagan oila qasri vayron boʻldi, ikki yoshning baxti uning xarobalari ostida qolib ketdi...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
Amina Shenliko'g'li
Johiliston kelini

Eshakni to'yga chaqirishibdi, u esa yo suv tugagandir, yoki o'tin degan ekan.
(Turk maqoli)

Qishloqlik bo'lish emas, qishloqlik ekanligini yashirish ayb. Inson o'zidek ko'rinishi kerak. Hatto qusrli bo'lsa ham...

Isteʼdodning maktabi bo'lmaydi.

Ilm bo'lmay turib madaniyat ham, go'zal axloq ham bo'lmas ekan.
Haqiqat degan narsa Yevropada ham haqiqat, Makkada ham haqiqat hisoblanadi. Allohning tavsiyalariga amal qilinmagan har joyda kattayu kichik ham, insonu hayvon ham azob chekadi.

Dinga aloqasi yo'q bema'ni urf-odatlarining manbasi jaholat.
Go'sht sasisa tuzlarsan, tuz sasisa naylarsan (maqol😁)

Ishonchim komilki, onalarning ko'z yoshlari boshqalarnikidan boshqacha.


Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
1